June 10, 2025

Because of you

Bazan biz kutgan baxtlar bizga begona... ๐Ÿ’”

Ammo Bora bilmasdiki boshqalardan hatto Taehyungdan ham asrashga to'g'ri kelishini....

Yo'l bo'yi Taehyung uchun bularni qanday syurpriz qilish haqida o'ylab uxlab qolgan Bora uyga qanday yetib kelganini sezmay qolgandi

Sanhi xola : Bora uyg'on yetib keldik mashinadan tusha qol

Bora negadir o'zini holsiz his qildi

Bora: Sanhi xola xonamga chiqib uxlamoqchiman meni hech kim bezovta qilmasin

Hop degandek bosh irg'agan Sanhi xola Yuqoriga chiqayotgan Borani kuzatib turardi

Sanhi xola : Qo'rqamanki Bora bu baland zinalardan ehtiyot bo'ladi deb pichirladi

Bora yuqoriga ko'tarilib o'z xonasi tomon qadam tashlarkan qo'lidagi homilaning suratiga qaradi va sekin suratni silarkan

"Men dadangizni qanday xursand qilishni topdim menimcha" deb jilmaydi

Xonaga kirib eshikni qulfladi va xonani o'zgacha qilib bezata boshladi pardalarni yopdi xonani tim qorong'u qildi
Eshik atrofiga gullar sochib xushbo'y hid taratuvchi shamlar bilan bezadi
Stol ustiga quticha ichiga rasmning orqa tomoniga "Hello Dad" deb yozdi va nihoyat oxirgi bezak qolgandi ularni egizak ekanligini bildirish uchun tort ๐ŸŽ‚

Bora bu ishlarni qilish davomida tort uchun ham buyurtma bergandi yetib kelgan shekilli xizmatchilardan biri

"Xonim siz To'rt buyurtma qilgan ekansiz" deb eshikni taqqillatdi
Eshikni ocharkan mittigina qutichadagi tortni xizmatchi xonaga olib kirib chiqib ketdi

Bora qutidan tortni chiqarar ekan unga juda yoqqandi ๐Ÿฅน

Bora buyurtma qilgan Tort ๐Ÿฅน๐ŸŽ‚

Soat ham allaqachon kechki 20:13 bo'lgandi
Bu vaqtda Taehyung uyda bo'lar edi "Nega deysizmi chunki u hozir Borasiz tura olmay qolgandi" ammo bu safar u kelmayotgandi

Ammo bu vaqtda Taehyung studiyada edi va ular bilan bir jamoada ishlaydigan odamlardan biri umuman olganda ko'ra olmaydigan va Taehyungga hasad qiladigan Min Hee-jin

"Hoy Taehyung uylanibsan deb eshitdim ayoling homiladormi Haerindan boshqadan farzandim bo'lmaydi meni farzandimni faqat Haerin dunyoga keltiradi deganding Ofatijon ayolingni unutib yubordingmi ๐Ÿ˜‚"

Bu gaplar Taehyungni suyak suyagigacha o'tib ketgandi o'zini nazorat qila olmay qolgan Taehyung

"Hoy itdan tarqagan xotinim haqida nima deding"
deya janob Minning yuziga yaxshigina musht tushirdi

*

Taehyung jahli chiqqanidan hech kim to'xta olmay qolgandi
Birgina mushtdan so'ng yerga cho'zilib qolgan Janob Minni urishda davom etardi, studiya ichiga kirgan BTS a'zolari uni tezda ajratib olishdi

Jhope: Hoy Taehyung Hee-jinning qanday pastkash odam ekanligini bilasan axir u sening asabingga tegish uchun hamma narsa qiladi nega uni urding

Taehyung hech narsa demasdan studiyadan chiqib ketdi va tungi klubga bordi vaqt esa 21:21 ni ko'rsatar edi.

