August 20, 2025

Qora kapalak simfoniyasi

Episode 6

"𝕊𝔢𝔫 𝔪𝔢𝔫𝔦 𝔱𝔬𝔭𝔤𝔞𝔫 𝔨𝔲𝔫𝔦𝔫𝔤, 𝔪𝔢𝔫𝔦 𝔬'𝔩𝔦𝔪 𝔨𝔲𝔫𝔦𝔪𝔡𝔦𝔯"

Jungkook kiyinishni tugatib eshikka qarab yurdi. Orqasidan Seyoung yotoqda yonboshlab unga tikildi

Seyoung: Sen o‘sha qizni o‘ylayapsan to‘g‘rimi?

Jungkook: Asumi shu yerda mening nazoratimda. Sen esa chegaradan o‘tding.

Seyoung: Agar xohlasam uni bir zumda yo‘qotardim.

Jungkook Seyoungning yoqasidan ushlab yotoqqa bosdi.

Jungkook: Meni sinama Seyoung. Agar unga tegadigan bo‘lsang seni o‘zim bo‘g‘ib tashlayman.

Seyoung esa Jungkookni qilgan ishidan kulib yubordi.

Seyoung: Men seni yaxshi bilaman Jungkook. Sen zo‘ravonsan. Qizaloqqa o'zingni mehribon qilib ko‘rsatayotganing faqat vaqtinchalik.

Jungkook: Unda nega haligacha men bilansan. Meni qanchalik zo'ravon ekanligimni yaxshi bila turib hatto mendan kechib ketishga imkoning bo'la turib nega hali ham bu yerdasan?

Seyoung: Chunki men seni sevaman Jungkook. Qanchalik zo‘ravon bo‘lsang ham, qanchalik shafqatsiz bo‘lsang ham… men baribir sendan kecholmayman.

Jungkook hech nima demadi. Seyoung esa yana gapida davom etdi.

Seyoung: Men seni o‘zgartirishni istamayman. Faqat yoningda bo‘lishningni istayman. Sen menga qarama, sen meni itarib tashla… baribir men sening xotiningman.

Jungkook yuzini bir chetga burdi. Unga qarashdan qochayotgandek edi.

Jungkook: Xotinim bo‘lsang ham chegarani bilishing kerak.

Seyoung: Demak men seni sevganim uchun ham jazolaysanmi?

Jungkook: Men seni jazolamayman Seyoung. Men seni ogohlantiryabman. Chunki men seni yaxshi bilaman. Rashkingningni chegarasi yo‘q.

Seyoungning ko‘zlaridan yosh oqar lekin u jilmayishga urindi.

Seyoung: Ha.. men rashkchi ayolman. Chunki men seni har bir nafasim bilan sevaman. Meni o‘ldirsang ham bu tuyg‘udan qutulolmayman.

Jungkook: Men seni sevgining uchun emas, og'ir kunlari yonimda qolganing uchun qadrlayman Seyoung. Ammo Asumi... bu boshqa masala. Unga teginma.

Jungkook burulib xonadan chiqib ketdi. Seyoung esa uni ortidan qarab qolaverdi.

Seyoung: Sen meni yo‘q qilsang ham men baribir faqat seniki bo‘lib qolaman Jungkook…

Jungkook Seyoungni uyidan chiqarkan mashinasiga o'tirib Asumimi saqlayotgan villaga yo'l oldi. Yo'l bo'yi rulga qolini uyib tinchlanishga harakat qikib krtdi. Va nihoyat villaga yetib keldi va to'g'ri Asumining xonasiga kirdi

Jungkook: Hayrli tong qora kapalakgim. Bugun qiladigan ishimiz ko'p. Tezroq nonushta qikish pastga tush seni kutaman

Jungkook Asumining javobini kutmasdan xonadan chiqib ketdi. Aaumi esa pastga tushishni xohlamadi ammo pastga tushmasa yaxshilik bolmasligini bilardi.

Asumi asta xonadan chiqib zinada tushdi. U bu yerga kelganidan buyon birinchi marta xonadan chiqishi edi. Xizmatkor esa unga oshxona tomin borishiga ishora berdi

Asumi asta qadam tashlab oshxonaga kirganida stol to‘la taomlar qo‘yilgan edi. Jungkook esa stolda allaqachon o‘tirib kofesidan mayda ho‘plar edi.

Jungkook: Nihoyat. Men kutishni yoqtirmayman, o‘tir.

Asumi stulga asta o‘tirdi. Unga qo‘yilgan taomga qaradi lekin qo‘li cho‘zilmadi.

Jungkook: Ovqat yemaysanmi? Yoki menga qarshi chiqishni yana bir marta sinab ko‘rmoqchimisan?

Asumi: Nega? Nega ovqatlanishim kerak. Baribir o'lib ketsam buni nima keragi bor.

Jungkook: Chunki sen majbursan. Men shuni xohlayabman. Va ikkinvhi marta o'lim degan so'zni tilingga olma...

Asumi: Men sizga qulmanmi? Xohlagan payt xohlagan ishni qiladigan

Jungkook: Qul emassan. Lekin erkin ham emassan. Ikki o‘rtadagi farqni bilib olishing kerak.

