August 28, 2025

Qora kapalak simfoniyasi

Episode 8

"𝕊𝔢𝔫 𝔪𝔢𝔫𝔦 𝔱𝔬𝔭𝔤𝔞𝔫 𝔨𝔲𝔫𝔦𝔫𝔤, 𝔪𝔢𝔫𝔦 𝔬'𝔩𝔦𝔪 𝔨𝔲𝔫𝔦𝔪𝔡𝔦𝔯"

Asumi tongda uyg‘onganida xona sovuq edi. Yonida hech kim yo‘q lekin uning qo‘lida qattiq siqilgan izlar qolgandi. U qaltirab o‘rnidan turdi. Asumi asta derazaga bordi oynadan tashqariga qaradi. Deraza panjaralanganini ko‘rib yuragi siqildi.

Asumi: Bu qafasdan chiqishim kerak… yo‘qsa men ham bu yerda o‘laman.

Eshik sekin ochildi. Jungkook ichkariga kirdi. Qo‘lida nonushta to‘la patnis bor edi.

Jungkook: Uyg‘onibsan kapalagim. Sen uchun nonushta tayyorladim.

Asumi: Nega bunday qilyapsiz? Nega meni qiynab turib keyin mehribonlik qilyabsiz?

Jungkook stolga patnisni qo‘ydi uning yoniga kelib yuzini siladi.

Jungkook: Chunki seni yaxshi ko'raman. Sen meniki bolishing kerak.

Asumi uning qo‘lini itarib yubordi.

Asumi: Men hech qachon sizniki bo‘lmayman.

Jungkook: Shuni tushun Asu. Sen qanchalik qarshilik qilsang ham sening tanang ham, ruhiing ham meniki. Sen bu yerdan chiqmaysan.

Asumi qichqirmoqchi bo‘ldi lekin Jungkookning qo‘li uning og'zini yopdi.

Jungkook: Agar qochishga urinsang aytganimdek Minji birinchi qurbon bo‘ladi.

Asumining ko‘zlaridan yosh oqdi. Jungkook qo‘lini sekin oldi ammo nigohi shafqatsiz edi. Shu payt eshik taqilladi. Jungkookning odamlaridan biri ichkariga boshini suqdi.

Qo‘riqchi: Janob Seyoung xonim sizni kutyapti.

Jungkook yuzini Asumidan sekin uzdi.

Jungkook: Men qaytguncha xonadan chiqma.


Seyoung: Nihoyat pastga tushding. Seni kutib o‘tirib charchadim.

Jungkook: Men band edim. Gapni cho‘zma nima uchun chaqirding?

Seyoung: Asuni ushlab turibsan lekin buning oqibatlarini o‘ylayapsanmi? Bu qiz sening dushmanlaring uchun eng kuchli qurolga aylanishi mumkin.

Jungkook: Men hammasini hisobga olganman Seyoung. Hech kim uni bu yerdan topa olmaydi.

Seyoung: Agar Asu qochishga harakat qilsa-chi? Sen uni ushlab qola olasanmi?

Jungkook: U qocholmaydi. Bu yerda har bir eshik har bir deraza nazorat ostida.

Seyoung: Jungkook men seni yaxshi bilaman. Sen o‘zingni sovuqqon ko‘rsatishing mumkin lekin yuragingni yashira olmaysan. Asuni qo‘yib yuborishga kuching yetmaydi.

Jungkook: Men uni qo‘yib yubormayman. Chunki u butunlay meniki.

Seyoung Jungkookning ko‘zlariga qaradi.

Seyoung: Demak sen uni sevgidan emas qo‘rquvdan ushlab turibsanmi.

Jungkook: Yo‘q. Agar men uni qo‘yib yuborsam u boshqa hech qachon qaytmaydi. Shung uchun asumi shu yerda.

Seyoung jilmaydi ammo nigohi sovuq edi.

Seyoung: To‘g‘ri. Chunki u sen bilan emas ozodlik bilan yashashni tanlaydi.

Jungkook: Shuning uchun u hech qachon ketmaydi.

Seyoung uning yoniga bir qadam yaqinlashdi nigohida alam yonardi.

Seyoung: Demak seni yo‘qotishim mumkin bo‘lgan yagona sabab shu qizmi? Nima uchun meni sevolmaysan?

