Qora kapalak simfoniyasi
Kechqurun. Osmonda yomg‘ir tomchilari asta sekin oynali derazaga urilardi. Asu xonasida jim o‘tirardi. Nikoh shartnomasiga qo‘yilgan imzo hali ham uning ko‘z oldidan ketmasdi.Eshik asta ochildi. Jungkook kirib keldi.
Jungkook: Kechki ovqat tayyor. Pastga tush.
Asu: Kerak emas. Hozir ishtaham yo‘q.
Jungkook: Asumi... Hech kim meni gaplarimni muhokama qilmaydi. Oxirgi marta aytyabman pastga tush Asumi.
Asu indamay o‘rnidan turdi. Uning oyog‘i hali ham og‘rirdi biroq u hech narsa demadi va pastga tushdi
Asu: (o‘tiribb) Bu g‘alati bolar ekan.
Jungkook: Nima g‘alati tuyulyabdi.
Asumi: Odatda siz buyruq berardingiz yoki baqirardingiz. Ammi hozir bunday qilmadingiz
Jungkook: Charchadim. Hamma narsadan.
Jungkook qo‘lini stol ustiga qo‘ydi. Unga qaradi.
Jungkook: Minji xavfsiz joyda. Hech kim unga tegmaydi.
Asu: Rahmat... hech bo‘lmasa shuni bajardingiz.
Bir muddat sukut cho‘kdi. Tashqarida yomg‘ir kuchaydi.
Jungkook: Asumi sen meni yomon ko‘rasanmi?
Asu: Bilmayman. Ba’zan sizni yomon ko‘raman ba’zan esa sizni tushunishga harakat qilaman. Lekin siz menga shunchalik og‘riq berdingizki, sizni kechiraymi yoki yo'q tushunolmayabman
Jungkook jim bo‘ldi. Uning lablari titradi lekin hech narsa demadi.
Asu o‘rnidan turdi.
Asu: Men charchadim uxlamoqchiman.
Jungkook: Men seni yo‘qotishdan qo‘rqyapman. Har safar sen ko‘z yosh to‘ksang men o‘zimni jinoyatchiday his qilaman.
Asu: Chunki siz haqiqatan ham jinoyat qilyapsiz Jungkook. Siz odamlarning qalbini sindiryapsiz.
Asu asta o'rnidan turib zinapoyaga chiqib ketdi. Jungkook esa stolda qolgan idishlarga qarab qo‘lini musht qildi.
Jungkook stolda jim o‘tirardi. Qo‘lidagi qoshiqni qo‘yib qo'llari bilan yuzini yopdi.
Jungkook: Men shu darajada qabig' insonga aylandimmi?
U bir necha daqiqa shu korinishda o'tirdi. Va keyin o'rnida tirib Asuning xonasi eshigigacha bordi. Bir lahza ikkilanib qoldi keyin sekin taqillatdi
Ichkaridan javob bo‘lmadi. U eshikni asta ochdi. Xona qorong‘u faqat derazadan yomg‘ir shovqini kirardi. Asumi deraza oldida tizzalarini quchoqlab o'tirardi
Jungkook: Asumi senga muhim gapim bor
Asu uning ovozini eshitgach boshini ko‘tarmadi. Faqat derazadan oqayotgan yomg‘ir tomchilariga tikilgancha jim o‘tirardi. Jungkook uning oldiga borib o'tirdi
Jungkook: Bilaman... sen mendan nafratlanasan. Balki bunga loyiqdirman. Lekin bugun... faqat bir marta tingla meni iltimos
Jungkook bir necha soniya jim qoldi. So‘ng derazaga qarab chuqur nafas oldi.
Jungkook: Men o‘n yoshda edim. Otam... u mast bo‘lardi, uyga foxishalarni olib kelardi, baqirardi hatto onamni ham kaltaklardi. Men esa eshik ortida turib hech narsa qila olmasdim.
Asu jim qoldi. Uning yuragi tez ura boshladi ammo u hech narsa demadi.
