Mening Jazoyim
Seul kechasi o‘zining sirli jimligiga burkangan. Ko‘chalar gavjum bo‘lishiga qaramay, Leoren o‘zini yolg‘iz his qilardi. Uning yuragi biroz tez urayotgandek, negadir notinch edi. NeYeong unga so‘nggi paytlarda juda o‘zgarib ketgandek tuyulardi. Yaqin dugonasi oldingidek hamma sirlarini baham ko‘rmas, ba’zan telefon qo‘ng‘iroqlaridan keyin g‘oyib bo‘lib ketardi.
Bugun ham u shunday qilgan edi. "Keyinroq gaplashamiz, Lo. Bugun juda bandman", degan edi NeYeong. Ammo Leoren unga ishonmadi. Ichidagi shubha tinch qo‘ymadi. Shu sabab u sezilar-sezilmas dugonasining ortidan yurdi.
Shahar gavjumligidan uzoqlashib, tor va xira yoritilgan bir xiyobonga yetib kelishdi. Leoren qadamlarini sekinlashtirdi, yuragi tez ura boshladi. NeYeong to‘xtadi. U kimnidir kutayotgandi. Bir necha soniyadan keyin qora Mersedes-Benz xiyobonga shaxdam kirib keldi.
Mashina sekin to‘xtadi. Orqa eshik ochildi va undan bir erkak tushdi. Kim Taehyung.
Uning yaltirab turgan qora kostyumi va jiddiy nigohi uni oddiy yigit emasligini bildirardi. Bu shunchaki badavlat yigit emas edi—uning harakati, yurishi va sovuq tabassumi unda hukmronlik borligini ko‘rsatardi.
Leoren harakat qilishdan to‘xtadi. NeYeong yugurib borib, unga yopishdi. Uning yuzida shunchalik mehr va ehtiros borki, bu rasmiy uchrashuv emasligi aniq edi.
Taehyung esa jilmaydi. U NeYeongning belidan mahkam quchib, past ovozda nimadir dedi. Leoren qattiq nafas olib, ortga bir qadam tashladi. Bu mumkin emas edi.
NeYeong boshini ko‘tardi, lablarini biroz tishladi va…
Leorenning ichidan nimadir uzilib ketgandek bo‘ldi. Nafaqat NeYeong unga hech narsa aytmagani uchun, balki bu yigit… bu noma’lum inson… unga juda xavfli bo‘lib tuyulgani uchun ham.
U bir necha soniya qotib qoldi. Nafasi ichiga tiqilib, butun tanasi qaltirab ketdi. Bu sahna ko‘z oldida o‘chib-qayta jonlanayotgandek edi. Nihoyat, u beixtiyor ortga burilib, shoshilib bu joydan uzoqlasha boshladi.
U qochardi. Lekin qayerga? Va nimadan?
Shu kecha uning taqdiri o‘zgarayotganini u hali bilmasdi.
Leoren uyiga yetib kelganida, yuragi hamon tez urayotgan edi. Nafaqat ko‘rganlari, balki ichki tuyg‘ulari ham uni o‘ziga sig‘dirmayotgandi. NeYeong unga hech qachon Taehyung haqida gapirmagan. Qanday qilib uning eng yaqin dugonasi bu yigit bilan yashirincha uchrashib yurgan bo‘lishi mumkin?
U karavotiga o‘tirib, boshini qo‘llari orasiga oldi. "Kim edi u? NeYeong uni nega mendan yashirdi?" Xayollari chalkash edi. U telefonini qo‘liga oldi, lekin NeYeongga yozishga jur’at eta olmadi.
Shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi.
Leoren yuragini hovuchlab o‘rnidan turdi. Kechasi soat o‘n birdan oshgandi. Kim bo‘lishi mumkin? Ehtiyotkorlik bilan eshik tomon yurdi va shubha bilan ortga bir qadam tashlab, derazadan tashqariga qaradi. Qora kostyumdagi bir yigit eshik oldida turardi. U mashina oldida qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, sabrsizlanib kutayotgandi.
Leoren qattiq yutindi. Bu u edi. Kim Taehyung.
Bir lahza ichida boshidan ming xil o‘y o‘tdi. Qanday qilib u mening manzilimni topdi? NeYeong aytdimi? Mendan nima istaydi?
Eshik yana taqilladi. Endi ancha qattiqroq.
Tovush baland emasdi, ammo buyruq ohangida aytilgan edi. Uning tovushi shunchalik sokin, ammo ta’sirli ediki, Leoren beixtiyor eshik tutqichini mahkam ushladi.
— "Men seni tanimayman. Kimligingni ham bilmayman. Keting!" — titroq ovozda gapirdi u.
Taehyung eshik ortida kulimsiragancha boshini biroz qiyshaytirdi. So‘ng yana gapirdi:
— "Och, Leoren. Seni zo‘rlab ochdirishimni istamaysan, shunday emasmi?"
Leorenning qo‘llari muzlab ketdi. U bu yigitning shunchaki oddiy inson emasligini allaqachon tushungan edi. Nihoyat, yuragi joyidan chiqib ketgudek bo‘lib, eshikni ochdi.
