June 24

Sen yo'q eding rejalarimda

Samolyot. Mihoning hamma joyi simillab og‘riyotgandi, o‘rindiqda zo‘rg‘a chidab o‘tirardi. Uning og‘riqdan bujmaygan yuzini ko‘rib, Taehyung chiday olmadi va o'sha zahoti xizmatchi qizni chaqirdi.
— Tezda biror nima toping, og‘riq qoldiradigan kuchliroq dori bormi? — dedi Taehyung jahli chiqib.
— Janob, dori tugagan edi. Faqat mana bu ukol bor, — xizmatchi qiz shpritsni ko‘rsatdi. — Xohlasangiz, o‘zim kirib qilib qo‘yaman.
Taehyung qizga qarab turib, shpritsni qo‘lidan yulqib oldi. Chunki Mihoning hozirgi ahvolini, badanidagi izlarni boshqa birov ko‘rishi mutlaqo mumkin emas edi.
— Kerak emas, o‘zim qilaman.
Taehyung ukol qilishni judayam zo‘r bilardi, chunki u harbiy xizmatga borgan edi. Armiyada oddiy askar emas, tibbiy tezkor qismda bir necha yillar davomida eng qiyin sharoitlarda ishlagan edi. U xonaga qaytib kirib, Mihoning yoniga o‘tirdi va tomirini darhol topib, dorini yubordi. Dori kuchli ekan, Miho o'sha zahoti uxlab qoldi.
Seul aeroportiga yetib kelishganda tashqarida yomg‘ir quyib yog‘ayotgan edi. Aeroportdan chiqishlari bilan ularni Taehyung avvaldan buyurtma qilingan qora mashina kutib oldi. Mashina qorong‘i ko‘chalarda tez haydab, to‘g‘ri o‘gay onasining dafn marosimi bo‘layotgan uyga ketdi.
Uydagi muhit o‘ta og‘ir va xunuk edi. Hamma qora kiyimda, ichkaridagi o‘tkir hid odamni bo‘g‘ardi. Miho kirishi bilan hamma jim bo‘lib qoldi. Ro‘paradan uning o‘gay singlisi Lia keldi, ko‘zlari dahshatli darajada yomon edi. Pak Lia o'zini aqilli deb biladigan qiz edi ammo u allaqachon bokiraligini yoqotgan va hattoki bir necha yigitlar bilan gaplashgani va univerga loyiq deb topilmagani uchun haydalgandi ham.
— Sening bu yerda nima ishing bor?! — Lia butun uy eshitadigan qilib baqirdi. — Onam o‘layotganda qayerda eding?! Endi meros uchun Amerikadan chopib keldingmi, iflos?!
— Lia, gapingga ehtiyot bo‘l, — dedi Miho, o‘zi qaltirab ketayotgandi.
— Senga o‘xshagan vahshiyga shu ham kam! — Lia stoldagi muzdek suvni olib, Mihoning yuziga otdi.
Suv Mihoning ko‘ylagini tanasiga yopishtirib qo‘ydi. Atrofdagilar qotib qoldi. Lekin Miho chidaydigan qiz emasdi, o'sha soniyaning o'zida oldinga o‘tib, Liyaning yuziga qattiq tarsaki tushirdi va sochidan ushlab boshini stakan bilan yordi.
Tars!
Lia yerga yiqildi. Uyda baqir-chaqir boshlanganda Taehyung darhol o‘rtaga tushdi. U Mihoning qo‘lidan mahkam ushlab, eshikka qarab sudrab ketdi.
— Ketdik bu yerdan, bular bilan gaplashish bekor, hozir muammo boshlashing mumkin — dedi Taehyung sovuq ohangda.Va taksi ularni hotelga olib borib qo'ydi.
Mehmonxona xonasi juda jimjit va qorong‘i edi. Taehyung ikkita alohida-alohida xona olgandi. Ularni bitta qorong‘i yo‘lak ajratib turardi xolos. Ular gaplashmasdan ovqatlanishdi va o‘z xonalariga kirib ketishdi.
Yarim tun edi. Xonada faqat ko‘cha chirog‘ining xira nuri bor edi. Miho to‘satdan uyg‘onib ketdi, yuragi dahshatli tez urardi. Baribir qattiq uxlolmayotgandi, ichida nimadir yomonlikni sezyotgandi. Shu payt parda chetida soyaning qimirlaganini ko‘rib qoldi. Qadam tovushi eshitilmasdi, lekin kimdir uning krovatiga juda yaqin kelib qolgandi. Miho qo‘rqib ketgan bo‘lsa ham, sekingina qo‘lini uzatib, krovat yonidagi og‘ir metall chiroqni dastasidan mahkam ushladi.
O‘sha soya krovatga egilgan soniyada Miho sakrab turib, chiroq bilan o‘sha odamning boshiga bor kuchi bilan urdi.
Qars!
— Ah!.. — deb o‘sha sharpa polga ag‘darildi.
Miho qaltirab borib chiroqni yoqdi. Ko‘rgan narsasidan daxshatga tushdi: erda mehmonxona xodimi kiyimidagi bola yotardi, qo‘lidan o‘tkir pichoq polga tushib ketgan edi. Miho g‘azabdan bolaning yoqasidan bo‘g‘di.
— Kim san?! Kim seni yubordi, gapir?! — deb baqirdi.
— Men... men shunchaki shu yerda ishlayman... Menga katta pul berishdi... — bolaning boshidan qon oqib yig‘lay boshladi. — U...u
Miho muzlab qoldi, tomirlarida qon to‘xtab qolgandek edi. Sekin ortiga o‘girildi. Qalin qora parda asta-sekin tebranayotgan edi. Qorong‘ulikdan dahshatli qadam tovushlari eshitildi va o‘sha yovuz kiyingan inson parda ortidan sekin chiqib keldi...
5-qism tamom.