Jungkook: O'sha kecha... onam...
Onasi: Jungkook meni kechir. Men hammasidan charchadim.
Jungkook: Men bu gapni tushunmadim. U faqat jilmaydi... va keyin o‘sha deraza oldida,mana shunday yomg‘ir yog‘ayotgan paytda... u o‘zini pastga tashladi. Mening ko‘z o‘ngimda o'zini o'ldirdi.
Jungkook: Men tashqariga yugurib chiqdim ammo kech edi. Onam qon ichida yotar edi. Men o'sha paytda o‘n yoshda edim Asumi. Va o‘shandan beri... men bu insonga aylandim
Asu jim o‘tirardi. U Jungkookning ovozidagi og‘riqni his qilardi.
Asu: Nega menga bularni endi aytyapsiz?
Jungkook: Chunki... men hech kimga aytolmaganman. Faqat senga aytgim keldi.
Asu: Mendan nima kutyapsiz?Rahm-shafqatmi?
Jungkook: Yo‘q. Men shunchaki... sen meni kimligimni bilishingni istadim. Men yomonman Asumi. Shunday bo‘lishni o‘zim tanladim. Chunki yaxshi bo‘lganimda meni ezishdi.
Asu: Yaxshi odam bo‘lish zaiflik emas Jungkook.
Jungkook: Balki... lekin endi kech. Men tufayli juda ko‘p qon to'kilgan
Asu: Unda meni nega bu hayotga tortdingiz? Nega meni ham o‘sha botqoqka tushirdingiz?
Jungkook: Chunki... men yolg‘iz edim. Va sen... sen meni o‘zgartira olasan deb o‘yladim.
Asu: (ko‘z yoshlari bilan) Lekin men endi o‘sha eski Asu emasman.
Jungkook: Bilaman. Va shuning uchun har kuni o‘zimdan nafratlanaman.
Jungkook jim bo‘ldi. Faqat yomg‘ir tovushi ularning so‘zsiz og‘rig‘ini to‘ldirardi.
Asu: Siz... hali ham o‘sha boladek gapiryabsiz. Qo‘rqqan, onasini yo‘qotgan bola.
Jungkook: Chunki men hech qachon ulg‘aymadim Asumi. Faqat qasos olishni o‘rgandim.
Jungkookning ovozi titradi. U o‘zini tutishga harakat qilardi lekin ko‘zlari namlandi.
Asu: Hech kim sizga mehr bermadimi
Jungkook: Hech kim... Onamdan keyin hech kim meni quchoqlamadi. Hech kim “hammasi yaxshi bo‘ladi” demadi.
Asu asta qo‘lini uzatdi lekin yana tortib oldi. Aqli “tegma” derdi lekin ko‘ngli “u bunga muhtoj” deb qichqirardi.
Asu: Men sizga achinmayapman, Jungkook. Faqat... yuragim og‘riyapti.
Jungkook unga qaradi. Uning nigohi yongan shamga o‘xshardi. Issiq ammo xavfli edi.
Jungkook: Asumi... meni kechirishingni so‘ray olmayman. Lekin menga ruxsat ber... hech bo‘lmasa seni himoya qilay.
Asu asta o‘rnidan turdi. Deraza yoniga borib yomg‘ir tomchilarini kuzatdi. Uning ovozi mayin, ammo titroq edi.
Asu: Men sizni yomon ko‘rishga harakat qildim. Har kuni, har tun. Ammo yuragim...Yuragim sizga achinyabdi. Chunki siz ichingizda o‘lib yashayapsiz Jungkook.
Jungkook asta yaqinlashdi. Oradagi masofa bir necha qadam edi, ammo u qadam yillar davomida qurilgan devorni yengib o‘tishdek og‘ir tuyuldi.
Jungkook: Agar men boshqa odam bo‘lsam... sen meni sevardingmi?
Asu: Balki... lekin endi buning foydasi yo‘q. Chunki men allaqachon sevib qoldim.
