September 25, 2025

Qora kapalak simfoniyasi

"Sen meni topgan kuning meni o'lim kunimdir"

Episode 11.

Yerto‘ladagi havo yanada og‘irlashdi. Asu Minjining yonida tiz cho‘kkancha unga termulardi. Jungkook esa eshik oldida qotib turardi.

Jungkook: Asumi… hoziroq undan uzoqlash.

Asu: Yo‘q. Uni bunday ahvolda qoldirmayman.

Jungkook ularning yoniga yaqinlashdi. Qadam tovushlari temir devorlarda aks sado berdi.

Jungkook: Asumi men bilan tortishishni bas qil. Men qaror qabul qildimmi demak hech kim meni bundan qaytara olmaydi

Asu: Qaroringiz odamni qiynash bo‘lsa demak siz menga aytgan “sevgi” so‘zlaringiz yolg‘on bo‘lgan.

Jungkookning ko‘zlari qisildi. U Asumiga qarab bir lahza jim turdi-yu keyin Minjiga qarab keskin gapirdi.

Jungkook: Uni qo‘riqlashni kuchaytiring. Bir qadam ham tashlay olmasin.

Qo‘riqchilar bosh irg‘ab chiqib ketishdi. Endi xonada faqat 3tasi qoldi.

Asu: Yo‘q yo'q iltimos Jungkook bunday qilmang

Minji: Asu… uni to‘xtat… iltimos…

Minji yig'indan tinmay titradi. Jungkookning sabri tugab ketdi. U Minjiga qattiq baqirdi.

Jungkook: Jim bo‘l! Yetar Minji sen o'zingni aybing tugayli shu yerdasan

Asu birdan o‘rnidan turdi.

Asu: Yetar Jungkook! Unga baqirishni bas qiling. U sizga biror yomonlik qilmadiku.

Jungkook Asuga tik qarab qoldi. Uning bo‘ynidagi tomirlari tortilib chiqib ketgandi.

Jungkook: Agar u senga shunchalik qadrli bo‘lsa o‘zing uning o‘rniga qola olasanmi?

Asu: Ha. Men qolaman iltimos uni qo'yib yuboring. Men...men so'z beraman umuman qochmayman

Minji: Yo‘q Asumi! Sen bu yerda qola olmaysan! Bunday qilma

Jungkookning yuzidagi ifoda o‘zgardi. U Asuga yaqinlashib yuzidan ushladi.

Jungkook: Men seni yo‘qotishni xohlamayman. Shu uchun Minjini ham qo‘yib yubora olmayman. Chunki u seni mendan olib ketishi mumkin.

Asu: U meni olib ketmaydi. Men shu yerda siz bikan qolaman. Lekin siz menga tanlov qoldirmayapsiz

Jungkook: Sen menga ishonmayapsan.

Asu: Ishonishga sabab bermayapsiz. O'girlab kelyabsiz, qamab qo'yyabsiz, bu ham yetmaganiga meni nomusimni topadingizni. Shunga qaramasdan sizga ishonmoqchi bo'lganimda bu ishni qilyabsiz. Qanday ishonay

Bir muddat og‘ir jimlik cho‘kdi. Minjining zanjirlari sekin chiyilladi.

Minji: Asu… meni o'ylama qochib ket… yovqsa u seni ham shu yerga qamab qo‘yadi…

Jungkookning ko‘zlari uning gaplaridan yana qizidi.

Jungkook: Yetar! Yetar xudo haqqi men senga o'z haqiqatimni aytmadimmi Asu. Nega bunday bo'lib qolganimni aytmadimmi. Onam ko'z oldimda o'z joniga qasd qildi. Otam esa hech meni bolam deb chaqirmadi. Hech meni yaxshi ko'rmadi. Faqat o'z manfaatlari uchun bir buyumdek ishlatdi. Shunga qaramay hali ham meni yovuz deb hisoblaysanmi

U keskin burilib chiqib ketmoqchi bo‘ldi lekin eshik oldida to‘xtadi. Bir zum boshini egib qoldi. So‘ng orqasiga qarab qattiq ohangda gapirdi.

Jungkook: To'g'ri men boshidan xato ish qilyabman. Seni o'g'rlab keldim lekin men o'z tuyg'ularini aytishdan qo'rqdim. Sen ham meni rad etishingdan qo'rqdim. Chunki o'z ota onasi tominidan sevilmay o'sgan bir jirkanch inson edim.

Jungkook eshikni ochib tashqariga chiqdi. Asu qaltirab turardi ko‘zlari yoshga to‘lgan. U asta Minjining qo‘lini qisdi.

