March 21, 2025

MY CHEATER HUSBAND

- Sizdan nafratlanaman

- Men esa seni juda yaxshi ko'raman, xo'sh endi tanla qay biri yashab qolsin? Minsumi yoki Mariyaning onasi...?

Ayni damda avtoxalokat tufayli vafot etgani oilasiga yetib borgan Minsu haqida mish-mishlar...va ayni damda u shu yerda? Bu odamni o'ylantirib qo'yishi mumkin. Avvaliga Minsu vafot etgani haqida xabar tarqaldi, ammo u tirik...Qiziq buni uning oilasi biladimi?

- Senga o'n daqiqa vaqt beraman, o'ylab olishing uchun bu yetarli.

- ularni qo'yib yuboring, bizning o'rtamizdagi muamoga ularning aloqasi yo'q. Mana meni o'ldiring! Sevgilingizni men o'ldirganman...

Jungkookning gaplarindan keyin dovdirab qolgan IU qo'riqchilar qo'lidan chiqib Jungkookning otasining oldiga yugurdi-yu uning oldida tiz cho'kdi

- Iltimos...iltimos qilaman u o'lmasin, men o'limga loyiqman unga nisbatan ko'p nohaqliklar qildim, ammo hozir men uni baxtli yashashini xohlayman. O'z oilasi bilan...

- ouvvv bizning Iu nahotki kimdir uchun birinchi martta harakat qilmoqda? Mayli... (ohista jilmaydi) hech kimni o'ldirmayman. Lekin ayni damda men Minsu kelinim bilan suhbatlashmoqchiman

Jungkookning otasi mayda-mayda qadamlar bilan shoshilmay Minsuning oldiga yetib bordi va uning tuproqdan chang bo'lib ketgan sochlarini ohista siladi.

- UNDAN QO'LINGNI TORT!!

Jungkook bor ovozi bilan baqirdi. Uning otasi esa Jungkookga qarab jilmayib uning sochlaridan silashda davom etti, Minsu uning qo'llarini teginishini his qilganda titrab ketardi.
Jungkookning otasi jilmayishdan birdan jiddiy yuz qiyofasiga o'tdi va uning sochidan tortib yerga yiqitdi va xon ustida turgan narsaga qaradi

(qizdirilgan temir)

- qizdirilgan temirni olib keling.

Qo'riqchilar shosha-pisha harakat qila boshlashdi. Biri Minsuni yerga mahkamlab qo'llaridan ushlasa ikkinchisi uning kiyimlarini yechardi.
Jungkook nogironlar aravasidan turishga urunib qimirlardi, ammo avtoxalokat tufayli uning oyoq suyaklari shkastlangan edi

- TOXTANG!!!!!

- Davom eting...

Minsuning ko'zlari olovdek yonardi, ko'zlari o'sha issiq temirda edi...qancha harakat qilmasin qo'riqchilarga kuchi yetmasdi. Birdan u tanasiga yaqinlashgan issiqlikni his qildi.

- Juda issiq bo'lsa kerak a...?

Issiq temir uning tanasiga yanada yaqinlashdi...

>>>>>>>>>>
Deraza ichidan tashqarida yog'ayotgan yomg'irni tomosha qilayotgan Tina telefon bilan band bo'lgan Taehyungga qaradi va chuqur xo'rsindi. Buni sezib u darrov telefondan boshini ko'tarib Tinaga qaradi

- Nimadir bo'ldimi?

- Negadir yuragim juda g'ash...

- Nega bunday bo'lyapti? Nimani o'ylayapsan?

- O'sha qidirilayotgan qiz... Men uning suratini ko'rdim va amin bo'ldimki men u qizni juda yaxshi taniyman
Maktabda o'qiyotgan paytlarim o'sha qiz bilan ko'p roparo kelardm. U mendan o'zini olib qochardi va bir martta makbatdagi bezori qizlar uni mazax qilib hatto urishganini ko'rganman

- Rostanmi? Bu qiz aynan u ekanligiga ishonching komilmi?

- Ha uni suratini ko'rganimdan so'ng buni sezdim...Jungkook hozirgi turmush o'rtog'ini yuzini ommaga oshkor qilaman, doim u haqida juda kam ma'lumot bergan.

- O'sha qiz Jungkook uylangan qiz bo'lishi mumkin deb o'ylaysanmi?

- Bilmayman, ammo juda shubhali. Uning ismi ham Minsu edi to'g'rimi...?

- Ha.

- Taeh iltimos qilaman, Jungkook bilan bir martta hech bo'lmasa telefon orqali gaplashib ko'ring

Taehyung biroz o'ylanib qoldi, so'ngra uh tortgancha sekin telefonini oldi va qo'ng'iroq qilish u yoqda tursin eslasa yuragiga og'riq kiradigan raqamni terdi.

Qo'ng'iroq qilish davom etar ekan nihoyat javob berildi

- Jungkook...?

Hech qanday javob kelmadi.

- Meni eshityapsanmi Jungkook? Men Taehyungman

Yana bir necha sekundlik sukunat ortidan Taehyung qichqiriq ovozini eshitdi
O'sha ovoz: " - yo'q! Minsuni qo'yib yubor!!!!
- Qo'yib yuboraman albatta...narigi dunyoga" shu kabi so'zlarni telefon ortidan eshitib turgan Taehyungning yuzi birdan oqarib ketti

- Taehyung nima bo'ldi? U javob berdimi?

- Men ketishim kerak

- Taehyung! Nimalar bo'lyapti? Tushuntirib bering.

Tina Taehyungning ortidan yurardi, ammo javob olishga ulgurmasidan Taehyung mashinaga o'tirdi-yu ketti...