Jungkook hayratdan unga qarab qoldi.
Jungkook: Nima.. Nima deding? Noto'g'ri eshitmadim shundaymi?
Asu: Yo‘q noto'g'ri emas. Men sizni sevaman. Hattoki sizni yomon ko‘rgan paytlarimda ham. Shunchaki yuragim sizni tanladi aqlim qarshi chiqdi lekin foydasi bo‘lmadi.
Jungkook bir zum jim turdi. Uning ko‘zlarida ishonchsizlik hayrat va og‘riq birlashgan edi.
Jungkook: Takrorla Asumi. Nima deding Asumi?
Asu unga tik qaradi. Ko‘z yoshlari yuzidan asta sirg‘alib tushdi.
Asu: Men sizni sevaman, Jungkook.
Jungkook: Men bunga loyiq emasman…
Asu: Men sizdan bunga loyiq bo‘ling deb so'ramayabman. Sevgi insonlarning bunga loyiq yoki loyiq emasligi bilan o'lchanmaydi. Men shunchaki… sizni sevaman.
Jungkook qo‘lini uzatdi. Uning barmoqlari Asuning yuziga tegdi. U sekin ko‘z yoshlarini artdi.
Jungkook asta uni quchoqladi. Asu ham unga mahkam yopishdi.Ular bir muddat shunchaki jim turishdi.
Jungkook: Men seni yo‘qotishdan juda qo‘rqyapman Asumi.
Asu: Men doim shu yerda sizni yoningda qolaman
Jungkook asta uning yuzini ikki qo‘li bilan ushladi. Jungkook asta egilib Asuning lablaridan o‘pdi. Asu uni to‘xtatmadi. Qo‘llarini Jungkookning bo‘yniga qo‘ydi va o‘pich chuqurlashdi
So'ng Jungkook bo'sani tugatib Asuni peshonasiga peshonasini qo‘ydi.
Jungkook: Endi senga hrchkim zarar bermaydi. Hatto men ham. Endi faqat baxtli yashaysan kapalagim.
Jungkook Asuning yuzini o‘pdi. Bu safar kuchliroq, his bilan. Asu uning ko‘ksiga yanada mahkam yopishdi.
Ular shu holatda, bir-birining bag‘rida jim turishdi. Tashqarida yomg‘ir tinmasdi lekin ichkarida ilk bor tinchlik hukm surardi.
Tashqarida yomg‘ir tinmadi. Deraza ortida suv oqimi yaltirardi lekin uy ichida har narsa sekin xuddi vaqt to‘xtagandek edi.
Asu Jungkookning ko‘ksiga suyanib bir zum tinchlikni his qildi. Ammo o‘sha tinchlik uzoq cho‘zilmadi. Tashqaridan motor tovushi eshitildi.
U asta Asudan ajraldi,
uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
Jungkook: Hech narsaga aralashma, eshigini qulflashni unutma.
Asu: Jungkook… nima bo‘lyapti?
Jungkook: Hech narsa. Faqat men qaytmagunimcha chiqma.
U shunday deb chiqib ketdi. Asu derazadan qaradi qora mashina hovliga kirib keldi.
Jungkook eshikni ochdi ularni faqat yomg‘ir va sovuq shamol ajratib turardi.
Seo: Endi bu o‘yining tugaydi Jungkook.
Jungkook: Seo nimalar deyabsan? Qanaqa o‘yin haqida gapiryapsan?
Seo: Sen singlimni ko'r kovrona taxqirlading. Ustiga ustag u bilan ajrashmasdan yana uylanding. Seyoung sen tufayli haligacha o'ziga kelolmadi
Jungkook: Seyoung... O'zing bilan u bilan munosabatlar faqat otamni xohishi bilan bo'lgan. Men uni xohlamayanman
Seo: Seyoung seni sevardi Jungkook. Har daqiqa sen ham uni sevib qokishingga umid qilib yashadi. Hatto hozir ham shunday
Seo bir qadam oldinga yurdi qurolni ko‘tardi.