Asu: Men hozir qaytaman. iltimos qo'rqma. Men hammasini hal qilaman. Seni bu yerdan olib chiqaman

Minji: Asu iltimos chiqma… u senga ham niadir qilsachi

Ammo Asu baribir sekin qadam tashlab eshikka yurdi. Oyog‘i hali ham avvalgidek og‘riqdan zo‘rg‘a ko‘tarilardi. Har bir qadamida yuzida og‘riq aks etardi. Eshikni ochib sovuq yerto‘ladan tashqariga chiqqanda ko‘zi qizarib ketgan Jungkookni ko‘rdi.
U devorga suyangancha boshini past solib turgandi. Nafasi tez qo‘llari qaltirardi.

Asu: Jungkook…

Jungkook: Nega ortimdan chiqding? Asumi xonangga bor hozir gaplashadigan ahvolda emasmiz

Asu Jungkook tomon qadam tashladi ammo oyog‘i yana qayrildi. Va yiqilib tushdi

Asu: Ahh...oyog'im

Asu qattiq og‘riq bilan yerga yiqildi. Qo‘llari bilan oyog‘ini ushlab ingrab yubordi.

Jungkook buni ko‘rib qotib qoldi keyin birdan o‘zini yo‘qotgandek uning yoniga yugurdi. U tiz cho‘kib Asuning yuzini ushlab vahima aralash ovozda gapira boshladi.

Jungkook: Asumi! Nima qilding? Oyog‘ing yana og‘riyaptimi?

Asu: Ha… yana qayrildi...

Jungkook qo‘llari bilan uning oyog‘ini ushlab ko‘rdi. Asu og‘riqdan qattiq ingrab yubordi.

Jungkook: Kechir… Men seni himoya qilishim kerak edi lekin senga o‘zim azob beryabman.

Asu unga qaradi ko‘zlari yoshga to‘lgan ammo nigohi qattiq edi.

Asu: Siz meni himoya qilmoqchi bo‘lsangiz… Minjini qo‘yib yuboring. Shunda men sizning yoningizda qolaman.

Jungkook qo‘llarini yuziga bosdi xuddi ichidagi urushni yashira olmayotgandek. So‘ng yana Asuning yoniga qaytdi. Uni qo‘liga olib ko‘tarib oldi.

Asu: Jungkook nima qilayapsiz… Tushiring, men yura olaman.

Jungkook: Yo‘q. Yura olmaysan. Seni yuzingda ko'z yoshi ko'rgim yo'q Asu

U Asuni bag‘riga bosib zinapoyaga qarab yurdi. Asu esa uning ko‘ksiga yuzini yashirdi nafasining titroq ovozini eshitib turardi. Yuqoriga chiqqanda Jungkook uni xonasiga olib kirdi. Yumshoq divanga ehtiyotkorlik bilan qo‘ydi.

Jungkook: Tezda shifokor chaqiraman.

Asu: Yo‘q. Menga shifokor kerak emas. Menga sizning qaroringiz kerak. Minjini qo‘yib yuborasizmi yoki yo‘q?

Jungkook unga tikildi. Ko‘zlarida nafrat ham iztirob ham mehr ham qorishib ketgandi. U jim qoldi so‘ng birdan yuzini burib oynaga qaradi. .

Jungkook: Agar yana Minji haqida gapirsang bir necha kun oldingi tunni qaytalashga to'g'ri keladi.

Asu: Agar siz shunday davom etsangiz… men baribir sizdan uzoqlashaman. Chunki men sizni nafratga to‘la odam sifatida sevolmayman.

Jungkook lablarini qattiq siqib qo‘ydi. Unga qaragan Asuning so‘zlari uning ichida yana bir olovni yoqdi

Jungkook : Sen nima deb o‘ylaysan Asumi? Sevgi qadrli insoningni himoya qilishni vaqti kelganda qat'iyatni talab qiladi. Men seni himoya qilaman hatto buning narxi qanchalik og‘ir bo‘lsa-da.

Asu ko‘zlarini yumib oldi og‘ir nafas oldi. Uning ovozi shivirlab chiqdi.

Asu: Himoya? Agar himoya shu bo‘lsa zulm, qo‘rqitish bo'lsa menga bunday himoya kerak emas. Men odamlarni himoya qilish uchun boshqalarni yaralashni xohlamayman.

Asumi ( yig'layabdi deb tasavvur qilinglar)

Jungkookning jahli taranglashdi. U xona ichida bir necha qadam tashlab, qo‘llarini yuziga olib ichida bor kuchini yig‘di.

Jungkook: Men Minjini qo‘yib yuboraman. Lekin meni senga shartlarim bo‘ladi.

Asumi: Qanday shart?