Jungkook: Bu masalani bu yerda ochib o‘tirma Seyoung.

Seyoung: Men sening yoningda yillar davomida turdim lekin sen sendan nafratlanadigan qizni tanlading

Jungkook bir lahzaga jim qoldi ammo nigohini olib qochmadi.

Jungkook: Asu ketmaydi.

Seyoung achchiq kulib yuberdi. Ko‘zlari yoshga to‘ldi ammo u ko‘rsatmaslikka harakat qildi.

Seyoung: Buni vaqt ko'rsatadi Jungkook.

U keskin burilib og‘ir qadamlar bilan chiqib ketdi.

Asumi xonasi burchagida o‘tirar qo‘llari titrardi. Eshik sekin ochildi va Minji ichkariga kirdi.

Asumi: Minji. Sen yaxshimisan? Ular senga zarar qilishmadi?

Minji: Yo‘q, men yaxshiman… ammo qo'rqyapman Asumi

Asumi: Men ham. Jungkook har safar agar qochishga urinsam seni qurbon qilishini aytadi.

Minji: Demak meni himoya qilish uchun qolasanmi?

Asumi: Ha… Men seni yo‘qotolmayman. Sen mening yagona yaqinimsan.

Minji: Asu sen meni o‘ylab o‘zingni qurbon qilma. Biz boshqa yo‘l topamiz.

Asumi: Qanday qilib? Har joyda qo‘riqchilar. Derazalar esa panjaralangan. Bu qafasdan chiqish imkonsiz.

Minji: Yo‘q imkonsiz emas. Eshit yarim kechasi Qo'riqchilar navbat almashadi. Oshxonadan orqa eshik tomon chiqamiz. Ammo faqat 5 daqiqa vaqtimiz bor.

Asumi chuqur nafas oldi. Qo‘llari hanuz titrardi.

Asumi: Agar qo‘lga tushsak nima bo‘ladi?

Minji: Bilmayman Asumi… lekin agar qolaversak undan battar bo‘ladi.

Asumi: Jungkook hamma joyni nazorat qiladi. Bizni qo‘yib yubormaydi.

Minji: Shuning uchun qochishimiz kerak.

Eshik ortidan qadam tovushlari eshitildi. Asumi tezda Minjini yotoqning yoniga surdi. Jungkookning odamlaridan biri ichkariga ko'z tashladi

Qo‘riqchi: Hammasi joyidami?

Asumi: Ha… hammasi yaxshi.

Qo‘riqchi shubhalanib ularni kuzatd, keyin eshikni yopib ketdi. Asumi chuqur xo‘rsindi.

Asumi: Har bir daqiqa kuzatuv ostidamiz.

Minji: Shunday bo‘lsa ham harakat qilamiz. Agar qochishga urinmasak hech qachon ozod bo‘lolmaymiz.

Asumi jim qoldi derazaga qarab turdi. Panjaralar ortidan quyosh ko‘rinardi.

Asumi: Demak yarim kechada… faqat 5 daqiqa vaqtimiz bo‘ladi.

Minji: Ha. Agar kechiksak hammasi tugaydi.

Asumi asta bosh irg‘adi. Yuragi tez ura boshladi.

Asumi: Mayli. Urinib ko‘ramiz.

Minji: Birgalikda chiqamiz.

Ular bir-biriga qarab jim qolishdi. Hamma narsa 5 daqiqaga bog‘liq edi.

Jungkook eshik ortida jim turardi. Har bir so‘zni aniq eshitib oldi.

Jungkook : Demak qochmoqchisan…

U asta eshikdan uzoqlashdi. Qo‘riqchilardan birini chaqirdi.

Jungkook: Yarim kechada qoriqchilar navbat almashish vaqtini o‘zgartiring. Hech kim sezmasin.

Qo‘riqchi: Tushunarli janob.

Jungkook yuzida sovuq jilmayish bilan zinapoyadan yuqoriga ko‘tarildi.

Jungkook: Qochishga urinadi. Meni aldayman deb o‘ylaydi. Asu keyingi darsni olish vaqting keldi.

Jungkook bundan xabar topgan zahoti hamma narsani tayyorlab faqat Asumining qochishini va uni qanday jazolashni o'ylardi.

