Tishlaydigan Qo'zichog'im
Taehyung singlisining peshonasidan ohista oʻpib, uning qoʻlidagi yumshoq ayiqchani toʻgʻrilab qoʻydi. Lunanining begubor koʻzlariga qarab turib, u tashqaridagi qonli, shafqatsiz dunyoni butunlay unutar edi.
— Tae-tae, bilasizmi, bugun ayiqcham ikkalamizga shokoladli tort tayyorlamoqchi boʻldik, lekin uning qoʻllari kichkinalik qildi, — Luna lablarini burishtirib, bolalarcha xafa boʻlib gapirdi.
— Shunaqami? Xafa boʻlma, mittivoyim, ertaga senga shahar klanlaridagi eng katta tortni olib kelaman, — Taehyung jilmangancha uning burniga barmogʻi bilan yengil turtib qoʻydi.
Luna akasining boʻynidan mahkam quchoqlab, uxlab qolguniga qadar unga har xil ertaknamo voqealarni gapirib berdi. Taehyung singlisi chuqur uyquga ketgach, uni sekingina yotqizib, ustini yopdi va xonadan chiqdi. U eshikni yopishi bilan uning yuzidagi iliqlik yana oʻsha lahzada yoʻqolib, sovuq qotil niqobi qaytdi.
U qadamlarini sekin bosib, yana Miho yotgan dabdabali yotoqxonaga qaytib kirdi. Xona ichi jim-jit edi. Dori taʼsirida yotgan qizning nafas olishi ancha joyiga tushgan, ammo boʻynidagi oʻsha oʻtkir tigʻ qoldirgan kichik tirnalishdan sizib chiqqan qon qurib, oppoq terisida qizil chiziq boʻlib qolgandi.
Taehyung toʻshak yoniga kelib oʻtirdi. Choʻntagidan oʻsha maxsus tibbiy malhamni chiqardi-da, barmogʻiga surtib, sekingina Mihoning boʻynidagi jarohatga tekkizdi. Malhamning muzdek taʼsiridan hushsiz yotgan Miho biroz qimirlab, ingrab qoʻydi, ammo koʻzlarini ochmadi.
Taehyung qizning yuziga tushib turgan qora sochlarini ohista chetga surar ekan, ichida gʻalati bir oʻy oʻtdi: "Sening akalaring butun yerosti dunyosini titratadi, sen esa bu yerda bir guruh vijdonsizlarning qoʻlida asirasan. Nega oilang seni bunday xavf ostida yolgʻiz qoldirdi, kichkintoy?"
Ayni shu lahzada Taehyungning shaxsiy ratsiyasi keskin signal berdi. Undan maxfiy xizmatchisining shoshilgan va hayajonlangan ovozi eshitildi:
— Xoʻjayin! Shoshilinch xabar! Shahar chegarasidagi kuzatuv kameralarimiz mamlakatning eng daxshatli mafiya klaniga tegishli qora zirhli oʻnta mashinani qayd etdi. Ular toʻgʻri bizning hududimizga qarab bostirib kelishyapti! Eng daxshatlisi... mashinalarning birida Kurozaki klanining eng shafqatsiz toʻngʻich akasi shaxsan oʻzi oʻtiribdi! Ular kimnidir qidirishyapti!
Taehyung bu xabarni eshitib, ratsiyani mahkam siqdi. U beixtiyor toʻshakda hushsiz yotgan Mihoga qaradi. Demak, qizning akalari uning qayerdaligini va kimning qoʻlida ekanini allaqachon aniqlashgan edi. Vaziyat soniyalar ichida daxshatli darajada urush yoqasiga kelib qolgandi. Kai esa alohida muammo edi agarda u Mihoning akalari uninolib ketishlarini bilsa u uchib kelishi va shaxar qonga to'lishini bu esa siglisiga ham tasir qilishini bilardi bu esa eng kuchli ikki klan va bir yonlanman qotil o'rtasida davlatni larzaga keltira oladigan urush bo'lardi. Begunoh qonlar to'kilishidan Taehyung qo'rqardi.
Taehyung ratsiyadan kelgan soʻnggi gaplarni eshitib, bir soniya qotib qoldi. Uning sovuq koʻzlari toʻshakda hushsiz yotgan Mihoga qadaldi. Demak, Kurozaki klanining toʻngʻich akasi — butun yerosti dunyosini qon va qoʻrquv ostida ushlab turgan shafqatsiz mafiya boshligʻi oʻz singlisi uchun shaxsan oʻzi kelayotgan edi.
