August 24, 2025

Qora kapalak simfoniyasi

Episode 7

"𝕊𝔢𝔫 𝔪𝔢𝔫𝔦 𝔱𝔬𝔭𝔤𝔞𝔫 𝔨𝔲𝔫𝔦𝔫𝔤, 𝔪𝔢𝔫𝔦 𝔬'𝔩𝔦𝔪 𝔨𝔲𝔫𝔦𝔪𝔡𝔦𝔯"

Asumi lablarini titratib orqaga chekinishga urindi ammo Jungkook uni belidan mahkam ushlab o‘ziga tortdi.

Asumi: Jungkook… yetar…

Jungkook: Sen qachon tushunasan Asumi? Men sening “yo‘q” degan so‘zingni qabul qila olmayman.

Uning ovozi past ammo xavfli edi. Asumini yuragi gursillab urar, qo‘llari qaltirardi.

Asumi: Men sizdan ham hislarimdan ham qo‘rqayapman…

Jungkook: Qo‘rqishing kerak ham. Chunki men shunday odamman. Lekin sen baribir mening yonimda qolasan.

Asumi qattiq itarib yubordi lekin Jungkook qimirlamadi balki yanada qattiqroq mahkam ushladi.

Asumi: Siz meni qafasga qamab qo‘ygan yirtqichsiz!

Jungkook: Ha… va sen mening o‘ljamsan.

Asumi: Men sizni nafratlanaman!

Jungkook uning yuzini qo‘llari bilan mahkam ushlab ko‘zlariga tik qaradi.

Jungkook: Nafrating menga kuch beradi. Chunki nafrat degani ham sening butun e’tiboring meniki degani.

Shu payt tashqaridan eshik qattiq taqilladi. Jungkookning odamlaridan biri shoshilib kirib keldi.

Qo'riqchi: Janob! Hwang Seo keldi(eslasanglar ilk qismlarida uning kichik sahnasi bor edi) … va u qattiq jahlda. Sizni kutyapti.

Jungkookning yuzida muzdek ifoda paydo bo‘ldi. U Asumining yuzidan qo‘lini sekin olib uni qattiqroq qarash bilan ogohlantirdi.

Jungkook: Bir qadam ham tashlama. Bu uyda hamma sening har bir nafasini kuzatadi. Agar qochishni xayol qilsang Minji birinchi qurbon bo‘ladi.

Asumining ko‘zlari dahshatdan kattalashdi.

Asumi: Siz… shuncha shafqatsiz bo‘lishingiz mumkinmi?

Jungkook: Bu shafqatsizlik emas. Bu nazorat.

U xonadan chiqib ketdi. Asumi esa titrab qolgancha pianino yonida qotib turardi.

Jungkook pastki qavatga tushganda mehmonxonadek katta zalda Hwang Seo allaqachon uni kutib o‘tirgan edi.

Jungkook: Nega bunchalik jahldasan Seo?

Hwang Seo: Nega o‘zingcha qaror qilding? Seyoung sening xotining ekanligini unutdingmi? O'sha qizni bu yerga nega olib kelding?

Jungkookning nigohi keskinlashdi ammo yuzida hech qanday ifoda sezilmadi.

Jungkook: Men kimni qayerga olib kelishni sendan so‘rab o‘tirmayman.

Hwang Seo: Gapimni chalg‘itma! Seyoung meni singlim bolsa seni xotining! Begona ayolni uyingga okib kelib...biroz bo'lsada uyalsang bo'lardi Jungkook.

Jungkook: Bu mening uyim. Qoidalarni men o‘zim belgilayman.

Hwang Seo: Singlimning sha’nini oyoq osti qilma! U sening yoningda shunchaki soyadek yashash uchun turmush qirmagan

Jungkook: Soyadek yashashmi? Balki sen noto‘g‘ri tushunayapsan. U bu uyda mening yonimda xotin sifatida yashayabdi. Boshqa hech kim unga bu maqomni bera olmaydi.

