June 30, 2025

DETECTIVE

| Jiwon |

Mashina toʻxtatgach otamning uyi tomon tezlikda harakatlana boshladim. Nima boʻlgani menga yaxshi ayon emas onam menga telefon qilgach bu yerga tezlikda yetib kelishimni aytdi va hech qanday savolimga vaqt qoldirmasdan goʻshakni qoʻydi.Gʻalati avvallari bunday holat hech qachon takrorlanmagan Shu munosabat bilan ham ulardan havotir oldim va yoʻlga tushdim.Nimadur gʻalati ekanligini kooʻnglim sezadi.Manzilimga yetib kelishim bilan uy qoʻngʻirogʻini bir necha bor bosganimdan soʻng onam meni ochiq chehra bilan kutib oladi.Uning kulib turgan yuziga qarab barchasi joyida ekanligini tushunaman.
-Nega meni bunchalik havotirga soldingiz?
-Seni koʻrishni istagan edim qizalogʻim yana otangni ham senda muhim gapi bor.

Biz onam bilan birga mehmonxonaga kirdik.Katta stolning to'rida otam chap yonida Min Yoongi o'ng yonida esa Minlar oilasining otasi joy olgan.Kirishim bilan otamga nima boʻlayotganini tushuntirib berishi uchun savolli nigohimni qadadim.
-Oh qizalogʻim Jiwoon qani Yoongini yoniga o'tir.
Otam tabiatdan biroz qattiqqoʻl va tajang boʻlgani uchun uning gapiga boʻy sunib Yoongini yoniga joylashdim.
-Meni senda muhim gapim bor.
-Qanday ?
Bolagingizdan ikkingiz ham bilasizki bir-biringizga unashtirilgansiz bu ishni sizlarning 6 yoshligingizda oilalarimiz faqatgina do'st boʻlishi uchun emas balki undan-da mustahkam poydevor qoʻyish uchun bu ishga Amaking va men qoʻl urganmiz.
Otamning gaplariga Yoongi Hyung ikkimiz ham boshimizni tasdiqlash maʼnosida chayqadik.
-Ha ota bu haqda bilamiz./Ikkimizning ham bir hil javobimizdan soʻng ularning ikkisi ham mamnuniyat bilan jilmayishdi.
-Jiwoon bizga aytadigan gaping boʻlmasa onanga yordam beraqol/Otamning gaplaridan soʻng jimgina xonadan chiqdim.Onam oshhonada mehmonlar uchun kechki ovqat tayyorlayotganiga koʻzim tushdi unga oʻz kvartiramga ketayotganim haqida habar berishni istadim.
-Eomma men kvartiramga ketayabman.
-Biror nima yeb ol axir och qolgansan.
-Yoʻq men och emasman bu yerga kelishimdan avvalroq ovqatlangan edim./Biroz boʻlsada koʻngli joyga tushgan onam meni qoʻyib yubordi.
Mashinamga minishim bilan telefonimga kelgan habardan soʻng rejalarimni oʻzgartirishga qaror qildim Daego ha boʻlgan sayohatim keyingi kunlarga qoldiriladigan boʻldi.
✉️: Jiwon sen bilan yolgʻiz bafurja gaplashib olishimiz kerak.
✉️:Yaxshi har doimgi uchrashadigan kafeyimizda boʻlaman.
Yoongiga xabar yozgach manzilim tomon yoʻlga otlandim.
Bir necha oʻn daqiqa oʻtgach u keldi biz asosan koʻp muloqotda boʻlmaymiz shuning uchun ham men uning yonida oʻzimni noqulay his qilaman.Oʻz tashvishimni bildirmaslik uchun qaddimni tik rostlagancha uni kutib oldim.
-Koʻp kutib qolmadingmi/Uning bu savoliga hohlamasamda jilmayib eʼtiroz bildirgach bu yerga chaqirishidan maqsadi nima ekanligini soʻradim.
-Aslini olganda Jiwoon menga boshqa bir qiz yoqadi biz u bilan deyarli 2 yildan buyon munosabatlardamiz.Bu haqida qanday qilib senga aytishni juda ham koʻp oʻyladim va mana bugun bu haqida senga ochiq bayon bermoqdaman.Bilaman seni ham menda koʻngling yoʻqligini shu sababdan kel yillar mobaynida bizni qiynab kelgan bu nikohni bekor qilamiz.
-Yaxshi men roziman/Oʻzim ham bu nikohga qarshi boʻlganim uchun uning gaplari huddi saryogʻdek yoqdi va tasdiqladim.
-Lekin bir muammo bor bu haqida ota-onamizga aytishimiz zarur.
-Sen havotir olma Jiwoon bu haqida otam va Amakimga oʻzim habar beraman.
Yana biroz suhbatlashdik va Yoongi Hyung bugun sevgan qizining yoniga borishi kerakligini aytdi.baʼzan bunday insonlarning muhabbatiga chin dildan havas qilaman ular oʻz juftlarini asrashadi va hurmat qilishadi mening hayotimda esa jinoyatlar,qotillar va janglar bor holos.Qotillik deganday men oʻsha qotilni topishim lozim lekin undan avval oʻz kvartiramga borib biroz tanamni tinchlantiraman va ertasiga oʻz sevgan ishimni davom ettiraman.

