May 11, 2025

RIGHT PEOPLE'S WRONG TIME ¹⁹⁴²

KICHIK ASKAR |
Jungkook

Biz harbiy lagerlarga joylashishimiz bilan bizga qurol bilan qanday muomalada boʻlish,pistirmada n omon qolish ninalar bor hududlarni sinchkovlik bilan koʻzdan kechirish oʻrgatila boshladi.Har lahzada bu yoruq olamdan gʻoyib boʻlish ehtimolim katta.iloji boricha oʻzimni asrashga harakat qilmoqdaman.chunki men unga vaʼda berganman omon qaytaman deb.Lekin bu urush..insonlar qonidan may tayyorlab zavq bilan ichadigan laʼnat.bu yerga kelganimdan beri hali hech birimiz bizga berilgan hududdan tashqariga chiqmadik.Tayyor boʻlganimizdan soʻng bizni toʻgʻri jang maydoniga yuborishadi.Inglizlar azaldan oʻzlarini oʻylaydigan halq boʻlishgan Yaponlar ham bundan mustasno emas.Koreya erkinligi uchun kurashgan qanchadan-qancha insonlar oʻlib ketdi.Bizning hududimizga asosan yaralangan askarlar ham keltiriladi.Qon isi,jon talvasasida najot soʻrab qilingan hayqiriqlar koʻpchilik askarlar tibbiy yordam kuchlari kamligidan oʻz navbatlarini kutib koʻz yumushlari.Oʻz vatandoshlarimni qutqara olmaganlikdagi alam tuygʻusi. men bu tuygʻularni har kuni boshimdan kechirmoqdaman.Qanchalik tirishqoqlik bilan harakat qilmay barchasi befoyda ular endi urushga yaroqsiz.shunday boʻlganligi uchun ham omon qolgan boʻlsada jang maydonida jang qila olmaydigan mayib majruh askarlarni davolash bizga man etilgan faqatgina jiddiy jarohat olmaganlarga eʼtiborimizni qaratishimiz lozim.Agarda ular omon qolgan taqdirida ham peshonasiga Yaponlar tomonidan daxshatli oʻlim yozilgan.Ularni olib ketishadi va biz boshqa qaytib koʻrmaymiz,bu yerdagi mish-mishlarga koʻra ularni lager tashqarida joylashgan oʻrmonda miyyasiga oʻq joylashadi.Bu oʻrmon askarlar orasida murdalar qabristoni degan nom olgan.
Bir kun kelib mening ham boshimga shu ish tushishidan qoʻrqaman.Men qanaqadur oʻlimdan emas men sevgan ayolni yana bir bor toʻyib bagʻrimga bosmasdan uni lablarini bolidan totib koʻrmasdan oʻlishdan choʻchimoqdaman.Bir necha hafta oldin unga xat yozdim axvoli joyida deb umid qilaman u oʻzini hafa qildiradiganlardan emas men unga shuni oʻrgatganman.Mening malikam Sojin..

Sojin
Jungkook men jonimdan ortiq sevgan yigit laʼnati urush oʻchogʻiga ketganiga 54 kun boʻldi 1 oyu 14 kun men oʻsha kundan beri kun sanab uni kutmoqdaman umid qilamanki u sogʻ salomat.U menga vaʼda bergan tirik qolishi shart.Shaharchamizda ham ahvol yaxshi emas.Faqatgina boy oila xonimari uchun hushboʻy atir sovun ishlab chiqaruvchi fabrika ham yopildi bizni esa erkaklar ishchi kuchi yetishmaganligi uchun guruch terishga yuborishdi.Bu ish juda ham qiyin ertalabdan kechgacha ishlash lozim asosan ish uchun oyoqlarimizga rezina etik kiygancha suv bosgan tomorqaga tushib guruch sholisini yigʻib olamiz va ularni olib qoplarga solamiz.Bu ishimiz uchun bizga 3,5 yen toʻlanadi.juda ham kam ish haqqi boʻlishiga qaramay kunimiz oʻtishiga yarab turibdi.
Tomorqada ishlar ekanman yonimizga yugurgancha xat eltib beruvchi bola keldi.Shu on barcha ayollar oʻz erlari onalar esa oʻgʻillaridan kelgan xatlarni olishga urinishda men esa bir chekkada ularni kuzatib turar edim.Menimcha menga xat kelmagan chunki Jungkook ketgan hududlar uzoqda joylashgan va ishlash va mashgʻulotlar ham qiyin deb eshitganman.Lekin barcha oʻziga kerakli xatni yosh bolaning qoʻllaridan olgach bolakay men tomon yaqinlasha boshladi.
-Sojin opa bu sizga /Uninh gaplariga ishona olmadim va hursandligimdan bolakayni bagʻrimga qattiq bosdim.
-Bu Jungkook akangdan shundaymi ? /Koʻzlarimga ishona olmas edim chunki har doim xat kelganida xat oluvchilar safida men boʻlmas edim lekin hozir quvonchim ichimga sigʻmaydi.
Iloji boricha xatni tezroq ochib oʻqishga harakat qildim.