Hwang Seo: Maqom? Sen uni faqat niqob sifatida ishlatayapsan. Aslida esa 3 yildan beri o‘sha qiz sening butun e’tiboringni egallagan.

Jungkook bir qadam oldinga yurib Seoning yuziga yaqinlashdi.

Jungkook: Demak sen meni kuzatyapsan?

Hwang Seo: Sen singlimni mensimayabsan men shunchaki qarab turamanmi seningcha?

Jungkook: Unda eshit Seo Asumi bu uyda qoladi. Seyoung ham mening yonimda qoladi. Va sen bunga hech narsa qila olmaysan.

Seo qo‘llarini musht qilib qisdi ammo o‘zini tiydi.

Hwang Seo: Agar singlim sen tufayli zarar korsa seni ham o'sha qiz ham tirik qolmaysizlar

Jungkook: Gaping tugagan bo'lsa ketishing mumkin. Mening muhim ishlarim bor.

Seo jahl bilan Jungkookni villasidan otilib chiqdi.

Asumi qattiq titragancha pianino yonidan asta yurib chiqdi. U zinapoyadan yuqoriga ko‘tarilib Minjining xonasiga kirdi.

Minji: Nihoyat keldingmi? Ranging oqarib ketibdi… nima bo‘ldi?

Asumi ko‘z yoshlarini tiyolmay dugonasining yoniga o‘tirdi.

Asumi: U meni qo‘yib yubormaydi, Minji. Qayerga borsam ham, qanday qochmoqchi bo‘lsam ham… hammasi nazorat ostida. U… hatto seni ham qurbon qilishini aytdi.

Minji Asumini bag‘riga bosdi uning yelkasidan silab ovutishga urindi.

Minji: Bunaqa odamning tahdididan qo‘rqma! Men seni tashlab ketmayman. Biz birgalikda yo‘l topamiz.

Asumi: Yo‘q… u boshqa hech kimga o‘xshamaydi. U odam emas Minji. Go‘yoki bir yirtqich kabi. Uning ko‘zlariga qarasam… xuddi ruhimni tortib olayotgandek.

Minji jimgina dugonasining yuziga qaradi.

Minji: Nafrat bilan sevgi orasida faqat bir qadam bor. Balki sen o‘zing ham his qilmayapsan… lekin u seni azoblagan sari sen ham unga yanada bog‘lanib qolyapsan.

Asumining ko‘zlari dahshatdan kattalashdi.

Asumi: Yo‘q! Men uni yomon ko‘raman! Men undan nafratlanaman!

Minji: Nafrat ham sevgi kabi e’tibor Asu… U esa sening butun e’tiboringni egallagan.

Shu payt eshik taqillab ochildi. Jungkookning uzun soyasi xona ichiga cho‘zildi.

Jungkook: Demak dugonang ham menga bog'lanib boshlaganingni sezibdi kapalagim

Asumi: Unday emas. Sizga bog'lanib qolgandan o'lganim yaxshi

Jungkook Asumiga tikilib lablarida sovuq tabassum paydo bo‘ldi.

Jungkook: Sen meni inkor qilganing sari men sening ruhingni asta-sekin egallayapman. Qochishga urinma kapalagim. Chunki men seni o‘zingdan ham yaxshi bilaman.

Asumi Minjining qo‘lini mahkam ushlab oldi lekin qo‘llari qaltirardi.

Asumi: Siz... siz odam emas! Siz faqat nazorat qilishni bilasiz. Yuragingizda muhabbat degan narsa yo‘q.

Jungkook asta kulib uning oldiga yurdi. Jungkook juda yaqin kelib yuzini Asumining qulog‘i yoniga olib bordi.

Jungkook: Balki sen haqdirsan. Men muhabbatni bilmayman. Lekin sening nafrating mening eng shirin hissiyotim.

Asumi qo‘llarini qattiq titratib Minjiga yopishib oldi.

