Mening jazoyim
3-bob
NeYeong xonaga qadam qo‘ygani zahoti uning ko‘zlari faqat Taehyungni qidirdi. U devorga suyalib, sovuqqina jilmayib turgan edi. Leoren esa hali ham Taehyungning mahkam ushlagan qo‘lidan qutulishga urinar, ammo kuchi yetmasdi.
— "Bu yerda nima bo‘lyapti?"
— NeYeongning ovozi baland chiqdi.
Taehyung xuddi hech narsa bo‘lmagandek qo‘lini bo‘shatdi va sekin qadam tashlab NeYeongga yaqinlashdi.
— "Hech narsa, NeYeong. Faqat kichik tushunmovchilik," — dedi u mayin ohangda.
Leoren esa hansiragancha o‘zini chetga tortdi. Ammo NeYeongning nigohi unga tikildi — sovuq va nafratga to‘la.
— "Tushunmovchilik? Nega har doim sen bo‘lasan, Leoren? Nega u senga bunday qaraydi?" — NeYeongning ovozi titradi, ammo undagi g‘azab yaqqol sezilib turardi.
— "NeYeong, bu men xohlagan narsa emas," — Leorenning ovozi past chiqdi. — "U meni majburladi."
NeYeong unga istehzo bilan qaradi.
— "Majburladi? Nima, yana o‘zingni bechora qilib ko‘rsatmoqchimisan? Taehyung bunday qilmaydi!"
— "Sen uni bilmaysan, NeYeong. U sen o‘ylagandek emas," — Leorenning nigohi og‘riqdan yumshadi.
Ammo NeYeong bunga ishonishni istamasdi.
— "Sen faqat o‘zingga e’tibor qaratishni istaysan! U meni tanlaganiga chiday olmaysan, shuning uchun ham yolg‘on gapiryapsan!"
Taehyung bu suhbatdan zavqlanayotgandek jim kuzatib turardi. U NeYeongning yoniga borib, qo‘llarini yelkasiga qo‘ydi.
— "NeYeong, men faqat seni xohlayman," — uning ovozi mayin, lekin nazoratga to‘la edi.
NeYeong shunday deyishi bilan Taehyungning gaplariga to‘liq ishondi. U Taehyungning bag‘riga o‘zini tashladi.
Leoren esa ularning qarshisida ojiz qolgandek turardi.
— "Sen mening do‘stim eding, NeYeong," — dedi u qaltiragan ovozda. — "Lekin endi men sening qanchalik ko‘r ekaningni tushundim."
NeYeong unga qahr bilan tikildi.
— "Sen hech qachon meni tushunolmaysan, Leoren. Chunki sen Taehyungni sevmaysan."
Taehyungning lablaridagi qoniqish hissi yanada kuchaydi. U yana bir bor o‘z o‘yinini g‘alaba bilan yakunlagan edi.
Leoren NeYeongning so‘zlaridan keyin ichidan titrab ketdi, ammo o‘zini barday tutishga harakat qildi. Uning yuragi siqilardi, lekin bu hissiy og‘riqni hech kimga ko‘rsatishni istamasdi.
— "Sen buni tushunmaysan," — dedi u past ovozda. — "Bu sevgi emas, NeYeong."
NeYeong masxaraomuz kulib qo‘ydi.
— "Sevgi nima ekanligini menga sen o‘rgatmasang ham bo‘ladi. Men Taehyung uchun hamma narsaga tayyorman. U menga kerak bo‘lsa, hatto dunyoga qarshi chiqaman."
Leoren unga achinish bilan qaradi. NeYeongning ko‘zlarida hech qanday mantiq yo‘q edi — faqat qattiq muhabbat va ishonchsizlik.
Taehyung esa xuddi shu hissiyotdan zavqlanayotgandek, barchasini sukut bilan kuzatardi.
— "Va sen..." — NeYeong unga yaqinlashdi. — "Sen esa faqat bizni ajratmoqchisan. Lekin bu senga nasib qilmaydi."
— "Men hech qachon sizni ajratmoqchi bo‘lmaganman," — Leorenning ovozi titradi. — "Ammo bir kun kelib, sen ham haqiqatni ko‘rasan."
— "Haqiqat?" — NeYeongning lablarida yana kinoya paydo bo‘ldi. — "Men uchun haqiqat faqat Taehyung. Unga nima bo‘lishidan qat’i nazar, men doim uning yonida bo‘laman."
Taehyung asta qadam tashlab NeYeongning yoniga bordi va uning belidan quchdi.
— "Seni tanladim," — dedi u shivirlagancha. — "Faqat seni."
NeYeong lablarini tishlab, qoniqish hissi bilan Leorenga qaradi. Uning g‘alaba qilganini his qilayotgani shundoq sezilib turardi.
— "Endi bu yerda ortiqcha odam yo‘q," — dedi u sovuq ohangda.
Leoren bir lahzaga ko‘zlarini yumdi. Nafas olish og‘irlashdi. U ortiq bu joyda qolishni istamasdi.
