RIGHT PEOPLE'S WRONG TIME ¹⁹⁴²
Chapter6~Bizni ajiratgan bu olamdan nafratlanaman.Kel yaxshisi keyingi hayotimizda baxtli boʻlamiz.Biz notoʻgʻri vaqtga tushib qolgan toʻgʻri insonlarmiz~
Bugun bizning oʻq otish boʻyicha 1-darsimiz shu munosabat bilan bizni oʻrmonli botqoq joyga olib ketishdi har bir qadamda hatar ninalar yoki zaharli jonzotlar.Oʻrmon ichkarilab kirib borar ekanmiz Inglizlar tuzogʻiga tushgan va barcha yeri ilma teshik boʻlgan askarlarning jasadiga koʻzimiz tushdi tanalarini tekshirib koʻrish natijasida bu urushga hali koʻp boʻlmaganligini bildim ular hali issiqligini yoʻqotmagan tahminan 4 yoki 5 soat oldin bu ish roʻy bergan.Jasadlarni koʻzdan kechirar ekanman koʻzim koʻkragi va oyoqning boldir qismidan oʻq yegan lekin hali ham joni uzilmagan bir askarga koʻzim tushdi.U tirik juda ham sekin nafas olmoqda boshqa askarlarni ham oʻsha askarning yoniga borishga chaqirdim.
Barchadan birinchi uning yoniga choʻkkaladim.
-Hoy oshna sabr qil hozir senga tibbiy yordam koʻrsatamiz.
Shundan soʻng oʻzim bilan olib kelgan bint va spirt yordamida 1-tez tibbiy yordamni koʻrsatdim.
-Uni zambilga ortib maxsus boʻlinmagan olib borish lozim.
Soʻnggi soʻzlarimdan soʻng boshqalar ham harakatga tushib qolishdi.
Bir necha daqiqa ichida uni boʻlinmamizdan unchalik uzoqda boʻlmagan tibbiy shifoxonaga olib keldik shifokorning aytishicha juda ham koʻp qon yoʻqotganligi uchun unga qoʻshimcha qon quyish lozim lekin hozir shifoxonada paketlarda saqlanadigan qondan qolmaganligi uchun buni iloji yoʻq ekan.
Men 1 soniya ham oʻylab oʻtirmay oʻz qonimdan berishga qaror qildi bu yoʻl bilan bir begunoh askarning hayotini saqlab qolgan boʻlaman.Ular bunga rozi boʻlishdi mendagi qon 1-raqamli kamyob qon turi boʻlganligi uchun barchaga mos kelar edi ular mendan zudlik bilan qon namunalarini olishdi va filtrlashgandan soʻng hayot bilan kurashayotgan askarning tanasiga yuborishdi.
Menda bunday ogʻir kechgan jarayondan soʻng menda koʻngil aynishi va boshimda qattiq ogʻriq turdi oʻzimni anglab olish uchun biroz shu yerda dam olishga urindim lekin yonimga Letinant Min Yoongi kelganligi sababli oʻrnimdan turdim va unga askarga salom berdim.
-Oʻzingni koʻp urintirma kichik askar bugun shusiz ham ancha qahramonlik koʻrsatding sen bilan faxrlanaman jamoamizda sendek oʻz xalqiga sodiq askar borligidan xursandman.
U mening yonimdagi stolga oʻtirishi barobarida shu soʻzlarni aytdi rosti uning maqtovini eshitish barcha askarlar uchun orzudek goʻyoʻ men oʻsha kam sonli askarlar qatoriga kirdim.
-Albatta katta serjant sizning ishonchingizni oqlashga harakat qilaman.
Uning maqtoviga javob qaytargach u menga oʻsha yarador askar haqida maʼlumot olganini va bugun bu yerga bir nechta yordamchi kuchlar front ortidan kelishini aytdi bundan xursand bulishni ham hafsalam pir boʻlishini ham bilmay qoldim oʻz jonlarini hayratga qoʻyib koʻngilli boʻlib kelayotganliklari meni quvontirdi lekin ularning ortidan zor qaqshab qoladigan yuraklarga achindim.Shu on hayolimga suyukligim Sokin keldi hozir qay ahvolda ekan mensiz qiynalmayabdimi harom uning qoʻliga yetib bordim bilmayman undan juda havotirdaman umid qilamanki unda barchasi yaxshi bizni ayirgan bu urush tezroq barxam topishini istayman uyga omon qaytishim zarur.
Hayolga choʻkkanimni sezgan Letinant meni bu oʻylardan chalgʻitishga harakat qildi chogʻi yongan qishloqdan olib chiqgan kichik qizalogʻim haqida yaxshi taassurotlarini boʻlishdi uni aytishi boʻyicha hozir u maxfiy saqlanayotgan bolalar uyida emish.Biroz koʻnglim hotirjam tortdi.Oʻrnimdan turib hushsiz yotgan askar tomon bordim uning terisiga rang kirganiga va ahvoli yaxshilanayotganiga ishonch hosil qilgach kasalxonadan chiqdik va oʻz kaloniyasiga yoʻl oldik.
