March 15, 2025

GANGSTA 🔞

EPISODE 9

Jimin oʻz xonasiga kirib uxlab qoldi.

Jimin

U bu tinch uyqusi uzoqqa yetmasligini bilmasdi afsuski. Oradan 3 soat oʻtgach uyda oʻq ovozlari eshitila boshladi. Ammo Jimin bularni birontasiga eʼtibor bermasdi va hammasidan bexabar uxlab yotardi. Oʻq ovozlari toʻxtab faqat zinani gʻichirlab ovoz chiqarishi eshitila boshladi. Kimdir tepa qavatga oʻzini ogʻir qadamlari bilan kela boshlardi. U qayerga yurish kerakligini bilardi, sababi u toʻgʻri Jiminni xonasiga kirib keldi. Ustidagi kiyimlari qonga belangan va qoʻlida toʻpponcha ushlagancha Jiminni yotogʻiga keldi va uni ustiga chiqib qurolni uchini Jiminni boshiga qoʻydi. Bu harakatlar va ustidagi ogʻir tanadan Jiminni koʻzlari ochila boshladi. U uygʻonishi bilan boshiga tiralgan qurol va ustidagi usti qon boʻlib ketgan erkakka koʻzi tushdi.

Jimin: kelishingni bilardim

Jungkook: nega kelganimni ham bilarsan?

Jimin: bilaman.

Jungkook: qaytib kelmasliging kerak edi.

Jimin: endi oʻldirasanmi meni?

Jungkook: shubhang bormi?

Jimin: yoʻq

Jungkook: juda ham yaxshi.
Jungkook qurolini Jiminni boshiga qattiqroq tiradi va barmogʻini tepkiga qoʻydi. Jimin esa shunchaki Jungkookni koʻzlariga qarab turardi. Uni hozir boshidagi qurol umuman qiziqtirmasdi, doʻstiga oʻz hayotini butunlay topshirib boʻlgandi goʻyo.

Jungkook: nima boʻldi Jimin? Nega joningni saqlab qolishni istab menga yolvormayabsan? Yoki qarshilik qilib qurolga yopishmayabsan?

Jimin: doʻstim meni qanday oʻldirishini koʻrmoqchiman. Ayb menda ekanini bilaman Jungkook. Oldingda aybdorman. Meni kechir doʻstim.

Jungkook: kechirim soʻrashing seni qutqarmaydi.

Jimin: bilganim uchun shu yerdaman. Qochib ketishni oʻylamayabman ham.

Jungkook: havotir olma Jimin, tez orada ortingdan Taehyung ham boradi. Hammasi uchun javob beradi u hali. Ammo ungacha sen bu dunyoda boʻlmaysan.

Jimin: tepkini bos Jungkook
Jungkook tepkiga barmogʻini qoʻygancha yana Jiminni koʻzlariga tikildi. Uni koʻzlarida qoʻrquv yoʻq edi, balki boshqa narsalar, afsus va gʻam bor edi. Ammo Jungkook allaqachon qatʼiy qarorga kelgan edi. Uydagi Jungkookni odamlari allaqachon Jiminni hamma qoʻriqchilarini tinchitgan edilar, shu payt tepadagi xonadan oʻq ovozi eshitildi. Bir necha daqiqadan soʻng esa oʻsha xonadan Jungkook usti qon ahvolda chiqdi.

X: janob hammayoq tinch. Qaytamizmi?

Jungkook: ichkaridagi jasadni olib chiqinglar va tashqariga qoʻyinglar. Hozir yana bittasini yoʻq qilishim kerak
Jungkookni oʻzi tashqariga chiqib ketdi va yordamchisiga nima qilishni buyurdi.

**

Taehyung Jimin ketgach uni gaplarini oʻyladi lekin fikridan qaytmadi. Oradan 4 soat oʻtgach unga qoʻngʻiroq boʻladi. Ekranda notanish raqam koʻrindi. Taehyung qoʻngʻiroqqa javob berdi.

Taehyung: eshitaman

X: bu men Taehyung

Taehyung: Suho

Suho: ha men.

Taehyung: bu boshqa raqamku. Nima boʻldi?

Suho: yangilikdan xabaring yoʻqmi?

Taehyung: nima demoqchisan?

Suho: Jungkook hech qanday Yaponiyalik yangi hamkorlar bilan shartnoma tuzishga ketmagan ekan. Odamlarim uni bugun Busandan qaytganini aytishdi. U hozir Koreyada

Taehyung: qanday qilib? Adashmayabsanmi?

Suho: adashganim yoʻq. U hozir "hamma odamlarini yigʻibdi" deb eshitdim. U nimanidir reja qilgan koʻrinadi.

