March 1, 2025

MARRIAGE WITHOUT LOVE

" Hayotda ba'zan odamlar o‘z xohishlariga qarshi qaror qabul qilishga majbur bo‘lishadi. Kimdir sevgisiz, majburiyat yoki moddiy sabablarga ko‘ra nikohga rozi bo‘lishi mumkin. Sizningcha, bunday qaror inson hayotida baxt keltirishi yoki salbiy natija berishi mumkinmi? Keling buni hikoya davomida ko'rib chiqamiz."

__

Qiz yotoqxonada tizzalariga boshini qo'ygancha bu turmushdan keyingi hayoti qanday kechishi haqida o'ylab hayol surar edi bu juda og'ir va qiyin tanlov bo'lgan bo'lsa ham u shu yo'ldan borishni tanlagan edi...Birdan xona eshigi shiddan bilan ochildi va uzun bo'yi erkak kirib keldi.
Uning ko‘zlari sovuq, yurishi beparvo. Bir zum ham qizga qaramadi. Go'yo u yo'qdek. Qo'lidagi charm kurtkasini stulga tashlab, qizga yuzlandi.

- Agar o‘zingcha mening rafiqam bo‘lishga harakat qilmoqchi bo‘lsang, bundan darrov voz kech meni shunchaki oddiy Jungkookdek ko'r va hech qanday his tuyg'ular haqida o'ylama.

- men faqat onangizning iltimosi bilan shu yerdaman…

Jungkook achchiq kulib qo'ydi uning so'zlariga

– Onam uchunmi? Ajoyib...Demak, faqatgina men emas, sen ham majbursan, shundaymi?

U sekin unga yaqinlashdi. Minsu ortga tasirlandi, yuragi tez ura boshladi. Lekin Jungkook undan yana uzoqlashdi va yonidan o‘tib ketdi-yu xonasining eshigini qarsillatib yopdi.
Bu nikohga sevgidan emas, majburiyatdan iborat edi. Jungkook esa uni hatto inson deb ham hisoblamasdi. U shunchaki oilaviy kelishuvning bir qismi edi, xolos. U uydan chiqib ketganiga ikki soat bo'ldi shunga qaramay qiz uni kutardi…Lekin bilardi. Jungkook yana klubga ketganini.

TIME SKIP

Tong otib Minsu ohista ko'zlarini ochdi va yotoqxonada hech kim yoqligini ko'rdi u endi hamom tomon yo'l olayotganda birdan eshik shiddat bilan taqillay boshladi. Minsu avvaliga bu Jungkook deb o'ylaydi va eshikni ochishi bilan ichkariga qora kiyimdagi bir nechta erkaklar kirdi.

– Jungkook qani?!

Minsu bir qadam ortga yurdi. Bu odamlar kim? U bu shaxslarni avval ko'rmagan edi.

Erkaklardan biri unga yaqinlashdi

– Biz senga savol berdik! U qayerda?!

- Men…men bilmayman...

- oh demak aytmaysan...? Yaxshi, Unda u kelguncha senga biroz tarbiya beramiz...

Minsu avval hech qachon bunday qo‘rquvni his qilmagan edi. Uning ko'zlari kattalasha boshladi

– Men hech narsa bilmayman…(shu so'zni takror va takror aytaverdi )

Erkakning hafsalasi pir bo'lib ortidan pichoqni oldi-da yuziga yaqin olib keldi.

- Unda Jungkook uchun qimmatli narsani yo'q qilishga to‘g‘ri keladi, (jilmaydi)

- Yo'q…Iltimos...

U qorquvdan dir-dir tirtrab orqaga qadam tashlardi. Birdan eshik ochildi va Jungkook kirib keldi... Yuzida hech qanday hissiyot yo'q faqat g'azab, faqat zulmat.

U shunchaki oldinga yurdi. Sekin...lekin har bir qadamidagi ovozlar erkaklarni qo'rqita boshladi

- Kim ruxsat berdi?

. Jungkook bir qadam oldinga yurdi va qizning qo'lini siqib turgan odamga qattiq tikildi.

- qo'yib yubor!

Lekin hech kim qimirlamadi.
Shu onda Jungkook hech qanday ogohlantirishsiz oldinga qadam qo'ydi
Jungkook Minsuni ushlab turgan erkakni devorga zarba bilan itarib urdi. Minsu esa hamon qo'rquvdan oziga kela olmagandi. Lekin Jungkookning harakatlari… o'zgacha tuyular edi. U hech qanday shoshqaloqlik qilmasdi. lekin har bir zarbasi o'limga olib boradigan darajada kuchli edi.
Bir necha daqiqa ichida barcha erkaklar polga yiqilgan edi ularning hech biri harakatlana olmasdi.
Jungkook Minsu yuzlandi va...