Xat
Goʻzal malikam Sojin,ahvoling yaxshi deb umid qilaman.Meni ahvolim joyida. Bu yerlarga allaqachon biroz sovuq tushib ulgurgan.Men senga vaʼda berganimdek yaxshi ovqatlanayabman, issiq kiyinmoqdaman.Sen ham oʻzingni ehtiyot qil.Bizni hali urushga yuborishgani yoʻq kichik askar sifatida mashgʻulotlarni olib bormoqdamiz lagerlarga.Yaqinda men va sheriklarim Amerikaliklar tomonidan vayron qilingan

qishloqga bordik u yerda ahvol achinarli.bir yosh qizaloq oʻz uyida ota-onasining jasadlari yonida kunlab qolib ketgan ekan uning ahvoli ilk koʻrganimda juda achinarli edi.U menga seni eslatib yubordi koʻzlari senikiga oʻxshaydi.Uni oʻzim bilan olib ketdim hozir u shifoxonamizda davolanmoqda tez oʻsadi oʻziga keladi degan umiddaman.Xa aytgancha senga ketishimdan oldingi qilgan munosabatim uchun meni kechir,bu ishimdan afsusdaman seni juda ham qattiq sogʻindim bu yerda sensiz qiyin.Oʻzingni asra nima boʻlgan taqdirda ham yoninga qaytib boraman meni kut qalbim malikasi Sojin.

