SEPARATION | KIM MINSU
— He protected her from danger, but In fact he was the danger
U uni xavfdan himoya qilishga harakat qildi. Ammo haqiqiy xavf uning o'zi bo'ldi. Uni o'zidan asrolmadi unga eng ko'p azob bergan yagona insonga aylandi.
Gapirmadi. Uning og'zidan chiqayotgan yagona so'z sening isming.
- Gapirmasa majburlang ! - Yigitning ko'zlaridan chuqur g'azab yaqqol sezilar edi. U boshqa bir so'z aytmay xonadan chiqdi va zinalardan ko'tarila boshladi. Har bir qadamida qat'iylik. U yuqoriga ko'tarilib bir xona eshigi oldida toxtadi va eshik tutqichini bosib ishkariga kirdi. Eshikni ochib atrofni ko'zdan kechirar ekan devor burchagida g'ujanak bo'lib o'tirgan qizga ko'zlari tushdi. Qizning tanasi sovuqdan dir-dir titrardi, ko'zlaridan tortib oyoqlarigacha mahkam bog'langan edi.
Yigit birdan yon tomondagi stolni tepib yubordi. Yog'ochlar sinib xonada aksado berdi. Qiz seskanib ketdi. Yuzi qop bilan berkitilgan, atrofni ko'rolmas edi. U uni kuchli vahimaga sola boshlagan edi, chunki yaqinlashayotgan qadam tovushlarini eshitar edi.
- Kimsan, ayt ? Kim yubordi seni, qanday buyruq olgansan a ? - Yigit qizning iyagini qattiq siqdi
Qiz na qarshilik ko'rsatdi, na gapirdi. Yigit uning jimligidan battar g'azablandi. U qizning yelkasidan siqib devorga itarib yubordi.
- Gapir ! - u qichqirdi. - Kim seni bu yerga yubordi ?! Gapirmaysan a ? Baribir bu sukunat seni saqlab qololmaydi. Yo o'lasan, yoki hammasini aytib berib bu jahannamdan qutilasan. - Nihoyat yigit qizni qo'yib yubordi. Qiz holdan toygan holda sovuq polga o'zini tashladi. Bog'langan qo'llari kuchsizlanib yerga tushdi. Shu zahoti qo'lidan bir narsa sirg'alib polga tushdi.
Tumorning polga tegkanidagi chiqqan jarang yigitning qulog'ida aks sado berdi. U asta-sekin polga qaradi. Polda tumor...Bu unga yillar avvalgi xotiralarni qaytardi
Issiq yozning tungi sokin kechasida, dengiz bo'yida ikki sevishganlar baxtiyor suhbat qurardi..
- Men AQSHga ertaga uchib ketaman, bilasan... Ketishimdan oldin senga bir narsa bermoqchiman
- Onang bizni ayirish uchun seni jo'natib yuboryapti, bilaman...
- Ayriliq ? Men yana qaytib kelamanku axir. Hech kim bizni ayira olmaydi, senga va'da beraman albatta qaytib kelaman... - Yigit qizning yonog'idan yengil silagancha jilmaydi. So'ng undan biroz uzoqlashib cho'ntagidan bir qutichani chiqardi va uzatdi. Qiz uni olib ichini ochdiyu yuziga tabassum yugurdi.
- Buni doim yoningda saqla. Men kelgunimga qadar. - Yigit uni ohista qizning bo'yniga taqdi...
U chuqur nafas oldi. Bir zum o'tmishning soyasida qolib ketganini ozi ham sezmay qoldi. Boshini silkib, hushyorlikka qaytdi. U tumorga yana bir nazar tashladi so'ng qizga…
U yana beg'araz jim turardi. Bu xona uni bo'g'ayotgan edi. U bir so'zsiz xonadan chiqib ketdi. Qiz esa hamon harakatsiz sovuq polda yotardi. Ko'zlari berk, qo'lidan tushgan tumorni topishga harakat qilar edi. Lekin qo'llarini ham uzoqga cho'zolmaydi, shu on qiz bor ovozi bilan qichqirgancha yig'lashni boshladi.
Yumshoq quyosh nurlari derazadan tushib xona ichini xira yoritardi. Men sekin ko'zlarimni ochdim. O'z aksimni ko‘rish uchun oynaga qaradim.
