September 18, 2025

Qora kapalak simfoniyasi

Episode-9

Seyoung chiqib ketganidan keyin Jungkook asta yuqoriga ko'tarildi. Uning qadam tovishlari qasr ichini titratardi. Jungkook sekin eshikni ochdi. Asumi esa hamon yuzini yostiqqa bosib yig'lab yotgandi. Jungkook sekin Asu yoniga yaqinlashdi. U yostiqqa yuzini bosib ovoz chiqarmaslikka harakat qilardi.

Jungkook: Yetar Asumi

Asu asta ko‘z yoshlarini artib boshini ko‘tardi.

Asu: Mendan yana nima istaysiz?

Jungkook: Hech narsa. Faqat bu ahvolda yotishingni istamayman.

Asu indamadi. Jungkook bir lahza sukut saqladi keyin yostiqni chetga surib Asuning qo‘lidan ushladi.

Jungkook: Bilaman swni majburladim. Lekin qochishing ham foydasiz. Kechagi voqealardan keyin endi butkul meniki bo'lding

Asu qo‘lini tortmoqchi bo‘ldi lekin Jungkook kuchliroq ushladi.

Asu: Siz meni azoblayabsiz.

Jungkook: Chunki boshqa yo‘l qoldirmading

Asu yuzini burdi. Yuragi tez ura boshladi. Jungkook esa uning qo‘lini bo‘shatdi lekin yonidan ketmadi.

Jungkook: Mendan nafratlansang ham bu haqiqatni o‘zgartirmaydi. Endi sen men bilan qolasan.

Asu indamay yonboshiga o‘girildi. Uning ko‘zlari yana yoshga to‘ldi.

Jungkook: Sen qanchalik qarshilik qilsang ham men seni qo‘yib yubormayman.

Asu: Nega? Nega meni tinch qo‘ya olmaysiz?

Jungkook: Bilmayman Asumi. Bilmadim nima uchun seni qo'yib yubora olmayabman. Hatto xohlasam ham bunday qila olmayman

Asumi uning gaplariga quloq solgisi kelmadi. U faqat ko‘zlarini yumib ichidan “qochib qutulsam edi” deb o‘ylardi.

Jungkook: Asumi sen meni yomon ko‘rasan bilaman. Lekin bir marta bo'lsa ham menga imkon ber.

Asumi yuzini burub ko'z yoshlarini yashirishga urundi. Jungkook esa uni o'ziga qaratdi

Asu: Qo‘yib yuboring meni! Yana azob bermang!

Jungkook: Men senga azob bermayapman. Men seni o‘zimga bog‘layapman.

Asu uning qo‘lini itardi ammo Jungkook qo‘yib yubormadi. Ularning nigohlari to‘qnashdi Asuning ko‘zida nafrat Jungkooknikida esa tushunarsiz bir his bor edi.

Jungkook: Tur pastga tushamiz. Nonushta tayyor

Asumi: Men tushmayman. O'zingiz bemalol nonushta qilavering

Jungkook: Xohishing. Xohlasang tush xohlamasang tushma. Lekin bu ishing Minjiga zarar yetkazishi mumkin

Jungkook xonadan chiqib ketdi. Asumi esa nima qilishni o'ylar edi.

Asumi: Agar pastga tushmasam u Minjiga zarar yetkazishi mumkin. Lekin qanday qilib u bilan birga nonushta qilishim mumkin

Asnumi buni xohlamasada pastga tushishga qaror qildi va yuvinib yangi kiyimlarni kiyib pastga tushdi

Asu asta-sekin zinadan tushib keldi. Oshxona tarafidan idishlarning jarangi eshitilib turardi. U stol yoniga yaqinlashganda Jungkook allaqachon joyida o‘tirganini ko‘rdi. Minji esa uning qarshisida qo'rquvdan qaltirab turardi. Asumini ko'rib ko'zlari quvonfi

Minji: Asu yaxshimisan. U senga hech narsa qilmadimi

Asumi: Hammasi yaxshi Minji. Sen yaxshimisan

Ikkisi bir birini quchoqlab biroz ko'z yoshi to'kdi. Jungkook esa ularni jim kuzatdi.