Kechki soat 23:00 va yaqin oʻz kvartiramga yetib keldim Seoul shahrining biroz chekka hududida boʻlishiga qaramay menga yoqadi sokin,tinch va markaziy uylarga qaraganda ijara narxlari ham arzon.Eshik parolini ochishim bilan dimogʻimga notanish hid urildi oʻtkir vanil iforiga oʻxshash erkaklar uchun moʻljallangan balki bu uyimda buzilgan quvurni tamirlagan ishchilardan birining hididur deya ahamiyat bermadim.

Issiq dush qabul qilgach sochlarimni sochiq yordamida qurutgancha yotoqhonamga qadam qoʻydim yotogʻimga yaqinlashganimda uning ustida xat turganini payqadim bu oddiy Xat emas edi xatda qon dogʻi va uning ustida soch tolasi bor edi.Zudlik bilan oʻsha xatni ochib oʻqiy boshladim.

✉️
Qadrli detective Jiwon meni kimligimni taxmin qilgan boʻlsangiz kerak ha men oʻsha sizning daxshatli tushlaringizning asl sababchisi boʻlaman.Sizga shuni maʼlum qilamanki agarda meni yo'limga to'g'anoq boʻlishda davom etsangiz qurbonlar soni 2 baravarga ortaveradi meni topaman deb homtama boʻlmang.Bas qilmasangiz keyingi qurbonlik siz boʻlasiz...

Soʻnggi soʻzlar meni biroz choʻchitdi tan olaman kvartiramga kira olganiga qaraganda ancha ishini puxta bajaradigan qotillardan.Oyoqlarimga oralagan titroq bilan xonadan chiqdim zudlik bilan politsiya xodimlarini uyimga chaqirdim balki shu yoʻl bilan qotilni topa olarman.

Bir necha oʻn daqiqa ichida politsiya xodimlari uyim ostonasida paydo boʻlishdi kuzatuv kameralarini tekshirar ekanmiz kvartiramga qora kiyingan deyarli barcha joyi berkitilgan tahminan 180+ boʻyli oʻrta yoshlardagi erkak kalit yordamida ochgani tasvirlangan.Bu ishga boshida o'zim ham ishona olmadim yonimdagi sheriklarim esa bu ish oʻsha jinoyatchi va meni oʻrtamda uyishtirilgan deb oʻylaganga oʻxshaydi.Biroz ular bilan boʻlgan tortishuvdan soʻng meni uyimni yaxshiroq kuzatuvga olishlarini talab qildim ular bunga rozi boʻlishdi.
Uyimda oʻzimni havfsiz his qilmaganim bois mashinamda tunab qoldim.

Keyingi kun
Biroz holsiz katta bino ichkarisiga qadam qoʻydim bugun ham sud ishi bor undan tashqari o'z ayolini ustozdan vaxshiylarcha benzin quyib yuborgan jinoyatchi bilan ham suhbat oʻtkazishim lozim.Oʻz honamga qadam qoʻyar ekanman honandasi hujjatlarni yoyib tashlagan Taehyungga oʻzim tushdi.
-Sen bu yerda nima qilyapsan?.

Vibe