May 26, 2025

Mafia's obsession

Episode 8

O'tgan qismdan:

Jk: Men zudlik bilan bir joyga chiqishim kerak. Taehyung sen men bilan borasan. Jimin sen XXX savdo markaziga kel.

Jm: Nega markazga borishim kerak?

Jk: Chunki men bu yerda Y/N va Ji Hyun bilanman. Ularni yolg‘iz qoldirolmayman.

Jm: Sen bilasan-ku, men uni yoqtirmayman. (u yonidagi qizni o‘pib turgandi)

Jk: Shunchaki kel.

Jm: Yaxshi boraman


Y/n Jungkook tanlagan hamma kiyimni kiyib ko'rdi. Jungkook boshini qimirlatib qo'ydi. Biroz vaqt o'tgach xizmatkorlar Y/n kiyib ko'rgan hamma kiyimlarnj yig'ishni boshladi. Y/n rad etdi lekin u unga quloq solmadi.

Y/n: Janob Jeon keling siz uchun ham ham xarid qilaylik

Jungkook: Meni Jungkook deb chaqir

Y/n: Yaxshi Jung... Jungkook

Y/n ning og'zidan ismini eshitib yuziga kulgi yugurdi. Jungkook Y/n peshonasidan yengil o'pib qo'ydi.

Jungkook: Mening ishim bor,
lekin tashvishlanma. Jimin sizlarni uyga olib boradi.

Jungkook yana uning peshonasini o'pdi.

Jungkook: Iltimos xafa bo'lma va uyda jimgina o'tir

Y/n bosh irg'adi. Jimin ham tezda yetib keldi. Jumgkook ularga qo'l silkidi va ketdi. U ketganidan keyin bir muddat sukunat hukm surdi. Y/n Jimindan qo'rqib ketdi. Jimin esa shunchaki ko'zlarini yumdi.

Ji Hyun: Amaki Jimin amaki....

Ji hyun yugurib keldi va Jimin uni quchoqlab ko'tardi.

Jimin odatda yosh bolani yaxshi ko'rmaydi lekin u Ji Xyonni chin yurakdan Yaxshi ko'radi. Axir u junkookning bolasi va uning jiyani edi.

Jimin: Hey chempion ko'p vaqtdan beri ko'rishmadik aa?

Ji Hyun: Men muzqaymoq istayman

Jimin: Muzqaymoqmi? Ho'p unda hozir muzqaymoq yegani boramiz.

Y/n juda asabiy edi. Lrkin u yo'qolgan kuchukcha kabi ularni kuzatib borardi. Ular muzqaymoqxonaga borishdi.

Ji Hyun: Men bananli muzqaymoq xohlaymanm

Jimin: Yaxshi bitta bananli muzqaymoq bering

Jimin keyin o'zidan boshqa hamma joyga qarab turgan y/nga qaradi. Uning e'tiborini jalb qilish uchun tomog'ini qirib tashladi. Y/n asabiy tarzda unga qaradi

Jimin: Muzqaymoq yeysanmi

Y/n xuddi boladek bosh chayqadi. Uning boladek harakat qilayotganini ko'rib Jimin bilinar bilinmas tabassum qildi

Jimin: Xo'sh qandan muzqaymoq yeysan?

Y/n: Shokoladl

Jimin bananali, shokoladli va qaymiqli muzqaymoq buyurtma qildi. Ular eng yaqin skameykaga o'tirishdi.

Ji Xyon muzqaymoq yeyish bilan band bo'lganida Jimin va Y/n o'rtasida noqulay jimlik cho'kdi.

Ji Hyun

Y/n barmoqlari, yubkasi bilan o‘ynab o‘zini tinchlantirishga urinayotgan edi. U buni ko‘rib Jimin uning asabiylashayotganini sezdi va sukutni buzdi:

Jimin: Kechirasan

Y/n:Huh?

Jimin qizga qaradi:

Jimin: Takrorlamoqchi emasman. Juda yaxshi eshitding bilaman. Bilaman birinchi ko'rishganimizda senga qo‘pollik qikdim. Ammo xatti-harakatim uchun kechirasan.

Y/n bosh chayqadi.

Y/n: Sizni "oppa" deb chaqirsam bo‘ladimi?

Bu so‘z Jiminga Ariani eslatdi. Aria ham unga shunday murojaat qilardi. Uning yuzida kichik tabassum paydo bo‘ldi.

Jimin: Ha meni "oppa" deb chaqirishing mumkin

Qiz quvonib sakrab uni quchoqlab oldi.