Taehyung: bizni ham rejamiz bor. Undan qoʻrqmayman.

Suho: men shunchaki senga buni aytish kerak deb oʻylagan edim.

Taehyung: maʼlumot uchun rahmat.

Suho: mayli xayr.

Taehyung: koʻrishguncha.

Suho: yana bir gap Taehyung. Jungkook bekorga odamlarini yigʻmadi. U sen bu ishlarni qilganingni bilgan boʻlishi mumkin. Oʻylashimcha Yaponiya haqidagi gap bu tuzoq boʻlgan. Unga past baho bergan koʻrinamiz

Taehyung: uni eng nozik nuqtasi meni qoʻlimda. Hech nima kelmaydi qoʻlidan.

Suho: uyingga olib keldingmi qizni?

Taehyung: bu bilan ishing boʻlmasin. Rejaga amal qil. Jungkook hujum qilmasa biz birinchi hujumni amalga oshiramiz.

Suho: yaxshi.

Taehyung telefonni qoʻyib qoʻydi. Ammo endi uni yuragida gʻashlik paydo boʻldi. U Jungkookni Yaponiyaga ketmaganini va hech qanday shartnoma yoʻqligini bilgach, uyida qoʻriqchilarni koʻpaytirdi. Va oʻzi zudlik bilan Jiminni uyiga borib uni oʻzini yoniga qaytarishni reja qildi.

Taehyung

Taehyung mashinaga minib Jiminni uyi tomon yoʻl oldi. Yoʻl boʻyi unga qoʻngʻiroq qilib u bilan bogʻlanishga harakat qildi ammo Jimin qoʻngʻiroqqa javob bermadi.

Taehyung: JIN URSIN
Taehyungni jahli chiqib telefonini orqa oʻrindiqqa otib yubordi va oʻzi rulni musht bilan urdi.

Taehyung: yoʻq, yoʻq, yoʻq Taehyung. Sen adashyabsan. Suho nohaq. Jiminga hech nima boʻlmaydi. Jungkook bunday qila olmaydi. Men yoʻl qoʻymayman. Hech qachon bunday boʻlmaydi
Taehyung mashina tezligini oxirigacha oshirdi va Jiminni oldiga oshiqdi.

**

Bu paytda esa Taehyungni uyida allaqachon Yuki oʻziga kelayotgan edi. .

Yuki

U koʻzlari ochilishi bilan boshqa yerda ekanini angladi va oʻrnidan turishga harakat qildi. Boshidagi ogʻriqqa qaramay u oʻrnidan turdi va eshik tomon harakatlana boshladi. Eshik ortidan ovoz kelayotganligiga ishonch hosil qilgach xonadan chiqdi va zina tepasidan turib pastga qaradi. U yerda qoʻriqchilar borligini bilgach sekin ortga qadam tashladi va xonaga qaytishni oʻyladi. Shu payt qarshisidagi yopiq eshikka koʻzi tushdi va eshikni ochib ichkaridan ovoz kelishini kutdi. Ammo xona jim-jit edi. Yuki endi eshikni yopib ketmoqchi boʻlganida ichkaridan qisqa yigʻi ovozi keldi. U buni eshitishi bilan ichkariga kirdi, chunki u buni Hari ekanini bilardi. Xonaga kirsa hamma joy algʻov-dalgʻov edi. Bir chekkada esa Hari yigʻlagancha yerga yotardi.

Hari

Yuki: Hari

Hari: Yuki bu senmi?
Yuki tezda yugurib Harini oldiga keldi va uni boshini yerdan koʻtarib bagʻriga bosdi. Uni ahvoli joyida ekaniga ishonch hosil qilish uchun uni tekshirdi. Hech qanday qon va kesilgan joyni topmagach yengil nafas oldi.

Yuki: axmoq qiz. Nima boʻldi senga?

Hari: senga nimadir boʻldimi deb qoʻrqan edim. Bu odam kim Yuki? U seni tanir ekan

Yuki: bu haqida eslashni istamayman. Ammo shuni unutma u yomon odam.

Hari: seni u bilan qanday aloqang bor. Iltimos mendan sir tutma

Yuki: Hari bu sen oʻylagandek oddiy narsa emas

Hari: iltimos Yuki.

Yuki: hoʻp. Ammo bu keyin oʻrtamizda qolishi kerak. Bularni unutaman deb oʻzimga soʻz bergandim.

Hari: albatta bu sir boʻladi

Yuki: yaxshi.

Yuki Harini yoniga oʻtirdi va unga Taehyung bilan qanday tanishganini aytib berdi.