Jungkook: Besabab ko'z yosh to'kganlarni yoqtirmayman. Qani endi o'zingizni yigishtirib stolga o'tiringlar

Asumi va Minji asta-sekin stol yoniga o‘tirishdi. Jungkook esa sovuqqina nigoh bilan ularni kuzatardi. Minji qo‘lidagi qoshiqni qaltirab tutdi. Asu buni payqab uning qo‘lini sekin siqdi.

Asu: Qorqma Minji. Hech nima bo‘lmaydi.

Jungkook yengil kulimsiradi lekin nigohida sovuq tig‘ yashirinardi.

Jungkook: Hech nima bo‘lmaydi, ha? Sen men bilan bo‘lsang hech kimga hech nima bo‘lmaydi.

Asu unga javob qaytarmadi. Faqat Minjining qo‘lini mahkam ushlab ko‘zlarini pastga qaratdi.

Jungkook: Bugun kechqurun men bilan ziyofatga borasan.

Asu: Qanaqa ziyofat? Men bormayman, borishini ham xohlamayman.

Jungkook: Bu yerda sening “boraman” yoki “bormayman” degan tanloving yo‘q, Asumi. Men aytsam borasan.

Asu: Men xohlamayman..

Jungkook Asumining gapini oxirigacha eshitmadi. Qo'lidagi qoshiqni stolga qattiq urdi.

Jungkook: Istaysanmi yo‘qmi bu meni qiziqtirmaydi. Sen mening yonimda bo‘lasan.

Minji: Iltimos uni majburlamang...

Jungkook: Sen aralashma. Kim senga gapirish huquqini berdi. Yana bir og'iz gapirsang afsuslanasan Minji

Asu: Minjini qo‘rqitishni bas qiling! U sizning dushmaningiz emas.

Jungkook: To‘g‘ri u mening dushmanim emas. Lekin sen mening yonimda bo‘lishing uchun hamma vositalardan foydalanaman. Agar Minji kerak bo‘lsa undan ham foydalanaman.

Asu: Siz... siz shafqatsiz iblissiz.

Jungkook: Ha men shafqatsizman. Lekin shuni unutma Asumi bu dunyoda kuchlilar yashaydi. Sen kuchsizsan. Shu sababli sen men bilansan.

Asu: Men sizning yoningizda bo‘lishni hech qachon xohlamayman.

Jungkook: Mendan nafratlansang ham baribir kechqurun menga hamroh bo‘lasan.

Jungkook stoldan turib chiqib ketadi. Xona ichida og‘ir sukunat hukmron bo‘ladi.

Jungkook: Kechqurun kelganimda Asumi tayyor bo'lsin. Agar u tayyorlangan bo'lmasa hammangiz haydalasiz.

Xizmatkor: Ho'p janob

Kechqurun yaqinlashganda xizmatkorlar Asumi oldiga yangi qora rangli libos olib kelishdi.

Xizmatkor: Janob buyurdilar. Kechqurun mana shu kiyimni kiyarkansiz.

Asu: Men kiymayman.

Xizmatkor: Xonim bizni ham tushunung. Agar kiymasangiz oqibatini hammamiz ko‘ramiz. Iltimos, qarshilik qilmang.

Asu ko‘ylakka qaradi. U qimmatbaho va hashamatli edi. Nafrat bilan qaragan bo‘lsa-da oxiri uni kiydi.

Yarim soatdan so‘ng Jungkook xonaga kirdi. U qora kostyumda yuzida sovuqqina tabassum bor edi.

Jungkook: Ajoyib. Juda chiroylisan qora kapalakgim.

Asumi indamadi Jungkook esa Asuning qo‘lidan ushlab uni tashqariga olib chiqdi. Minji esa ularni ko‘z yosh bilan kuzatib qoldi.
----
Mashina ichida sukunat hukmron edi. Jungkook rulda, Asu esa yonida o‘tirar nigohini oynadan tashqariga qaratgan edi.