Vaziyat daxshatli darajada jiddiy edi. Agar Kurozakilar oilasi bu yerda nima boʻlganini, ayniqsa Mihoning zindonda kaltaklangani va uning boʻynidagi qon izini koʻrishsa, butun shahar qon daryosiga aylanishi aniq edi. Taehyung yollanma qotil boʻlsa-da, ayni damda faqat oʻzini emas, balki narigi xonada mitti bolakaydek bexabar uxlab yotgan yagona ojizligi — singlisi Lunani ham oʻylashi kerak edi.
Taehyung ratsiya tugmasini bosib, ovozini maksimal darajada past, ammo buyruqomuz ohangga keltirdi:
— Barcha postlar qurollansin. Hech kim birinchi boʻlib oʻq uzmasin. Ularni toʻgʻri asosiy zalga boshlab kelinglar. Men oʻzim kutib olaman.
Ratsiyani choʻntagiga solar ekan, Taehyung Mihoning yoniga yaqinlashdi. U qizning boʻynidagi qon izini salfetka bilan shoshilib, lekin ohista artib tashladi va dori qutisini tezda yashirdi. Aynan shu soniyalarda u Mihoning qoʻllari biroz qimirlaganini va nafas olishi oʻzgarganini sezdi. Qiz dori taʼsiridan qutulib, oʻziga kelayotgan edi. Ammo Taehyungning hozir u bilan gaplashishga vaqti yoʻq edi. U qora uzun paltosini toʻgʻrilab, xonadan keskin qadamlar bilan chiqib ketdi.
Dabdabali qarorgohning ulkan zali bir zumda ogʻir, nafas qisadigan jimlikka burkandi. Taehyung zaldagi charm kresloga oʻtirib, barmogʻidagi qora uzukni sekin aylantirgancha eshikka tikildi. Koʻp oʻtmay, tashqaridan oʻnta zirhli mashinaning tormoz berib toʻxtagan dahshatli ovozi va ketma-ket yopilgan ogʻir eshiklar shovqini eshitildi.
Zalning ikki tabaqali ulkan temir eshiklari daxshatli zarba bilan ochilib ketdi. Ichkariga qora kostyum kiygan, qoʻllarida avtomat ushlangan yigirmatacha baquvvat Kurozaki klanining tansoqchilari bostirib kirdi. Ular ikki tomonga saf tortishdi.
Ularning ortidan esa sekin va ogʻir qadamlar bilan, koʻzlarida oʻlim nafasi ufurib turgan uzun boʻyli, kelishgan, ammo yuzida birorta ham tuygʻu aks etmagan toʻngʻich aka — Kurozaki Ren kirib keldi. Uning qoʻlidagi qora charm qoʻlqoplari va uning ortidan kelayotgan sovuq havo zalni muzlatib yuborgandek boʻldi.
Ren toʻgʻri Taehyungning qarshisiga kelib toʻxtadi. Ikkita buyuk va shafqatsiz kuchning nigohlari toʻqnashdi. Havoda oʻq ovozlaridan ham daxshatliroq bosim paydo boʻldi.
Ren pichoqdek keskir ovozda gap boshladi:
— Kim Taehyung... Mening hududimda yashab, mening qonimga qoʻl tegizishga qanday hadding sigʻdi? Senga uni topshirgan oʻsha iblisni ham topaman. Ammo hozir navbat senga va mana shu iningga keldi. Singlim qani?
Taehyung joyidan jilmay, xotirjamlik bilan uning koʻzlariga qaradi:
— Kurozaki klanining qonunlarini yaxshi bilaman, Ren. Lekin singling mening xonamda, xavfsiz joyda. Agar unga zarar yetkazmoqchi boʻlganimda, hozir bu yerda men bilan emas, uning jasadi bilan gaplashayotgan boʻlarding.
Ayni shu daxshatli soniyalarda, zalning yuqori qavatidagi zinalardan birida sekin qadamlar tovushi eshitildi. Hamma, hatto Ren ham oʻsha tomonga oʻgirildi. Yuqorida, kiyimlari biroz yirtilgan, yuzida koʻkarish asarlari boʻlsa-da, koʻzlarida oʻsha yengilmas mafiya magʻrurligi yonib turgan Kim Miho turardi. U oʻziga kelib, zaldagi gaplarni eshitishga ulgurgandi.
Miho akasiga qarab sovuq tirjaydi:
— Aka? Siz ..... Men haqimda qayg'urasiz deb o'ylamagan edim.
5-epizod shu yerda tugadi.