Yuki: bolaligimizda oilang vafot etgach otam seni uyimizga olib keldi. Biz birga uygʻaydik, ammo seni qiziqishing moda va sanʼat boʻlgani uchun otam seni boshqa shaharga oʻqishga yubordi. Men esa harbiy akademiyaga oʻqishga kirish uchun tayyorlana boshladim. Oʻsha vaqtlarda 16 yoshda edik. Sen boshqa shaharda men esa Tokioda. Keyin bir kuni otam usti qon ahvolda uyga kirib keldi, uni ketidan esa odamlari bir yigitni qoʻltiqlab olib kirishdi. Oyim ikkimiz bundan havotir olib otamdan bu odamni kimligini soʻradik. Otam oʻsha bola uni hayotini saqlab qolganini aytdi. Keyin oyim ham tushunib uni uyga olib kirdi va buvim bilan uni jarohatlarini davolashdi. 1 haftadan soʻng u oʻziga keldi. Bu Taehyung edi. U bilan boshida hammasi yaxshi edi. Otamni ham onamni ham unga mehri tushib qolgandi. Hatto meni maktabga mashinada olib borib qoʻyardi. Bir kuni uyga kelganimda darvozadagi qoʻriqchilar yoʻqligini koʻrdim. Uyga kirsam atrof qon edi. Men qoʻrqib kettim. Oyimni va dadamni chaqirdim. Ammo javob yoʻq edi. Buvimdan ham ovoz kelmasdi. Keyin oshxonaga kirdim. U yerda esa... U yerda oyim va buvim yerda oʻlik holda yotishardi. Oyimni oldiga borib yuzlaridan ushladim, uygʻonishlari uchun yelkalaridan silkidim. Ammo oyim koʻzini ochmadi. Uni tanasi allaqachon sovub boʻlgandi. Dadamni topish uchun uni xonasiga bordim. Qarasam eshik yarim ochiq edi, eshikni itarib ochdim va ichkaridagi manzaradan qotib qoldim. Otam yerda jonsiz yotardi, peshonasida esa oʻq izi bor edi. Ammo... Ammo bilasanmi Hari nima men eng qoʻrqitgan narsa edi? Otamni kursisida Taehyung oʻtirardi. Men shu onda muzladim. Otam va onam oʼgʻlidek mehr bergan odam otamni kursisida oʻtirardi. Uni yuzini oʻqib boʻlmasdi. Xonaga kirganimni sezgach menga qaradi. Koʻzlarida gʻazab bor edi. Usti esa qon. U men tomon yaqinlashdi. Men esa na qochishni va na gapirishni bilardim. U bir harakat bilan meni devorga uloqtirdi. Qoʻlida esa qandaydir qogʻoz bor edi. U qogʻozni meni yuzimga yaqin olib keldi. Bu qogʻoz otamni hamma mulki Taehyungni qoʻl ostiga oʻtgani haqidagi hujjat ekan. U menga qarab aytgan gaplarini haligacha unutmayman. Bitta soʻzini ham.

*COMEBACK 5 yil oldin*

Taehyung Yukiga hujjatni koʻrsatdi. Uni yuzi gʻazabdan yonardi.

Taehyung: Yuki Kobayashi. Yamamoto toʻdasi meroxroʻri. Jin ursin sen bunga loyiq emasman. Sen shunchaki ojiz qizchasan.

Yuki: otamni sen oʻldirdingmi?

Taehyung: 'ha' desam nima qila olasan?

Yuki: nima haqqing bor edi? Nega bunday qilding?

Taehyung: mana shu uchun qildim.
Taehyung hujjatga ishora qildi.

Taehyung: menga yakuza toʻdasi kerak edi. Ammo shuni tushundimki seni otangni toʻdasi eng kuchlisi ekan. Shuning uchun unga ega chiqishni istadim

Yuki: seni qutqarib, uyidan joy bergan odamni oʻldirishga qanday qoʻling bordi? Nonkoʻr ekansan. Nega oilamni oʻldirding

Taehyung: jim boʻlmasang sen ham ularni ortidam borasan. Endi men bu toʻdani va otangga tegishli kompaniyalar egasiman.

Yuki: bularni hech biri senga tegishli emas.

Taehyung: endi unday emas. Otang hammasini meni nomimga oʻtkazgan. Senga esa hech nima qolmadi

Yuki: otam seni qutqarib xato qilibdi. Sen qoʻrqoqsan. Oʻzing erisha olmaganing uchun oilamni mulkiga ega chiqding.