Ammo Bora hali ham Taehyungni kutib o'tirgandi

*

Bu vaqtda Taehyung tungi klubda mast bo'lib qolgunicha ichgandi

Klubdan yarim soat o'tirib mast bo'lgan Tae bazo'r chiqib mashinaga o'tirdi

U shu qadar mashinani tez Haydar ediki uyiga kelguncha avtohalokatga uchramagani uning baxti edi

O'sha hashamatli uyiga kirar ekan yuqoriga tomon qaradi

Taening uyga kelganini derazadan ko'rgan Bora esa Taeni eshikdan kirib kelishini intiqlik bilan kutardi

Taehyung zinalardan birin ketib ko'tarilar ekan oyoqlari o'ziga bo'ysunmagan holda chalkashib ketardi va nihoyat u eplab yuqoriga chiqib xonasi yoniga kelgandi

Eshikdan kirishi bilan Taehyungga talpingan Bora uning bo'ynidan quchoqlab olgandi

Ammo bunga javob bermagan Taehyungni quchog'idan olib unga qaradi

Bora: Tae Hoy nimadir bo'ldimi sendan alkagol hidi kelyapti ichib oldingmi axir bu senga zararli

Unga jon kuydirib gapirayotgan Boraga boshdan oyoq razm soldi va xonaga qaradi xona juda chiroyli bezatilgan atrofga atirgullar sochilgan xushbo'y shamlar yoqilgan va stol ustida tort va quticha turardi

Taehyung stolga yaqinlashib qutichani ochib qarar ekan

Bora bir dunyo hayajonga to'lib toshardi

Ammo shu zahoti xonani Taehyungni qah qaha otgan kulgusi egallab oldi

Boraga qarata rasmni yirtib otgan Taehyung
"Nima senga yaxshi gapirib mehr berganim uchun menga yopishib oldingmi"

U mast holda bir narsalarni aljirardi
Bora esa uning holatini tushunardi

Bora: Tae hozir mastsan o'rningga yotib uxlab ol

Tae: Nima Haerinni o'rnini egallamoqchimisan meni farzandimni faqat Haerin dunyoga keltiradi sen emas u yo'qmi demak farzand ham bo'lmaydi

deb Boraning qo'lini qattiq siqqan Taehyung uni eshik tomonga itarib yuborgandi eshikka suyanib qolgan Borani qo'lidan ushlagancha eshik tomon sudrar ekan

Bora: Taehyung iltimos qo'llarimni qo'yib yubor og'riyapdi men baribir ketmayman

Tae: bu uydagi kunlaring tugadi sen ham sendan tug'ilgan Bola ham menga kerak emas
deb eshikdan sudrab chiqarib tashlagandi

Ammo Bora Taehyungni qo'llaridan ushlamoqchi bo'ldiyu Qo'lini zarb bilan tortib olgan Taehyung uni turtib yubordi Bora zinadan yerga tomon yiqildi

Hatto ortiga qarab nega Boraning ovozi chiqmay qolgani haqida ham o'ylamagan Taehyung yuqoriga chiqib barcha narsani ostun ustun qilib yerga bir ahvolda yotib uxlab qolgandi

Ammo Bora zinadan qattiq yiqilgandan xushini yo'qotgandi allaqachon undan qon ketishni ham boshlagandi

Taehyung esa Hammani tashqariga chiqishini taqiqlab xonasiga kirib ketganiga 10 Daqiqa bo'lyapti ammo Boradan xavotir ham olmasdan uxlab qolgandi

Tae ichkariga kirgandan so'ng Tashqariga yugurib chiqqan Sanhi xola Borani ko'rib tanasidan sovuq ter chiqib ketgandi

Sanhi xola Telefonini olar ekan qo'llari qaltirardi

Sanhi xola : alo bu... bu...bu yerda homilador ayol hushidan ketdi undan qon ketyapti

