𝓛𝓸𝓼𝓽 𝓲𝓷 𝓟𝓲𝓬𝓽𝓾𝓻𝓮𝓼
"𝓜𝔂 𝓱𝓮𝓪𝓻𝓽 𝓹𝓪𝓲𝓷𝓽𝓼 𝓸𝓷𝓵𝔂 𝓯𝓸𝓻 𝔂𝓸𝓾"
Men Lee Suna 20 yoshdaman. Men rasm chizishga qiziqaman shu sabab rassomlik litseyida o'qiyabman. Bo‘sh vaqtimni o‘zim uchun kichik bir dunyo yaratib, unga ranglar va chiziqlar bilan hayot berish bilan o‘tkazaman.
Hayotim oddiy edi. Har kuni bir xil avtobus, bir xil yo‘l, bir xil bekat. Deraza yoniga turib, quloqchin taqib odamlarni kuzatardim. Uni ham shunday kunlardan birida uchratdim.
Uni birinchi marta ko'rganimda uni oddiy avtobus yo'lovchisi deb o'ylagandim. Udtida qora palto, yelkasiga osilgan sumka va qo‘lida kitob bor edi. U boshqalarga qaraganda ajralib turardi. Atrofdagi shovqin unga ta’sir qilmasdi. Go'yo shovqinlarsiz o'z olamida yashayotgandek edi.
O'sha kuni kechqurun uyga keliboq uning rasmini daftarimga tushura boshladim. Ammo nega?... buni bilmayman.
Avval ko‘zlarini chizdim. Chunki eng ko‘p esda qolgan narsa shu edida. Qalamim qog‘oz ustida harakatlanarkan yuragim negadir tez ura boshladi.
Men uni tanimasdim. Ismini ham bilmasdim. Ammo rasmini chizayotganda go‘yo u yonimda o‘tirgandek his qildim.
Ertasi kuni yana o‘sha avtobusga chiqdim.Bilmayman nega lekin ichimda g‘alati hayajon bor edi. Har kuni bir xil bekat, bir xil yo‘l lekin bugun hammasi boshqacha tuyulardi. Ko‘zlarim uni izlay boshladi. Va nihoyat uni yana ko'rdim. Kechagi qora palto, o‘sha kitob… lekin bugun u kitob o‘qimayotgandi. Tashqariga qarab kulib turardi. G'alati... nega u kulganda men ham kuldim?
Bekatim kelganda tushdim. Orqamga qarab qo‘ymadim. O‘zimni go‘yo hech narsa bo‘lmagandek tutishga harakat qildim.Rassomlik litseyining eski, baland derazali binosi har doimgidek meni rang hidi bilan kutib oldi. Moybo‘yoq va qog‘oz… bu hid men uchun tinchlik edi.
Ara: Suna! Yana kech qoldingmi?
Suna: Yana aftobus sekin yurdi shu sabab kech qoldim
U yerda har doimgidek bizning kichik guruhimiz yig‘ilgan edi: Ara-doim hazilkash ammo portret chizishda juda iste’dodli. Haesoo- sokin lekin rang tanlashda hammamizdan kuchli. Va hammadan ko'p gapiradigan Jiwoo
Haesoo: Ertaga kompozitsiya topshiramiz-ku men hali fonni tugatmadim.
Jiwoo: Men esa umuman nimani chizishni bilmayapman. “Ichki holatingni tasvirla” deyish oson-da.
Ara: Ichki holatimmi? Unda men uxlayotganimni chizaman.
Hamma kulib yubordi.
Men esa indamay joyimga o‘tirdim. Oqartilgan qog‘oz menga tikilib turgandek edi. “Ichki holatingni tasvirla.”
Ichki holatim…
So‘nggi kunlarda ichimda nimadir o‘zgargandi. Buni so‘z bilan tushuntirib berolmasdim. Bu muhabbat emasdi. Bu shunchaki… bir lahzaning izlari edi. Bir nigoh, bir tabassum. Lekin men bu haqida o‘ylamaslikka harakat qildim.