Jungkook: Avvalo Minji xavfsiz joyga olib boriladi. Vaqtincha nazorat ostida bo'ladi. Men uni shundoqgina qo‘yib yuborishim mumkin emas. Ikkinchidan sen menga ochiqchasiga bir narsani va’da qilishing kerak.

Asu: Nima va’da?

Jungkook: Hech qachon qochishga harakat qilmaysan. Nima bolishidan qatiy nazar men bilan qolasan. Ertaga nikoh shartnomasi tayyor bo'ladi unga imzo chekasan.

Jungkookning so‘zlari xonada og‘irlik kabi yiqildi.

Asu: Nikoh… Jungkook bu... bu qanday nikoh? Yana menga tanlashga yo'l qoymayabsiz.

Jungkook: Men ham bunday yo‘lni xohlamayman. Lekin bu sening ham Minjining ham yagona imkoniyati.

Asu: Agar men bunga rozi bo‘lsam… siz meni butun umrga erim sifatida nazorat ostida ushlaysizmi?

Jungkook: Bilmayman. Lekin Minjining hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun qat'iy choralar ko‘raman. Keyin agar hammasi joyida bo‘lsa sen erkinroq bo‘lasan. Ammo shart bitta: ertaga imzo.

Asu ich-ichidan qarama-qarshi hissiyotlarga berildi.

Asu: Yaxshi. Men... men buni qilaman. Faqatgina Minji uchun... Men imzo chekaman. Lekin mening ham shartim bor.

Jungkook: Qanday shart?

Asu: Men siz bilan bo‘lsam ham qarorlarni o‘zim qabul qilishni xohlayman. Agar siz mendan yomon ishlar qilishni talab qilsangiz men rad etaman.

Jungkook: Men… sening erkinligingni cheklamayman deb va’da bera olmayman. Lekin Minji xavfsizligi esa meni bo'ynimda. Shartlaringni tushunaman men seni majburlamayman lekin imzoni kutaman.

Asu bosh egdi. Ichida qattiq kechgan urushni his qildi: mayda tugunlar, umid va xiyonat, sevgi va nafrat. U barmoqlarini qisdi, so‘ng astoydil qaror qildi.

Asu: Ertaga imzo chekaman.

Jungkook telefoniga qarab bir necha raqam terdi uning ovozi sovuqqon edi, lekin unda biroz odamiylik sezilar edi.

Jungkook: Minjini xavfsiz joyga o‘tkazamiz. Keyin ertaga advakat hamma hujjatlarni olib kelishsin.

Qo'ng'iroq yakunlandi. Jungkook xonadan chiqib yerto‘laga bordi.

Jungkook: Qoyil Minji sen tufayli Asumi men bilan turmush quryabdi. Bilasanmi sen qandalik sotqin do'stsan. Asumi sen uni tashlab qochib ketmkqchi bo'lganingga qaramay sen uchun o'zini qurbon qilyabdi.

Jungkook gaplarini tugatib qo'riqchilarga uni olib chiqng deganday ishora qilib o'zi ham chiqib ketdi. Qo'riqchilar esa uni kishanlarndan bo'shatib tashqariga olib chiqdi

Jungkook: Mashinaga o'tir. Sen ozodsan lekin doim kuzatuv ostida bo‘lasan. Palitsiyaga boradigan bolsang Asumi o'ladi

Minji: Men...men Asumisiz hech qayerga ketmayaman

Jungkook: Hoy bo'ldi qilsangchi. Kecha usiz ham qochmoqchi eding. Qani bol mashinaga chiq

Jungkook minjini majburlab mashinaga o'tirg'izdi. Keyin qo'riqchiga uni xavfsiz yerga okib borishni aytdi. Asumi bularning barchasini derazadan kuzati turardi.

Ertasi kuni tushlik payti. Keng zalda uzun stol ustiga hujjatlar qo‘yilgan edi.

Jungkook qora kostyumda sovuqqon nigoh bilan stulda o‘tirardi. Yonida advokat hujjatlarni tartiblab chiqardi.

Asu sekin kirib keldi. Oq ko‘ylakda yuzi oqarib ketgan ammo nigohi qat’iy edi. U stolga kelib o‘tirdi.

Advokat: Bu yerda nikoh shartnomasi. Ikkala tomon ham imzo chekishlari kerak.

Jungkook: Asumi… hammasi faqat bir imzoga bog‘liq.

Asu hujjatni oldiga tortdi. Qo‘llari titrardi biroq qalamni ushladi.

Asu (pichirlab): Minji uchun... faqat Minji uchun.

