RIGHT PEOPLE'S WRONG TIME ¹⁹⁴²
Chapter3~Bizni ajiratgan bu olamdan nafratlanaman.Kel yaxshisi keyingi hayotimizda baxtli boʻlamiz.Biz notoʻgʻri vaqtga tushib qolgan toʻgʻri insonlarmiz~
Erta tongdan oʻt oʻlan ustida koʻzlarimni ochdim.Quyosh nurlari koʻzimga tushib gʻashimni keltirmoqda.Jungkookning tanasi yonimda uning tanasini har bir qarich yerini quyosh nurlarini yanada jilovlantirmoqda unda barchasi mukammal men esa..men esa u sevgan qizman holos oh baʼzida men oʻzimni unga loyiq emasdek his qilaman.U kelishgan oʻzini tuta biladi,aql bilan ish koʻradi va eng muhimi menga nisbatdan mehribon hayotimning har bir lahzasi u bilan oʻtgan.Otam bilan birga bu chekka shaharga yapon qoʻshinlaridan qochib kelganimizda men bor yoʻgʻi 6 yosh edim yaxshi eslayman uni ilk bor koʻrganimda yoqtirib qolgan edim u oʻshanda ham kelishgan edi.Bezori bolalar sevimli oʻyinchogʻimni olib qoʻyishganida meni mazax qilmoqchi boʻlishganda u har doim har lahza meni himoya qilgan.Otam kambagʻal oilalarninig bolalariga tekin taʼlim bergani uchun uni vatan hoini sifatida olib ketishganida ham Jungkook menga tasalli boʻlgan.Men u bilan ulgʻaydim va qolgan umrimni u bilan birga oʻtkazmoqchiman...lekin urush olovi bizning vatanimizni ham cheklab oʻtmadi.Azaldan Yaponlarga qaram boʻlganimiz kamdek endi esa bu urush.1-jahon urushi mendan otamni olib ketdi endi esa sevgan insonimdan ayirmoqda balki barchasini toʻgʻirlashni yoʻli bordur?
Oʻz hayollarimga choʻmilib yotar ekanman Jungkookning tanasi qimirladi va sekinlik bilan koʻzlarini ochgancha birinchi boʻlib atrofiga nazar tashladi.
-Men shu yerdaman havotirlanishga hojat yoq./unga tasalli ohangida soʻzladim lekin undan men istagandek javob kelmadi.
-Haa men shunchaki atrofni kuzatmoqchi edim.
Uning bu hafsalasiz ohangi meni qattiq ranjitdi.odatda uning munosabati menga nisbatdan juda iliq va samimiy edi lekin..bu tong gʻalati boshlandi.
-Ketamizmi ?/U soʻzini tugatgach oʻrnidan turdi va meni menga ham koʻmaklashdi.
-Ahvoling joyida shundaymi ? /uning savoliga shunchaki bosh chayqashni maʼqul deb bildim.
Yoʻl boʻyi bir birimiz bilan suhbatlashmadi.3-hamrohimiz boʻlgan tulpor oʻsha daraxt tagida turar edi.Shaharchamizga yaqinlashaverishda bir toʻda yapon askarlari bizni kutib olishdi va Jungkookni soʻroqlay boshlashdi.Soʻng mening yonimga ularning safidan boʻlgan bir askar kelib qoʻllarimdan majburan tutmoqchi boʻldi lekin uni Jungkookning daxshatli darajada yoʻgʻon va jahl aralash chiqgan ovozi toʻxtatdi.
-Unga qoʻlingni uchi teksa men hammangni oʻldiraman.Unga tegma./Uning bu buyruq ohangidan soʻng askar ortga chekindi va menga yoʻl ochdi.Qoʻrqganim tufayli Jungkookning ortidan yetib bordim va qoʻllarimni uning qoʻllariga boʻladimi shunday qilsamgina oʻzimni hotirjam his qilar edim.Uning bunga nisbatdan hech qanday reaksiya bildirmadi shunchaki jim.
Balki mendan foydalangach endi unga keragim boʻlmay qolgandir? Bu fikrni oʻzi meni qora terga botdi va yurgan yoʻlimda taqqa toʻxtadim.
Oʻzimni bunga ishontirmaslikga harakat qila boshlaganman lekin buning iloji yoʻq,chunki u bilan oʻtgan vaqtim mobaynida ilk bor menga bunday munosabatda boʻlishi.Men toʻxtaganini uchun ham u yoʻlida toʻxtadi va bir necha muddat menga hissiz tikilgach yana savol bera boshladi.
