Kechir meni sevgilim
Tun. Shahar chiroqlari oʻzining soxta jilosi bilan koʻzlarni qamashtirardi, lekin bu yorugʻlikni ortida judayam ulkan bir qorongʻulik yashiringandi. Miho oʻsha iflos, rutubatli koʻchalarni bittalab kezarkan, atrofga ruhan qarab chiqdi. Har bitta burchakdan gunoh, nafrat va shahvat hidi kelib turardi. U bir joyda toʻxtadi-da, koʻkdan kelayotgan oʻsha iliq nurni his qilishga urinib, sekinggina pichirladi:
— Yo Robbim, yo buyuk Iso... Odamzod oʻz hayotini shu qadar iflos qilib yuboribdiki, har bitta qadamda nafs botqogʻining hidi anqib turibdi. Qalblar naqadar qorayib ketgan-a...
Shu payt Miho oʻz vujudida ilohiy bir kuchni tuydi, Alloh uning qalbiga bir nur berdi. Qadamlari gʻayriixtiyoriy ravishda oʻsha yoʻldagi ulkan, qora rangli qimmatbaho mashina tomonga qarab yurib ketdi. Bu oʻsha daxshatli Kim Taehyungning mashinasi edi.
Mashina rulida Taehyungning yordamchisi oʻtirgandi va u orqa oʻrindiqdagi xoʻjayini bilan judayam jiddiy narsalar haqida gaplashib kelayotgandi. Ular shunchalik suhbatga berilib ketishgandiki, yoʻl chetidan toʻsatdan chiqib qolgan Mihoni mutloqo koʻrmay qolishdi. Toʻsatdan qattiq tormoz ovozi eshitildi, lekin allaqachon kech edi. Mashina Mihoni qattiq urib yubordi.
Miho oʻsha zarbdan sovuq yerga yiqildi. Uning oppoq, mayin terilari asfaltdagi toshlarga ishqalanib, tirtilib ketdi, tizzalari va qoʻllaridan qon sizib chiqa boshladi. Mashina eshigi shartta ochilib, ichkaridan Taehyung tushib keldi. U yerdagi yigitga sovuqqonlik bilan tikildi. Odatda kriminal olam odamlari bunaqa vaziyatda guvohlardan qutulishardi yoki politsiyadan qochishardi, lekin Taehyung nimagadir uni shifoxonaga olib borishni xohlamadi. Balki shaxsiy hududini xavfga qoʻyishni istamagandir-da.
— Uni penthousega olib boramiz, — buyurdi Taehyung yordamchisiga kalta qilib.
Ular hushsiz yotgan Mihoni mashinaga ortib, Taehyungning hashamatli penthouseiga olib kelishdi. Taehyung uni keng yotoqxonadagi katta karavotga sekin, ehtiyotkorlik bilan yotqizdi. Shu lahzada u Miho hissiz yotgan yuziga yaqinlashdi. Farishtaning yuzidagi gʻayritabiiy mukammallik, oʻsha chiroyli goʻzallik va begʻuborlik shafqatsiz kriminal qirolining yuragida qandaydir gʻalati his uygʻotdi. Taehyung bir daqiqa uning goʻzalligiga oshiq boʻlib, sehrlanib qolgandek qotib qoldi. Lekin tezda oʻzini qoʻlga oldi, boshini silkitib ichidagi bu hisni haydadi va darhol telefonini chiqarib, oʻzining eng yaqin doʻstini chaqirdi.
Bu doʻsti oʻz davrining yosh milliarderlaridan biri, tibbiyot olamining eng buyuk dahosi — doktor Park Jimin edi. Jimin Park haqiqatdan ham eng buyuk doktor edi.
Jimin chorlovni eshitgach, koʻp oʻtmay penthousega yetib keldi. U oʻz ishining ustasi edi. Rangsiz, ammo diqqat bilan Mihoning tirtilgan joylarini tekshirdi, yaralarini tozaladi va ularni oq bandage (bint) bilan chiroyli qilib bogʻlab chiqdi. Keyin esa uning yuzidagi oʻsha farishtalarga xos boʻlgan, inson koʻziga oddiy makiyajdek koʻrinadigan oq boʻyoqni sekin oʻchira boshladi. Aslida bu oq boʻyoq shunchaki narsa emas, balki farishtalik nomi va himoya qatlami edi. Agar u oʻchsa, farishta insoniy hislarni — jismoniy ogʻriq, qoʻrquv va qaygʻuni toʻliq seza boshlardi.
Shu zaxoti Miho birdan koʻzlarini ochdi. Uning koʻzlarida daxshat va nafrat porladi. U oʻzining himoyasiz qolganini tushunib, bor kuchi bilan Jiminning yuziga qattiq tarsaki tushirdi.
Biroq, boʻyoq oʻchishi bilan Mihoning vujudini ilgari hech qachon his qilmagan dahshatli jismoniy ogʻriq qopladi. Yaralangan joylari achishib, yonib ketayotgandek boʻldi. U chidolmasdan, oʻzini yoʻqotib, qattiq yigʻlab yubordi. Uning koʻzlaridan yosh tinmay oqardi.
Taehyung va Jimin nima boʻlayotganini tushunolmay hayron qolishdi. Bir necha soniya oldin urgan yigit hozir xuddi kichkina boladek oʻksib yigʻlayotgandi. Jimin oʻzini oʻnglab, Taehyunga qaradi:
— Uni bosib, ushlab tur! Balki sedativ yordam berar, shok holatiga tushyapti.
Taehyung darhol oldinga oʻtib, Mihoning yelkalaridan qattiq bosib turdi. Miho esa uning temirdek changalida tipirchilar, dahshat ichida yolvorardi. Axir u farishta edi! U Jiminning qoʻlidagi shprisni koʻrib, nima qilayotganini umuman tushunmas, unga badtar ozor berishadi, qiynashadi deb oʻylayotgandi.
— Yoʻq, tegmanglar! Iltimos, qilma!.. — deb baqirardi u yigʻlab.
Lekin Jimin uning gaplariga qaramay, ignani sekin uning tomiriga yubordi va ukol qildi. Dorining taʼsiri tezda vujudiga tarqaldi. Miho baqirishdan toʻxtadi, uning koʻzlari sekin yumilib, u qaytadan xushini yoʻqotdi. Xonaga yana oʻsha gʻalati sukunat choʻkdi.