June 28

Tishlaydigan Qo'zichog'im

Kurozaki Ren yuqoridagi zinalarda turgan singlisiga qarab, uning yirtilgan maktab formasi va yuz-koʻzidagi koʻkarib ketgan daxshatli jarohatlarni koʻrdi-yu, koʻzlari qonga toʻldi. Uning tomirlarida gʻazab otildi.
— Kim Taehyung! Sening oʻliming mening qoʻlimdan boʻladi! — deb baqirdi Ren va bir lahzada Mihoning yoniga yetib borib, uning bilagidan qattiq ushladi. Uni oʻziga tortib, zoʻrlik bilan, sudrab zal eshigi tomon olib keta boshladi.
Lekin Taehyung shunchaki qarab turadigan yigitcha emas edi. U oʻta tezlik bilan Renning yoʻlini toʻsdi va bitta kuchli zarba bilan Renning qoʻlini singlisining bilagidan ajratib yubordi. Miho birdan Taehyungning ortiga oʻtib qoldi. Ikkita daxshatli erkak bir-biriga qurol oʻqtaldi, zalda tansoqchilarning avtomatlari taqirlab shay holatga keldi.
Ayni shu qaltis vaziyatda dabdabali zalning chekka eshigidan mitti oʻyinchoq ayiqchasini mahkam quchoqlab, koʻzlarida yosh bilan Kim Luna chiqib keldi. U shovqinlardan qoʻrqib ketgandi.
— Tae-tae... men qoʻrqyapman... — dedi u yigʻlamsirab.
Lekin u gapini tugatishga ulgurmasidan, Renning oʻta ayyor va shafqatsiz tansoqchilari fursatdan foydalanib, Lunaning ortidan kelib, uning boʻyniga sovuq qurol tirashdi va uni asir olishdi.
Ren sovuq tirjayib, Taehyungga qaradi:
— Xoʻsh, yollanma qotil... Endi tanla. Yoki sening mana shu ahmoq va telba singling, yoki men qamoqqa olgan, mendan qochib yurgan mana bu qiz. Qaysi biri sen uchun aziz?
Taehyungning koʻzlarida birinchi marta dahshatli ojizlik va qoʻrquv koʻrindi. U singlisi Luna uchun jonini ham berishga tayyor edi. U tishlarini gʻijirlatib, noilojlikdan qurolini pastga tushirdi va koʻzlari yoshlanib, sekingina pichirladi:
— Singlimni qoʻyib yubor... Qizni olib ketishing mumkin.
Mihoning yuragi ayni shu soniyada chil-chil boʻlib ketgandek boʻldi. U qotib qoldi. Chunki u bu qisqa vaqt ichida oʻzini himoya qilgan, yaralarini artgan bu qotil yigitga nisbatan ich-ichidan qandaydir iliq, shirin munosabatlarni his qila boshlagan edi. Miho u qizni Taehyungning sevgan qizi, maʼshuqasi deb oʻyladi, chunki u Taehyungning singlisi borligini umuman bilmasdi. "Demak, men u uchun shunchaki bitta asira va asbob ekanman-da. Uni jonidan ortiq sevadigan boshqa qizi bor ekan," deb oʻylab, Miho oʻzini dunyodagi eng ahmoq qizdek his qildi. Ich ichidan ozini koyidi u bilardi unga sevish mumkin emasligini u hech qachon oz sevgilisi bilan bola olmasligini. Uning hayotiga goyo qora lanat uogilganini. Bilardi va u ozini istidan pzi kuldi.
U oʻzini qoʻlga olib, Taehyungga qaradi uning kozlarida og'riq va o'z o'zining axmoqligidam paydo bo'lgan kulgich bor edi, to'satdan ortidan kelgan akasi Ren uning boʻyin qismiga tezlik bilan maxsus uxlatuvchi ukol qildi. Miho hech narsani tushunolmay, koʻzlari suzilib, yerga yiqildi. Ren uni daxshatli va sovuqqonlik bilan koʻtarib oldi-da, Taehyungga oxirgi marta nafrat bilan qarab, mashinalar tomon yoʻl oldi. Ular oʻzlarining ulkan va maxfiy klan mansionlariga (qasrlari) qarab katta tezlikda ketishayotgan edi.
Yomgʻir shivalab yogʻayotgan, qorongʻu shahar yoʻlida kutilmaganda daxshatli tormoz ovozi eshitildi. Kurozakilarning asosiy mashinasiga juda katta tezlikda kelayotgan boshqa bir hashamatli qora mashina kelib urildi! Bu tasodif emas, buni Parijdan yashirincha qaytib kelgan daxshatli va aqldan ozgan Xui Kai oʻz odamlari bilan oldindan rejalashtirib uyushtirgan edi.
Mashina urilgan zaxoti, Kaining oʻnlab professional odamlari Kurozakilarning mashinalarini oʻrab olishdi va hayratda qolib, oʻzini oʻnglay olmayotgan Mihoning akalarini qurol bilan tinchlantirib, joyiga mixlab qoʻyishdi.
Xui Kai yuzida daxshatli, kasallik darajasidagi gʻalati va aqldan ozgan tirjayish bilan mashinadan sekingina tushib keldi. U toʻgʻri Mihoning hushidan ketgan, qon va koʻkarishlar ichidagi tanasi yotgan eshikni ochdi. Uni qoʻllariga ohista koʻtarib oldi. Qizning dars ketgan, ammo baribir benuqson goʻzalligiga qarab, lablari titradi.

Kai qizni oʻzining shaxsiy va eng maxfiy qasriga olib keldi. Uni dabdabali, qizil rangdagi ipak choyshabli ulkan toʻshakka yotqizdi. Keyin esa sekin engashib, qizning kiyimlarini bittalab, juda ohistalik bilan yechishni boshladi. Uning har bir yarador joyiga, soʻngra lablariga, yuziga gʻalati bir ishtiyoq bilan pichirlab, oʻpdi:
— Ah, mening yulduz koʻzligim... nihoyat mening qoʻlimdasan. Meni bugun seni mutlaqo va butunlay oʻzimniki qilaman... Hech kim seni mendan tortib ololmaydi, — dedi u aqldan ozgandek pichirlab. Kai Mihoning butun tanasini sekinlik bilan o'pib tusha boshladi.....

6-epizod shu yerda tamom boʻldi.

By your Miho