September 19, 2025

Qora kapalak simfoniyasi

Episode 10

Jungkook Asuni quchoqlab yig‘lardi. Yelkasi titrab ovozi bo‘g‘ilib chiqardi.

Jungkook: Men charchadim Asumi… Charchadim ichimdagi og‘riqdan charchadim. Endi yolg‘iz bo‘lishni xohlamayman…

Asumini yuragi qattiq siqildi. U ham titrab qo‘lini Jungkookning orqasiga qo‘ydi.

Asu: Sizni tushunishga harakat qilyapman… Lekin nega meni qiynayapsiz? Nega menga ozgina bo‘lsa ham erkinlik bermay xanaga qamab qo'ygansiz?

Jungkook sekin boshini ko‘tardi ko‘zlari qizarib ketgandi.

Jungkook: Chunki seni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Agar seni qo‘yib yuborsam men yana o‘sha zulmatga qaytaman. Sen men uchun nafasdek zarursan.

Jungkook Asuning yuzini qo‘llari bilan siladi.

Jungkook: Bilaman men yomon odamman Asu. Balki hech qachon yaxshi bo‘la olmayman. Senga qilgan ishlarimni ham kechirib bo'lmaydi.

Jungkook Asuning yuzini silab turarkan ko‘zlari qizarib ketdi.

Jungkook: Lekin baribir seni qo‘yib yuborolmayman. Chunki sen mening eng katta gunohim ham eng katta azobim ham bo‘lding.

Asu uning qo‘llarini yuzidan asta olib tashladi

Asu: Agar bu sevgi bo‘lsa nega men doim azoblanyabman? Nega sizning yoningizda men erkin emasman? Siz meni haqiqatdan ham sevasizmi yoki o'zimgizga tegishli narsa deb bilasizmi tushunolmayabman

Jungkook lablarini qattiq tishlab sekin jilmaydi

Jungkook: Farqi nimada. Muhimi sen mening yonimda bo‘lasan.

Asu jim qoldi. Uning ko‘zlarida qarshilik ham taslim bo‘lish ham aralashib ketgandi. Jungkook esa uni mahkam quchoqlab hech kimga bermaslikka ont ichgandek ushlab turdi.

Asumi: Jungkook meni yoningizda bo'lishimni xohlaysiz, shundaymi?

Jungkook uning so‘zlarini eshitib biroz hayratda qoldi. ichidagi kechirilmas gunohlarini va birdan to‘lib kelgan ehtirosni bir joyga jamlab javob berishni xohladi.

Jungkook: Ha men seni yonimda bo‘lishingni xohlayman. Har kuni uyg'onganimda seni ko'rishni xohlayman.

Asu bundan keyin uning ko‘zlariga tik qaradi. Uning ovozi biroz qattiqroq chiqdi.

Asumi: Men siz bilan qolaman va hech qachon qochishga harakat qilmayamn. Ammo evaziga Minjini qo'yib yuborasiz.

Jungkook Asuning so‘zlarini eshitib jim qoldi. Uning ko‘zlarida bir zumda g'azab paydo bo'ldi.

Jungkook: Minji…Asumi sen menga shart qo‘yayapsanmi?

Asu: Bu shart emas Jungkook. Men faqat adolat xohlayabman. Minji qurboni bo‘lishini xohlamayman. Sizga men kerak bo'lsam nega uni qo'yib yubormaysiz. Axir qochmayman dedimku.

Jungkook qattiq kulimsirab boshini chayqadi. Qo‘llari asta Asuning yelkasidan sirg‘alib tushdi.

Jungkook: Adolat deysanmi? Bu dunyoda adolat yo‘q Asumi. Faqat kuch bor. Men seni hech kimga bermayman.Minji haqida esa… hali o‘ylab ko‘raman.

Asu labini tishlab jim qoldi. Jungkookning so‘nggi so‘zlari uning qalbida umid uyg‘otdi. Jungkook uning yuziga yana bir bor qaradi va asta pichirladi.

Jungkook: Seni haqiqatdan ham qo‘yib yuborolmayman Asumi. Ammo sendan iltimos qilaman menga o'zim aytmagunimcha Minji haqida qayta gap ochma.

Asu: Demak siz sevgingizni isbotlashga tayyor emassiz…

Jungkookning yuragi ezilib ketdi ammo u javob qaytarmadi.

Jungkook: Qani o'rningdan tur. Uyga qaytamiz

Asumi: Iltimos... Men yana biroz qolmoqchiman.

Jungkook: Yo'q bo'lmaydi Asumi. Boshqa safar yana olib kelaman. Qani endi mashinaga chiq. Uyga ketamiz

Asumi sezdirmaslikka urunsa ham Jungkookdan qo'rqardi. Va indamay Jungkookning ortidan mashinaga chiqdi. Yo‘l bo‘yi ikkovlari ham jim ketishdi.
Uyga yetib kelishgach Jungkook mashinani hovliga qo‘ydi. U darhol chiqib Asuga eshikni ochib berdi.