Asumi: Siz faqat seni himoya qilish uchun bu yerda olib o'tiribman deyabsiz. Ammo aslida o‘zingni qiziqishingiz uchun ushlab turibsan shundaymi?

Jungkook: Nega sen hamma narsadan shubhalanasan? Agar men istaganimda seni allaqachon yo‘q qilgan bo‘lardim. Seni hayoting meni qo'limda.

Asumi jim bo‘lib qoldi. Jungkook esa o‘rnidan turib unga yaqinlashdi.

Jungkook: Seni qo‘rqitish niyatim yo‘q qora kapalakgim. Ammo kel men senga bir narsa ko‘rsataman.

Jungkook Asuni villaning yon xonasiga olib bordi. Eshikni ochgach Asumi ko‘zlariga ishonmadi.Yotoqda Minji hushsiz yotardi

Asumi: Minji

U yugurib borib dugonasining qo‘lidan ushladi. Minjining yuzi oqarib ketgan lablari qurib qolgan edi.

Asumi: Unga nima qilgansiz

Jungkook qo‘llarini cho‘ntagiga solib sovuqqina qarab turdi.

Jungkook: Hali ham meni faqat yomonlik qiladigan odam deb o‘ylayapsanmi? U hushidan ketganida men odamlarimga uni bu yerga olib kelishni buyurdim. Hozir u xavfsiz.

Asumi: Siz... uni meni qiynash uchun olib keldingizmi?

Jungkook: Yo‘q. Men seni qiynashni emas sening ishonchingni olishni xohlayman. U sening eng yaqin odaming shundaymi? Shuning uchun uni tirik va sog‘ ko‘rib turibsan.

Asumi Minjining peshonasini silab ko‘z yoshlari bilan jilmayishga urindi.

Asumi: Minji… iltimos ko‘zingni och…

Jungkook yon tomon turib unga qaradi.

Jungkook: Unga shifokor chaqirtirganman. Barcha malija qilingan. Ammo hozircha u uxlayabdi.

Asumi yana Minjiga tikildi. Shu payt Minji ohista qo‘lini qimirlatdi.

Minji: …Asu…

Asumi hayratdan to‘xtab qoldi.

Asumi: Minji? Sen eshitayapsanmi?

Minji asta ko‘zini ochdi. Uning nigohi zaif edi ammo Asumini ko‘rib jilmayishga urindi.

Minji: Men… seni qidirib kelgandim…

Asumi: Bilaman Minji... Seni yaxshi ko'raman

Jungkook esa ularning yonidan chiqib ketar ekan eshik oldida to‘xtadi va past ovozda shunday dedi.

Jungkook: Sen meni qanchalik yomon ko‘rishingdan qat’i nazar men seni qo‘yib yubora olmayman. Chunki sen mening zulmatimdagi yagona yorug‘imsan. Sen albatta meniki bolasan qora kapalagim

Asumi Minjini qo'lidan ushlab yuziga qaradi.

Asumi: Minji… meni qutqarish uchun hayotingni xavfga qo‘yding. Nega bunday qilding aa?

Minji: Chunki sensiz yashash men uchun yashash emasdi. Sen mening yagona oilamsan Asu.

Asumining ko‘zlari yoshga to‘ldi ovozi titrab chiqdi.

Asumi: Sen bunday gaplarni aytma. Men seni yo‘qotishni istamayman. Sen men uchun eng qadrli odamsan.

Minji: Asumi seni ko'rdim endi o'limdan qo'rqmayman. Agar shu seni oxirgi bor ko‘rishim bo‘lsa ham… men rozi edim.

Asumi: Yo‘q oxirgi emas. Biz birga bu yerdan chiqib ketamiz bu yerdan.

Minjining lablari titrab nigohi yumshadi.

Minji: Asu… sen kuchlisan. Men esa faqat yoningda bo‘lishni istayman. Agar yiqilsang men seni turg'azaman. Agar yig‘lasang ko‘z yoshlaringni artaman.

Asumining yuragi siqilib ovozi yanada qattiqroq titradi.

Asumi: Men seni himoya qila olmadim Minji. Senga azob berishdi, seni bu yerga olib kelishdi… men esa hech nima qila olmadim.

Minji: Sen meni hech qachon yo‘qotmading. Meni qo‘lingdan ushlab turganingning o‘zi yetarli. Sen yonimda bo‘lsang men xavfsizman.

Asumi: Men seni asrayman Minji. O‘z hayotim bilan bo‘lsa ham. Hech kim senga ozor bera olmaydi

Ikki dugona bir birini quchoqlab biroz yiglab o'tirdi. Keyin Minji yana uxlab qoldi.

Dugonasining yana tinch uxlab qolishini ko‘rib o‘zini biroz bosishga harakat qildi. Asumi ko'zini yoshlarini artib xonadan chiqib oshxona tomon yurdi.

Shu payt Jungkook ham oshxonaga keldi. Uning yuzida jiddiy ifoda ko‘zlarida esa g‘alati sokinlik bor edi.

Jungkook: Unga ozgina vaqt ber. U tuzaladi.