-Jungkook yozgan xatni oʻqir ekanman koʻzlarimdan yosh tomchilari dumalay boshladi.Uni qattiq sogʻindim bor vujudim bilan.Yoshlangan koʻzlarim bilan yon-atrofimga boqdim.Boshqa ayollar ham yigʻidan oʻzini toʻxtata olishmayabdi lekin ularniki menikidan tubdan farq qiladi.Menda quvonch yoshlari boʻlsa ularda iztirob.Qora xat! Koʻpchilik yosh yigitlarni hayotini va ular sevgan insonlarini umidlarini soʻndirgan laʼnat.Ayollarning barchasi motam tutmoqda.Har kuni shu ish takrorlanadi ular yer hudosiga oʻgʼillarini tanalarini qiynamaslikni iltijo qilishadi.Necha-necha yosh yigitlar bu balo ortidan shunchaki axlat qutisiga tashlangan qogʻoz kabi oʻlib ketishadi yoki issiz yoʻq boʻlishadi.Mening ham qalbimda ogʻriq koʻtariladi mungli koʻzli onalarni koʻrganimda.Baʼzi bir yigitlar hattoki oʻzidan zurriyot qoldirishga ham ulgurmagan ularga qattiq achindim.
Barcha ishlarimni tugatgach menga berilgan pul va savatga solingan bir kilo guruchni ortimga ortgancha bu hosilni 3 oyga yetkazish ilinjida uyimga yoʻl oldim u yerda meni tutingan onam kutmoqda.U mendan har doim xavotir oluvchilar orasida turadi.Oʻz bolasi boʻlmaganligi sababli otamning oʻlimidan soʻng meni katta qila boshladi oʻz farzandidek menga mehr koʻrsatdi.endi esa meni galim deb oʻylayman u ancha kuchdan qolgan hozirda nafaqat unga balki barcha shaharchamiz aholisiga qiyin.
Shu oʻylarga choʻmgan holda yoʻlimga ketar ekanman.Qoʻlimdan yulib olingan guruch solingan savat sababli oʻzimni bir muddat anglay olmay qoldim.
-Salom/Uni koʻrishim bilan havotirim aridi.Chunki hozirgi kunimizda oʻgʻri ʼlar juda ham koʻp men oxirgi ovqatimizni oʻgʻirlatib qoʻydim deb oʻylagan edim hayriyatki bu Namjoon ekan. Uning salomiga yarasha men ham javob qaytardim.
-Seni qoʻrqitib yuborganga oʻxshayman meni kechir
-Yoʻq hech qisi yoʻq hammasi joyida/Unga havotirimni bilintirmaslik uchun biroz tabassum qildim.
-Ishdan qaytayabsanmi ?/Bu savoliga ham nisbatdan eʼtiborsiz javob berdim buning oʻz sababi bor.Bolaligimizda biz Namjoon bilan qalin doʻst edik ammo u boy oila farzandi boʻlgani uchun uning otasi shahar meri hisoblanadi shuning uchun ham u Namjoonga biz bilan gaplashishni taqiqlagan edi u faqat oʻziga oʻxshash boy oila farzandlari bilan muloqot qilishi mumkin boʻlgan.Bir necha yil oldin Namjoon menga menga nisbatdan his tuygʻulari borligi haqida aytganida men buni jiddiy qabul qilmagan edim ammo bundan Jungkook habar topgach bu katta janjalga sabab boʻlgan edi oʻshanda Jungkookni Namjoonning otasi bir necha kunga axloq tuzatish kaloniyasiga yuborgan edi chunki Jungkook jahl ustida Namjoonni oʻldirib qoʻyishiga oz qolgan edi bu tabiiyki shahar meri yoqmagan.oʻshada boʻlgan voqealarni eslasam Namjoonga nisbatdan qalbimda nafrat uygʻonadi hozir ham oʻzimni bosgan holda u bilan gaplashishga harakat qilayapman.
-Hoy nega kayfiyating yoʻq
-Shunchaki bu urush qachon tugar ekan deb hayol qilayabman
-Shunday degin men esa sen yana oʻsha oʻgʻri haqida oʻylayabsanmi degan hayolga boribman/I yuziga ahmoqona kulgu olganini koʻrgach meni gʻazabim vulqon kabi qaynadi.
-Ha,shunday toʻgʻri topding oʻsha sen aytayotgan oʻgʻri haqida oʻylayabman.menga qolsa bu dunyoga nima boʻlishi bilan ishim yoʻq menga faqat hozirgi kunda oʻsha sen aytayotgan oʻgʻri sevgilimni tirik koʻrish va bagʻrimga bosish qiziqtirmoqda!/Unga qilgan bu qoʻpol javobimdan soʻng uning yuz tuzilishi keskin oʻzgardi.

-Men...buni nazarda tutmagan edim.Shunchaki kel uni unutasan va men bilan baxtli hayot kechir axir buni iloji bor shundaymi ?
-Aqldan ozgan shunday paytda qanday qilib turmush qurish haqida oʻylashing mumkin axir qanchadan qancha insonlar oʻlib ketmoqda.Qolavera meni yuragim faqat unga tegishli./Gapimni tugatgach uning qoʻlidan savatimni olgancha oʻtib keta boshladim lekin uning gapi meni joyimda toʻxtatdi
-U baribir urushda halok boʻladi huddi boshqa murdalar kabi.Qaytib kelgan taqdirida ham u senga men beradigan hayotni bera olmaydi./Namjooning bu gaplaridan soʻng yoniga qanday qilib bunchalik tez yetib borganimni va uning yuziga tarsaki tortganimni bilmay qoldim gʻazabim kuchliligidan uning ikki yoqasidan ushlab yuzini boʻyim tengi qilgancha koʻzlariga tik qarab gapirdim.
-Kerak boʻlsa sen ham u kabi urushga bor otangning boyligi va mansabi ortiga berkingan.U menga bugun xat yuborgan eshitayabsanmi..!U sogʻ salomat.Toʻgʻri sen boydursan lekin men uchun hech qachon Jungkookdek boʻla olmaysan.
Uni zarb bilan qoʻyib yuborgach uyimga quyosh botmasidan tezroq borish maqsadida qadamlarimni tezlata boshladim.