Ertalabki soat 4 sovuq havo etimni biroz junjiktirmoqda bir necha askarlar va men kabi yangi bir hamshira qiz bilan biz uchun maxsus yuborilgan mashinani kutishda davom etmoqdamiz.Nihoyat uzoqdan milltilagan chirogʻ yorugʻi koʻringach biroz oldinga chiqdik bizni payqashlari uchun.Mashina toʻxtagach birin
ketin orqa qismida joylashgan ustunlarga joylashib oldik havo sovuq boʻlganligi uchun bir birimizga jipslashgan holda ketar ekanmiz yonimdagi yosh yigitcha menga qoʻlidagi yarim shisha alkagolni koʻrsatib savol tariqasida soʻradi.
-Biroz ichishni istaysizmi bu tanani qizdiradi va siz isishni boshlaysiz.
Juda ham sovuq qotganim sababli rozi boʻldim va bir hoʻplam ichdim u aytganchalik bor ekan chindan ham menda sovuq hissi tarqala boshladi va qanday qilib oʻsha yigitning yelkasiga bosh qoʻyib uyquga ketganimni bilmay qoldim.
Yoʻll juda uzoq boʻlganligi uchun kechga yaqin manzilimizga yetib keldik binoni koʻrishim bilan abgor ahvolda ekanligini fahmladim.Oʻsha askar menga mashinadan tushishimga koʻmaklashdi unga Raxmat aytish maqsadida yoniga bordim birinchi boʻlib undan ismini soʻradim.Oʻzini Park Bogum sifatida tanishtirgan bu yigitchaning koʻzlariga eʼtibor berdim.Ular..uning koʻzlari Jungkooknikiga oʻxshab ketadi juda ham.menga koinotni eslatadigan bu koʻzlarni yana koʻraman degan umidda yashadim.Koʻzlarimdan bilmagan holda yoshlar qalqidi qanday qilib dilimdagi ism tilimga chiqgani ham payqamay qolibman.
-Ju.. Jungkook/shu soʻzlar bilan uning yuziga tegdim tanam va ruhim menga boʻysinmayotgan edi.Sovuqda qaltirayotgan qoʻllarim uning yuzidagi issiqlikni his qildi lekin bu men sevgan insoning issiqligi emas undan tezlikda qoʻllarimni tortib oldim.
-Meni kechir seni bir yaqinimga oʻxshatib yubordim.
U mening bu ahmoqona harakatlarimga kulib huddi hech nima boʻlmagandek javob berdi.
-Hech qizi yoʻq siz uni juda ham sogʻinganligngiz koʻzlaringizdan maʼlum men sizni tushunaman.
Uning gaplaridan yanoqlarimga qizillik oʻraladi tezroq bu sharmandachilikka chek qoʻyish uchun unga taʼzim qilib menga qilgan yaxshiliklari uchun rahmat aytgach bino tomon kirdim.
Kirishim bilanoq koʻzim jon talvasasida hayot bilan kurashayotgan bemorlarga tushdi biri oʻq yegan yana birining oyoqlari va qoʻllari boʻmba sababli ham achinarli holat baʼzi birlar allaqachon jon taslim qilgan ularning hidi butun binoga tarqagan bunday joyda qanday ishlash mumkinligiga hayron boʻldim oʻy hayollar bilan turar ekanman yonimga bir katta yoshli hamshira kelib mening qoʻlimga bint sport va bir oq mato tutib qoʻllari bilan hushsiz yotgan bemorga qarashimni tayinlab oʻzi esa boshqa tomonga ketdi.
Oʻsha bemor yoniga borgach u koʻkragidan va oʻgʻlidan oʻq yeganini angladim.Jarohat uchun bogʻlangan binti alishtirish uchun uning ustki kiyimini yechdim sekinlik bilan koʻkrak qafasining atrofini qondan tozalay boshladim ogʻriqni his qilganga oʻxshaydi hushiga keldi pir nafas olgancha bir nima demoqchi boʻldi-yu oʻzidan gap chiqmadi va yana hushidan ayrildi.Unga barcha muolajani tugatgach boshqa bemorlarga ham yordam bergach biroz tinchlik istab bino tashqarisiga chiqdim koʻzim yana behosdan sheriklari arim bilan birga nimadirlarnidur gaplashib turgan Boʻgʻimga koʻzim tushdi nimagadur unga qarab qoldim nigohlarni payqaganga oʻxshaydi yonimga yetib keldi.
-Bu yer juda sovuq uni ustiga ustki kiyimingiz ham yoʻq ekan biror muammo yuzaga keldimi
-Yoʻq unday emas shunchaki biroz tinchlik izladim shuning uchun ham shu yerdaman oʻzingizda ishlar qalay ketayabdi ?
U savolimga kulib barchasi yaxshi ekanligini binoni qoʻriqlash ularga topshirilganligini maʼlum qildi.U bilan boʻlgan yana biroz suhbatdan soʻng meni zudlik bilan chaqirib qolishdi.