You are mine
Leoren eshikni berkilayotgan ovoziga quloq tutarkan, yuragi hali ham tinchlanmasdi. Uning hayoti oddiy va osoyishta edi… Hech bo‘lmasa kechagacha.
Endi esa… Mafiya qiroli uning uyida! Va bu o‘yin endi uning hayotini butunlay o‘zgartirishga tayyor edi.
Leoren asta Taehyungga qaradi. U xuddi hech narsa bo‘lmagandek devorga suyanib turgan, go‘yo hayoti uchun kecha o‘lim bilan olishmagan edi.
Leoren: “Sen bunchalik xotirjam tursang ham, men qilayotgan ishimni anglab yetyapman. Meni bunchalik aralashib ketishini xohlamayman.”
Taehyung jilmaydi. Uning nigohida qandaydir sirli nimadir bor edi.
Kim Taehyung: “Sen allaqachon aralashib bo‘lding, Leoren.”
Leoren: “Balki hali kech emasdir?”
Taehyung unga bir qadam yaqinlashdi, yuzida o‘sha sovuq ifodasi bilan:
Kim Taehyung: “Agar kecha meni qutqarmaganingda, bu gaplarning hech biri bo‘lmasdi.”
Leoren indamadi. Ha, bu rost edi. Lekin u bunday bo‘lishini xohlamagandi. Shunchaki insoniylik qilib, bir notanishga yordam bergandi, xolos… Lekin o‘sha notanish mafiya olamining eng xavfli shaxsi chiqishini kim bilardi?!
Taehyung joyidan qimirlamay turarkan, unga sinchkovlik bilan qaradi.
Kim Taehyung: “Endi sening hayoting oldingidek bo‘lmaydi, Leoren.”
Leoren chuqur nafas oldi. Bu gap unga bosim kabi tuyuldi.
Leoren: “Sen hozir ketasanmi?”
Taehyung bir lahzaga jim qoldi, keyin bosh chayqadi.
Kim Taehyung: “Yo‘q. Hali emas.”
Kim Taehyung: “Chunki men dushmanlarimdan yashirinib yuradigan odam emasman. Lekin hozir, men zaifman. Xo‘sh, meni qo‘rqoq deb o‘ylaysanmi?”
Leoren unga jiddiy nigoh tashladi.
Leoren: “Yo‘q. Men seni qo‘rqoq deb o‘ylamayman. Lekin sen xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishing mumkin.”
Taehyung bir qoshini ko‘tarib, unga qiziqib qaradi.
Leoren: “Mening uyimga kelib, meni bu o‘yinga aralashtirganing xato.”
Taehyung kulimsiradi. Bu safar bu haqiqiy tabassumga o‘xshardi, lekin uning ortida qandaydir ma’nolar yashiringan edi.
Kim Taehyung: “Ehtimol. Ammo hozir sen men bilan birga bo‘lishing kerak.”
Leoren o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.
Leoren: “Nima? Yo‘q, men faqat oddiy hayot kechirishni xohlayman.”
Kim Taehyung: “Endi bu mumkin emas.”
Leoren yuragini ushladi. Haqiqat shunchalik yaqin va og‘ir edi…
Leoren Taehyungning gaplarini o‘ylarkan, yuragi shuv etib ketdi. Bu odam shunchaki meni o‘z o‘yiniga tortmoqchimi?
Lekin u buni rad eta olmadi. Hamma narsa juda tez sodir bo‘layotgandi. O‘zi sezmagan holda, uning hayoti butkul o‘zgarib bo‘lgandi. Endi orqaga yo‘l yo‘q edi.
Oradan bir hafta o‘tdi. Taehyung hanuz Leorenning uyida edi. Yarasi bitib borayotgan, lekin tashqariga chiqish hali ham xavfli edi.
Bir kuni kechasi, Leoren va Taehyung oshxonada ovqatlanib o‘tirishgandi.
Leoren: “Sen endi nima qilmoqchisan? Qachon ketasan?”