Jungkook: Qani tush.

Asu asta mashinadan tushib uy tomon yurdi. Zinadan chiqayotib oyoq tagi toyib ketdi. Va yerga o'tirib oldi.

Asu: Ahh oyog'im

Jungkook: Asumi, nima boldi?

U darhol uni belidan uchlab uni ko'tardi. Asu og‘riqdan yuzini burdi.

Asu: Oyog‘im… oyog'im juda og‘riyapti…

Jungkook uni hech narsaga qaramay qo‘liga ko‘tardi va zinadan yuqoriga olib chiqdi. Qiz uning bo‘ynidan mahkam ushlab oldi.

Jungkook: Hammasi joyida bo‘ladi. Xavotir olma

Xonaga olib kirib yotoqqa ehtiyot bilan yotqizdi. Jungkook darhol uning oyoq kiyimini yechib oyog‘ini tekshira boshladi.

Jungkook: Biroz shishibdi…

Asu labini tishlab og‘riqqa chidardi. Uning ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi.

Asu: Oyog'im...juda og‘riyapti.

Jungkook darhol shifokorni chaqirdi. Shifokor yarim soatda yetib keldi.

Shifokor: Jiddiy hech nima bolmagan janob. Shunchaki payi cho'zilgan. Bog'lab qo'ysak bir necha kunda tuzaladi.

Shifokor Asumining oyog'ini bog'lab ogriq qoldiruvchi dori berib ketdi.

Jungkook shifokor chiqib ketgach Asuni yoniga qaytdi. U qizning oyog‘ini yostiqqa ehtiyotkorlik bilan qo‘yib ustiga ko‘rpa yopdi.

Jungkook: Dam ol Asumi. Men yoningda bo'lama

Asu uning yuziga qaradi. Ko‘zlarida hanuz qo‘rquv bor edi lekin Jungkookning yumshoq ohangi uni biroz tinchlantirdi.

Asu: Sizni hech qachon tushunib bo‘lmaydi Jungkook… Bir tomondan meni qafasda tutasiz ikkinchi tomondan mehr ko‘rsatasiz.

Jungkook: O'zim ham tushnmayaman. Men qanday sevishni bilmaydigan odamman Asumi.

Asu: Endi faqat tinchlik istayman…

Jungkook uning yuziga egilib peshonasidan sekin o‘pdi.

Jungkook: Tinch uxla. Men yoningda bo‘laman.

Asu asta yonboshlab ko‘zlarini yumdi. U ilk marta Jungkookning yonida o‘zini xavfsizdek his qildi. Jungkook esa yonidan ketmay sokin qarab o‘tirdi.

Jungkook(pov): Haqiqatdan Minjini qo'yib yuborsam men bilan butun umr qolasanmi. Nega u haqida qayg'uryabsan. Hatto uni qurbon qilmaslik uchun o'zingdan voz kechyabsan Asumi.

Tong yorishayotgan edi. Asu hanuz uxlab yotardi. Jungkook esa deraza yonida qo‘lida sigareta bilan chuqur o‘yga to‘lib o‘tirardi.

Jungkook (pov): Agar Minjini qo‘yib yuborsam Asumi yonimda qoladimi? Yo‘q men uni qo‘yib yubora olmayman. Minjini qo'yib yuborsam Asumi ham qochadi.

Shu payt eshik taqilladi. Jungkook sigaretasini o‘chirib keskin ovozda:

Jungkook: Kir.

Xizmatchi: Janob Minji xonim. U kecha tunda qochishga harakat qilgan. Hozir q'riqchilar uni topib olib kelishyapti.

Jungkookning ko‘zlari qizib ketdi. U sekin o‘rnidan turdi.

Jungkook: Asumi u uchun o'z hayotini qurbon qilayotgan vaqtda u faqat o'zini o'ylayotganmidi.

Asu ovozdan uyg‘onib ketdi. U qo‘rqib Jungkookka qaradi.

Asu: Nima bo‘ldi? Kim haqida gapiryapsiz? Minji?

Jungkook: Sen bunga aralashma Asumi.

Asu: Yo‘q men bilishni xohlayman! Nima bo‘ldi unga?

Jungkook: Yetadi Asumi! Senga Minji haqida endi gap ochma degamdim.

Asu ko‘zlariga yosh oldi.

Asu: Meni eshityapsizmi? Sizning sevgingiz agar rost bo‘lsa buni isbotlang. Uni qo‘yib yuboring!

Shu payt eshik ochildi. Ikki odam Minjini sudrab olib kirdi. Qizning qo‘llari bog‘langan yuzida qo‘rquv bor edi.

Minji: Asu… yordam ber… iltimos…

Asu joyidan sakrab turdi ammo oyog‘i og‘rib yiqilib tushdi. Jungkook uni qo‘lidan ushlab qoldi.

Asu: Uni qo‘yib yuboring! Jungkook iltimos…

Jungkook: Uni yerto‘laga olib boringlar.

