June 1, 2025

CAPTIVE HEART

— Erta tongda shoshilgancha uydan chiqib ketdim. Bugungi kun men uchun bir imkoniyat edi.
Otam saraton kassaligidan aziyat chekar edi. Uni davolashga hatto imkoniyatimiz ham yo'q edi. Otam uch yil avval bir ayolga uylandilar. U ayolga akam ko'nika olmadi va bizni shunchaki tark etdi. Lekin bu ayol boshqacha edi u bizning haqiqiy onamizdan farqli mehribon edi. Haqiqiy onam, otamga juda ko'p marotaba xiyonat qildi ammo otam bunga ko'z yumib kelgan edi. Lekin taqdirni qarang ? Ular ajraldi.
O'gay onam ishladi ko'proq pul topishga harakat qildi. Men o'zimni aybdor his qila boshladim va o'z mahoratimdan foydalanishga, foyda topishga kirishdim !

~~

— Titroq qadamlar bilan kompaniya tomon yaqinlashar ekanman yuragim hayajondan tez urayotganini his qilardim. Kompaniyaning ichi tashqaridan qolishmas edi. Hashamdor, did bilan qurilgan...

- Hush kelibsiz

— O'ylarim ichiga cho'kib atrofni kuzatib ketaverar ekanman ortimdan kelgan tasodifiy ovozdan tezda aqlimni yig'ib ortga og'irildim. Qarshimda mendan biroz balandroq bo'lgan qiz turar edi. Yuzini tasvirlab aytadigan bo'lsam... U juda chiroyli edi.

- Nahotki ? Kimlarni ko'ryapman ? Bu yerda sen nima qilyapsan ?

- Sizlar tarafda avval salomlashilmaydimi ?

- Voy kechirasan hayratdan salomni mutloq unutibman, axvolaring qanday ? Ko'rishmaganimizga ham ancha bo'ldi

- Ha, anchdan yillardan buyon ko'rishmaymiz va aslida sendan so'rash kerak. seni qaysi shamol uchirdi bu yerga ?

- Ha, men...men bu yerga ish izlab kelgandim. Bilasan kichkinaligimdan rasm chizishga ishtiyoq kuchli edi. Bir kuni shu kompaniya haqida ma'lumot eshitdim, bu yerda mahoratli dizaynerlar ishga olishar ekan

- Demak kompaniyamizga ishga kelibsan-da ? Qanday yaxshi ! Endi birga ishlaymiz.

- Sen ham shu yerda ishlaysanmi ?

- Bu kompaniya mening akamga tegishli

— Men yana hayratlandim, yoshlikdagi dugonamning akasi bu kompaniya egasimi ? Ular bir paytlar huddi biz kabi nochor, kambag'al oiladan edi. Ular bu darajaga qanday yetishdi ?

- Hozir akam keladi. Sen unga dizaynerlikdan habaring borligini, ishga olishni aytishing kerak

- Tushundim...

— Bir chetda biz suhbatni davom etar ekanmiz men uning ustki kiyimiga qarardim. U avvalgidek soda ko'rinmas edi. Butunlay o'zgarib ketgan edi... Egnidagi bu kiyim anchagina qimmat ko'rinardi

- G'iybat qilishdan boshqa ishingiz yo'qmi ? Ishingizni qiling, bu yerda hech kim bekorchi qolmaydi !

— sovuq ohangda gapirdi bir yigit. Men u tomon qaradim, u xodimlarga qattiqqo'llik bilan buyruq berib baqirardi.

- Unga e'tibor berma. U o'zi shunday, qo'pol yigit. Muz yurak, hech kimni ayab o'tirmaydi-ya !

- U xodimlarga yaxshilikcha tushuntirishni mumkin edi.

- U bobosidan boshqa hech kimga yumshoq gapirmaydi. Bobosi uchun har narsaga tayyor...shu axmoq qayerdan ham paydo bo'ldi o'zi boshimga bitgan balo bo'ldi bu

- Nega undan deyapsan ? O'rtangizda qandaydir narsa bormi ?

- Uning bobosi kasal, vafotidan avval uning to'yni ko'rishni istarmish. Kim va Jeonlar oilasi azaldan juda yaqin. Lekin ular bizdan ancha boy. Shuning uchun onam unga meni turmushga bermoqchi

- Yaxshi emasmi ? Mazza qilib yashaysan.

- Sen bilmaysan, u hayvondan battar. Maxluq u, Maxluq !

— Men yana o'sha yigit tomon qaradim. U qo'pol ko'rinishi mumkin edi. Lekin u aytganchalik maxluq bo'lishiga ishona olmayman ? U nima qilgan-ki maxluq bo'ladi ?

- Men senga hali u maxluqni ko'rsatmadim ?

— Yigitning sovuq ovozi uni tanasini zirqiratdi. Men uning ko'zlaridagi qo'rquvni ko'ra olardim. Yigit yaqinlashib qizni devorga siqdi, odamlar bor lekin hech biri e'tibor bermasdi o'z ishini qilardi...

