Angels of Darkness
Jisoo – Noctaria (Sukut Malikasi)
Unvoni: Farishtalarning sukutdagi hukmdori
Kuchlari: Ruhlarni chaqiradi, inson ongini chalg‘itadi
Shiori: "Haqiqatni aytmayman – men uni sezdira olaman."
Tavsifi: Sovuqqon, sirli. Harakatdan ko‘ra sukunat bilan tahdid qiladi. Unga yaqinlashish jasorat talab qiladi.
Jennie – Ignasia (G‘azab Olovi)
Unvoni: G‘azab va o‘t farishtasi
Kuchlari: Yurakdagi g‘azabdan quvvat oladi, ichki olovni tashqi kuchga aylantiradi
Shiori: "Yondirib yuboraman, lekin avval yuragingni."
Tavsifi: Emotsional, kuchli irodali, adolatga o‘ch. Sevgisi g‘azab bilan aralashib ketgan.
Rosé – Lunaria (Faryod Kuychisi)
Unvoni: Kuy farishtasi, tun malikasi
Kuchlari: Qorong‘u kuylar orqali qalblarni sindiradi yoki nazorat qiladi
Shiori: "Meni tingla – bu sening ohirgi musiqang bo‘ladi."
Tavsifi: Tashqaridan nozik va hisli ko‘rinsa-da, ichida kuchli zulmat bor. Uning kuylari la’natdir.
Lisa – Umbra (Soya O‘yinchisi)
Unvoni: Harakatdagi soya, qorong‘u qirolicha
Kuchlari: Soyalarda eriydi, ularni qurol sifatida ishlatadi
Shiori: "Meni ko‘rmayapsan, ammo his qilyapsan."
Tavsifi: Eng jim, eng xavfli. Quvnoq qiyofa ortida so‘zsiz o‘lim yotadi.
Qonli qanotlar ortidagi haqiqat:
Zulmat doim bor edi…Va zulmat ichida tug‘ilgan to‘rt farishta. Ular zulmat dunyosining farishtalariga aylanishi kerak edi. Bu ularning taqdiri....Ammo......
Ular tug‘ilgan kungi osmon qizil qon bilan bo'yalgan edi.
Ularning otasi – Zulmat qiroli Malzeor, yer osti olamining hukmdori.
Onasi – Qirolicha Elenys, yovuzlik ichra sevgini topgan yagona ayol.
Ular sevgidan emas, zaruratdan oila qurgan edi. Ammo bu to‘rt qiz farishta – Noctaria (Jisoo), Ignasia (Jennie), Lunaria (Rosé), va Umbra (Lisa) – dunyoga kelganda, ular sevgidan tug‘ilganini tan olishlari kerak edi...
Farishtalarning O‘spirin yillari edi. Zulmat qirolining buyrug'i bilan ular yer yuziga birinchi marta yuborildi — u yerda ular "odamlar orasida xuddi odamlardek yashab" ularni ichidan yeb bitirishi va keyin yana qaytib kelishlari kerak edi.
Ammo ular buni o‘yin deb o'ylashdi Yer ularga rangli, iliq, sirli tuyg'ular va ular qilishi mumkin bo'lmagan eng katta gunohni Insonni sevib qolishgandi.