Taehyung qoshiqni asta stolga qo‘ydi va jiddiy nigoh bilan unga qaradi.
Kim Taehyung: “Men ketmoqchi emasman.”
Leoren hayron bo‘lib unga tikildi.
Kim Taehyung: “Sen endi xavfsiz emassan, Leoren. O‘sha odamlar seni ham tekshirishlari mumkin. Seni himoya qilishim kerak.”
Leoren bu gaplardan ta’sirlandi. U meni himoya qilishni xohlayaptimi?
Leoren: “Bu nimani anglatadi?”
Taehyung biroz jim qoldi, keyin davom etdi.
Kim Taehyung: “Turmush quramiz.”
Taehyung ko‘zini undan uzmasdi.
Kim Taehyung: “Bu hazil emas. Agar mening rafiqam bo‘lsang, seni hech kim tegib bo‘lmaydigan shaxsga aylantiraman. Hech kim senga zarar yetkazolmaydi.”
Leoren yuragini tutdi. Bu hayotining eng kutilmagan gaplaridan biri edi. Men… mafiya qiroli bilan turmush qurishim kerakmi?
Leoren: “Men bunga tayyor emasman.”
Leoren o‘zini yo‘qotib qo‘ygandi. Lekin uning yuragi allaqachon nimanidir sezgandek edi…
Leoren Taehyungning "Men kutaman" degan so‘zlarini o‘ylarkan, yuragi yana g‘alati urdi. Bu qanday holat? U endi bu odamning hayotidan qochib qutula olmasligini tushunayotgandi.
Taehyungning nigohi sokin, lekin qat’iyatli edi. Go‘yo u allaqachon Leorenning rad eta olmasligini bilardi.
Leoren stulni orqaga surib, o‘rnidan turdi.
Leoren: “Men bu haqda o‘ylashim kerak.”
Taehyung unga qarab bir qoshini ko‘tarib qo‘ydi.
Kim Taehyung: “O‘ylashing mumkin. Lekin unutmaki, vaqt biz tomonimizda emas.”
Leoren unga nigoh tashlab, ortga burilib, o‘z xonasiga kirib ketdi. Yuragi hamon tinchimagan edi.
U haqiqatan ham shunday katta qaror qabul qila oladimi?
Leoren bu mavzu haqida qayta gapirishga harakat ham qilmagan edi. Taehyung esa uni shoshirmasdi, ammo uning harakatlari aniq bir narsani anglatardi – u qarorini o‘zgartirmaydi.
Bir kuni kechqurun Leoren deraza yonida o‘tirganida, Taehyung sekin uning yoniga keldi.
Kim Taehyung: “Nega mendan qochyapsan?”
Leoren: “Men sendan qochayotganim yo‘q.”
Taehyung sekin jilmaydi va devorga suyandi.
Kim Taehyung: “Unda qaror qabul qilish vaqti keldi.”
Leoren nafasini ichiga yutdi. U hayotining bir qismida hech qachon bunday vaziyatga tushishini tasavvur ham qilmagandi.
Leoren: “Agar men turmush qurishga rozi bo‘lsam, bu shunchaki xavfsizlik uchun bo‘ladimi?”
Taehyung ko‘zlarini biroz qisib, uning yuziga sinchkovlik bilan tikildi.
Kim Taehyung: “Xavfsizlik – bu asosiy sabab. Lekin bu yagona sabab emas.”
Leoren yuragi yana shuv etib ketdi.
Leoren: “Demak, sening rejang faqat meni himoya qilish emas?”
Taehyung oldinga egilib, yuzini Leorenning yuziga yaqinlashtirdi.
Kim Taehyung: “Men hech qachon o‘zim xohlamagan narsani qilmayman.”
Leoren uning nigohidan qochib qutula olmadi.
Endi esa tanlov faqat uning qo‘lida edi.
Leorenning yuragi tez urardi. Taehyungning so‘zlari, nigohi… Bularning barchasi oddiy himoya masalasi emasligini ko‘rsatardi.