Tungi sukunat. Soat o‘n ikkiga yaqinlashgandi. Deraza panjaralari ortidan oy nuri xonaga allaqachon kirdi.

Minji: Asu yur vaqt ketyapti.

Eshik sekin ochildi. Ikkalasi koridordan chiqib pastga tushishdi.

Minji: Hozir qo‘riqchilar navbat almashadi. Shoshilish kerak

Ular oshxona yonidan yugurib o‘tishdi. Orqa eshikdan tashqariga chiqqanda sovuq shamol yuzlariga urildi.

Minji: Asu chiqib oldik! Faqat panjara qoldi.

Ular hovlidan yugurib panjaraga yetishdi. Qo‘llari temirga tegishi bilan ortdan qadam tovushi eshitildi.

Jungkook: Qochmoqchimisan kapalagim.

Asumi qo‘llarini panjaradan oldi orqasiga burildi. Jungkookning sovuq nigohi qorong‘ida yanada dahshatli ko‘rinardi.

Jungkook: Men seni ogohlantirgandim kapalagim. Agar qochishga urinsang… Minji birinchi qurbon bo‘ladi

Jungkook to'pponchasini chiqarib tog'ri Minjiga o'qtaldi.

Asumi: Yo‘q. Iltimos unga tegma! Bu mening aybim

Jungkook sekin yurib ularning yoniga keldi.

Jungkook: Seni ogohlantirgandim Asumi, ayb o'zingda

Minji ko‘zlari yoshga to‘ldi ammo jasorat bilan Asumining oldiga o‘tib to‘pponcha tomon tik qaradi.

Minji: Agar otmoqchi bo‘lsang meni ot. Asuni emas.

Jungkook: Juda sodiqsan, Minji. Nahotki o'z hayotingdan unikini ustun qo'yyabsanmi?

U sekin to‘pponchani ko‘tarib yana Minjiga qaratdi.Asumi yig‘lamsirab oldinga o‘tdi

Asumi: Men qaytaman! Faqat iltimosMinjiga tegmang. Men endi qochmayman. Qachon aytsangiz yoningizda bo‘laman.

Jungkook: Sen meni kun sayin tushunib boryapsan kapalagim. Endi qarshilik qilmaysan shundaymi?

Asumi asta bosh irg‘adi, qo‘rquvdan lablari oqargan edi.

Asumi: Faqat qurolni tushir.

Bir lahza sukunat cho‘kdi. Jungkook asta qurolni pasaytirdi ammo nigohi Minjidan uzilmadi.

Jungkook: Bu safar omadingiz keldi. Lekin eshitib ol Asu… agar yana qochishga urinib ko‘rsang men uni ko‘z oldingda otaman. Keyingi safar hech ikkilanmayman.

Minji qaltirab Asumining qo‘lidan ushladi.

Minji: Asu yo‘q… unga ishonma. U seni yana qafasiga qaytaradi.

Jungkook keskin qadam tashlab Minjini devorga urdi. Uning qo‘lidan kuch chiqib ketdi.

Jungkook: Aslida sen ham bu yerda ortiqchasan. Agar yana bir og'iz gapirsan otib tashlayman.

Asumi vahshiyona ko‘rinayotgan Jungkookning qo‘liga yopishdi

Asumi: Iltimos unga tegma! Men seniki bo‘laman… faqat uni tinch qo‘y. Uni qo'yib yubor men xohlaganingcha shu yerda qolaman

Jungkook asta sekin to‘pponchasini beliga qaytardi. U Asumining yuziga yaqinlashib shivirlagancha gapirdi

Jungkook: Yaxshi. Sen o‘zingni o‘zing topshirding. Endi sen butunlay meniki bo‘lasan kapalagim.

U Asumining yuzini qo‘li bilan asta siladi, so‘ng keskin qo‘lidan tortib uni o‘ziga yaqinlashtirdi.

Asumi: Siz… men uchun o‘limsiz Jungkook.

Jungkook lablari bilan uning qulog‘iga yaqinlashdi ovozi sovuq va pichirlab eshitildi.

Jungkook: To‘g‘ri. Men sening o‘limingman. Va sen… mening yagona hayotimsan.

U Asumini qo‘lidan tortib yana qasr ichkarisiga olib kirdi. Minjini qoriqchilar tortqilagancha qasrga olib kirdi

Jungkook