Suna: Bilmadim. Balki… deraza ortidagi yorug‘likni.
Jiwoo: Yorug‘lik? Juda poetik-ku.
Suna: Yo‘q. Shunchaki… ba’zan odamning ichida qorong‘ulik bo‘lsa ham, tashqarida yorug‘lik bo‘ladi.
Haesoo menga bir lahza qarab turdi.
Haesoo: Sen kechadan beri o‘zgargansan Suna.
Haesoo: Ko‘zlaring boshqacha. Go‘yo nimanidir ko‘rayotgandek.
Suna: Qo'ysangchi bu shunchaki charchoqdan bolsa kerak
Kech tushguncha hamma ertanggi kompozitsiya uchun o'z ishlarini yakunladi. Ammo men hali ham tugatmadim.
Sinf bo‘shab qoldi. Ara va Jiwoo kulishib chiqib ketishdi, Haesoo esa menga bir qarab jim chiqdi. Xonada faqat derazadan tushayotgan kechki yorug‘lik va moybo‘yoq hidi qoldi.
Men oq qog‘ozga yana qaradim.
Suna: Ichki holatingni tasvirla…
Qalamni qo‘limga oldim. Avval deraza chizdim. Katta, baland deraza. Uning ortida xira nur. Ichkarida esa yarim qorong‘ulik. So‘ng… o‘sha ko‘zlarni chiza boshladim. O‘zim sezmagan holda yana uni chizayotgandim.
Bu safar ko‘zlari aniqroq chiqdi. Nigohi uzoqqa qadalgan. Go‘yo nimanidir yo‘qotgandek… yoki nimanidir kutayotgandek.
Uyga kelib chizgan rasmini yana davom ettirdim. Ehtiyotkorlik bilan har bir chiziqni sekin tortdim. Go‘yo noto‘g‘ri chizsam u yo‘qolib ketadigandek.
Ertasi kuni. Avtobus bekatiga odatdagidan erta keldim. Bu "tasodif" deb o‘zimni ishontirdim. Ammo ichimda bilardim bu tasodif emas.
Avtobus keldi. Ichkariga chiqdim ko‘zlarim avtomatik ravishda uni izlay boshladi. Bugun u yo‘q edi. G‘alati bo‘shliq his qildim. Go‘yo biror narsani yo‘qotgandek.
Suna: (o'ziga) Axir sen uni tanimaysan-ku Suna…
Deraza yoniga o'tirdim. Shahar har doimgidek shovqinli edi. Litseyga borgunimcha kayfiyatim tushib ketdi.Dars payti ustozimiz kompozitsiyalarni ko‘ra boshladi.
Ara hazil aralash jiddiy rasm chizgan. Haesoo esa chuqur va ranglarga boy manzara. Jiwoo har doimgidek rang-barang, tartibsiz, lekin jonli tasvir yaratgan. Navbat menga keldi.
Rasmimni sekin ochdim.
Deraza ichkarida soyalar. Tashqarida yorug‘lik bor. Va o‘sha ko‘zlar. Xona jim bo‘lib qoldi. Ustoz rasmga uzoq qarab turdi.
Suna: Bilmayman. Shunchaki chizdim.
Ustoz: Demak sen ichingdagi sog‘inchni chizibsan.
Bu so‘z yuragimga tegib ketdi.
Kechqurun yana o‘sha avtobusga chiqdim. Ichimda umid yo‘q edi.
Ammo bu safar… o'sha yigit bor edi..Lekin bu safar qo‘lida kitob yo‘q edi. U shunchaki tik turar, odamlarni kuzatar edi.
Men yuragimni bosib yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldim.
Men to'xtab sekin unga qaradim. U menga tikilib turardi. Ko‘zlari… rasmimdagidan ham chuqurroq edi.
U kuldi. Yana o‘sha sokin tabassum.
Yigit: Balki siz meni tanimagandirsiz. Lekin men sizni har kuni deraza yonida turib odamlarni chizayotgandek kuzatayotgan qiz sifatida eslab qolganman.