Jungkook: Nega indamaysan?

Asu: Gaplashgim kelmaydi.

Jungkook: Balki sen meni yomon ko‘rarsan. Lekin men seni yonimda ko‘rishni xohlayman.

Asumi yana javob bermadi.
Mashina katta hashamatli mehmonxona oldida to‘xtadi.

Jungkook: Yetib keldik. Mashinadan tush. Bugun hamma seni mening yonimda ko‘radi.

Asu: Demak endi Seyoung xonim kabi soyangizga aylanmanmi.

Jungkook uni yana qo‘lidan mahkam ushlab eshikdan ichkariga olib kirdi.
Ichkarida musiqalar yangrardi, ko‘plab mehmonlar yig‘ilgan edi. Hamma qarashini Jungkook va Asuga qaratdi.
Jungkook qulog‘iga pichirladi.

Jungkook: Endi hamma sen meniki ekaningni.

Asu esa labini tishlab ko‘zidagi nafratni yashira olmadi.

Asumi

Mehmonxona yorqin chiroqlar, qimmatbaho liboslardagi mehmonlarga to'la edi. Ziyofat Park Jiminning uyida bo‘lgani uchun ham barchasi mukammal tarzda tashkil qilingan edi. Jungkook yonida Asumi bilan kirib kelishi bilan hamma nigohlar ularga qadaldi. .

Jimin: Jungkook nihoyat yetib kelding. Xush kelibsizlar.

Jungkook: Xush ko'rdik. Ko‘rinib turibdiki ziyofat yaxshi tashkillashtirilibdi.

Shu payt Jiminning rafiqasi Misun paydo bo‘ldi. U Asumini ko‘rib ko‘zlari kattalashib ketdi ammo jilmayishga majbur bo‘ldi. Chunki yonida Seyoung ham turardi.

Misun: Xush kelibsizlar ichkariga o‘tinglar.

Ammo Seyoung asta ammo qattiq ohangda Asumiga qarab dedi:

Seyoung: Juda jur’atli ekansan Asumi. Bu yerga kelishga hech ikkilanmadingmi?

Asumi indamadi faqat ko‘zlarini boshqa tomonga qaratdi. Jungkook esa kulimsirab Seyoungning javob qaytardi.

Jungkook: Yetar Seyoung. Bu yerga tortishish uchun kelmaganmiz

Jungkook Asumini yonidan qo‘ymay ichkariga kirib bordi. Hamma ularni kuzatib turganini Asumiga juda yaxshi sezardi. Nigohlar unga og‘ir toshdek tushardi.

Jimin ularga yo‘l ko‘rsatib, zalning o‘rtasiga olib keldi. Mehmonlar sekin suhbatlashishni davom ettirishdi, lekin ko‘plarining nigohi baribir Asuda edi.
Jungkook Asuni yonida turgan stulga o‘tqazdi va qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi.

Jungkook: O‘tir. Hech qayerga ketmaysan.

Asu unga qarashni ham istamadi. Ko‘zlarini stoldagi idishlarga qadab jim o‘tirdi.

Misun: Xush kelibsizlar yana bir bor. Umid qilamanki bu kecha sizlarga yoqadi.

Asu boshini qimirlatib qo‘ydi, lekin so‘z demadi.
Zalda musiqa yangradi. Juftliklar raqsga tushish uchun maydonga chiqishdi. Jimin ham Misun bilan qo‘l ushlashib chiqdi. Jungkook asta Asuning qulog‘iga egildi.

Jungkook: Tura qol. Sen ham men bilan raqsga tushasan.

Asu: Men bormayman.

Jungkook: "Bormayman" degan so‘z bu yerda ishlamaydi Asumi.

U Asuni sudragandek maydonga olib chiqdi. Musiqa jarangladi atrofdagi hamma ularni kuzatardi.
Asu o‘zini zo‘rlab raqsga tushardi. Jungkook esa uning belidan mahkam ushlab qoniqish bilan jilmayib turardi.