Asu: Yo‘q! Jungkook to‘xtang.

Jungkook qizni qo‘lidan qattiq ushlab o‘ziga tortdi.

Jungkook: Yetar Asumi! Men qaeorimdan qaytmayman.

Asu ko‘z yoshlariga bo‘g‘ilib uning ko‘ziga tik qaradi.

Asu: Demak siz uchun men ham sevgingiz ham hech narsaga teng emas. Siz faqat o‘zingizni o‘ylaysiz, shundaymi?

Jungkook qotib qoldi. Qizning so‘zlari yuragini tilka-pora qilgandek bo‘ldi. Lekin u ortga qaytmadi. Minjini sudrab olib chiqishdi.

Asu yig‘idan to‘xtamay, yiqilgan joyida qolib ketdi. U Minjining chinqirig‘ini eshitib chidab turolmay baqirdi.

Asu: Jungkook! Agar menga ozgina bo‘lsa ham ishonchingiz bo‘lsa uni qo‘yib yuboring!

Jungkook to‘xtab qoldi. Zinadan Asumi qolgan xonaga qaradi.

Jungkook: Sen meni hech qachon tushunmaysan Asumi...

U sekin burilib chiqib ketdi. Xizmatchilar Minjini yerto‘laga olib tushishdi.

Asu bo‘lsa qo‘llarini yuziga bosib yig‘lardi. Oyog‘i og‘rib tursa ham o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi.

Asu: Men sizni bunday odam deb o‘ylamagandim, Jungkook...

Jungkook zinapoyadan pastga tushayotib ichidan o‘ziga gapirdi.

Jungkook (pov):
Asu… sen meni ojiz qilayapsan. Agar Minjini qo‘yib yuborsam seni ham yo‘qotaman. Ammo seni yig‘laganingni ko‘rish undan ham qiyin...

Yerto'la eshigi qattiq yopildi.

Qo‘riqchi: Janob hammasi tayyor.

Jungkook : Uni xanjirlar bor devorga mahkamlang.

Qo'riqchilar Minjini zanjirga mahkamladi.

Minji: Nega bunday qilyapsiz? Men sizga nima qildim?

Jungkook : Sen menga hech narsa qilmading. Lekin sen Asuga kerak eding. Ammo uni tashlab qochishga harakat qilding.

Minji: Iltimos meni qo‘yib yuboring... Men hech kimga aytmayman.

Jungkook: Gap seni kimgadir aytmasliging haqida emas. Asu seni himoya qilishga urindi. Sen esa unga xiyonat qilding

Minji: Siz uni azoblayapsiz… agar uni sevsangiz buni qilmasligingiz kerak edi.

Jungkook: Sevgi haqida menga dars berma. Meni sevishni bilmaydi deb o‘ylaysanmi? Balki men noto‘g‘ri yo‘l bilan sevyapman… lekin Asu mem bilan

Minji: Jin ursin seni ablax meni qoyib yubor lanati itvatcha

Jungkook minjining gapidan keyin g'azablandi va unga tarsaki tushurdi

Jungkook: Bir necha kun shu yerda qolsang aqling kiradi sen qizni

Asumi oyog'idagi og‘riqqa qaramay yerto‘la tomon yurdi. Har bir qadami qo‘rquv va o'g'riq bilan to‘ldi. Eshik oldiga yetganda ikki qo‘riqchi uni to‘xtatdi.

Qo‘riqchi: Janob Jungkook sizga bu tarafga tushishni taqiqlagan.

Asu: Menga baribir. Men bu yerga tushaman!

Ularning qarshiligiga qaramay, Asu pastga tushdi. Yerto‘laning sovuq havosi yuziga urildi. Ichkariga kirganda Minji temir zanjir bilan bog‘langan holda o‘tirardi.

Minji: Asu… iltimos… meni bu yerdan olib chiq…

Asumini yuragi ezilib yoniga yugurdi. Uni quchoqlab zanjirlarni ko‘zdan kechirdi.

Asu: Senga yordam beraman. Endi yolg‘iz emassan.

Shu payt ortidan qadam tovushlari eshitildi. Asu orqasiga qarasa Jungkook eshik oldida turardi.

Jungkook: Asumi… nima qilyapsan?

Asu: Men insonman Jungkook. Men boshqalarning azobiga ko‘z yumib turolmayman.

Jungkook: Sen meni tahdid qilyapsanmi?!

Asu: Yo‘q. Men faqat sevgi nima ekanini ko‘rsatmoqchiman. Sevgi odamni asir qilish emas uni ozod qilishdir.

Jungkook sukutda qoldi. Bir zum ko‘zlari titradi ammo keyin yana qattiqlashdi.

Asu: Seni sevishni xohlagandim… lekin sen bunga imkon bermayapsan.

Xona ichini og‘ir sukut qoplab oldi. Jungkookning yuragi ikki bo‘linayotgandek edi…

Muallif:Kim Asumi
Kanal: Bangtan Tales