— "Xayr, NeYeong," — dedi u past va sovuq ohangda. — "Va omad tilayman."
U asta eshik tomon yurdi. Taehyung esa ortidan qarab turdi, ko‘zlarida g‘alati qoniqish namoyon edi.
Leoren eshikni yopib tashqariga chiqdi. Yuragi achishdi, ammo u bilardi — bu faqat boshlanishi edi.
NeYeong Taehyung uchun hech narsadan qaytmaydi.
Lekin bu yo‘lda kimningdir qalbi butkul vayron bo‘lishi aniq edi.
Leoren xonadan chiqqach, yuragi yana tez ura boshladi. Nafas olishga harakat qilsa ham, ko‘ksidagi og‘riq kuchayardi. U koridorda biroz turgach, tezroq bu joydan uzoqlashish uchun zinadan pastga tushdi.
Tashqariga chiqqanda kechki shabada yuziga urildi. Havo salqin edi, ammo bu uning ichidagi g‘azab va alamni bosolmadi. Ko‘chalarga chiqib, tez-tez yurarkan,
NeYeongning so‘zlari qulog‘ida jaranglayverdi.
"Sen hech qachon meni tushunolmaysan."
Bu gap Leorenning yuragini og‘ritdi. Bir paytlar eng yaqin dugonasi bo‘lgan qiz endi uni dushman deb bilardi. Hammasi faqat Taehyung sabab.
— "Agar u bo‘lmaganda…" — deya ming‘irladi Leoren.
Lekin bu fikrning o‘zi ham hech narsani o‘zgartirmasdi. U o‘zini qo‘lga olishga harakat qilib, uyiga qarab yurdi.
Ammo yuragi hamon tinchlanmasdi.
Ertasi kuni Leoren ishga bormadi. U kun bo‘yi o‘rnidan ham turmay, shiftga termulgancha yotdi. O‘ylari faqat NeYeong va Taehyung atrofida aylanardi. Dugonasining o‘sha nigohi,
Taehyungning sovuq jilmayishi — bularning barchasi unga tinchlik bermasdi.
Telefon titradi. Leoren beixtiyor unga qaradi. NeYeongdan xabar bor edi:
"Senga nimadir demoqchiman. Kechqurun kafega kel."
Leoren xabarni o‘qib, bir necha daqiqa jim qoldi. NeYeong undan yana nimani istashi mumkin? Taehyung bilan yana qanday o‘yin boshlashmoqchi?
Ammo qiz bu safar chekinishni istamasdi. U kuchini yig‘ib, kechqurun uchrashuvga borishga qaror qildi.
Kechqurun soat sakkizlarda Leoren kafega yetib keldi.
Ichkarida odamlar ko‘p emasdi. NeYeong esa deraza yonidagi stolda o‘tirardi. Uning yuzida hech qanday hissiyot aks etmasdi — faqat sovuqqina qarash.
Leoren sekin qadam tashlab, uning ro‘parasiga o‘tirdi. Bir necha soniya davomida ikkovi ham jim turdi. So‘ng NeYeong og‘ir nafas olib gap boshladi:
— "Senga bitta savolim bor."
Leoren ko‘zlarini undan uzmay javob berdi:
— "Savolingni ber."
NeYeong kaftlarini musht qilib tugib, asta so‘zladi:
— "Sen Taehyungni yaxshi ko‘rasanmi?"
Bu savol Leorenni hayratga soldi. U kutmagandi. NeYeongning ko‘zlari esa javob kutayotgan edi.
— "Men... Men uni yaxshi ko‘rmayman," — dedi Leoren ishonchsiz ohangda. — "Bu gap qayerdan keldi?"
NeYeong esa kulimsiradi.
— "Sen doim shunday deysan. Ammo men hamma narsani bilaman, Leoren."
— "Sening ko‘zlaringda hammasi yozilgan. Sen uni o‘zingga tortmoqchi bo‘lding, shunday emasmi? Lekin u meni tanladi."
Leorenning yuragi siqildi. NeYeongning bu gapi faqatgina g‘azab va rashkdan aytilganini bilsa ham, baribir
og‘riqli edi.
— "Men hech qachon Taehyungni o‘zimga tortmoqchi bo‘lganim yo‘q. Lekin sen menga ishonmas ekansan, boshqa gapim yo‘q."
NeYeong jilmayib, boshini chayqadi.
— "Ishonchim yo‘q. Chunki Taehyung faqat meniki. Sen esa hayotimdan butunlay chiqib ketishing kerak."
Leoren uning so‘zlarini eshitib, og‘ir nafas oldi.
— "Yaxshi," — dedi u qat’iy ohangda. — "Agar sen shu bilan baxtli bo‘lsang, men senga to‘sqinlik qilmayman."
Shunday deb, Leoren o‘rnidan turdi. Uning yuragi og‘risa ham, ko‘zlarida qat’iyat balqirdi. NeYeong esa unga ortidan qarab qoldi.
Endi ular bir-biriga begonadek edilar.