Jungkook: Qanchalik qarshilik qilsang ham sen baribir yonimda bo‘lasan. Hamma seni meniki deb biladi.

Asu uning ko‘zlariga qarab tishlarini qattiq tishladi.
Musiqa tugagach u Asuni o‘rniga olib keldi. Hamma pichirlashib gapira boshladi.

Shu payt Jimin yoniga kelib gap boshladi.

Jimin: Asumi xonim eshitishimcha pioninani yaxshi chalarkansiz. Balki bugun biz uchun chalib berarsiz.

Asu bir zum unga qarab qoldi, so‘ng boshi bilan “ha” degandek qimirlatdi.

Jiminning taklifidan so‘ng zal jimib qoldi. Hamma nigoh Asumiga qadaldi. Jungkook uning yonida sovuq nigoh bilan turardi. Qo‘li bilan belidan sekin siqib “o‘rningdan tur” degandek ishora qildi.

Asu asta qo‘zg‘aldi. Yuragi tez ura boshladi. U pianino turgan joyga yaqinlasharkan zalda hushtak, qiziqish bilan qarovchilar ovozlari eshitildi. Asu pianino oldiga o‘tirdi, qo‘llari esa qaltirardi. Lekin baribir tugmalarga tegdi. Ohista kuy yangradi. Uning barmoqlari qaltirab turgan bo‘lsa ham musiqaning ohangi hammani jim qildi.

Jungkook esa chetdan uni kuzatardi. Ko‘zlarida sovuq mag‘rurlik bor edi. go‘yo hammani ko‘z o‘ngida Asu unga qarashli ekanini yana bir bor isbotlamoqchi bo‘lgandek.

Asu esa ichida yig‘lardi. Har bir notada o‘z dardi, o‘z alamini chalardu. Zalda o‘tirganlar kuy ichida g‘arq bo‘lishdi.

Shu payt Misun sekin Seyoungga egilib gapirdi.

Misun: Ko‘rdingmi u qanchalik chidamli? Hatto bu sharoitda ham o‘zini ojiz korsatmabdi

Seyoung: Chidamli emas faqat o‘zini kuchli ko‘rsatishga urinmoqda. Baribir uzoq chidamaydi.

Misun: Nega unday deysan? Balki sen o‘ylaganingdan ham kuchliroqdir?

Seyoung: Chunki men uning yuragini ko‘ryapman. U allaqachon Jungkookga yengilgan. Faqat tan olmaslikka urinmoqda.

Asumi pianinoni chalib bo‘lgach qarsaklar zalni to‘ldirdi. U joyiga qaytish uchun o‘rnidan turdi.

Asumi zal chetiga o‘tayotganda, yoshi o‘tib qolgan ammo boy erkak uning yo‘lini to‘sdi. Unga yaqinlashib jilmayib gap boshladi:

Erkak: Sizning qo‘llaringiz mo‘’jiza yaratadi xonim. Balki bu kechani men bilan davom ettirarsiz?

Asu indamay yonidan o‘tmoqchi bo‘ldi lekin erkak birdan uning bilagini ushlab kaftini tizzasiga tortdi. Nigohida ochiq-oydin iflos niyat bor edi.

Erkak: Bunday go‘zallikni bir kechaga bo‘lsa ham yonimda ko‘rishni istardim.

Asumi: Qo‘yib yuboring iltimos!

Shu payt Jungkookning sovuq qadam tovushlari yaqinlashdi. U hech kimga o‘xshamagan g‘azabli nigoh bilan kelib erkakning qo‘lini Asumidan yulib oldi.

Jungkook: Qo‘lingni qaytib unga tekkizsang shu qo‘lsiz qolasan.

Erkak: Men faqat...

Jungkook gapini tugatishga ham qo‘ymadi. Uning yoqasidan ushlab uni devorga urdi. Zal jim bo‘lib qoldi.