Asumi uning so‘zlariga ishonishni xohlamasdi ammo Minjining yonida qolishning boshqa chorasi yo‘qligini ham bilar edi.

Asumi: Agar Minjiga biror narsa bo‘lsa men sizni hech qachon kechirmayman.

Jungkook bir lahza jim turdi so‘ng asta qadam tashlab Asumining qarshisida to‘xtadi.

Jungkook: Kechirmasang ham mayli qora kapalagim. Chunki men sening kechirimingni emas… sening o‘zingni xohlayman.

Asumining yuragi yana siqildi. U Jungkookdan odamdan qo‘rqardi lekin shu bilan birga uning nigohida yashirin mehrni ham his qilayotgandek edi.

Asumi: Siz… o‘zingizni qanday odam deb o‘ylaysiz? Bir tomondan zo‘ravon, shavqatsiz boshqa tomondan meni “yorug‘im” deb ataysiz… Men sizni tushunmayapman.

Jungkook: Balki men ham o‘zimni tushunmayotgandirman. Men uchun hayotning ma’nosi jang va qonga to‘la edi. Lekin seni ko'rgach hammasi o‘zgara boshladi. Shuning uchun men seni qo‘yib yubora olmayman.

Asumi beixtiyor ortga chekindi. U o‘zini himoya qilgandek qo‘llarini ko‘kragiga qo‘ydi.

Asumi: Men sizdan nafratlanaman…

Jungkook sekin kulib qo‘ydi. U Asumining yoniga yaqinlashib yuziga qaradi.

Jungkook: Nafrat ham sevgi kabi kuchli tuyg‘u. Demak sening qalbingda men allaqachon joy egallab bo‘lganman.

Asumining ko‘zlari kattalashdi. U gap topa olmadi.

Jungkook: Men sening yoningda bo‘lishni istardim lekin hozircha seni tinch qo‘yaman. Lekin unutma Asumi… sen mening qorong‘ulikdagi kapalagimsan. Va kapalak qanotlarini qanchalik urmasin baribir zulmatdan qochib qutula olmaydi.

Jungkook shunday deb oshxonadan chiqib ketdi.
Asumi esa yana Minji yotgan xonaga kirdi

Asumi(Ichida): Yo‘q adashasiz Jungkook … men kapalak bo‘lsam qanotlarimni sindirishsa ham uchib keta olaman

Asumi Minjining xonasida zerib villani tomosha qilishga chiqdi. villaning jimjit yo‘laklarida biroz yurar ekan yuragi g‘ash bo‘ldi. U hamma narsadan charchagan edi. Shu payt uzoqdan qop-qora pianino ko‘rindi. U asta unga yaqinlashdi. Qo‘llari titrab tursa-da klavishlarga tegib ko‘rdi. Ko‘zlarini yumib, asta chala boshladi. Avval sekin, g‘amgin ohang keyin yuragidagi dardni to‘kib solgandek kuchliroq va ehtirosliroq kuyga aylandi.

Uning musiqasi butun villani to‘ldirdi. Shu payt eshik Jungkook sokin qadamlar bilan ichkariga kirdi. U qo‘lida sigareta tutib kelayotgan edi lekin Asumini ko‘rib uni chetga tashladi.

Jungkook: Qora kapalagim… juda ajoyib chalyabsan. Sen menga zulmat emas sokinlik olib kelgan yagona odamsan.

Asumi chalinayotgan kuyini to‘xtatib unga qaradi. Nigohida ehtiyotkorlik va bir tomondan iliqlik bor edi.

Asumi:Bu kuy… mening bolaligim. Yetimxonada faqat shu kuyni chalib o‘zimni erkin his qilardim. Hamma narsani unutardim. Siz esa meni qafasga qamadingiz Jungkook. Bu kuy men uchun erkinlik haqida.

Jungkook biroz jim turdi. So‘ngra pianino yoniga o‘tirdi. Uning barmoqlari qo‘pol bo‘lsa-da Asumining barmoqlariga tegib qoldi.

Jungkook: Men ham erkin emasman Asumi. Men ham qafasdaman. Faqat mening qafasim qon, o‘lim va zulmatdan qurilgan. Sen esa… sen mening qafasimdagi yorug‘liksan.

Asumini yuragi tez ura boshladi. Jungkookning qo‘pol ammo ehtiyotkor qo‘llari uning barmoqlarini asta siypalab o‘tdi. Unga tik qarashga botina olmadi biroq nigohi beixtiyor Jungkookning ko‘zlariga ilinib qoldi.

Asumi: Sizni yomon ko‘rishim kerak edi… lekin…

Jungkook uning so‘zini tugatishiga yo‘l qo‘ymadi. Lablarini Asumining lablariga bosdi. Avval ehtiyotkor sokin bo‘sa edi ammo bir zumda ehtirosga aylandi.

Jungkook: Endi sen mening qorong'uligimdagi yagona yorug‘liksan Asumi…

6-qism shu joyida tugadi. Keyingi qism uchun fikrlaringizni kutaman

Muallif: Kim Asumi
Kanal: Bangtan Tales