- Nima qilyapsan uzoqroq tur

- Nega ? Axir bo'lajak xotinimsan

— Har bir gaplarida yigit unga yaqinlashardi. Men esa hech nima qila olmadim, ularning muamosiga aralashishga haqqim yo'q edi.

- Bu yerda nima bo'lyapti ?

— Kompaniya eshigidan kirib kelayotgan yigit to'g'ri biz tomon kelardi. Qizni devor tomon siqib turgan yigit esa qizdan uzoqlashib o'sha yigitga qaradi

- Singling meni sog'inib qolibdi. Unga vaqt ajratmoqchi edim ammo bizning illiq daqiqalarimizni buzding do'stim ! Sen bilan hali ishimiz tugamadi yana alohida davom etamiz

— Gapini yakunlab ketdi qo'pol yigit. Biz bilan esa biroz avval kelgan yana bir yigit turardi. Tahmin qila olaman-ki bu Serining akasi

- Aka vaqtida keldingiz...

- U senga hech narsa qilmadimi ?

- Yo'q. Aka bu to'yni toxtatish kerak ! Men bu maxluqga turmushga chiqishni istamayman

- Men ham istamayman, ammo onamni bilasan. U allaqachon to'y kunini ham belgilab qo'ygan

- Bu to'y bo'lmaydi. Agar shunday bo'lsa, va'da beraman-ki men qochib ketaman !

— Qiz ko'zlarida yosh bilan yugurib ketib qoldi. Endi mening oldimda faqat o'sha yigit turardi.
U yugurib ketayotgan singlisi tomon birzum tikilib, so'ngra menga yuzlandi

- Isming Minsu, to'g'rimi ?

- Ha, Siz Taehyungmi ?

- Ha, bu yerga ish izlab kelgan bir qiz haqida menga habar berishdi. Bu sen ekansan-da

- Men dizaynerlar olishingizni bilib bu yerda keldim. Lekin hech ham o'ylama edim bu sizlarning kompaniyangiz deb

- 5 yil ichida biz juda ko'p qiyinchiliklar ko'rdik. Lekin keyin hammasi yaxshilana boshladi...mayli gap ko'paytirmayman, ertadan ish boshashing mumkin

— Men ich-ichimdan hursand bo'lib ketdim. Lekin buni sezdirmadim. Shunchaki u bilan xayrlashin kompaniyadan chiqdim. Qanchalar hursand ekanligimni tassavur ham qilolmaysiz ! Men avtobus bekati tomon ketar ekanman qandaydir baqirish ovozlarini eshita boshladim. Men atrofga nazar tashladim. Mashinalar turar joyida ikki yigit mushtlashar edi. U yerda ularni ajratmoqchi bo'layotgan bir qiz ham bor edi.

- Uning kiyimi Seriniki bilan o'xshash emasmi ?

— Qoshlarimni ko'tardim. Qiziqish ustunlik qilib ularni ko'rish uchun yaqinroq borishga qaror qildim. Yaqindan ularni kuzatishga harakat qilar ekanman ko'zlarim hayrat ila kattalashdi. Bu qiz Seri edi.
Men u yerga yugurdim. Seri tinmay yig'lab ularni ajratishga harakat qilardi, lekin yigit toxtamasdan tagidagi yigitni topposlardi.

- Jungkook, iltimos bas qil. Uni o'ldirib qo'yasan !

— Serining nafasi titrardi. Yigit toxtamasdi, ketma - ket zarbalar berar edi. Bu o'sha yigit...Kompaniyadagi qo'pol yigit edi. Men Serini qo'lidan tutdim. O'sha qo'pol yigit tagiga bostirin do'pposlayotgan shaxsning kim ekanligini bilishga harakat qilib chetdan qaradim.

- Aka ?????

— Bu mening akam edi. Uzoq vaqt ko'rishmagan bo'lsakda men uni tezda tanidim. Endi men ham ularni ajratishga qo'shilmasam bo'lmas edi. Axir, u mening akam !

- Janob, bas qiling ! Iltimos toxtang

- Sen nega aralashyapsan ? Yo'qol bu yerdan !

- U mening akam. Iltimos uni urmang

— Men unga qaraganimda g'azabdan ko'zlari qonga to'lganini seza boshladim. Akam unga nima qilgan-ki bu darajada uni do'pposladi ? Men ularning o'rtasiga tushib o'z tanam bilan akamni himoya qilishga urindim. Uni qo'llarim bilan to'sdim

- Nima karmisan ??? Men senga yo'qol dedim !!!

- U mening akam !!! Uni urishingizga shunchaki qarab turamanmi ?

- N-nima ? U sening akangmi ?

— So'radi Seri qaltiroq ovozlari bilan. Men tushunmay qoldim, bu yerda nima bo'lyapti o'zi ?