- Xonangga kir

Minsu bir zum ikkilanib turdi, so'ng tezda xonasiga kirib ketti.
Jungkook yerda yotgan erkaklarga yaqinlashib, ularga boshdan oyoq tikildi

- Kim sizni yubordi?

Erkaklardan bir-biriga qarab qolishdi.

- Uni kimligini yaxshi bilasan. U seni kutyapti...Yo'q qilish uchun

- Eunwoomi...? Nima u ustimdan kulyaptimi? (kuladi) Buni hatto tushida ham amalga oshira olmaydi.

- Sizni bu yerga men haqimda bilish uchun yubordi. Shundaymi?

Ularning biri asta bosh irg'adi.

- Siz noto'g'ri odam bilan o'ynayapsiz...

U qo'riqchilariga imo qildi. Darhol ikki yirik gavdali odam ichkariga kirdi.

– Ularni yo'q qiling.

Erkaklar bu so‘zlarni eshitgach, qochishga urinishdi, lekin qo'riqchilar ularni ushlab, polga bosib oldi.

Jungkook sekin ortga o'girildi va xotirjamlik bilan zinadan yuqoriga ko'tarilib Minsuning xonasiga tomon yo'l oldi. Xonaga kirgach Minsu darhol u tomon qaradi.

- Endi ular senga tegishmaydi...chunki sen menikisan

- Men sizniki emasman...hech qachon bunday bo'lmaydi (pichirladi Minsu, ovozida titroq bor edi.)

Jungkook yengil jilmaydi.

– Unda nega ketmading?

Bu savol Minsuni joyiga mixlab qo'ydi.
Jungkook unga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lar, hech qachon unga mehr ko‘rsatmasdi. Lekin Minsu baribir qolgandi. Qo‘rqib, yelkasini qisib yashasa ham qolgand...Birdan Jungkook Minsuning yuzini kafti bilan ohista siladi.

- Menga qara.

Minsu nigohlarini ko‘tarishga qo‘rqardi. Jungkook bir soniya ham sabr qilmadi u qo‘li bilan qizning iyagini mahkam ushlab, yuzini o‘ziga qaratdi.

- Seni ogohlantirgandim. Mening hayotimda hamma narsa men istagandek bo'ladi.

Jungkook sekin orqaga chekindi va eshik tomon yurdi. Eshikni ochib turib, orqasiga o‘girilmasdan dedi:

– Kelasi safar qo'rquvingni yashirishga urinma. Chunki men seni baribir sindiraman, Minsu.

Shunday deya u xonadan chiqib ketdi. Minsu yerga cho‘kkalab o‘tirdib oldi. Jungkook xonadan chiqishi bilan telefoniga xabar keldi.

" sms: Ko'rishish vaqti kelmadimi Janob Jeon? "

U xabarga tikilib qoldi. Xayolida minglab o‘ylar girdikapalak bo'ldi , lekin yuzida hech qanday o'zgarish sezilmadi. Uning hayoliga faqat bir inson kelardi - Eunwoo.

Ularning o‘rtasidagi nafrat oddiy raqobat emasdi. Bu yillar davomida yig‘ilib kelgan nafrat edi.

Jungkook jahl bilan telefondagi xabarga javob yozdi

" Jk sms:Menzilingni yubor, yuzma-yuz gaplashib olamiz "

Jungkook telefonni xon ustiga qo'yib deraza ortidagi qorong'u shaharga tikildi. U bilardi…bu tinchlik uzoqqa Cho'zilmaydi. Jungkook mashinasiga o'tirdi va manzil bo'ylab keta boshladi..tungi shahar ko'chalari bo‘ylab mashinasini boshqararkan, o'z fikrlariga g'arb bo'ldi. Eunwoo birdaniga paydo bo'lishi...bu tasodif emas. Bu odam hech qachon sababsiz harakat qilmasdi.

TIME SKIP
Kunlar haftaga aylandi. Jungkookning kunlari doimiy biznes ishlari va ba'zan clubda zavqlanish bilan o'tardi. U bugun ishlarini tugatganidan so'ng yana clubga ketayotgan edi. Ayni paytda Minsuning axvoli.....

- H-Havo...havo yetishmayapti...

Minsu yerda g'ujmak bo'lib yotardi bo'ynini ushlagancha. Lekin bu holat unda birinchi martta kuzatilishi emasdi...Unda og'ir astma kasaligi bolaligidan mavjud edi shu tufayli unda ba'zan uni nafas qisishi bezovta qilar edi.

- s-suv....suv....

Ko'zlari yoshlanishni boshlardi, holsiz qo'llarini stol ustidagi stalakga uzatar ammo qo'llari yetib bormasdi...

*1 QISM TAMOM**

#Yuna | @Bloodly_fanfics