Suna: Men…odamlarni emas sizni rasmingizni chizganman
Men bilmasdan buni aytib yubordim bilmay.
U bir lahza jim qoldi.
Yigit: Rostdanmi? Unda… bir kun menga o‘sha rasmni ko‘rsatasizmi, rassom qiz?
Yuragim qog‘ozdek yupqa bo‘lib ketdi. Bu tasodif emas edi. Bu… hikoyaning boshlanishi edi.
O‘sha kuni uyga kelib yana uning jilmaygan rasmini chiza boshladim. Shundan keyin u mening har kunimga aylandi.
Men uni kuzatardim. Bir marta jilmayganini ko‘rdim. O‘sha jilmayishni uch marta qayta chizdim. Hech biri o‘xshamadi.
Daftarim sahifalari asta-sekin u bilan to‘la boshladi.
Bu ahmoqlik ekanini bilardim. Ismini ham bilmasdim. Faqat ichimda bir his bor edi men uni chizishni to‘xtata olmaymasdim.
Bugun ham yana u bilan yana bir avtobusda ketdik. Bu safar u yonimga o'tirdi.
Yigit: Rassom qiz ismimni bilishni xohlamaysizmi?
Suna:Balki… bilmasam yaxshiroqdir.
U kulib yubordi. Bu kulguda meni o'ziga tortadigan nimadir bor edi
Suna: Men Lee Sunaman
.
U bir lahza jim qoldi. Go‘yo ismimni eslab qolayotgandek.
Eun woo: Siz rassomlik litseyida o‘qiysiz to‘g‘rimi?
Men hayron qoldim. U ham meni kuzatganmi?
Eun woo: Qo‘llaringizdan. Qo'lingizda hali ham bo'yoq izi hali ketmagan.
Men beixtiyor kaftlarimga qaradim. U shunchalik e’tiborli edimi?
Avtobus sekin to‘xtadi. Bekatim kelganini sezmadim ham.
Eun woo: Bugun darsdan keyin vaqtingiz bormi?
Suna: (biroz hayajon bilan) Hozir… bilmayman. Balki…
Eun Woo: Mayli, hechqisi yo‘q. Agar vaqtingiz bo‘lsa keyin gaplashamiz.
Avtobusdan tushgach yuragim tez-tez urardi. Uni yana ko‘rish… bu hissiyot g‘alati lekin yoqimli edi. Darslar davomida rasm chizishga e’tibor qaratdim lekin qalbim doim u bilan edi. Har bir chizgan ranglarim… go‘yo uni izlash edi. Dars tugagach men doimgidek litseydan oxirgi bolib chiqdim. Lekin chiqayotganimda ko‘zim yana o‘sha qora palto va sumkaga tushdi.
U meni kutayotgan edi. Yuragim to‘satdan tez urdi.
Eun Woo: Salom darslar tugadimi?
Suna: Ha….tugadi. Lekin nega bu yerdasiz
Suna (biroz qimirlab): Kutyapsiz? Siz… nima uchun?
Eun Woo: Shunchaki… shahar shovqinida biror narsani, biror kishini ko‘rib qolish g‘alati his bo‘ladi.
Suna: (ich-ichidan hayajonlandi ammo buni bildirmadi) Men…nima deyishni bilmayman… bu g‘alati.
Eun Woo: G‘alati hislar… ba’zan eng chiroyli narsalarga olib keladi.
Suna indamadi shunchaki kulib qo'ydi.
Eun Woo: Bugun sizning rasmingizni ko‘rib, bir narsani tushundim. Siz… rasm chizganingizda, faqat ranglar bilan emas hislaringiz bilan ham gaplashasiz.
Suna: Men… shunchaki chizaman. Faqat… qog‘ozga yozilgan narsalarni his qilaman.
Eun Woo: Shu sababli men sizni ko‘rmoqchi bo‘ldim.
Suna: Bu… juda g‘alati. Men tush koryabmanmi?
Eun Woo: Yo'q tush emas. Hayot ham shunday Suna. Ba’zan g‘alati narsalar eng chuqur hissiyotlarga olib keladi.