U faqat xavfsizlik uchun emas… meni o‘zi uchun ham xohlayapti.
Leoren: “Agar men rozi bo‘lsam… bu qanday nikoh bo‘ladi?”
Taehyung qoshlarini biroz ko‘tarib, jilmaydi.
Kim Taehyung: “Qanday bo‘lishini xohlaysan?”
Leoren yutindi. Uning hayoti shunchalik o‘zgarib ketishini kutmagandi.
Leoren: “Bu shunchaki kelishuv bo‘ladimi?”
Taehyung bir lahzaga jim qoldi. Keyin u sekin Leorenning yoniga o‘tirdi va uning ko‘ziga tik qaradi.
Kim Taehyung: “Leoren, men hech qachon shunchaki kelishuv uchun turmush qurmayman.”
Leoren yuragini tutib oldi. Bu so‘zlar unga boshqacha ta’sir qildi.
Leoren: “Demak, sen… meni shunchaki himoya qilishni emas… balki, men bilan bo‘lishni ham xohlaysan?”
Taehyung hech ikkilanmay javob berdi.
Leoren bir lahzaga so‘zsiz qoldi. Taehyungning ovozi, nigohi… U hazillashayotgani yo‘q edi.
Bu odam uni haqiqatdan ham sevib qolganmi?
Leoren: “Sen aqldan ozgansan.”
Kim Taehyung: “Ehtimol. Lekin faqat sen uchun.”
Leoren unga qarab bosh chayqadi. U endi aniq bilar edi – bu odam shunchaki uni himoya qilish uchun emas, balki haqiqatdan ham sevib qolgan edi.
Bu holatni rad etishning iloji yo‘q edi.
Va Leoren o‘z hayotidagi eng katta qarorini qabul qildi.
Leoren: “Xo‘p. Qachon to‘y bo‘ladi?”
Taehyung jilmayib, uning qo‘lini ushladi.
Kim Taehyung: “Juda tez orada.”
Oradan bir hafta o‘tdi. Taehyung hanuz Leorenning uyida yashirinib, hech qayerga chiqmasdi. Uning yarasi deyarli bitgan, lekin xavf hanuz atrofda edi.
Bir kuni kechasi Leoren deraza yonida o‘tirib, tashqariga termulardi. U allaqachon Taehyungning hayotiga bog‘lanib qolgandi. Bu unga yoqmasdi, lekin yuragi boshqa narsani his qilardi.
Shu payt Taehyung uning yoniga keldi.
Kim Taehyung: “Tayyor bo‘lsang, bugun ketamiz.”
Taehyung jilmayib, cho‘ntagidan mashina kalitini chiqardi.
Leoren: “Sen… meni o‘z uyingga olib ketmoqchimisan?”
Kim Taehyung: “Ha. Bu yerda uzoq qololmaymiz. Bu uy xavfsiz emas.”
Leoren bir necha soniya jim qoldi. U Taehyungning qanday odam ekanligini yaxshi tushunib yetgan edi. U mafiya qiroli. Uning uyi ham oddiy joy bo‘lishi mumkin emas.
Lekin u bilardi — endi ortga yo‘l yo‘q.
Tungi shahar jimjit edi. Taehyung mashinani shahar markazidan ancha uzoqda, tog‘ etagida joylashgan ulkan villaga haydab bordi.
Leoren derazadan villani ko‘rib, hayratda qoldi. Bu oddiy uy emas edi — bu haqiqiy saroy edi! Atrofida baland devorlar, kuzatuv kameralar va qo‘riqchilar bor edi.
Leoren: “Bu joy… Sen shu yerda yashaysanmi?”
Taehyung mashinadan tusharkan, unga qaradi.
Kim Taehyung: “Ha. Bu men uchun eng xavfsiz joy.”
Leoren yuragini ushlab oldi. Bu yer unga begona edi. Hamma narsa juda jiddiy ko‘rinardi.