Jungkook: Meniki bo‘lgan ayolga ko‘z olaytirish o‘lim bilan teng

Erkak bo‘g‘ilib qoldi. Atrofdagilar dovdirab qarashardi.

Asumi: Jungkook! Yetar!
Uni qo'yib yuboring

U hayratda edi chunki birinchi marta Jungkookning qahridan o‘ziga zarar emas balki himoya ko‘rdi.

Jungkook erkakni yerga tashlab yubordi. Zalga yana sukunat cho‘kdi. U Asumining yoniga kelib belidan mahkam ushladi va butun zalga qarab qattiq ohangda dedi.

Jungkook: Asumi mening yonimda va u meniki. Buni hamma bilib olsin.

Asumi yuragi qattiq urayotganini his qildi. Hamma nigohlar ularga qadalganini unutdi. Faqat Jungkookning issiq himoyaviy qo‘llarini sezdi.

Jungkook

Zalda og‘ir sukunat davom etardi. Hamma nigohlar Jungkook va Asumida edi. Asu esa yonidagi erkakning sovuq ammo birinchi marta himoyaviy qo‘llarini his qilib, yuragi g‘alati urib ketdi. Asumi asta jilmayishga majbur bo‘lib dedi

Asumi: Men charchadim. Iltimos bu yerdan ketaylik.

Jungkook uning yuziga qaradi. Nigohlarida g‘azab hali ham so‘nmagan edi ammo Asuning iltijosi unga ta’sir qildi.

Jungkook: Yaxshi. Ketamiz.

U qo‘lidan ushlab Asuni zaldan olib chiqdi. Mehmonlar ortidan qarab qoldi pichir-pichirlar kuchaydi. Jimin esa uzoqdan ularni kuzatib nimadandir xavotirlandi. Seyoungning esa lablari qattiq qisilgan ko‘zida alam yonardi.

Mashina oldiga yetgach Jungkook Asumini orqa o‘rindiqqa o‘tqazdi. O‘zi ham rulga o‘tirib mashinani hayday boshladi. Ular yo‘l davomida sukut saqlashdi.

Asu: Sohilga borishni xohlayman...

Jungkook: Sohil?

Asu: Ha. Bu hashamat, bu qasrlar, ziyofatlar... barchasidan charchadim. Men dengiz ovozini eshitishni, ozgina bo‘lsa ham erkin nafas olishni xohlayman.

Jungkook sukut saqladi. Mashinani burib boshqa yo‘lga tushdi.

Asumi: Rostdan ham meni olib borasizmi?

Jungkook : Ha bu safar xohishingni ham rad eta olmayman qora kapalagim.

Oradan yarim soat o‘tgach mashina dengiz bo‘yiga yetib bordi. Kechki shamol sochlarni silkitib, to‘lqinlar qirg‘oqqa urilardi. Oy yorug‘i dengiz yuzasida kumush jilolar yaratgan edi.

Jungkook: Tush. Mana istaganing joy.

Asu mashinadan tushdi. Qumga oyoqlari tegishi bilan yuragi yengil tortgandek bo‘ldi.

Asu asta qo‘llarini yoyib osmonga qaradi, chuqur nafas oldi.

Asumi: Nihoyat... men ozgina bo‘lsa ham ozodlikni his qilyapman.

Asumi dengiz shamoliga qarshi turib ko‘zlarini yummoqchi bo‘ldi, ammo ichidagi savollar uni qiynab qo‘ymadi. U necha kundan beri nafrat bilan qarab kelgan bu odamni endi boshqa tomondan ko‘rayotgandek edi. Lekin savollarni osonlikcha ayta olmadi. U bir necha bor lablarini. ochib yana yopdi.

Asu: ...Nega sizning nigohingizda har doim g‘azab yashirinadi? Hatto... meni qiynayotganingizda ham.

Jungkook bir muddat sukut saqladi. Dengiz shamoli uning so‘zlarini tortib ketganday edi. So‘ng u sekin yon tomonga qarab qo‘ydi. Ko‘zlari namlangandek tuyuldi.