Tez yordam: Xonim manzilingizni ayting

Sanhi xola:Hannam-dong 72 Yongsang-gu ko'chasi

Qo'ng'iroqni yakunlagach biroz vaqt o'tib yetib kelgan tez yordam Borani shifoxonaga olib ketgandi

Tez yordam mashinasi eshiklari ochilar ekan iltimos yo'l bering

Shifokor: unga nima bo'ldi

Feldsher: zinadan yiqilib tushgan homilador ko'p qon yo'qotgan yoshi taxminan 19 20 atrofida

Shifokor: zudlik bilan operatsiya xonasiga olib kiring

Borani operatsiya xonasiga olib kirisharkan operatsiyada qatnashgan amalyot talabalari tashqariga chiqib kelishardi
Ular orasida Borani ilk ko'rganda sevgan o'sha yigit Hejun ham bor edi

"Nima Na Bora U nega bu yerda"

Hejun: Janob operatsiyaga men ham qatnashaman

Shifokor: Qani bo'laqol shoshilmasak bemorni yo'qotamiz axir

Hejun ham operatsiya xonasiga kirar ekan

Allaqachon operatsiya boshlangandi

Shifokor: Birinchi navbatda qonni to'xtatishimiz kerak va nobud bo'lgan homilani olib tashlaymiz

Hejun: Nima demak u homilador bo'lgan nega bunchalik nochor ahvolda

Hejun shu gaplarni o'ylar ekan shifokorning Hejun operatsiyada hayol surishga vaqtimiz yo'q degan gaplari uning hayolini to'zg'itgandi

Time skip

*

4 soatlik operatsiya bu Bora uchun ilk homilasini nobud bo'lishi keragidan ortiq qon yo'qotishi eng yomoni sevgan insoni ishonchini poymol qilishi edi

"Bora doim bir so'zni takrorlardi - Meni sevgan odamimdan boshqa hamma sevdi๐Ÿ’”"

Og'ir o'tgan 4 soatlik operatsiyada homilani olib tashlash qiyin bo'lmadi ammo qon ketishini to'xtatish qiyinchilik tug'dirgandi

Bora reanimatsiya bo'limida xushsiz yotarkan
Hejun uni yolg'iz qoldirmadi doim yonida bo'ldi

Bora farzandidan sevimli insonidan ayrilgan bo'lsada rang barang tush ko'rardi

"Bora: Suho Soomin bo'ldi kela qolinglar tort kesamiz

Suho: Oyijon Soomin bilan biroz o'ynay

Soomin: Ha Akam bilan birga o'ynashni istayman

Tae: Hoy bolalar onanngizning aytganini qiling
Azizam ular juda yoqimtoy to'g'rimi โ˜บ๏ธ"

Boraning ko'zlarini ochgunga qadar tushlari shunday rang barang va Baxtga to'la edi ๐Ÿซถ

Lekin Taehyung uni bu tunni qay holatda o'tqizayotganidan bexabar mast holda uxlar soat esa tungi 02:34 Taehyung o'z uyida bir ahvolda Bora esa shifoxonada yuragining bir parchasi bo'lgan farzandlarini yo'qotdi bugun ular haqida bildi va bugun yo'qotdi eri avvalgi ayolini deb uni qabul qila olmadi

Bu vaqtda yonida Taehyung bo'lishi kerak edi ammo... ๐Ÿ’”
Yonida Hejun edi ๐Ÿ˜…๐Ÿ’”

Doim ichida o'ziga sen sevgan insonni emas seni sevgan insonni tanla deya pichirladi ganalik o'sha mitti qalbi qiz bugun qizig'i ham bo'lmagan biriga telblarcha oshiq bo'ldi va ahvoli qiyinlashgandan qiyinlashdi.

Tongga yaqin
(taxminan 05:30 atrofida )
Bora allaqachon palataga olingan u yerda kiprik qoqishini ham kuzatib turgan Hejun uning qo'llari qimirlab ko'zlarini ochayotganini ko'rib

Hejun: Ooo Bora hozir qimirlama sen juda ko'p qon yo'qotding ahvoling yaxshi ammo o'zingni ehtiyot qilishing kerak operatsiya choki bitishini kutishimiz kerak.