Ichkariga kirishgach, ulkan zal, qimmatbaho jihozlar, bejirim mebellar Leorenning hayratini yanada oshirdi.
Leoren: “Men bunday hashamatga o‘rganmaganman…”
Taehyung unga yaqinlashdi va sekin pichirladi.
Kim Taehyung: “Tez orada o‘rganasan. Chunki bu yer endi sening ham uying.”
Leoren unga tikildi. Taehyungning nigohi jiddiy edi. Bu gap shunchaki gap emasdi.
U bu dunyoga butkul kirib kelganini tushundi.
Leoren Taehyungning uyiga ilk bor qadam qo‘yar ekan, yuragi tez urardi. Bu joy unga begona edi. U hali ham Taehyungni yaxshi tanimasdi, lekin endi uning dunyosida edi.
Ulkan zalga kirgan zahoti Leorenning nigohi devor bo‘ylab terib qo‘yilgan qimmatbaho rasmlar va yaltirab turgan qandillarga tushdi. Bu joy shunchaki hashamat emas, balki hokimiyat ramzi edi.
Shu payt oldilariga bir ayol keldi. U uzun qora sochli, nafis libosda, juda chiroyli edi. Nigohi esa keskin.
???: “Siz yangi mehmon bo‘lsangiz kerak.”
Leoren hayron bo‘lib unga qaradi. Ayol unga sovuq nigoh tashlayotgandi.
Kim Taehyung: “Bu Jiyeon. U bu uyda xizmatkor.”
Leoren jilmayib, bosh irg‘adi.
Lekin Jiyeon hech qanday mehr ko‘rsatmasdan uni boshdan-oyoq kuzatdi.
Jiyeon: “Bu uyda har kim ham uzoq qolavermaydi.”
Leoren bu gapdan hayron bo‘ldi, lekin hech narsa demadi. Taehyung esa uning gapiga e’tibor ham bermadi.
Kim Taehyung: “Kel, xonangni ko‘rsataman.”
Leoren Taehyungning ortidan yurarkan, orqasiga o‘girilib, Jiyeonga qaradi. U hali ham sovuq nigoh bilan unga tikilardi.
Bu ayol mendan nimagadir norozi…
Taehyung uni ikkinchi qavatga olib chiqdi va eshikni ochdi.
Ichkariga kirgan zahoti Leoren hayratda qoldi. Xona juda katta va chiroyli edi. Katta to‘shak, baland derazalar, pardalar, kitob javonlari – hammasi nafis edi.
Leoren: “Bu joy… Bu men uchunmi?”
Kim Taehyung: “Ha. Bu yer endi sening xonang.”
Leoren xonaga yurib borib, derazadan tashqariga qaradi. Bu joy ajoyib edi, lekin u o‘zini erkin his qilmadi.
U ortiga o‘girildi va Taehyungga tik qaradi.
Leoren: “Men seni hali ham yaxshi tanimayman. Nega meni bu yerga olib kelding?”
Taehyung bir necha soniya jim qoldi. Keyin sekin yurib, Leorenga yaqinlashdi.
Kim Taehyung: “Men seni bu dunyodan himoya qilish uchun keltirdim.”
Leoren uning ko‘ziga tikildi. Bu odamning niyatlari qanchalik to‘g‘ri? U haqiqatdan ham faqat himoya uchunmi?
Leoren xonaga joylashib olgach, hali ham o‘zini notanish joyda his qilardi. U devorlarga, kitoblarga va hashamatli jihozlarga qararkan, men bu dunyoga tegishlimanmi? degan savol o‘ylantirardi.
Bir necha daqiqadan so‘ng, eshik sekin taqilladi.
Ichkariga xizmatkor Jiyeon kirdi. U har doimgidek sovuq nigoh bilan unga qaradi.
Jiyeon: “Janob Kim sizni pastga taklif qilyaptilar.”
Leoren bosh irg‘adi va Jiyeonning yonidan o‘tayotib, u yana o‘sha sovuq ohangda gapirdi.
