𝐋𝐨𝐯𝐞 𝐢𝐧 𝐭𝐡𝐞 𝐒𝐡𝐚𝐝𝐨𝐰𝐬
𝓛𝓸𝓿𝓮 𝓪𝓷𝓭 𝓼𝓮𝓬𝓻𝓮𝓽𝓼 𝓱𝓲𝓭𝓮 𝓲𝓷 𝓽𝓱𝓮 𝓼𝓱𝓪𝓭𝓸𝔀𝓼
Hayotimizdagi eng sodda kunlar ham o‘z sirlarini yashiradi. Ba’zan odamlar yuzida tabassum bo‘lsa ham, qalblari qorong‘u sirlar bilan to‘la bo‘ladi.
Kim Asumi ham huddi shunday insonlardan biri. U sovuqqon, kam gap lekin har doim mukammallikka intiluvchi ishchi. Bugun ham uning odatiy kunlaridan biri. Hujjatlar, hisobotlar va doimiy telefon jiringlashi orasida o‘tadi.
U ofisdagi stolida qog‘ozlarni tartibga solar, har bir detalni diqqat bilan tekshirar edi. Hamkasblari unga kamroq murojaat qilardi, chunki Asumi bilan muloqot qilish oson emasdi va tabassum qilmasdi. Lekin har bir harakati aniqlik va puxta rejalashtirilganligini ko‘rsatardi.
Telefon yana bir marta jiringladi. Asumi chuqur nafas olib uni oldi.
U qisqa javob bilan suhbatni yakunladi va yana ishiga qaytdi. Asumini fikricha hayot uning yuziga sovuqqon tabassum bilan qarab turardi.
Shahar markazining boshqa bir qismida baland oynali binolardan birida butunlay boshqa hayot kechardi. Bu yerda sukunat emas kamera chiroqlari, yorqin lampalar va shovqin hukmron edi.
Rejissyor: Olindi! Juda yaxshi!
Rejissyorning baland ovozi maydonni to‘ldirdi.
Taehyung chuqur nafas olib sahna ichidan asta chiqdi. Uning peshonasidan ter oqib tushar ammo yuzida odatdagi sovuqqonlik emas charchoq bilan aralashgan befarqlik bor edi.
Kim Taehyung- hozir Janubiy Koreyadagi eng mashhur aktyorlardan biri edi. Har bir drama reytingi, har bir filmi rekord yangilardi. Ammo mashhurlik baxt degani emasdi.
Yohan: Janob Taehyung bugungi sahnalar tugadi,
Bugun agentlik suratga olish yakunlanganligi uchun ziyifat o'tqazadi kelishiningiz shart.
Taehyung hech narsa demasdan faqat bosh chayqadi. Yohan Taehyungni bosh menejeri edi. Starforce esa (agentlik nomi) uni shu darajaga olib chiqqan. Taehyung mashinaga o‘tirar ekan derazadan tashqariga qarab qoldi va
telefoniga xabar keldi.
Direktor: Yangi loyiha tayyor. Siz bosh rolga tanlandingiz. Shaxsiy hayotingiz haqida ehtiyot bo‘ling. Hech qanday mish-mishlarga yo‘l qo‘yilmasin.
Taehyung: Go‘yo menda shaxsiy hayot borday...
Starforce agentligining yuqori qavatida joylashgan zal bugun odatdagidan ham yorqin edi. Oq va oltin ranglar uyg‘unlashgan bezaklar, sekin jaranglayotgan klassik musiqa, qimmat ichimliklar va soxta tabassumlar…
Bu kino olamining odatiy kechasi edi. Taehyung zalga kirar ekan atrofdagilar darhol unga e’tibor qaratdi.
— Taehyung! Ajoyib rol bo‘ldi! Yangi loyiha bilan tabriklaymiz!
Taehyung odatdagidek muloyim bosh irg‘ab qisqa javoblar bilan cheklanar edi. U bunday joylarni yoqtirmasdi. Bu paytda zalning narigi tomonida qora kostyumda, sokin qadamlar bilan kirib kelgan erkak e’tiborni butunlay boshqa tomonga burdi.