Seo: Men bu kunni ancha vaqt kutdim. Har kuni sening yuzingni ko‘rganimda singlimning ko‘z yoshlari ko‘z o‘ngimda turardi. Bugun men u uchun adolatni yarataman
Jungkook: Agar bu seni yengillatadigan bo‘lsa unda meni ot.
Tashqarida yomg‘ir avjiga chiqqan edi. Osmondan tushayotgan tomchilar go‘yo hayotning so‘nggi daqiqalarini sanayotgandek edi.
Seo qurolni Jungkookning yuragiga to‘g‘riladi.
Seo: Otaman Jungkook. Bu safar hech kim seni qutqara olmaydi.
Jungkook: Demak hayotim shunday tugar ekanda
Jungkook Seoni otishga jur'at qila olmaydi deb o'yladi va harakatlanmadi.
Shu payt eshik ochildi.
U qichqirib zinapoyadan yugurib tushdi. Jungkook orqasiga qaradi va Asumi tarafga yurdi
Jungkook: Asumi qayt ichkariga! Senga tushma degandim nega pastga tushding
Asu: Jungkook… iltimos, bunday qilma… u qurol ushlab turibdi!
Jungkook: Asumi! Men senga chiqma degandim! Ichkariga qayt!
Asu : Men seni yolg‘iz tashlab qo‘ya olmayman!
Seo: Mana bu muhabbatni qarang... U seni halokatga olib kelyapti Asumi! Sen bilasanmi bu odam qancha begunohni yo‘q qilganini?
Asu: Bilaman... lekin endi Jungkook o'zgargan.
Seo: Odamlar o‘zgarmaydi! Ayniqsa u kabi insonlar
Jungkook: To‘g‘ri aytding Seo. Men o‘zgarmadim. Men faqat sevganlarimni himoya qilishni o'rgandim
Seo qurolni balandroq ko‘tardi. Yomg‘ir tomchilari uning yuzidagi g‘azab bilan aralashib oqardi.
Seo: Unda o‘zingni oqlashga urunma. Seni hayoting bugun tugaydi!
Jungkook: Agar bu seni yengillatadigan bo‘lsa... unda ot. Lekin Asuni bu yerga aralashtirma.
Jungkook: Asumi orqada tur! Iltimos…ichkariga kir
Seo: Orqamda tur deb aytyapsan-u o‘zing butun hayotini vayron qilgan ayolni himoya qilmoqchisan! Qanday sharmandalik boldi bu.
U qurolni Jungkookning yuragiga to‘g‘riladi. Va o‘q ovozi eshitildi. Yomg‘ir ovozi bir lahzaga to‘xtagandek tuyuldi.
O‘q ovozi havoni yorib o‘tdi.
Bir lahza hamma narsa jim bo‘ldi.Yomg‘ir ham to‘xtagandek tuyuldi.
Ammo keyin… tanadan qon sachradi.
Jungkook ko‘zlarini ochdi o‘q unga emas Asuga tegganini ko‘rdi. U beixtiyor oldinga intildi Asu uning bag‘riga quladi.
Jungkook (shokda): Yo‘q… yo‘q bu... bu bo‘lishi mumkin emas... Asumi…
Asu sekin jilmaydi. Lablarida kuchsiz titroq bor edi.
Asu: Men... sizni himoya qildim Jungkook... Men sizni... yo‘qotishni istamadim...
Jungkook: Nega bunday qilding... men seni himoya qilishim kerak edi... sen meni emas...
U qo‘llari bilan qon oqayotgan joyni bosdi, ammo qon baribir barmoqlari orasidan sizib chiqardi.
Seo: Men... men bunday bo‘lishini istamagan edim... men faqat....
Jungkook (pichirlab): Asumi, ko‘zingni yumma... eshityapsanmi? Yana bir og‘iz so‘z ayt...
Asu: Siz... o‘zgardingiz... men buni bilaman...