Taehyung ichkariga bir qadam tashladi. U sekinlik bilan eshikni o‘zi yopdi va Leorenga tikildi. Unga tik qarash qandaydir g‘alati hissiyot uyg‘otardi. Uning nigohida xavf, hukmronlik va qiziqish aralashgan edi.
— "Endi yaxshiroq tanishamiz," — dedi Taehyung. Uning ovozi xotirjam, ammo qat’iy edi. — "Men seni sevaman, Leoren."
Leorenning yuragi butunlay to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Bu qanday hazil? U Taehyungga hayrat va shubha bilan qaradi.
— "Nima?" — zo‘rg‘a shivirladi u.
Taehyung unga yaqinlashdi. Oradagi masofa deyarli yo‘q edi. U qizning yuziga qiziqish bilan tikildi.
— "Men seni sevaman," — dedi yana. — "Mening sevgilim bo‘l."
Leoren hayratdan qotib qoldi. Bir necha soat oldin u NeYeong bilan o‘pishib turgan yigit hozir unga sevgi izhor qilmoqda?!
U orqaga bir qadam tashladi. Yo‘q. Bu mumkin emas.
— "Sen... sen jiddiy gapiryapsanmi?"
Taehyung kuldi. Bu kulgi juda sokin, ammo boshqalarni larzaga soladigan turdan edi.
— "Men hazillashmayman, Leoren."
Leoren bir soniya ichida hamma narsani tushundi. Taehyung o‘zi xohlagan narsani oladigan odam edi. U faqat o‘zi istagan yo‘l bilan yashardi. Lekin... nega aynan men?
U nafratini yutib, Taehyungga tik boqdi.
— "Sen kim bilan bo‘lishingni bilmayman deb o‘ylaysanmi?" — dedi u. — "NeYeong sening qizing emasmi? Unda nega men?"
Taehyungning yuzi hech qanday hissiyot bildirmadi. U sokin, vahshiyona hotirjamlik bilan Leorenga qaradi. So‘ng lablarini biroz qimirlatib, qisqa javob berdi:
Leorenning nafas yo‘llari qisilib ketgandek bo‘ldi. Qanday qilib u shunchaki bu gapni aytib qo‘ya oladi?! NeYeong uni sevardi!
— "Men hamma narsani olaman," — Taehyung uning gapini bo‘ldi. — "Seni ham."
Leoren o‘zini yo‘qotib qo‘yayozdi. Yo‘q. Bu yigit bilan bo‘lishni xohlamaydi. Uning hayotiga qo‘shilishni xohlamaydi. Lekin... endi ortga yo‘l yo‘q edi.
Bu Kim Taehyung edi. U hech qachon rad etilmaydi.
Va Leoren bunga kech tushunib yetgan edi.
Xonada og‘ir sukunat hukm surardi. Leorenning yuragi g‘azab va hayratdan gupillab urayotgan edi.
"Men hamma narsani olaman. Seni ham."
Taehyungning so‘zlari uning ongida portlagan bombadek aks sado berdi. NeYeong ahmoqmi? Men shunchaki o‘yinchoqmanmi?!
Leorenning qo‘llari qaltiradi. U buni eshitishni xohlamaydi. U bunday munosabatga chiday olmaydi.
Va u o‘zini nazorat qilolmay qoldi.
Qattiq tarsaki ovozi xona devorlarida aks-sado berdi.
Taehyungning yuzi bir tomonga burildi. Uning yuzida hech qanday shok yoki hayrat yo‘q edi. U qotib turardi.
Leoren esa nafasini rostlab ololmadi. Qo‘rqdi. Lekin shu bilan birga, pushaymon ham emas edi.
— "Men senga o‘yinchoq emasman," — dedi u qattiq va titroq ovozda.
Taehyung asta yuzini oldinga burdi. U hali ham xotirjam edi. Haddan tashqari xotirjam.
U qizga qiziqish bilan tikildi. Ko‘zlarida g‘azab yo‘q edi. Balki biroz ajablanish, balki biroz zavq ham bordek.
— "Qiziq," — dedi u sekin. Uning ovozi past va yengil edi, xuddi bu vaziyatdan zavq olayotgandek. — "Senga kim ruxsat berdi?"
Leorenning yuragi siqildi. Havo yetishmayotgandek edi.
Taehyung sekin bir qadam oldinga tashladi. Uning nigohi o‘zgargandi. Endi u jiddiy edi.
— "Sen hali meni bilmaysan, Leoren."
Leoren og‘ir yutindi. Lekin ortga chekinmadi. Yo‘q, u bunga taslim bo‘lmaydi!
— "Men bilishni ham xohlamayman!"
Taehyung kulimsiradi. Bu shunchaki kulgi emasdi. Bu xavfli, hukmron va o‘yinchoq kulgi edi.
Va shu ondan boshlab Leorenning hayoti o‘zgara boshladi.
Keyingi bobda:
Leoren Taehyungning bosimiga qaramay, unga bo‘ysunmaslikka harakat qiladi. Lekin Taehyung shunchaki taslim bo‘ladigan odam emas. U qizni o‘ziga qaram qilishni boshlaydi… Qanday qilib?