U imzo chekdi. Qog‘oz ustida uning ismi qora siyohda namoyon bo‘ldi.
Jungkook ham qalamni oldi bir zum to‘xtab qoldi. Keyin qattiq ohangda gapirdi

Jungkook: Endi sen meniki bo‘lding Asumi. Qochishga yo‘l yo‘q.

U ham imzo chekdi. Advokat hujjatni yig‘ishtirib qo‘ydi. Asu stol ustida qo‘lini qisib o‘tirardi. Nigohi pastda edi. Jungkook esa uning yuziga qarab sekin dedi:

Jungkook: Nikoh shartnomasi kuchga kirdi. Endi biz birgamiz qora kapalagim.

Asu hech narsa demadi. Faqat yuragi og‘ir urayotganini his qildi. Asumi bu nikohni u faqat Minji uchun qabul qildi… lekin qalbi o‘z yo‘lini topishi kerak edi.

Keng zalda hamma tarqalganidan so‘ng Asu xonasiga qaytdi. Jungkook esa o‘tirgan joyida jim qolib qog‘ozlardagi imzoga uzoq qarab turardi. Shunda eshik sekin ochildi va Seyoung kirdi.

Uning nigohida og‘ir dard yashiringandi. U qo‘llarini bir-biriga qisib Jungkook qarshisiga o‘tirdi.

Seyoung: To'yingga aytishni unitibsan Jungkook. Obzim guvoh bo'lardim afsus ulgurmadim.

Jungkook unga sovuqqon nigoh soldi ammo ovozi past va charchoq aralash chiqdi:

Jungkook: Sen bilasan-ku Seyoung. Bizning nikohimiz ham shunchaki majburlik edi. Otamning qarori edi. Men seni hech qachon tanlamaganman.

Seyoung ko‘zlari yoshga to‘ldi. U qattiq kulimsirab qo‘lini yuragiga qo‘ydi:

Seyoung: Lekin men seni tanladim Jungkook. Har safar senga qaraganimda, menga bir marta bo'lsa ham Asumiga qaragan ko'zlaring bilan qarashingni xohladim. Sen meni rad etsang ham, sovuq so‘zlaring bilan haqorat qilsanv ham… men faqat seni sevdim.

Uning ovozi qaltirardi. Jungkook esa jim turib oynaga qaradi.

Jungkook: Seyoung meni sevma. Chunki men hech qachon seni sevmasdim… va endi sevishga ham qodir emasman.

Seyoung: Sen meni yomon ko‘rishing mumkin. Ammo bir kun kelib Asu seni ham tark etadi. Chunki sen uni sevishni emas uni qamashni bilasan. Sevgi esa zanjirlangan xonada yashamaydi.

Shu so‘zlardan so‘ng u eshikdan chiqib ketdi. Zalda yana og‘ir jimlik cho‘kdi. Jungkook esa o‘zini ichida yana bir marta yolg‘iz sezdi.

Seyoung mashinasini tez yadagancha uyiga keldi. Uyda esa uni akasi Seo kutib oldi

Seo: Nima bo'ldi

Seo: Nima bo‘ldi Seyoung? Nega bu ahvoldasan?

Seyoung ko‘z yoshini yashira olmadi qo‘llarini yuziga bosib o‘tirib qoldi.

Seyoung: U yana birini nikohiga oldi oppoq ko‘ylakda… Men esa… men faqat tomoshabinga aylandim.

Seo yuzida achchiq kulgu bilan yoniga cho‘kdi.

Seo: Men seni ogohlantirgandim. Jungkook hech qachon seni sevmasdi. U seni otasining qarori bilan shunday qildi. Sen esa yillar davomida o‘zingni qiynab umidingni yo‘qotmay sevib kelding.

Seyoung boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlarida yosh bilan birga o‘jarlik ham porlab turardi.

Seyoung: Lekin men uni tashlab keta olmayman Seo. Qanchalik azob bersa ham men yuragimdan uni sug‘urib tashlay olmayman. Men uni sevaman.

Seo: Yetar! Bu muhabbat emas bu o‘zini yo‘qotish! U seni sevmasligi aniq endi Asu ham uning hayotiga kirdi.

Seyoung sekin jilmaydi lekin bu jilmayishda iztirob ko‘rinib turardi.

Seyoung: Men unidan voz kecholmayman. Nima qilay unga shunchalik boglanib bo'lganman. Usiz yashay olamanmi o'zi?

Seo qattiq nafas oldi.
Ammo yuragidagi g‘azab asta sekin qat’iy qarorga aylandi.

Seo (ichidan): Jungkookni yo‘q qilishning vaqti kelgan bo‘lsa kerak. Singlimni qiynagan odam abadiy tinch yashamasligi kerak.

Muallif: Kim Asumi
Kanal: Bangtan Tales