Endi... hech kim sizni yovuz deya olmaydi... Chunki siz sevishni o‘rgandingiz...
Uning ovozi uzilib bordi. Ko‘zlari osmonga qaragancha jim qoldi.
Jungkook: Asumiiii!!! Asumi o'lma iltimos qilaman
U uni bag‘riga bosdi, ko‘zlaridan yosh yomg‘ir bilan aralashib oqardi.
Uning butun dunyosi shu bir tanada so‘ndi.
Seo qilgan ishidan pushaymon bo'ldi ammo vaqtni ortga qaytarib bo'lmasdi. Seo tizzalab yerga cho‘kdi. Uning ovozi titradi.
Seo: Men... men adolat izlab kelgandim... lekin yana begunohni qonni to‘kdim...
Oradan ikki hafta o‘tdi.
Shu orada dunyo o‘z yo‘lida davom etdi tonglar otdi, kunlar botdi. Yomg‘ir ham bir necha bor yog‘di.
Faqat Jungkook uchun vaqt o‘sha o‘q ovozi yangragan lahzada to‘xtab qolgandi.
U har tong uyg‘onar qarshisidagi bo‘sh joyga tikilar keyin esa jim holda yana o‘sha voqealarni eslardi.
Jungkook har kuni oppoq moychechaklardan olib qabristonga borardi.
U qabr yoniga sekin tiz cho‘kdi. Har safar qabr toshi ustidagi ismni korganda uning yuragi ezilardi.
U qo‘lidagi gullarni sekin qabr ustiga qo‘ydi bir zum jim turdi. So'ng asta qabr ustiga qo'lini qo'yib gap boshladi
Jungkook: Asumi men vadamni bajardim. Minji xavfsiz joyda va yaxshi hayot kechiryabdi. Ammo... ammo sen vadangni bajarmadingku. Nega meni tashlab ketding
Kun allaqachon tugadi. Tunda shamol qabr toshlari orasidan shitirlab o‘tar oy nuri oppoq marmar toshni yoritardi. Yomg‘ir asta sekin tomchilay boshladi go‘yo osmon ham Jungkookni kuzatardi.
Jungkook : Asumi... men hali ham seni kutyapman. Har tongda, har kechada...
Men seni unutolmayapman.
Sen ketganingdan beri bu uy, bu dunyo, hatto men ham o‘zimda emasman.
U barmoqlari bilan qabr ustidagi harflarni siladi.
“Kim Asumi” harflar ho‘l tosh ustida xiralashgandek edi. Yomg‘ir kuchaydi ammo Jungkook joyidan qimirlamadi
Jungkook: Men seni himoya qilaman degandim, hech kim senga zarar bermaydi dedim lekin eng katta zararni men berdim. Sen emas men ovlishim kerak edi.
U kaftini qabr ustiga qo‘ydi lablari titradi. Bir tomchi ko‘z yoshi tosh ustiga tushdi, so‘ng yana bir, yana bir…
Jungkook (yig‘lab): Sen ketganingdan beri men har kecha shu joyga kelaman.
Har kecha yomg‘ir yog‘adi.
U kaftlarini yuziga bosdi.
Ko‘z yoshlar yomg‘ir bilan aralashdi.
Jungkook: Asumi... men seni tushlarimda ko‘raman.
Sening kulgingni, sening nigohingni. Har safar uyg‘onsam, yuragimni bir parcha umid tark etadi.
“Ehtimol bu safar u haqiqatan ham qaytadi” deyman. Lekin sen qaytmaysan to‘g‘rimi Asumi?
U o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi lekin yiqildi. Qo‘llari bilan yerga suyanib og‘riqdan titradi.
Jungkook: Qachongacha? Qachon bu azob tugaydi?
Men gunohim uchun jazolanmoqdaman.
Ammo nega bu jazoni faqat men emas, sen ham tortding Asumi?
Yomg‘ir yana ham kuchliroq yo'g'a boshladi.