To'g'ri Bora Hejunning hamma gaplarini eshitib turardi ammo Bora butkul ichidan tamom bo'lgandi

Na yig'lay oladi na kula oladi u shunchaki jim edi

Bu bizning Borani birinchi marta Taedan avvalroq sevgan ammo ikkinchi bor uchratishga ulgurmagan Hejun ๐Ÿ˜…๐Ÿ’”

Tong ham otdi Bora kasalxonadan chiqishi mumkin edi, ammo uni hech kim olib ketishga kelmasdi na eri va na boshqa kimdir uni faqatgina Hejun olib ketmoqchi bo'ldi va u buni epladi

Hejun: Bora senga o'zim qarayman hozir shifokor nazoratida bolishing kerak
Va men seni buyog'iga o'zim davolayman โ˜บ๏ธ

Bora: Istamayman (borishga joyi yo'q endi uyimdan degan o'sha qo'rg'onga ham bora olmaydi ammo uni rad etayotgandi)

Hejun: Bora tuzalishing bilan uyingga o'zim eltib qo'yaman iltimos menga yo'q dema

Bora: Men senga istamayman deyapman

Hejun: Hmm... Bu menga qiziq emas baribr hozir o'rningdan tura olmaysan baribir olib ketaman
Shu so'zlarni aytib Borani palatadan ko'tarib olib chiqarkan u uchun uyidan allaqachon xona tayyorlatgandi

Bizning o'sha mag'rur Bora esa qarshilik qila olmasdi chunki qaltis harakat choklarining ochilib ketishiga sabab bo'lardi Hejun Borani mashinaga Ehtiyotkorlik bilan otqizdi va o'zi rulga o'tirdi

Yo'l bo'yi bir biriga hatto qaramadi ham
Hejunning uyigacha yo'l uzoq edi
Bora esa mashina oynasini tushirib tashqariga qarab ketarkan shu gaplarni o'ziga shivirlab aytardi:

-Seni hech kim sevolmadida,
-Onang ham sevolmadi,
-Otang ham sevolmadi,
Ering ham sevmadiya Bora ๐Ÿ’”
Qanday sevimsiz odamsan sen,
Mana qara!
Xuddi mana shu yo'ldagi daraxtlar kabi,
Quyoshni topish uchun o'sgancha o'sdi,
-Lekin mevasi yo'q...
Hech kim unga e'tibor bermadi,
Sen ham xuddi uningdek kimdir sevishi uchun bo'yingni cho'zgancha cho'zding,
-Cho'zgancha cho'zding,
(kanalimdagi edit video matnidan)

Nima bo'ldi Bora? ๐Ÿ’”

Axir sen bunday bir qiz emasding axir?

Bora o'ziga shu gaplarni shivirlab aytar ekan ichida singan parchalarni yig'ishga urinardi,

Bu vaqtda Taehyung sovuq poldan endigina turgan boshi og'rigan va kecha nima bo'lganini eslay olmayotgandi (u juda mast bo'lgan)

U xonaga nazar solarkan hamma narsa sochilgan atrofga tort bo'laklari Bora bezatgan gullar va o'sha rasm๐Ÿ’” maydlanagan holda yotardi

Yerda yotgan qog'oz parchasini olib yig'ar ekan uning orqa tomoniga "Hello Dad" deb yozilganini ko'rdi
U Borani homilador va buni syurpriz qilgani haqida tushunganda esa allaqachon kech edi

Taehyung xonadan otilib chiqib barcha xonalarga qarar ekan Borani topa olmasdi...

Qayerdan ham topardi u axir uyda bo'lmasa๐Ÿ’”๐Ÿ˜ž

O'qib fikrizni qoldiring bu men uchun muhim kamchiliklari uchun uzr so'rayman