Taehyung: Jim boʻl
Taehyung Yukini yuziga tarsaki urdi va Yuki yerga yiqildi. Taehyung egilib Yukini sochidan ushlab uni oʻziga qaratdi.

Taehyung: seni qoʻyib yuboraman. Chunki men goʻdaklarni oʻldirmayman. Ammo qasam ichaman, agar yana oyogʻim ostidan chiqsang tirik qolganingga pushaymon qildiraman.

Yuki: sendan qasos olaman. Hech qachon kechirmayman seni.
Taehyung uni gaplariga lab chetida kulib qoʻydi va uni qoʻyib yubordi.

Taehyung: Yoʻqol uyimdan. Hech qachon seni koʻrmay.
Yuki oʻrnidan turdi, koʻzida toʻkilmagan yosh bilan Taehyungga qaradi. Unga oxirgi marta qaradi va uydan chiqib ketdi.

*COMEBACK END*

Yuki: Oʻsha kuni men sindim. Oilamni yoʻqotdim va ishongan odamimdan hiyonatga uchradim. Senga qoʻngʻiroq qilib hech qachon uyga qaytmasligingni aytdim va oʻzim ham boshqa uy topdim. Ammo oʻzim istagandek harbiy akademiyaga oʻqishga kirdim. Faqat Taehyungdan qasos olish uchun harakat qildim va hatto uni kuzatib u qayerga borsa men ham ketidan ergashdim. Oxirgi manzil Koreya boʻldi va sen ham shu yerda paydo boʻlding. Sen uni nigohiga tushasan deb oʻylamagan edim Hari. Iltimos meni kechir. Jeon Jungkook va Kim Taehyung bilan boʻlgan ishlarda meni ham aybim bor. Seni hech qachon Koreyaga kelishingga ruxsat bermasligim kerak edi.

Hari: unday dema Hari. Men shuncha yildan soʻng amakim va xolamga nima boʻlganini bildim. Nega ertaroq aytmading? Nega buni sir tutding?

Yuki: aytishim mumkin emasdi. Ammo baribir hammasi aylanib yana menga keldi.

Hari: Taehyung ularni oʻldirgani uchun albatta gʻazabdasan. Seni tushunaman.
Hari Yukini bagʻriga bosdi. Yuki ham uni makham bagʻriga bosdi.

Yuki: Hari bu yerdan qochishimiz kerak.

Hari: qanday qochamiz? Hatto Jungkook ham yoʻq. U qutqarardi bizni

Yuki: men unga ishonmayman. U ham Taehyung kabi boʻlsachi?

Hari: Yuki axir..

Yuki: jim Hari. Yetadi. Taehyung haqiqiy psix. Gap tamom. Imkon boʻlishi bilan qochamiz. Eshitdingmi meni?

Hari: ha

Yuki: sen shunchaki yugurasan. Atrofga qaramaysan. Hammasi yaxshi boʻladi. Menga ishon.

Hari: Yuki sen qasos olishni istayabsan. Bunday qilma.

Yuki: qilishim kerak. Oʻzimga tegishli hamma narsani qaytarib olmoqchiman.

Hari: senga nimadir boʻlsa-chi?

Yuki: Taehyung baribir menga nimadir qiladi. Undan oldin oʻzim harakat qilishim kerak.

Hari: Yuki

Yuki: Hari boʻldi dedim. Kel sen dam ol. Pastda qoʻriqchilar kamayishi bilan qochib ketamiz.

Hari: yaxshi.
Hari boshini Yukini yelkasiga qoʻygancha oʻtirardi. Yuki esa qochish yoki Taehyung bilan yuzlashishni oʻylardi. Lekin u ham Hari yonida ekani uchun ikkilanardi.

Bu vaqtda esa Taehyung va uni odamlari allaqachon Jiminni uyiga borishgandi. Taehyung uy oldida qoʻriqchilar koʻpligini koʻrdi. Ammo uni eʼtiborini tortgan narsa uy oldidagi qonga belangan oq matoda edi. Uni miyyasida har hil hayollar aylanardi. Eng daxshatlisi esa bu matoga oʻralgan odamni Jimin boʻlishi haqidagisi edi....

Mana azizlar fanfikni davomi ❤️‍🔥. Yoqadi degan umiddaman 🥹💋. Fikr va reaksiyalarni kutaman ❤️‍🔥

#JEON_MINJI
Kanal: @forelsket_fanfics

Mana azizlar fanfikni davomi ❤️‍🔥. Yoqadi degan umiddaman 🥹💋. Fikr va reaksiyalarni kutaman ❤️‍🔥

#JEON_MINJI
Kanal: @forelsket_fanfics