Jungkook: Agar bu dunyoda kechirim degan narsa bo‘lsa... men uni faqat sendan kutaman.
Faqat sen... meni kechir Asumi. Meni kechir hayotingni barbod qilganim uchun kechir
Oradan bir oy o‘tdi.
Jungkookning uyi jim, devorlar chang bosgan holda edi. Stol ustida faqat Asuning suratlari, yonida qora kapalak shaklidagi soch taqinchog‘i turardi.
U taqinchog‘ni qo‘liga oldi uzoq qarab turdi.
Jungkook: Bir paytlar onam meni tashlab ketgandi. Endi kapalagim ham uchib ketdi... Kapalagim meni tashlab ketdi
U stol tortmasidan qurolni chiqardi. Metall tovushi jimlikni bo‘ldi.
Ammo u qurolni yuragiga emas stolga qo‘ydi.
Jungkook: Men ortiq yashashni xohlamayman Asumi.
U suratni bag‘riga bosdi.
Yomg‘ir oynadan oqib tushdi, xuddi osmonda ham kimdir yig‘layotgandek.
Birdan oynadan qora kapalak uchib kirdi.
U to‘g‘ridan to‘g‘ri Jungkookning yelkasiga qo‘ndi.
Jungkook: Asumi… sen keldingmi?
Kapalak bir lahza qanot qoqib derazadan uchib chiqdi. Jungkook o‘rnidan turib derazani ochd, yomg‘ir yuziga urildi.
Jungkook: Men seni hech qachon unutmayman kapalagim. Sen men uchun o'lgan bo'lsang men sen uchun yashayman.
Oradan uch yil o‘tdi.
Shaharning chekkasidagi kichik musiqa maktabida fortepiano ovozi yangrar derazadan tushayotgan quyosh nurlari yog‘du sochardi.Har bir nota, har bir ohang go‘yo kimningdir yuragidan o‘tardi.
Bolalar sinfda jim o‘tirishar fortepiano ortida esa Jeon Jungkook o‘tirardi. Uning kiyimiga qora kapalakli to'g'nogich taqib olgandi.
Fortepianodan mayin ohanglar taralardi.
U yozgan asarning nomi “Qora Kapalak Simfoniyasi” edi. Kuy tugadi va hamma qarsak chaldi.
O‘quvchi qiz: Ustoz bu kuy juda g‘amgin... go‘yo kimnidir sog‘ingandek.
Jungkook :
Chunki bu kuy... haqiqatdan ham sog‘inch haqida.Ba’zan eng go‘zal musiqalar yurakdagi yaralardan tug‘iladi.
O‘quvchi bola: Ustoz bu “kapalak” kimnidir eslatadimi? Doim shu kapalakli to'g'nogichni taqib yurasiz
Jungkook : U... bir paytlar hayotimni o‘zgartirgan inson edi. Men yovuz bo‘lib yashardim. Ammo u... menga sevgi nimani anglatishini o‘rgatdi.
U uchib ketdi... lekin men hanuz uning parvozi ostida yashayabma.
Kechqurun.
Sinf bo‘shab qolgach u derazani ochdi. Bahor shabadasi kirib keldi. Tashqarida kapalaklar uchib yurardi.
Jungkook: Uch kapalagim... Endi erkinsan xohkagancha uxoq uzoqlarga ucha olasan.
Men esa bu dunyoda sening musiqangni davom ettiraman.
“Bizning hikoyamiz go'yoki simfoniya edi. Og‘riqdan yozilgan, jimlikda chalinadigan. Endi esa so‘nggi nota yangradi… va u bilan birga biz ham sukutga cho‘kdik.”
Fanfic o'z nihoyasiga yetdi. Sizlar bilan #Asumi_Kim bo'ldi. Fanficni shu joyigacha o'qigan barchaga raxmat. Butun fanfic davomidagi xatoliklar haqida va sizga yoqqan tarafi haqida o'z fikrlaringizni yozing.