Yonoqlarim qizargan, ko‘zlarim esa shishib, qizil tomirlar faydo bo'lgan edi. Uxlashga harakat qilardim, ammo o'y hayollarim unda edi...
Bo'ynimdagi tumorga asta qo'limni tekkizdm. Uni siqib ushlagancha yana o'sha og'riqli kechani esladim. Yuragim g'ash edi.
Tumorga tikilgancha hayollarimga cho'kib borar ekanman birdan xona ichida ovoz yangradi, televizor ovozi...
O'sha ovoz : Seuldan AQShga uchayotgan samolyot kecha dengizga qulagan, hozirda samaloyot ichidagi odamlar qidirilmoqda !
- Men qotib qoldim. Nafas ololmadim. Ovoz chiqarmaslik uchun og'zimga qo'limni qo'ydim.
Boshimda faqat bitta savol aylanardi: bu samolyotda u bo'lmagan. To'g'rimi...? U boshqa samaloyotda edi, u tirik yuragim sezyapti...
Qiz achchiq xotiralarni eslagancha ko'ziga yosh oldi. Tumorini topishga harakat qilar ekan eshik ortidan kelayotgan ovozdan harakatsiz qotdi.
- Bu qizni Jungkook tanib ulgurmasidan yo'q qilish kerak, ota ! - Dedi qat'iy ohangda bir yoshroq qiz. Bu ismni eshitgan ichkaridagi qizning yuragi guppilab ura boshladi.
- Qayerdan paydo bo'ldi o'zi bu lanati qiz, hayronman ! Agar u Jungkookni mendan tortib olsachi ?
- Unday bo'lmaydi qizim - uning gapini bo'ldi erkak. - Men bunga yo'l qo'ymayman, sen havotir olma. Jungkook senga uylanadi, bunga majbur qilaman kerak bo'lsa. Chunki uni bu darajaga yetishi sababchisi seni otang bo'ladi - Shu bilan eshik ortidagi ovozlar uzoq va pastlasha boshladi. Qiz qattiq yutindi, bular kim bo'ldi endi....?
Quyosh ohista ufq ortiga yashirinar ekan osmon qizg'ish ranglar bilan bo'yaldi. Ko'p qavatli uyning tomida yigit birzum osmonga tikildi. So'ngra sumkasidan bir daftarchani olib ichini ochdi, daftar ochilar ekan ichidan ohista sirg'alib kichik shakildagi surat tushdi. Yigit suratni qo'llariga oldi va psixdek kulgancha qo'llarini suratga surtdi.
- Seni his qilishimga atigi bir necha soatlar qoldi. keyin meniki bo'lasan... - Yigit hamon suratga iljayib turar ekan ohista shivirladi.
Kechasi shahar sokinlikka cho'mgan. Oy esa nurlarini yerga sochib turardi...
Dushdan kelayotgan issiq bug' xona oynalarini parladi. musaffo suv tomchilari vannaning silliq yuzasiga urilib, tinimsiz tovush bilan hamomni egalladi.
Qiz sochlarini shampunlar ekan mayin ifor tarqaldi. Lekin birdan pastki qavatdan nimadir gumburlab tushdi.
Qizning yuragi qinidan chiqib ketadigandek ura boshladi. Hanomdagi suv tomchilarining ovozi endi unga zavq o'rniga bezovtalik berdi. U tezda suvni o'chirdi. U sochiqni ustiga o'rab hamom eshigini asta ochdida atrofga nazar tashladi zinaga yaqinlashganda oyoqlari tagida nimadir shitirladi. U joyida toshdek qotdi go'yo harakatlansa nimadir bo'ladigandek. To'satdan qizning ustiga nimadir sakradi, u baqirib yubordi.
- Yordam bering !!! - bir ovozi bilan baqirgan qiz ko'zlarini yumdi. Lekin yuzida u surtalish va biroz namlikni his qildi. Ohista ko'zlarini ochar ekan qarshisida mushukcha.
- Mittivoy, senmiding ? Qo'rqitib yubording. - Qiz biroz yengil tortdi va o'rnidan tura boshladi, u turar ekan orqasi nimadirga ishqalandi... Uning ko'zlari kattardi. Tezda ortga og'irildi va qarshisida baland bo'yli bir yigit unga psixdek kulib qarardi. Mahluq o'ljasi tomon asta harakat qilgandek qiz tomon yaqinlasha boshladi...