-Senda barchasi joyidami yoki biror yering ogʻriyabdimi?
Oʻzimni yildan zoʻrgʻa tiygancha javob berdim.
-yoʻq shunchaki..barchasi joyida.
JUNGKOOK
Yoʻl boʻyi men unga nima deyishni ham bilmadim.Balki hato qilgandurman.Lekin kechagi kun mening miyyamda aylangan fikrlar uni oʻzimniki qilishga undadi.Agarda men urushda halok boʻlsam Sojin hayotini davom ettirishi lozim bir necha kun shu hayollar meni tark Bir tomonda uni tinch qoʻyish va unga zarar yetkazmaslik boʻlsa boshqa tomondan uni oʻzimniki qilish yoki meniki yoki hech kimniki deb nomlangan hayollar meni qiynadi.Axiyri hirsimga taslim boʻlgan holda uni oʻzlashtirdim.endi nafaqat ruhi balki tanasi ham menga tegishli.menda..afsuslanish, gʻurur,oʻzimga boʻlgan nafrat barchasi jam boʻlmoqda.Shuning uchun ham unga gapirishni istamadim.lekin bu harakatim biz oyogʻimga bolta urayotganda oʻxshayman.Biz
barcha toʻplanib turgan maydonga yetib keldik.Maydon yaqinida boʻlajak askarlarni olib ketish uchun maxsus mashinalar va qurollangan askarlar kelgan.maydon oʻrtasida esa askarlar va oila aʼzolari bir biri bilan koʻzyosh toʻkgancha vidolashmoqda.biroz atrofga nazar solgach koʻksimga kelib urilgan kichik tanani his qildim.U kichik qoʻllari bilan mening butun tanamni chirmovuq kabi oʻrab olgan.Sezib turibman koʻz yosh toʻkmoqda havo yetishmaganligi sababli puchuq burnini tortishi va nam boʻlayotgan koʻksim sababli bilib olmoqdaman.Shu onda unga nima deyishni ham bilmayman.Tomogʻimga igna tiqilgandek hozir oʻzim ham yigʻlab yuboraman.Soʻngi kuchimni toʻplab uning sochlaridan siypalagancha vaziyatni tushuntirishga qaror qildim.
-Sojin..farishtam menga qara/Namlangan koʻzlarini zoʻrgʻa menga tikgach uni yanayam qattiq bagʻrimga bosdim.
-Sen..kuchli qizsan shunday emasmi ? Men senga vaʼda beraman qaytib kelaman qay tarzda boʻlmasin sen bilan birga boʻlamiz./Yanoqlaridagi koʻz yoshlarini artish barobarida gapirar ekanman kuchli tilab yubormaslik uchun lablarini tishladi.Shu lahzada bu tamni tatib koʻrgim keldi.Soʻnggi bor balki bu taʼmdan bahra olayotgandurman.Undan chuqur boʻsa olar ekanman boshida u jim boʻldi keyin esa harakatlarimga javob qaytara boshladi.Bu boʻsa oldingilaridan farq qiladi butunlay afsus boʻsasi deb nomlagan boʻlar edim.Hissiyotlarimni yashirishga urinmay buni uddasidan chiqa olmadim.Koʻzlarimdan bir necha tomchi yosh oqa boshladi.Buni sezdirmaslik uchun boʻsani uzib uni bagʻrimga oldim.
-Seni sevaman malikam/Quloqlariga shu soʻzlarni aytgach uni bagʻrimdan ajiratdim.
-Endi men...men ketishim kerak/Bu soʻzlar qanchalik qiyin boʻlmasin aytishim lozim edi.Lekin undan javob kelmadi hali ham mendan haftaga oʻxshaydi.Unga bu holatni tushuntirgim kelayabdi lekin hozir vaqt tigʻiz.Oxirgi soʻzlarimni unga bayon etdim keldi.
-Sojin...meni kutasana?/Boʻgʻzimga tiqilgan oxirgi soʻzni chiqardim va undan javob kelishini kuta boshladim.
-Kutaman..qaytib kelmaganungizcha kutaman.Faqat..faqat tirik qoling menga keraksiz../Shu soʻzlarni aytgach koʻzdagi yoshlari daryo misoli oqa boshladi.
-Qaytib kelaman vaʼda beraman/Soʻnggi bor iforidan chuqur hidlagach uni qoʻyib yubordim va maxsus mashinaga oʻtirdim.
Mashina yoʻlga tushar ekan yonimdan kelgan tovush meni chalgʻitdi.
-Salom meni ismim Park Bogum yangilardanmisan deyman..