Jiyeon: “Men senga bir narsani aytmoqchiman.”
Jiyeon unga yaqinlashib, shivirladi.
Jiyeon: “Bu uyda uzoq qolaman deb o‘ylama. Janob Kim hech qachon bir joyga bog‘lanib qolmaydi. Unga vaqtinchalik kerak bo‘lishing mumkin, lekin oxir-oqibat bu joyni tark etasan.”
Leoren uning gaplaridan hayron bo‘ldi. Bu ayol nimaga bunday deyapti? Unga mendan nima kerak?
Lekin Leoren o‘zini yo‘qotmadi. U shunchaki jilmayib, Jiyeonga tikildi.
Leoren: “Buni vaqt ko‘rsatadi.”
U Jiyeonni ortda qoldirib, pastga tushdi.
Zalga kelganida, Taehyung divanda o‘tirardi. Uning oldida chiroyli bezatilgan kechki ovqat tayyor edi.
Leoren asta o‘tirarkan, Taehyung unga qarab turardi. Uning nigohi doim qandaydir sirni yashirgandek tuyulardi.
Leoren: “Nima uchun men bu yerda ekanimni hali ham tushunmayapman.”
Taehyung qoshiqni qo‘yib, unga qaradi.
Kim Taehyung: “Men senga aytdim. Seni himoya qilmoqchiman.”
Leoren: “Lekin nega aynan men?”
Taehyung bir muddat javob bermadi. Keyin esa sekin ohangda gapirdi.
Kim Taehyung: “Chunki sen o‘sha kuni meni qutqarding.”
Leoren unga qarab qoldi. U buni kutmagandi.
Leoren: “Lekin bu oddiy insoniylik edi.”
Taehyung kulimsiradi, lekin bu kulgi orqasida qandaydir og‘ir hislar yashiringandi.
Kim Taehyung: “Men uchun oddiy narsa yo‘q, Leoren.”
Leoren yuragini ushlab qoldi. Bu odam haqiqatan ham o‘zini yolg‘iz his qiladimi?
U Taehyungni tushunishga harakat qildi. Lekin bu oson bo‘lmaydiganga o‘xshardi.
Leoren Taehyungning nigohidan bir lahzaga ham ko‘z uzolmasdi. Uning har bir so‘zi g‘alati ohangda yangrardi, xuddi ichidagi bir sirni yashira olmayotgandek.
Leoren: “Sen uchun oddiy narsa yo‘q, ha?”
U chuqur nafas oldi va nigohini Taehyungdan olib qochdi. Ich-ichidan bir narsa uni bezovta qilardi. Men bu odamga ishonsam bo‘ladimi?
Biroq, Taehyung bugun odatdagidan boshqacha edi. U nigohini Leorendan uzmasdi, lablarini mahkam qisgancha, ichidagi nimanidir aytishga ikkilanayotgandi.
Bir necha daqiqa davom etgan sukunatdan so‘ng, nihoyat u gap boshladi.
Kim Taehyung: “Men seni ancha vaqtdan beri sevaman.”
Leorenning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
U hayrat bilan unga tikildi. Taehyungning yuzi jiddiy edi, hazil yoki o‘yinga o‘rin yo‘q edi.
Kim Taehyung: “Men bu tuyg‘uni yashirishga harakat qildim. Lekin qachongacha? Seni ko‘rganimdan beri o‘zgarganimni sezdim. Men ilgari bunday bo‘lmaganman. Lekin sen…”
U bir zum jim qoldi, so‘ng oldinga egilib, sekin ohangda davom etdi.
Kim Taehyung: “Sen menga imkon ber, Leoren.”
Leoren beixtiyor nafasi ichiga tushib ketdi. U bu gaplarni kutmagandi. Taehyungni tushunish unga qiyin edi, lekin hozirgi nigohi… bu nigoh yolg‘on deyishga imkon bermasdi.