Jeon Jungkook- U aktyor emasdi. Ammo zalda ko‘pchilik undan ko‘proq ehtiyot bo‘lardi. Jeon korporatsiyasi- moliya, qurilish, media va investitsiya sohalarida eng kuchli nomlardan biri va
Starforce’ning asosiy investorlaridan biri ham aynan u edi.
Jungkook nigohi bilan zalni bir ko‘zdan kechirdi, so‘ng tanish qiyofani ko‘rib qadamini tezlatdi.
Taehyung ovozni eshitib ortiga o‘girildi.
Taehyung: Nihoyat kelding Jeon
Jungkook: Suratga olish tugaganini eshitdim. Yana o‘zingni qiynabsan.
Taehyung: Ha bu mening ishim. Sen-chi? Investor bo‘lish ham shunchalik zerikarlimi?
Jungkook: Aktyorlar orasida yurish undan ham yomonroq
Ular stol chetiga o‘tirishdi. Atrofda soxta kulgilar, kamera chaqnashlari ammo ular orasida suhbat ancha sokin kechardi.
Jungkook: Yangi loyiha haqida xabar oldingmi?
Taehyung: Ha oldim. “Shaxsiy hayotingga ehtiyot bo‘l” degan xabar ham oldim.
Jungkook: Starforce har doim shunday. Brendni saqlash ular uchun inson hayotidan ustun.
Taehyung: Ba’zan o‘ylayman, odamlar meni biladi, lekin asl Taehyungni hech kim tanimaydi.
Jungkook: Shuning uchun do‘sting sifatida men borman. Kamera ortida sen bilan gaplashadigan kam sonli odamlardanman.
Taehyung: Sen ham oson hayot kechirmayapsan Jungkook. Korporatsiya, investorlar, bosim…
Jungkook: Farqi shundaki men his-tuyg‘ularimni yashirmayman. Sen esa ularni ichingga yutib rolga aylantirib yuborgansan.
Taehyung: Balki shuning uchun charchagandirman.
Ertasi kun tongida shahar gazetalarida, onlayn saytlarda va ijtimoiy tarmoqlarda bir xil sarlavha aylanib chiqdi:
“Mashhur aktyor Kim Taehyung qotillikda gumon qilinmoqda!”
Xabarda aytilishicha mashhur aktyor Taehyung bir qizni zo‘rlagan qiz o'lib qolgach uni daryoga tashlab yuborgan. Hatto guvohlar va ba’zi “dalillar” ham keltirilgan edi. Shahar bir zumda bu mish-mish bilan titrab ketdi.
Taehyung esa odatdagidek sovuqqon yuz bilan uyida gazetalarni ko‘rardi. Uning ko‘zlarida esa charchoq emas, balki chuqur g‘azab aralash hayajon paydo bo‘lgan edi.
Taehyung: Hech kimga ishonib bo‘lmaydi
Kim Asumi ofisga kirar ekan xodimlar allaqachon xabarlarni muhokama qilayotgan edi.
Katta tergivchi: Asumi mashhur aktyor Kim Taehyungni ishi bizni bo'limga berildi. Tezda ishni boshlaymiz.
Asumi boshini chayqadi.
Taehyung politsiya bo‘limiga yetib keldi. Uning qiyofa muloyim korinsada aslida sovuqqon edi.
Asumi stolda bir chekkada o'tirib, fayllarni ko‘zdan kechirdi. Taehyung xonaga kirar ekan Asumi qo‘lidagi hujjatlardan ko'zini olib Taehyungga yuzlandi.
Asumi: Janob Taehyung sizni gumon qilinayotgan qotillik ishi bo‘yicha chaqirdik. Hamma dalillar sizga qarshi
Asumi sovuqqon ammo har bir so‘zini aniqlik bilan aytdi. Taehyung muloyim bosh irg‘ab javob berdi.
Taehyung: Bilaman. Qarang men hech narsani yashirmayman. Haqiqat o‘z-o‘zini himoya qiladi.