Y/n: Rahmat, oppa!

Ammo yigit to‘satdan qilgan bu harakatdan qotib qoldi. Qiz nima qilganini tushunib, orqaga chekindi.

Y/n: ming bora uzur

Qiz Jiminga tazim qilib kechirim so'radi. Jimin unga stulga o‘tirishga ishora qildi.

Y/n: Aslida men doim katta ak bo‘lishini istardim. Shunga biroz ovzimni yo'qotib qo'ydim.

Yigit uning sochlarini to‘zg‘itdi. Muzqaymoq yeb bo‘lishgach mashinaga chiqishdi.

Ular xuddi eng yaqin do‘stlardek suhbatlashishdi. Ular biroz oldin noqulay vaziyatda bo‘lishganini unutishdi. Uyga yetib kelgach u Jimin bilan xayrlashdi.

Kechki payt edi ular ovqatni tashqarida yeb kelishgandi. Ji Hyun erta uxlab qolgani uchun uni bezovta qilmasdan, uni quchog‘iga olib xonasiga olib bordi, yotoqqa yotqizib, ustini yopdi, peshonasidan o‘pdi va eshikni yopdi.

Y/n charchaganidan dush qabul qilishga bordi. Keyin zalga chiqdi chunki Jungkook hali ham uyga qaytmagan edi. Soat 22:30 bo‘ldi. u xavotir ola boshladi, nimadir yomon narsa bo‘lishidan cho‘chirdi. O‘y-xayolga berilib turganida eshik qo‘ng‘irog‘i chalinib u yugurib eshikni ochdi. Bu Jungkook edi.

Qiz uni qattiq quchoqladi, ichki qo‘rquv uni yemirib borayotgan edi.

Jungkook: Y/n men seni sevaman...

Jungkook mast edi, bu ko‘zlaridan bilinib turardi. U qizni o‘pdi, qiz esa uning kostyumidan mahkam ushlab oldi.

Y/n uni ushlab zo‘rg‘a divanga o‘tqazdi. Ammo u o‘rnidan turib, qizni o‘tqazdi va o‘zi polga o‘tirib, boshini uning tizzasiga qo‘ydi.
Qiz so‘ramoqchi edi, ammo yigit gapira boshladi:

Jungkook: Y/n men seni juda sevaman. Sensiz yashay olmayman. Iltimos meni tark etma. Men allaqachon ilk muhabbatimni yo‘qotganman endi seni yo‘qotishni istamayman

Y/n: Men hech qayerga ketmayman Jungkook

Y/n Jungkookni yotoqqa olib bordi va uni yotqizib o‘zi ham yoniga yotdi.

Y/n: Men seni hech qachon tark etmayman. Men seni juda qattiq sevaman Jungkook .

Ertalab.

Y/n ko'zini ochsa yonimda Jungkook yotar edi. Bilmasdan labiga tabassum yugurdi. Kechagi voqea miyasida aylana boshladi.

Y/n: Nega kecha Jungkook yig‘ladi? Nega “meni tark etma” deb so‘radi?

Y/n ni o‘ylaridan Jungkookning cho‘zilgan tonggi ohanglari uni chiqardi.

Jungkook: Xayrli tong sevgilim

So‘ng labidan o‘pib to‘g‘ri hammomga kirib ketdi.

Y/n ham o‘rnimdan turdi. Biroz cho'zildi. Bir necha daqiqadan so‘ng Jungkook hammomdan chiqdi. Y/n esa Jungkookga qarab qoldi. Y/n o‘zicha xayollarga berilib ketganida Jungkook gap boshladi

Jungkook: Tomosha tugadimi? Bilaman men chiroyliman, lekin egasining roziligisiz bunchalik termulish…

Uning bu gapi y/n ning yuzlarini olovdek qizartirdi. Yana qip-qizil bo‘lib ketdi. Jungkook unga yaqinlashib:

Jungkook: Yana bir raundga nima deysan?

Y/n esa uning yelkasiga qarsillatib urdi

Y/n: Jim bo‘l, hayoli buzuq!

Y/n uni itarib yubordim Jungkook esa kulib garderobga qarab ketdi. U ba’zida butunlay boladek harakat qilardi.

Jungkook kiyimlarini almashtirib chiqdi. Oddiy qora ko‘ylak va kulrang shim… lekin shu ko‘rinishi ham odamni sehrlab qo‘yadi.

Jungkook : Shuni bog‘lab ber.

