May 25, 2025

RIGHT PEOPLE'S WRONG TIME ¹⁹⁴²

Chapter4~Bizni ajiratgan bu olamdan nafratlanaman.Kel yaxshisi keyingi hayotimizda baxtli boʻlamiz.Biz notoʻgʻri vaqtga tushib qolgan toʻgʻri insonlarmiz~

| Ortingdan |

Uyimga quyosh botmasidan oldin yetib olgach.Kiraverishdagi eskirgan yogʻoch eshigimizning yonida meni koʻzlari toʻrt boʻlib kutib turgan eommamga koʻzim tushdi.Hozir havo salqin boʻlganligi uchun egniga eski lekin anchagina yaxshi isitadigan toʻnini kiyib olgan.Jilmaygancha unga salom bergach hol ahvolidan boxabar boʻldim.Soʻng oshxonamiz tarafga yoʻl oldim.Yelkamda osigʻliq turgan ogʻir savatni qoʻygach beixtiyor ogʻriqdan yuzim burishdi.Bunga unchalik ham eʼtibor qilmadim chunki hozir ogʻriqdan ham koʻproq meni qornim ochligi bezovta qilmoqda.Bir qisim guruch olib uni qaynatishga qoʻydim shoʻrva biroz boʻlsa ham totli boʻlishi uchun unga bir nechta koʻkat va sabzavotlardan toʻgʻray boshladim.lekin tashqaridan eommamni ovozi meni oʻziga tortdi.U ichkariga kirgach oshhona chetidagi kursisiga joylashdi biroz sukunatdan soʻng menga tomoq qirgach oʻz maqsadiga oʻtdi.
-Sojin qizim...bugun uyga shaharchamiz hokimining oʻgʻli va xotini kelgan edi..
Men bunga unchalik ham eʼtibor qilmadim balki Namjoonning onasi uni oʻgʻlini tinch qoʻyishimni soʻrab kelgandir degan savol miyyamda aylandi.
-Xoʻsh u oʻgʻlini tinch qoʻyishimni soʻrab keldimi? Oʻgʻlining oʻzi menga saqich kabi yopishib olganiga qaramasdan ?
-Yoʻq unday emas..u ayol seni qoʻlingni soʻrab kelibdi.. Namjoon uchun.
Eommamning bu gaplaridan soʻng kulglim qistadi.hech oʻylamagan edim gʻururli boʻlgan kimsan shahar merining rafiqasi qashshoq oilani qizini qoʻlini soʻrab kelishini.
-Bu hazilmi? Meni hozir bunday hazillarga nisbatdan hohishim yoʻq eomma./Eommamni biroz koʻnglini ogʻritganini bilaman lekin u menga toʻgʻri kelmaydi.
-Qizim..bu rost kel u bola bilan gaplashib koʻr.
Bu gaplardan soʻng qoshlarim chimirildi qoʻlimda turgan qoshiqni kerakli joyga qoʻygach vaziyatimni chuntira boshladim.
-Bu nima deganingiz axir...axir menda Jungkook bor siz buni bilasizku ona.Qolaversa ular zodagon oiladan biz ularga hech qachon toʻgʻri kelmaymiz./Gaplarimni tugatgach shoʻrva va biroz koʻkatlar solingan idishlarni kichik lekin issiq boʻlgan kulbamizga olib kirdim.Eommam ham ortimdan keldi.Kamin yoniga qulayroq joylashgach yana oʻsha mavzuni koʻtardi.
-Sojin..qizalogʻim balki unga turmushga chiqarsan./onaning bu gapi koʻnglimga huddi hanjar kabi botdi.Hattoki ichayotgan ovqatimni ham mazasini seza olmadim.
-Bu ish hech qachon sodir boʻlmaydi.Meni koʻnglim yoshligimdan beri Jungkookda ekanligini bilasiz.
-Toʻgʻri lekin sen ham meni tushun axir,I urushdan qayta olmaydi shu paytgacha jang maydonidan hech qaysi askar qaytib kelmagan uning oʻrniga ulardan qora xat kelmoqda.
-Bas! Undan menga bugun xat keldi.Uning ahvoli joyida.Jungkook menga vaʼda bergan qaytib kelishga u vaʼdasida turadi!/
-Qaytib keldi ham deylik lekin..sening hayoting huddi meniki kabi qashshoqlikda oʻtadimi ? Namjoonda senga bera oladigan hamma narsa bor boylik,sevgi,mehr barchasi./Eommamning bu gaplaridan soʻng tomogʻimga achchiq iztirob tiqilgandek boʻldi koʻzlarimda yosh qalqishni boshladi.
-Siz..siz obroʻ mansabni sevgidan ustun qoʻyayabsizmi?Unda men uchun barcha narsa muhayyo boʻlishi mumkin lekin men..menda u uchun hech nima yoʻq.na biror bir his-tuygʻu va na mansab.
-Men seni kelajagingni oʻylab gapirayabman hoy qiz esingni yedingmi oʻzim uchun emas sen uchun bu gaplarim.
-Sizni hatto eshitishni ham istamayman!