- Ha, u mening akam. Bu yerda nimalar bo'lyapti o'zi ? Menga ham tushuntiring ?

- Men....Men va akang bir yildan beri munosabatda biz...lekin bilasan, yaqinda to'yim...

- Akamning do'pposlanishiga sabab nima ?

— Seri menga hammasini gapira boshladi. Yonidagi o'sha yigit esa unga g'azab aralash nafrat bilan qarab turardi.

Flashback : pov Seri — Men yugirib o'z kobinetimga kirdim.

Kobinetimning derazisini ochib mayin esayotgan shamoldan biroz tinchlanishga harakat qilar ekanman, deraza tagida bir yigit turardi. Men uni ko'rdim-u yuragim baxtdan yorishdi ! Qanday qilib kompaniyadan chiqqanimni o'zim ham bilmay qoldim. Lekin anglaganim uni juda qattiq sog'ingan edim. O'ylab o'tirmay uning bag'rida sakradim. Bo'yniga qo'llarimni o'rab uni mahkam quchdim.

- Yig'ladingmi Seri ?

- Bu hozir muhim emas. Eng muhimi hozir sen yonimdasan... Seni sog'indim sevgilim.

- Men ham. Va'da beraman, seni bu axmoqga berib qo'ymayman ! Birga qochib ketamiz. Uzoqlarga...

— U javob meni mahkam quchib turardi. Belimda uning qo'llarini his qilganimda ichimdan hayajonli titroq chiqib ketdi. Lekin men bir narsani unutdim. U shu yerda edi...osha iflos, maxluq shu yerda edi ! Ikkimiz ham bir birimizdan ajralmagan holda qimirlamay turar ekanmiz, qarsak ovozlari yangrashidan men muzlab kettim. Tezda undan uzoqlashdim.

- Romantik lahzalaringizni buzib yubormadimmi ?

- Jungkook, men senga hammasini tushuntirib beraman. Bu yigit....

- Tushunib bo'ldim. Qayerga qochishni rejalashtiryapsiz ? O'liklar dunyosiga sayohatga borishni istamaysizmi mobodo ?

— U biz tomon yaqinlashib kelardi. Qo'lida sigaret turardi, deyarli yarimlangan. U yonimdagi yigitga yaqinlashdi. Men unga nimadir qilib qo'yadi deb qo'rqa boshladim. Shunday ham qildi. U sigaretni uning qo'llariga qattiq bosdi. Yigit og'riq bilan baqirdi, issiq cho'g uning qo'lini kudirardi

- Yo'q, Jungkook unday qilma ! Unga tegma !

— U kuygan qo'lini ushlab yerga yiqildi. Bundan foydalangan Jungkook uni ustiga chiqib qattiq musht tushira boshladi. Men qo'rquvdan yig'lay boshladim. Uni qanchalik toxtatishga harakat qilmayin, harakatlarim foydasiz edi. Uni toxtatishga kuchim yetmasdi

Comeback

- Xullas hammasi, shunday boshlandi. Chunki men uni sevaman !!!

— Shokdan og'zim lang ochildi. Bunday voqeani hech ham kutmagan edim )

- Biz bir - birimizni juda qattiq yaxshi ko'ramiz...

- Bu mening muamoyimmi ? Menga bunday axmoqona his tuyg'ular haqida gapirmang. To'y yaqin !

- Boshqa bir iloj bordir ? Men bu to'yni xohlamayman. To'g'ri, Jeonlar va Kimlar oilasi yaqin bo'lishi mumkin. O'zimizni tiklash uchun sen pul bilan akamga yordam qilgan bo'lishing mumkin. Lekin bu senga turmushga chiqaman degani emas ! Boshqa qiz top ! Qanday bo'lmasin men u bilan qochib ketaman. Aks holda o'zimni O'LDIRAMAN...!!!

- qo'lingdan kelmaydigan ish bilan menga tahdid qilma.

— Men ularni jim eshitdim. Hali ham akamning oldida turardim. Tan olishim kerak uni sogindim. Axir u mening bilan tug'ilib birga o'sgan akam.

- Seri to'g'ri gapiryapti. Boshqa qiz top ! Seri faqat meniki.

- Bu oson deb o'ylaysanmi, yigitcha ? Tassavur qilaylik ! Senga Serini berdim ham deylik, endi buni evaziga singlingni so'rasam, menga topshirgan bo'larmiding ?

— Uning bu savolini men kutmagan ham edim. Bu men uchun jiddiy savol edi. Men akam tomon sekin qaradim, u qarshisidagi yigitda qaradi va qat'iy va tezda javob qaytardi.

- Ha ! Istaysang bu tassavurni haqiqatga aylantiraman ! Singlim seniki !

CAPTIVE HEART | KIM MINSU
Часть - 1
— Надеюсь, вам понравился фанфик !
— Фанфик был написан для этого канала @kawasaki_fanfic