Men bir lahza jim turdim. Yuragim ichkaridan nimanidir his qilardi. Shu lahzada men tushundim… bu inso men uchun oddiy yo‘lovchi emasdi.
Avtobus bekatiga yetib kelganida u boshini biroz egib tabassum qildi. Men ham unga qo‘shildim. Shu lahzani eslayman… u meni kuzatib turardi men esa uning borligini his qilardim. Go‘yo dunyo biz atrofimizda sekinlashgan edi.
Men ko‘zimni qisdim. Yuragim tez urardi ammo biror narsani aytishga jur’atim yetmadi.
Suna: (pichirlab) Balki… yo‘q.
U jilmaydi. Shunday jilmaydiki… yuragimni egallab olgan jilmayish edi. Keyin u boshini burib avtobusdan tushib ketdi. Men orqasidan qaradim. Lekin hech narsa deya olmadim
Kunlar o‘tib bordi. Har kuni avtobusda uni kutdim lekin u yo'q edi. Yuragimda g‘alati bir bo‘shliq paydo bo‘ldi. Har safar daftarimni ochganimda… u ko‘zlaridan menga qarardi. Ammo bu ko‘zlar endi faqat qog‘ozda yashardi.
O‘n besh kun, yigirma kun… o'tdi va nihoyat bir-biriga o‘xshamagan hislar bilan… uni unutishga harakat qildim. Lekin har chizgan rasmim uni eslatardi. Har bir chiziq, har bir rang… go‘yo uning izini qidirardi.
Oradan besh oy vaqt o'tdi. Besh oy... Shu besh oy ichida men hali ham uni unutmadim va har avtobusga chiqqanimda uni kutyabman.
Bir haftadan keyin litseyimizda yillik rasmlar ko‘rgazmasi bo‘ldi. Hamma o'zining chizgan enga sara rasmlarini ko'rgazmaga chiqardadi. Ustozimiz bizga ham bittadan yaratgan kopmazitsiyalarimizni chiqarishga ruxsat berdi. Va bugun o'sha kun.
Ara: Voo! Suna rasmning oldida odamlar to‘plangan!
Jiwoo: Ha menimcha ularga sening ishing yoqqan
Haesoo: Men bilardim sening ishlaring doim boshqalarninidan boshqacha chiqardi.
Men qo‘limni pastga tushirdim va jim turdim. Qizlar kulib meni orqadan quchoqlashdi. Ammo yuragimda g‘alati bir bo‘shliq bor edi. Go'yoki u yo‘q ekanini eslatadigan bo‘shliq edi.
Shu payt ustozimiz bizga yaqin keldi.
Ustoz: Suna… bu rasm… juda jonli va hisli chiqqan. Bu kimning portreti?
Ara: Qani Suna ayt-chi bu sirli odam kim?
Suna: Ha… shunchaki… bir vaqtlar avtobusda ko‘rgan bir insonni chizdim.
Men chuqur nafas oldim va asta-sekin aytishga boshladim:
Suna: Har kuni bir xil yo‘l, bir xil bekat… lekin bir kuni uni ko'rdim. Oddiy bir yo‘lovchi emas edi… U o‘z olamida yashardi. Men uni chizdim… ko‘zlarini, jilmayishini, hatto shovqinsiz dunyosini.
Haesoo: Suna… bu juda chiroyli…
Ara: Shunchaki ajoyib! Sen haqiqatan ham hislaringni qog‘ozga tushira olasan!
Jiwoo: Ha men bundan oldin hech qachon shunday jonli ish ko‘rmaganman.
Ustozimiz esa xonada jim turdi faqat men chizgan portretga tikilib qoldi. Hammaning nigohi shu portretga qaratildi.
Men esa orqaga bir qadam tortildim. Shu lahzada yuragimda bir g‘alati his paydo bo‘ldi.
Ara: Suna… senga tabriklar! Bugun sening rasmingni hamma ko‘rdi va sevib qoldi!
Jiwoo: Endi sening rasmingni har kim eslab qoladi.