Kim Taehyung: “Men hech qachon bunday narsalarni hazil qilmayman.”
Leoren o‘zini yo‘qotib qo‘ygandi. Bir tomondan, yuragi Taehyungning so‘zlaridan allaqachon titray boshlagan edi, boshqa tomondan esa u bu insonning dunyosi unga begona ekanini unutolmasdi.
Leoren: “Men… Men buni o‘ylab ko‘rishim kerak.”
Taehyung jilmaymadi, g‘azablanmadi ham. Faqat ohista bosh irg‘adi.
Lekin u Leorenga imkon berishini kutib o‘tirmoqchi emasdi… U bu muhabbatni isbotlashga tayyor edi.
Leoren tun bo‘yi uhlolmadi. Taehyungning so‘zlari uning ongidan ketmasdi.
"Men seni ancha vaqtdan beri sevaman."
Bu gap uning yuragini qizdirgandek bo‘ldi, lekin u hali aniq javob bera olmasdi. Bir tomondan, Taehyungning hissiyotlari unga ta’sir qilardi, boshqa tomondan esa… bu qarorni qabul qilishga undaydigan boshqa sabab ham bor edi.
Leoren hech qachon oddiy hayot kechirishni istamagan. Uning orzulari kattaroq edi. U har doim hashamatli hayot, kuch va barqarorlikka intilgan. Bolaligidan yetim bo‘lgani uchun, unga boylik va ta’minot muhim edi.
Kim Taehyung esa faqat oddiy boy inson emas. U mafiya olamining qiroli, eng qudratli odam. Agar u bilan bo‘lsa, hech qachon hech narsaga muhtoj bo‘lmaydi.
“Men bunga tayyormanmi?” — deb o‘ziga savol berdi Leoren.
Ertalab, Leoren pastga tushdi. Taehyung zalda kutib turardi. U jimgina Leorenga tikildi, hech qanday shoshirish yo‘q edi.
Leoren chuqur nafas oldi va unga yaqinlashdi.
Leoren: “Men tanlovimni qildim.”
Taehyung nigohini unga qadadi. Uning yuragi tez urayotganini sezardi, lekin tashqaridan xotirjam ko‘rinardi.
Kim Taehyung: “Qanaqa tanlov?”
Leoren bir qadam oldinga yurdi. Endi ular juda yaqin edi.
Leoren: “Men seni tanlayman, Taehyung.”
Bu so‘zlardan keyin zalda sukunat cho‘kdi. Leoren nima deyishini bilmay turardi, lekin yuragi allaqachon bu yo‘lni tanlagandi. U kuchli inson bilan bo‘lishni, himoyalangan hayotni, hamma e’tibor markazida bo‘lishni istardi.
Taehyung unga ancha vaqt tikilib turdi. Keyin esa jilmaydi. Bunday tabassumni Leoren hech qachon ko‘rmagan edi — bu mamnuniyat, g‘alaba, balki, hatto baxt hissi edi.
Kim Taehyung: “Bu eng yaxshi qaroring bo‘ldi.”
Lekin u bilmasdi… bu tanlov unga faqat hashamat emas, balki xavf-xatar ham olib kelishini.
To‘y kuni butun shaharni hayratga solgan darajada hashamatli o‘tdi. Taehyung va Leorenning nikohi mafiya olamidagi eng katta voqealardan biriga aylandi. Hammaning nigohi ularga qadalgan, har kim bu ittifoq ortidagi haqiqiy sababni bilishga urinardi.
Lekin Leoren uchun bu kun faqat quvonch emas, balki, nimagadir, yuragini bezovta qiladigan hislar bilan to‘la edi.
Leoren (o‘ziga): “Bu faqat boy hayot uchunmi? Yoki men Taehyungni chinakamiga his qila boshlayapmanmi?”
Kechqurun, mehmonlar tarqalib bo‘lgach, Taehyung va Leoren o‘z xonasiga yo‘l oldi. Xona oppoq gul hamda shampan vinosi bilan bezatilgan, hamma narsa mukammal edi.