Jungkook:Qanchalik qarshilik qilsang ham, baribir mening yonimda qolasan.

Asumi: Yo‘q! Men sizni hech qachon qabul qilmayman.

Jungkook keskin qadam tashlab oldinga yurdi. Asumini bilagidan qo‘lini qattiq siqib oldi. Minji aralashmoqchi bo‘ldi ammo Jungkookning bir qarashi uni joyida to‘xtatdi.

Asumi: Meni qo‘yib yuboring! Qo'limni og'rityabsiz

Jungkook yuzini unga juda yaqin olib keldi.

Jungkook: Sen qichqirganda, sen qarshilik qilganda… men yanada senga boglanaman

Jungkook qo‘lini Asuning bo‘yniga qo‘ydi, barmoqlari esa asta bo'ynini qisa boshladi.

Jungkook: Shuni tushun Asumi. Seni har bir nafasing ham meniki. Agar men xohlasam hozir shu nafasni ham tortib olaman.

Asumining bo'g'ilib qoldi, ko‘zlari yoshga to‘ldi. Minji qaltirab yig‘lab yubordi.

Minji: Jungkook! Iltimos uni qo‘yib yuboring! Hozir uni o‘ldirib qo‘yasiz!

Jungkook Minjiga sovuq qaradi keyin Asumini qoyib yubordi. Asumini polga yiqildi.

Asumi: Siz... siz yirtqichsiz! Sizning ichingizda inson degan narsa qolmabdi!

Jungkookning labida sovuq kulgi paydo bo‘ldi. U asta Asumini yoniga o'tirdi.

Jungkook: To‘g‘ri. Men inson emasman. Men sening qafasingman. Sen esa mening kapalagimsan.

Asumi: Men sizdan qochaman! Qanday bo‘lmasin bu qafasdan chiqaman.

Jungkook: Agar qochishga urinib ko‘rsang birinchi bo‘lib Minji o'ladi. Keyin esa sen.

Minji qo‘rquvdan qaltirab Asumining qo‘lini qattiq ushlab oldi.

Minji: Asu... iltimos jim bo‘l. U seni o'ldirib qo'yadi

Jungkook chuqur nafas olib tinchlandi.

Jungkook: Bugungi dars tugadi kapalagim. Yodingda bo‘lsin… sening nafrating ham, qo‘rquving ham meniki.

U sekin orqasiga o‘girilib og‘ir qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi.
Asumi Minjining quchog‘iga quladi.

----
Seo jahl bilan seyong turgan villaga keldi va to'g'ri Seyoungni xonasiga kirdi.

Seo: Men Jungkook bilan gaplashish uchun borgandim. Lekin u eshitishni ham xohlamadi.

Seyoung: Aytgandim-ku unga gapirishdan foyda yo‘q. U faqat o‘z bilganini qiladi.

Seo: U meni odam o‘rnida ko‘rmadi. Go‘yoki men hech kim emasman.

Seyoung: Chunki u seni ham meni ham mensimaydi. Faqat o‘sha qizni ko‘radi.

Seo:Jungkookning nega o'sha qizni himoya qilayotganini
tushunmayapman. Nega u butun uy ichida asosiy mavzuga aylandi?

Seyoung: Chunki Jungkookning ko‘zi ko‘r. Lekin men jim turmayman. Asumi o'sha uydan ketadi

Seo: Unga qarshi chiqmoqchimisan? Bu oson bo‘lmaydi Seyoung.

Seyoung: Jungkook meni xotin deb ataydi lekin xotiniga munosib munosabatda bo'mayabdi. Men ham qo‘limni qovushtirib o‘tirmayman.

Seo: Nima qilmoqchisan?

Seyoung: Avvalo Asumidan qutilish kerak.

Seo: Bu xavfli. Agar Jungkook buni bilib qolsa sening ham hayoting tugaydi.

Seyoung: Menga baribir. Men hech bo‘lmaganda o‘sha qizni hayotimdan chiqarib tashlashim kerak.