Jungkook y/n ga galstugini uzatdi. Y/n esa stolga minib Jungkook bilan tenglashgan holda bo'yinbog'ini boglardi.

Y/n galstukini bog‘layotgandi lekin Jungkook esa faqat uning yulduzdek ko‘zlariga qarab turardi.

Jungkook: (ichida) qorqadigan narsam uni yo‘qotish. Agar bilib qolsa-chi? Agar tark etsa-chi? Nafrat bilan mendan ketib qolsa-chi? Boshida faqat bu egalik hissi edi. Bu ish hammasi reja edi. Ha, u bilan birinchi uchrashuv ham rejalashtirilgan edi.

Flashback: Jungkook (pov)

Men shunchaki kelishuv uchun kafega borgandim.

X: Janob,l buyurtmangizni olsam bo‘ladimi?

Men unga qaradim… dunyom ag‘darildi.

Jungkook: Bu Ariami? Yo‘q lekin juda o‘xshaydi. Uning egizak opasi? Ammo Aria hech qachon menga egizagi borligini aytmagan.

Jungkook: Bitta latte iltimos

Kafedan chiqib tog'ri uyga ketdim. Meni chuqur o‘ylar bosdi. Darhol Taehyungga qo‘ng‘iroq qilib:

Jungkook: U haqida barcha ma’lumotni top

Jungkook: (ichida) Y/n sen o‘sha ish joyingdan qanday bo‘shatib yuborilganingni eslaysanmi? O‘sha amaki seni boshqa ishni taklif qilganichi esingdami? Bu tasodif emasdi. Hammasi men tuzgan reja edi. Bizning birinchi uchrashuvdan so‘ng miyamda faqat sen bor eding. Sekin-asta aqldan ozardek bo‘ldim. Sening yoningda bo‘lishni istardim. Va men bu rejani tuzdim. Ammo hozir… bu faqat obessiya emas. Men… sevib qoldim. Sendan ayrilishdan juda qo‘rqaman. Seni yo‘qotish meni o‘ldiradi.

Jungkook xayollar berilib turgandi to birdan Y/n qo‘llarini silkitib qo'ymaguncha

Y/n: Nega bunchalik qarab qolding?

Jungkook: Shunchaki malikamga qoyil qoldim

Yn biroz qizardi, Jungkook esa unga kulib qarab peshonasidan o‘pdi

Jungkook: Ikki kunga tashqarida bo‘laman. O‘zing ehtiyot qil xo‘pmi?

Jungkook uydan chiqib ketdi. Yn yotoqqa o‘tirib. chuqur nafas oldi. Yn ning ko'zi devorga osilgan ramkaga tushdi. Rasmdagi Jungkook edi. “

Yn: Ha, chindan ham chiroyli

Ramkalarni birma-bir ko‘zdan kechirdi. Jungkook, Taehyung va Jimin juda yaqin, birgalikda plyajda tushgan suratlari ham bor edi.

Ammo bir ramka unga g‘alati tuyuldi. Unda Jungkook homilador ayolning orqasida turibdi ayolning qornini silayapti…

Yn: Bu uning marhum rafiqasidir chamamda

Yn ramkani qo‘liga olib yaqindan ko‘rdi… ammo ko‘rganlarimdan yuragi to‘xtab qolay dedi.

Yn: Ayol… aynan menga o‘xshaydi. Yoki… bu mening egizagimmi?

Qo‘rquv, shubha va xiyonat hissi bir vaqtda portladi.

Yn: Bu kim edi? Nega menga o‘xshaydi? Jungkook mendan biror narsani yashiryaptimi? Bu hammasi rejamidi? Taehyung, Jimin ular ham bilganmi?

Ko‘zlari yoshga to‘ldi. Ramkani qattiq ushlagandi ko‘z yoshi unga tomdi. O‘sha payt… to‘satdan nimalarnidir sinayotgan ovozini eshitdi. Yn qo‘rqib ortiga qaradi.

Yn: Kim bor?

Hech kim javob bermadi.

Yn: Qayerdasizlar? Xizmatchilar qani?

Kimdir Yn ning orqasidan yaqinlashdi. Birdan og‘ziga mato bosdi

Yn: Qo‘y… qo‘yib yubor!

O'sha inson yn ni qo'yib yubormadi. Hamma narsa aylana boshladi… ko‘z oldi qorong‘ulashdi… va hushidan ketdi

Kanal: Bangtan Tales
Tarjima qildi: Asumi