Soʻzlarimni yakunlagach uydan qanday qilib otilib chiqib ketganimni ham bilmayman quyilib kelayotgan yoshlarimni yengimga singdurgancha boshim oqgan tomonga keta boshladim.
Shaharcha boʻylab yurib borar ekanman peshtaxtalardan biriga yopishtirilgan eʼlonga koʻzim tushdi.unda yozilishicha Urush sababli hamshiralarning soni kamayib ketgan.Shu munosabat bilan yangi shifokorlarni izlaniyotgani haqida habar berilgan.

Hayolimga ajoyib gʻoya keldi.Oʻsha peshtaxtadagi eʼlonni yulib olgach toʻgʻri shahar meri joylashgan binoga yoʻl oldim.
Yetib kelganimda meni yoʻlimni bir necha qurolli askarlar toʻsishdi.Ularga hokim bilan uchrashishim zarurligini va aytgach qoʻshimcha sifatida ism sharifimni ham yetkazishlarini soʻradim.
Bir necha daqiqalik kutishdan soʻng ular meni kirishimga ijozat berishdi.

Honaga kirganimda Shahar meri bir guruh zodagonlar bilan gaplashayotganini koʻrdim va men shu yerda ekanligimni belgisini berish uchun tomoq qirdim.
-Siz bilan yolgʻiz gaplashib olsak degan edim ! /ovozim qaʼtiyatli chiqdi deb oʻylayman.men hech qachon oʻzimni yerga urushga yoʻl qoʻymaganman.
Barchaga honadan chiqib ketishini ishora qilgach oʻz oʻrindigʻiga mulozamat bilan joylashgach mendan sas sado chiqishini kuta boshladi.albatta men ham vaqtimni boy bermayman.
Uning ish stolining ustiga oʻzim bilan birga olib kelgan eʼlonni qoʻygach soʻz boshladim.
-Men ham frontga ketmoqchiman !
Biroz eʼlonga oʻychan qaragach uning yuzida tushunib boʻlmas jirkanch kulgu gavdalandi.
-Lekin bu imkonsiz
-Imkoni bor.. agarda mendek qizni oʻgʻlingizga qalliq sifatida olib berishni istamasangiz! /Janob Kim dagi kulgu mening yuzimga koʻchdi.Menimcha uni bugungi voqealardan habari yoʻqga oʻxshaydi.Yuzini kulgu oʻrniga havotir egalladi.
-Bu nima deganing?..
-Oh,Soddagina sharchamiz meri oʻgʻli va rafiqasini qay ishlarga qoʻl urayotganini bilmay qolganga oʻxshaydi.hullas hikoyamni eshiting..
Sizning xotiningiz Miss Kim xonim mening eommam bilan gaplashish uchun uyimga oʻgʻli bilan birga tashrif buyurgan va meni qoʻlimni soʻragan./Uning yuzi daxshatli tus ola boshlagani va koʻzlarining qorachigʻi jaxldan kattalashganini koʻrgach yanada zavq bilan davom ettirdim.
Vaholanki bu holat sizning yillar mobaynida yigʻgan obroʻyingizga putr yetkazadi.Ikkimizga ham ayonki Namjoon meni juda ham qattiq sevadi hattoki sizga qarshi chiqishgacha borishi mumkin..lekin siz oilangizga mendek qizni qabul qilishni istamassiz shundaymi ?
-KOTIB PARK/Mer ning ovozi butun xona boʻylab qattiq yaranglagach xonaga shahsiy kotibi otilib kirdi.Uni koʻrishi bilan meni ham frontga yuborish uchun kerak boʻladigan barcha hujjatlarni tayyorlashini buyurgach ahvoli biroz joyga tushganiga oʻxshar edi.Biroq men faqatgina oʻzimni emas Eommamni ham oʻylashim kerak undan yana bir shartni talab qilmoqchiman.
-Ha aytgancha..yana bir shartim bor Mening uyimga bir necha katta qopda guruch va issiq kiyim kechak olib borishsin shundagina mendan butun umrga qutila olasiz.
-Faqatgina shularmi ? Muammo emas tezroq honangni oʻchirsang boʻlgani.yana bir telefon aloqasi va barchasi hal boʻldi.

Binodan tashqariga chiqgach erkin nafas ola boshladim.Ertaga sahar tong 5 da joʻnab ketishimiz aniq boʻldi.

~Meni kut Jungkook ortingdan borayabman.