Asumi uning yuzidagi charchoq va ichki kurashni payqadi. U faqatgina xatolarni, guvohlarni va dalillarni emas, balki insonning ichki dunyosini ham o‘qish mahoratiga ega edi.
Asumi: Shunday bo‘lsa boshlaymiz. Siz kechagi kuningiz haqida batafsil aytishingiz kerak
Asumi daftarga yozib olishga tayyorlandi.
Taehyung esa chuqur nafas olib xonani bir qarashda ko‘zdan kechirdi.
Taehyung: Bilasizmi… men hech qachon odatdagidek hayotga ega bo‘lmaganman. Shuning uchun ham bunday mish-mishlar men uchun yangi narsa emas. Ammo men adolatni istayman
Asumi: Albatta agar aybsiz bo'lsangiz birgalikda buni isbotlaymiz
Tergov xonasida og‘ir sukunat hukm surardi. Soatning sekin “tiq-tiq” ovozi ham xonani yanada toraytirib yuborgandek edi.
Asumi: Kecha soat 21:00 dan keyin qayerda bo‘lgansiz?
Taehyung: Kecha agentlikda ziyofat boldi. Men keyin to‘g‘ri uyga ketganman. Mashinamni haydovchim boshqargan.
Asumi: Guvohlar sizni daryo bo‘yidagi hududda ko‘rganini aytmoqda.
Taehyung: Guvohlar... O'sha guvohlar bilan ko'rishsam bo'ladimi
Asumi javob bermadi. Fayldan bir nechta surat chiqardi.
Asumi: Jabrlanuvchi 23 yoshli qiz. U bir necha oy oldin siz ishtirok etgan drama kastingiga kelgan.
Taehyung: Men kastinglarga aralashmayman. Bu agentlikning vakolatida.
Asumi: Lekin telefon yozuvlariga ko‘ra u qiz bilan sizning raqamingizdan bir necha marta aloqa bo‘lgan.
Taehyung: Bu bo'lishi mumkin emas.
Asumi: Sizning telefoningizdan o‘chirilgan xabarlar tiklandi. Xabarda uchrashuv haqida yozilgan.
Taehyungni jahli chiqa boshladi. Qo‘llarini sekin musht qildi.
Taehyung: Men bu xabarlarni yozmaganman.
Asumi: Telefoningiz kimdadir bo‘lganmi?
Taehyung: Yo‘q. Yani bilmadim. Men oxirgi bir oy ichida odatda har kuni suratga olish maydonida bo'ldim
Asumi: Kimdandir gumoningiz birmi. Masalan haydovchingiz?
Taehyung: U menga 7 yildan beri xizmat qiladi.
Asumi daftariga yozdi. Uning yuzi sovuqqon bo‘lsada ichida bir savol aylanardi:
Asumi:(ichida) Hamma dalil bor, lekin inson yolg‘on gapiryotgandek emas.
Tashqarida esa vaziyat tobora og‘irlashardi.
Telekanallar politsiya binosi oldida jonli efirga chiqardi.
-- Mashhur aktyor jinoyatchimi?
--Yulduz ortidagi qorong‘u haqiqat!
Starforce agentligi esa rasmiy bayonot berdi:
Bayonot: Kim Taehyung bilan tuzilgan barcha loyihalar vaqtincha to‘xtatiladi.
Bu xabar Taehyungga tergov xonasidayoq yetkazildi.
Taehyung: Demak ular ham mendan yuz o‘girdi.
Aynan shu paytda Starforce kompaniyasida Jungkook favqulodda yig‘ilish o'tkazayotgan edi.
Jungkook: Bu ish ataylab qilingan.
Direktor: Agar Taehyung aybdor bo‘lsa bu Starforce uchun katta zarar keltiradi.
Jungkook sovuq ovozda gapirdi.
Direktor: Bilaman u bilan yaqin do'stsiz lekin barcha dalillar unga qarshi
Jungkook: Chunki kimdir uni qurbon qilmoqchi.Eng muhimi bu ish . Starforce ichidagilardan chiqqan.