June 25

Sen yo'q eding rejalarimda

Chiroq nurida paydo bo‘lgan qiyofani ko‘rib, Mihoning tomog‘iga pichoq tiqilgandek bo‘ldi.
Bu uning o‘gay akasi — Jun edi.
Jun yovuzlarcha tirjayib, erda qonga belanib yotgan mehmonxona xodimi va pichoqqa qarab ham qo‘ymadi. U to‘g‘ri Mihoga yaqinlasha boshladi. Uning ko‘zlari nafrat va yovuz olov bilan yonardi. Jun cho‘ntagidan pistoletni chiqardi va to‘g‘ri Mihoning peshonasiga qaratdi.
— Afsus, opajon... — dedi Jun ovozini pastlatib. — Menga tanangni bermading, endi esa o‘zim istagan narsamni o‘ligingdan olaman!
Bu so‘zlar Mihoni bir necha yil oldingi o‘sha daxshatli oqshomga qaytarib yubordi. O‘shanda ham hamma narsa xuddi shunday boshlangandi. Miho o‘gay onasi va Jun bilan Seuldagi eski uyda yashar edi. Bir kuni tun yarmida Jun Mihoning xonasiga bostirib kirgan va undan bokiraligini berishini talab qilib, kuch ishlatmoqchi bo‘lgandi. O‘shanda qattiq qo‘rqqan Miho bor kuchi bilan qarshilik ko‘rsatgan, Junni urib, qo‘lidan qochib chiqqandi. Ammo eng daxshatlisi keyin sodir bo‘lgandi. Uyga qaytgan o‘gay onasi qizining gaplariga umuman ishonmagan, u faqat o‘zining haqiqiy o‘g‘li Junning yolg‘on gaplarini eshitgandi. O‘g‘lining yonini olgan vaxshiy ona Mihoni o‘sha kechasi qon qilib, ayovsiz kaltaklagandi. Miho nafaqat akasining daxshatli niyatidan, balki onasining bu adolatsizligidan ham qattiq singandi. Aynan shu qora voqeadan keyin u o‘ziga kelolmay, hamma narsani tashlab, uydan bosh olib ketgandi.
Endi esa o‘sha daxshat uning ro‘parasida yana qurol ushlab turardi. O‘lim hidi xonani qopladi. Biroq Miho so‘nggi soniyada bor kuchi bilan yigitning qo‘liga tepdi.
Qars!
Pistolet Junning qo‘lidan uchib, polga tushdi. Miho fursatdan foydalanib, eshik tomon yugurdi. Ammo Jun daxshatli darajada tez edi. U ortidan yetib kelib, Mihoning boshiga og‘ir narsa bilan qattiq urdi. Miho o'sha zahoti polga quladi.
Bu daxshatli shovqin va qiyqiriqni yo‘qoridagi xonada yotgan Taehyung eshitdi. U o'sha soniyaning o'zida pastga tushib, Mihoning xonasi eshigini taqillatdi, javob bo‘lmagach, bor kuchi bilan eshikni buzib ichkariga kirdi.
Xona ichi daxshat edi. Poldagi gilam ustida boshi qonga belanib, xushsiz yotgan Mihogina bor edi. Jun esa ochiq derazadan qochib ketgandi, parda yomg‘ir suvida silkinitib turardi. Taehyung hech narsaga, na ochiq derazaga, na qochgan odamga qaradi. U aqldan ozgandek Mihoning yoniga o‘zini otdi. Uni ohista ko‘tarib oldi-da, yugurib o‘z xonasiga olib chiqib yotqizdi.
Mehmonxona ma'muriyati shoshilib shifokor olib kelguncha, Taehyung o‘zi Mihoga birinchi yordamni ko‘rsata boshladi. U harbiy qismda o‘rgangan hamma bilimini ishga solib, qonni to‘xtatishga, jarohatni bog‘lashga urindi. Ammo daxshatli joyi boshqa edi — Taehyungning qo‘llari vafshat darajada qaltirayotgandi. U hayotida birinchi marta qattiq qo‘rqdi. Nega bu qizni yo‘qotishdan bunchalik qo‘rqayotganini o‘zi ham tushunmasdi. Bu ahmoqona hislar, uning geyligi, barcha tamoyillari qayergadir g‘oyib bo‘lgandi. Ichidagi qo‘rquv uni butunlay o‘ziga bo‘ysundirgandi.
Tun o‘tdi. Ertasi kuni kech kirganda Miho ko‘zini ochdi. U oq xonada — shifoxona kravatida yotardi. Boshi qattiq bog‘langan, atrof jim-jit edi. Yoniga qaradi. Taehyung yo‘q edi.
Faqat tumba ustida kichik bir xat qoldirilgandi.
Miho titrayotgan qo‘llari bilan xatni ochdi va undagi so‘zlarni o‘qib, daxshatdan qotib qoldi...
6-qism tamom.