Men sekin tabassum qildim. Yuragimda esa… o‘sha besh oy oldingi yurak tez urishi, o‘sha noaniq hislar yana uyg‘ondi. Ammo u endi edi…
Ustozimiz oxirgi marta portretga qarab, chuqur nafas oldi.
Ustoz: Suna… tabriklayman. Bugun hamma sen haqingda gapiradi endi.
Hammani nigohi shu portretga qaratildi lekin oddiy portret emasdi. bu mening qalbimning portreti edi.
Litseyning yillik korgazmasidan keyin kunlar yana odatdagidek o'ta boshladi. O‘sha oy oldingi Cha Eun Woo haqida faqat xotiralarim bor edi. Faqat ismini bilardim na raqami, na manzili… hech narsa yo‘q edi. Har kuni avtobus bekatiga chiqqanimda yuragim bir lahza umid bilan urardi lekin doim u yo‘q edi.
Bugun ham kun odatdagidek boshlandi. Avtobusni oxirgi deraza yonidagi o'rindiqqa o'tirdim. Deraza oynasiga boshimni qoyib ko'zlarimni uymdim. Avtobus sekin harakatlanardi men o‘zimni tasavvur dunyomga berib ketdim.
Oldimda qadam tovushi eshitildi…kimdir yonimga o'tirdi. Yuragim birdan to‘xtagandek bo‘ldi. Sekin ko'zlarimni ochdim va uni kordim
Suna: (ich-ichidan, jahli chiqqan) Nega… nima uchun bu yerdasi?
Eun Woo: Salom, Suna. Men… men uchrashishimiz mumkin bo'lgan boshqa joyni bilmasdim. Shu sabab seni shu yerda kutdim.
Suna: Kutdingiz…besh oy oldin hech narsa demasdan, gapini oxirigacha eshitmay tashlab ketganingiz esingizda yo'qmi?
Eun woo: Ha eslayman, buning uchun uzur so'rayman
Suna: Nima uchun… nima uchun shunchaki ketib qoldingiz? Hech narsa demasdan…
Eun Woo: Chunki… men gapirishim kerak bo‘lgan narsalar so‘z bilan ifodalash qiyin edi.
Suna: Besh oy… besh oy davomida men sizni kutdim. Har kuni avtobusda sizni kutib, har rasmimda siznj izladim. Siz esa… nima qildingiz
Suna jim qoldi. Uning ko‘zlarida achchiqlik va hayajon aralash hislar aralashib ketdi.
Eun Woo: Suna men kelishga harakat qildim... Ammo umbuning iloji yo'q edi.
Men gapirishga harakat qildim lekin so‘z chiqmay qoldi. Yuragim tez urardi lekin bir vaqtning o‘zida g'azab meni qamrab oldi.
Suna: Besh oy… besh oy davomida… men nimalarni his qildim buni bilasizmi?
Eun woo qo‘llarini biroz cho‘zdi lekin men ko‘zlarimni yerga tikdim
Eun Woo: Suna iltimos… meni eshit
Suna: Men… hozir gapira olmayman.
Shu bilan men boshimni burib avtobusning boshqa tomoniga o‘tirib oldim.
Eun Woo meni orqamdan kuzatdi. Sekinroq yurib mening yonimga o‘tirishga harakat qildi.
Eun Woo: Suna… iltimos, meni tingla… Men…
Men boshini burib unga qaradi lekin yuragimda hali ham g‘azab va noaniqlik aralash edi. Bitta ham so'z chiqarmadi.
Suna: Men… hozir gapira olmayman…
Uchrashuv shu yerda yakunlandi. Men avtobusdan tushgach yuragini bosib tez qadam bilan ketdim. Orqaga qarashga ham jur’at qilmadim, shahar shovqini ichida yo‘qoldim.
Shu lahzada ikki yurak orasidagi masofa, faqat jimlik va noaniqlik bilan o‘lchangan edi.Suna u yo‘q bo‘lishini his qilarkan, yuragi asta-sekin og‘riy boshladi. Eun Woo esa uning ortidan asta-sekin yurib, shahar shovqinida biror imkoniyat kutardi.Bu… ular uchun boshlanishning eng og‘ir lahzasi edi.