Seo sukutda singlisiga qaradi. uning ko‘zlarida nafrat va azob aralash ifoda bor edi.

Seo: Ho'p Seyoung. Lekin buni o‘ylab qil. U qizni osonlikcha qo‘yib yubormaydi.

Seyoung: Hozircha ko'ngilxushlik qilaversin. Keyin shunday narsa qilamanki Jungkook o'sha qizni o'zi quvib soladi.

Seo: Yordam kerak bo'lsa doim yoningdaman buni unutma. Keyin...ehtiyot bo'l. Sen meni yagaona oilamsan

Seo shunday deya Seyoungni peshonasidan o'pib qo'ydi

Seyoung

Jungkook Asumini yonidan chiqqach uzoq vaqt jim oshxonada o'tirdi. U vino quyilgan stakanni stolga qo‘ydi biroq ichmadi. Qo‘llarini peshonasiga qo‘yib ko‘zlarini yumdi.

Tishda: Qorong‘i xonada kichkina Jungkook qafas yonida o‘tirardi. Qafas ichida rang-barang kapalak qanotlarini urib, chiqishga urinardi. Bola ko‘zlarini katta ochib unga qarardi lekin qafasning qulfini ochishga qo‘rqardi.
Shu payt orqasidan onasining ovozi.

Onasi: Kapalakni qafasdan chiqarma Jungkook… Agar chiqarib yuborsang u uchib ketadi va seni tashlab ketadi.

Jungkook titrab onasiga qaradi. Uning ko‘zlarida yosh bor edi.

Jungkook: Lekin u qiynalayapti, oyi… U erkin bo‘lishni xohlaydi .

Onasi: Erkinlik degan narsa yo‘q bolam. Agar biror narsani sevmoqchi bo‘lsang uni qafasga solishing kerak. Aks holda uni abadiy yo‘qotasan.

Kapalak qafas ichida yanada qattiq urina boshladi.

Onasi: Hayot shunday o'g'lim. Agar seni sevsalar qafasda ham qolishadi. Qochib ketsa demak ular senga tegishli emas.

Jungkook qafasni ochmoqchi bo‘ldi. Ammo onasining muzdek qo‘li uning bilagini qattiq siqib ushladi. Shu ondayoq qora kapalak qafas ichida o'lib pastga tushdi.

Jungkook birdan uyg‘onib ketdi. Nafasi tezlashgan, peshonasidan sovuq ter oqib tushar, ko‘zlari esa vahshiyona chaqnardi.

Jungkook: Qafas… mening yagona nazoratim. Erkinlik esa faqat o‘lim. Men seni qafasdan hech qachon chiqarmayman kapalagim…

Jungkook o'rnidan turub Asumining xonasiga bordi. U uxlayotgandi Jungkook Asumini yoniga o'tirdi. Uning yuzidan mayin silab unga tikikdi. Uning miyasida esa hanuz kapalak tasvirlangan edi. Asu esa uning kapalagi edi.
Asumi ham qafas ichida uchishga urinardi.

Jungkook: Agar seni qo‘yib yuborsam sen qaytib kelmaysan… Men buni yaxshi bilaman Asu.

U asta o‘rnidan turdi qorong‘i yo'lakga chiqib borarkan ichida bir qaror shakllandi. Endi u Asuni qo‘yib yubormaydi. Hatto Asu undan nafratlansa ham, hatto u qichqirib qarshilik ko‘rsatsa ham Jungkook uchun bu ahamiyatsiz edi.

Jungkook: Oyi...men seni tushundim. Sevgi erkinlik emas. Sevgi bu qafas va men Asuni o‘zimniki qilaman.

Jungkook endi Asuni faqat sevib qolmagandi balki uni o‘zining eng qimmatbaho asiri deb bilardi.

7-qism shu yerda tugaydi. O'z fikringlarni kammentda kutaman.

Muallif:Kim Asumi Kanal:Bangtan Tales