June 2

MORNING SUBWAY

1 - Qism

"...Tonggi bekat..."

Seulning sovuq tonglaridan biri edi.

Osmonda hali tong nurlari toʻliq koʻrinmasdi, lekin shahar allaqachon uygʻongan -—

Odamlar shoshilinch yurishlar, metro eshiklarining ochlib-yopilishi, va telefon signalchalari.... Hammayoq tirik edi.

Sen -— Y/n, oddiy hayot kechirayotgan, lekin yuragida katta orzular yashirgan qiz eding.

Bugun esa hammasi oʻzgarardi. Yangi ish kuni, yangi joy -— K Music kompaniyasida assistent sifatida boshlamoqchi eding.

Metroga chiqqaningda odamlar orasidan kimnidir koʻzing ilgʻadi. Qora beysbolka, kapyushon, quloqchinlar... ammo koʻzlari -—

oʻsha koʻzlar yuragingni bir lahzada qamrab oldi. U JUNGKOOK edi. Ha BTS a'zosi.

Yashirin, odamlar orasida yoʻq boʻlishga urinayotgan, lekin baribir har bir harakati bilan ajralib turadigan yigit.

Toʻqnashib ketganingizda uning telefonini tushirib yubording. U jilmaydi.


"Oh ehtiyot boʻl, noʻxatcha", -— dedi u hazil aralash.

Sening yuraging esa goʻyoki urishni unutdi. Shunchaki tomosha qilarding. Bu oddiy uchrashuv edi. Yoki yoʻqmi?