Jungkook: Chunki men nafratdan boshqa narsani his qilishni o‘rganmadim.

Asu yuragi qisilib ketdi. U qattiq gapirmoqchi edi lekin bunday qilmadi

Asu: Nafrat odamni yemiradi. Hatto sizni ham...

U shunday degach Jungkook asta kulimsiradi. Ammo bu kulgi iztirobga o‘xshardi.

Jungkook: To‘g‘ri aytasan. Men allaqachon yemirilganman Asumi. Sen faqat tashqi qobig‘imni ko‘rasan. Ichimda esa... bir paytlar o‘n yoshli bolakay yig‘lab o‘tiribdi.

Uning ovozi titradi. Asu beixtiyor unga qaradi.

Asu: Nega bunday deysiz?..

Jungkook qattiq nafas oldi ko‘zlarini yerdan uzmay dedi

Jungkook: Chunki men onamning o‘limini ko‘rganman. U o‘sha kuni... otam bilan urushgach o‘zini mening oldimda ...o‘ldirdi.

Asumi qo‘llarini og‘ziga tutdi. Ko‘zlari yoshlanib ketdi.

Jungkook: Men esa... hech narsa qila olmadim. O‘sha kundan boshlab men nafratdan boshqa tuyg‘uni his qilolmadim. Otam menga yig‘lashni taqiqlardi. “Kuchli bo‘lgin, aks holda seni yo‘q qilishadi” derdi. Men yig‘lay olmadim shuning uchun qotillikka, shafqatsizlikka ko‘nikdim.

Asu ko‘z yoshlarini tiyolmadi. O‘sha sovuq odamni emas balki azob ichida qolgan bolaning so‘zlarini eshitayotgandek edi.

Asu: Jungkook...

Jungkook unga qaramadi. Nigohini dengizga qadab davom etdi

Jungkook: Uch yil oldin men butunlay quladim. Tunlari uxlay olmadim ko‘zimni yumsam o‘zim o‘ldirgan odamlar yuzlari kelardi. O‘zimdan jirkanardim. Shuning uchun meni ruhiy markazga yotqizishdi. Men u yerda uch oy yotdim. Hamma meni shafqatsiz deb bilgan ammo hech kim mening ichimdagi bolakayning qichqirayotganini eshitmagan.

Jungkookning ovozi asta pasaydi. Asu qo‘llarini titrab ko‘z yoshlarini artdi.

Asu: ...Seyoung-chi? Nega u bilan yashashni tanladingiz?

Jungkook keskin kuldi ammo ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi.

Jungkook: Tanlovim emas edi. Otamning vasiyati. Kuch qudrat uchun Seyoungning oilasi bilan ittifoqdosh bo‘lish men uchun majburiyat edi. Men uni hech qachon sevmadim. U ham meni sevmaydi. Biz shunchaki qog‘ozdagi imzolar uchun birgamiz.

Asumi yuragi siqilib ketdi. U birinchi marta Jungkookning nigohlarida nafaqat sovuqlik balki yillar davomida yashirib kelgan og‘riqni ko‘rdi.

Jungkook Asuning ko‘zlariga qaradi. Ko‘z yoshlarini yashirishga urinsa-da,ovozidagi titroq ularni fosh qilardi.

Jungkook: Lekin men seni ko‘rganimdan beri... ichimdagi o‘sha o‘lik bolakay har safar qo‘zg‘aladi. Men seni qo‘yib yubora olmayotganim sababi ham shu Asumi.

Asu yuragi qattiq urib ketdi. Uning ko‘zlaridan yosh yana oqib tushdi. Bu safar u nafratdan emas balki uning og‘riqlarini sezganidan edi. So'ng sekin Jungkookni yelkasidan qoqib qo'ydi. Lekin Jungkook to'satdan uni quchoqlab yiglashni boshladi.

Muallif: Kim Asumi
Kanal: Bangtan Tales