May 27

OYNANING NARIGI TOMONIDA

1 - Qism

...Yaltiroq sirt ortida...

Oyna - bu oddiy narsa. Unda odamlar oʻzini koʻradi, yuzidagi ifodani, orqasidagi xonani.

Lekin Y/n hech qachon bu oynani oddiy deb hisoblamagan. Ayniqsa, kechasi boʻlsa. Aynan kechasi bu oyna... oʻzagarardi.

U besh yildan beri shu xonada yashaydi...

Oynali shkaf devorning yarmidan koʻpini egallagan, oppoq ramkasi biroz sargʻaygan, ammo silliq sirtida hali ham hamma narsani tiniq koʻrsatardi. Ammo bir narsa notoʻgʻri edi. Koʻz ilgʻamas, ammo yurak sezadigan bir gʻalatilik.

Bir kuni kechasi, tungi soat ikki atrofida, uygʻonib ketdi. Dastlab, nimadur chaqnadi deb oʻyladi. Keyin oʻziga keldi. Oyna...

ichidan kimdir unga tikilayotgandi.

Bu koʻzguda aks emas edi. Bu — boshqa tarafda yashayotgan, unga juda oʻxshash, lekin koʻzlari... koʻzlari butkul begona boʻlgan qiz edi.

Y/n yuragini siqib yuborgan qoʻrquvga qaramay oʻrnidan turdi.

Oynaga yaqinlasha boshladi. Qiz ham unga qarab yurdi. Harakati bir xil edi, lekin bu aks emasdi.

Chunki u.... kulib turardi...

🩷Fanfic davomi 2 - qismda boʻladi🩷

💜Xato va kamchiliklar uchun uzr...💜

🖤🖤🖤🖤🖤🤍🤍🤍🤍🤍🤍