Men yuragini ushlab, bir lahza jim turdim. Besh oy… besh oy kutdim… nima uchun hozir? Nega shuncha vaqt o‘tib… endi bu hislar yana jonlandi?
Yuragim tez urdi, lekin g‘azab aralash hayajon… Ichimda aralash tuyg‘ular portlash qilayotgandek edi. “Men uni… shunchalik sog‘indimmi?” deb o‘yladim.
Har lahza, har qarash… qalbimga qattiq urildi. Go‘yo u besh oy davomida mening ichimdagi bo‘shliqni ko‘rib endi uni to‘ldirmoqchi edi. Men esa jim… faqat his qilardim. Har bir nafas, har bir yurak urishi, har bir esda qolgan jilmayish hammasi birga aralashib, mening ichimdagi rangsiz ranglarni uyg‘otdi.
Shaharning shovqini ichida men va u… faqat shu lahzada mavjud edik. Yuragim aralash hissiyotga botib faqat bitta narsani angladi: besh oy… besh oy ichida hech narsani unutmagandim
Ertasi kuni odatdagidek men avtobus bekatiga yetib keldim. Deraza yonidagi o‘rindiqqa o‘tirib, boshimni oynaga qo‘ydim. Ammo ko‘zlarim avtomatik tarzda kiruvchi yo‘lovchini qidira boshladi.
U eshikdan kirib kelganda yuragim qattiq siqildi.
Eun Woo: Salom Suna. Men bilan gaplasha olasanmi? Men hammasini tushuntirib beraman
Suna: Nima uchun shunchaki ketib qoldingiz?
Eun Woo: Buni tushuntirish qiyin edi. Va menda raqamingiz ham yo'q edi. Menimcha… endi tushuntirsam siz meni tushunasiz.
Suna: Tushuntirish… 5 oy… besh oy yo‘q bo‘ldingiz, va men… sizni kutib, har kuni rasmingizni chizdim
Eun Woo: men… bu besh oy… men sizni yolg‘iz qoldirmoqchi emasdim.
Suna: Nima uchun? Nega 5 oy yo'q bo'lib qoldingiz.
Eun Woo: Aytsam bu bahonadek tuyuladi lekin onam Amerikada edi… u jiddiy kasal. Men u bilan birga bo‘lishim kerak edi. Tibbiy yordam va qarorlar… hammasi meni bu yerdan ketishga majbur qildi. Men seni… yolg‘iz qoldirdim, lekin hech qachon unutmaganman.
Suna: Onangiz… shundaymi? Siz o'sha kuni gapimni eshitmasdan ketdingiz.
Eun Woo: Men seni yolg‘iz qoldirmoqchi emasdim. Hayot bunday vaqtlarda shoshqin qarorlar qabul qilishga majbur qiladi. Ammo endi bu vaqt o‘tib ketdi. Men shu yerda sen bilan bo'lishni xohkayman
Yuragimda bir ishonch va iliqlik uyg‘ondi. Besh oy davomida yig‘ilgan hislar, sog‘inch va kutish, shu lahzada birlashdi. Men sezdim endi gapirish shart emasdi va uning qo'lidan tutdim. Ilk bor kimningdir qo'lidan tutdim bu hayajonli edi albatta.
Eun Woo jilmaydi men ham jilmaydim. Shahar shovqinida avtobus harakatlanar ekan biz bir-birimizning borligimizni his qildik. Har bir yurak urishi, har bir jilmayish, besh oy davomida yig‘ilgan barcha hislarimizni to‘ldirdi.
Shu lahzadan keyin men tushundim hayot, hatto og‘ir va g‘alati bo‘lsa ham, sevgi va tushunish bilan chiroyli bo‘ladi. Va ba’zan inson sevib qolishga faqat bitta nigoh, bitta tabassum va bitta rasm ham abadiy his qilishingizga yetarli bo‘ladi.
Biz esa o‘zimizning hikoyamizni shu yerda boshladik.