Taehyung kresloga o‘tirib, galstuk tugunini bo‘shata boshladi.
Kim Taehyung: “Charchadingmi?”
Leoren: “Ha, biroz. Suv ichib kelaman.”
Taehyung bosh irg‘adi. Leoren esa tashqariga chiqib, oshxonaga yo‘l oldi. Yuragi tez urardi. U bugun Taehyung bilan bir xonada tunab qolishini o‘ylab, beixtiyor hayajonga tushardi.
Ammo orqada unga qarab turgan boshqa bir ko‘z bor edi…
Leoren oshxonaga ketishi bilan, Jiyeon yashirincha yotoqxona eshigi yonida paydo bo‘ldi. U asta ichkariga kirdi.
Taehyung hali ham kresloda o‘tirgancha ko‘zlarini yumib, dam olayotgandi. U juda charchagandi.
Jiyeon sukut ichida yotoqqa o‘tdi va past ovozda gapirdi:
Taehyung charchoqdan sezmay, uni Leoren deb o‘yladi. U asta yotib, ko‘zlarini yumdi.
Leoren suv ichib bo‘lgach, xonasiga qaytdi. Lekin eshikni ochganida, ichkaridagi manzarani ko‘rib, yuragi muzlab qoldi.
Yotoqda… Taehyung va Jiyeon yotardi.
Leorenning nafasi ichiga tushib ketdi. Nafaqat g‘azab, balki og‘riq ham yuragini ezdi.
U hech qanday ovoz chiqarmasdan, eshikni ohista yopdi va yugurib boshqa xonaga kirdi.
U shunchaki hashamatli hayotni emas, balki Taehyungning mehrini ham his qila boshlaganini tushunib yetdi.
Lekin endi… bu ishonch butunlay yo‘qolgandek edi.
Taehyung tun bo‘yi charchoqdan o‘zini yo‘qotgandek uxladi. U hatto yotog‘ida kim borligini ham sezmagan edi. Ammo tongda u ko‘zlarini ohista ocharkan, yonidagi odamni ko‘rib, beixtiyor seskanib ketdi.
U yostiq yonida yotgan Jiyeonni ko‘rib, birdan hushyor tortdi. Yuragi tez ura boshladi, miyasi esa vaziyatni tushunishga harakat qilardi.
Kim Taehyung: “Jiyeon? Sen bu yerda nima qilyapsan?!”
Jiyeon esa go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek, ko‘zlarini ohista ochdi va Taehyungga shirin jilmaydi.
Jiyeon: “Senga yaqin bo‘lishni xohladim, Tae…”
Taehyungning qoni qaynab ketdi. U darhol choyshabni ustidan uloqtirdi va yotog‘idan sakrab tushdi.
Kim Taehyung: “Bu qanday ahmoqlik?! Men seni bu yerga kiritmadim!”
Jiyeon o‘rnidan turarkan, yuziga g‘amgin ifoda berdi.
Jiyeon: “Nega bunchalik qo‘rqding, Tae? Balki kecha men bilan bo‘lganingni eslamayotgandirsan?”
Taehyungning yuzi g‘azabdan qizarib ketdi. U barmoqlarini musht qilib tugdi.
Kim Taehyung: “Men… men hech narsa qilganim yo‘q! Bu nima o‘yin?! Leoren qayerda?!”
Jiyeonning ko‘zlarida g‘alaba hissi porladi.
Jiyeon: “Bilmayman, lekin u kechasi keldi va bu manzarani ko‘rdi. Unga tushuntirishga ulgurmading…”
Taehyung beixtiyor chuqur nafas oldi. Yuragi g‘azab va xavotirdan tez urardi.
"Leoren buni ko‘rganmi?! Demak u… meni yomon o‘ylaydi?!"
U hech narsa demasdan, Jiyeonni yonidan o‘tib, xonadan chiqib ketdi. Endi faqat bitta narsa muhim edi.