February 17

WILDTHORN | JJK EPISODE - 1

— Zindonning zahlagan devorlariga holsiz tiranar ekanman, ilkbor kuchsizlikni his qildim. Tanam asta sekin qurib borardi. O'tkir ochlikdan ichlarim achishib ketayotgandi. Holsizlikdan zindon eshiklari ochilganini ham arang eshitdim.

- Shahzodam, kechki taomingiz.

- Nima ustimdan kulyapsizmi? Menga qon kerak! Chaqiring meni bu lanati zindondan!

- Aynan qonga bo'lgan chanqoqligingiz tufayli shu yerdasiz. Otangiz to o'zingizni nazorat qilishni o'rganmaguningizchaga shu yerda ushlab turishimizni buyirgan.

— Qarshimdagi bu tasqaraning gaplari shunchalik asablarimni buzdiki, qo'llarim zanjirlanmagan bo'lganda naqd kallasini uzardim.

- Yo'qol...! - jahlimni bosishga harakat qilib, tishlarim orasida shivirladim.

- Nima?

- Yo'qol dedim senga! Yoki shu yerdan o'liging chiqadi - Nihoyat ichimdagi g'azab ustun kelib, bor ovozim bilan baqirib portladim. Qarshimdagi yigit vajohatimdan shunchalik qo'rqib ketdiki, zindon eshiklarini qulflashni ham unutdi va yugurdi.

- Inson buning uchun qanchalik axmoq bo'lishi kerak? - dedim ochiq eshik tomon qarab. lablarim chetiga kuchsiz bo'lsada shaytoncha jilmayish yugurdi. Kuchimni toplab, qo'llarimni qattiq siltadim. Xonada zanjirlarning birin, ketin uzilishi jarangladi.

- Nihoyat ozodlik. - Devorlarga tiranib, qaddimni tikladim. Yelkalarimni asta kerishtirdim. Zindondan chiqar ekanman, quyosh nuri yuzlarimga urilib, ko'zlarimni qamashtirdi. Toza havodan chuqur nafas oldim, bu ozodlik, erkinlik hidi...

- Qanday... Qanday qilib zindondan chiqdingiz? - Ortimdan zaif, qo'rquv bilan gapirdi bir qo'riqchi. Bu ohangni sog'indim, yana insonlar mendan qo'rqishini bilish ruhlantiradi...
Qo'riqchi tomonga yuzlandim, yana o'sha quvnoq ifoda yuzimga qaytdi. Qo'riqchi tomon iljaygancha asta yaqinlashdim.

- Axir bu menman. Lekin, bilasanmi hozir nima muhim? Men judayam ochman... - Shu ondayoq ikkilanmay unga tashlandim. Har bir qon tomchilarini ichganimda, ichimdagi yirtqich ko'proq olishga undadi. Men to'xtamadim, to so'nggi tomchigacha...

- Shuncha jazolasam ham kamlik qilibdida? - to'satdan otamning yo'g'on ovozi meni to'xtatdi.

- Nihoyat kelibsizda? - otamga yuzlandim, lablarim atrofidagi qonni tilim yordamida tozaladim.

- Senga qachon aqil kiradi o'zi? Sendek o'g'ilni boridan yo'qligi yaxshi.

— Otamning menga bo'lgan chuqur nafrati uning ohangi, va yuzidan bilinib turardi. Lekin menga farqi yo'q, men sevilmaslik bilan la'natlanganman. Umrbod yolg'izlikka mahkumman...

- Agar onang bo'lmaganda, o'g'lim bo'lishingga qaramay seni o'zim o'ldirardim. Sen yirtqich maxluqsan. Sening bu dunyo uchun yagona qiladigan yaxshi ishing bu o'liming bo'lar edi.

- Ha, to'g'ri. Ichingizdagi hamma gapingizni yuzimga aytib oling. Men ranjimayman. Siz haqsiz ota, men maxluqman... - Otam bu gaplarimdan hayron qolib, qoshlarini uchirdi. Men esa unga iljaydim, va uning atrofidagi har bir insoning qonini ichdim. So'ng atrofga qaradim. O'zim yaratgan san'atga o'zim hayratda qoldim. Buni tomosha qilish juda zavqli edi.

- Jasadlarni yo'q qilish kerak. Xizmatkorlaringizga buyirsangiz degandim otajon. Men uyga ketyapman.

— Vampir instiklarim bilan, u yerdan tezda g'oyib bo'ldim. Qarsga yetib, xonamga bordim. Katta yotog'imga bor og'irligim bilan o'zimni tashlab ko'zlarimni yumdim. Bir necha daqiqa o'tib xonam eshigi ohista taqqiladi, otam bo'lsa kerak deb chuqur ho'rsindim.

- Kiring - Lekin otam emas, boshqa bir inson kirib keldi.

- Shahzodam, onangiz meni sizning yangi tikuvchingiz etib tayinladi. Uch kundan so'ng katta ziyofat rejalashtirilgan. Sizga kiyim tikish uchun o'lchovlaringizni olishim kerak.

- Yana qanday ziyofat? - savol berish bilan birga sekin o'rnimdan turdim. Qiz o'lchovimni olishiga ruxsat berdim.

- Aniq bilmayman, ammo ko'p oilalar, va malikalar tashrif buyirishadi deyishdi.

- Tushunarli

— Shu bilan ikkimiz ham gapirmadik. Men qizning harakatini kuzatib turdim. Ba'zan uning illiq qo'llari tanamga tegardi, ko'zlarimiz to'qnashardi. Va bu menga boshqacha ta'sir qilardi...

- Isming nima?

- Harin...

- Harin? Chiroyli ism - iljaydim, undan ko'zimni uza olmadim.

Va uning ham hayajonlanayotgani aniq sezilardi. Yuragi tez urayotganini his qilyapman...
O'lchamlarni daftarchasiga yozar ekan, hatto shu harakati ham menga jozibali tuyilib ketardi.

- Bo'ldi. Tez kunda bitadi. - Men jim bosh irg'adim. U esa narsalarini yig'ib meni chuqur o'ylar ichida yolg'iz qoldirib ketdi.

- Bu qanday tuyg'u edi la'nati? Unda odamni o'ziga tortadigan nimadir bor...

• Time skip •

— Ziyofat allaqachon boshlagan edi. Katta zalda keng uzun darturxon yozilgan. Turli mazali taomlar tortilgan edi. Orqa fonda mayin musiqa, o'rtada raqs. Lekin bularning hech biri ko'nglimga sig'masdi. Hayollarim, ko'zlarim faqat o'sha kungi qizni istardi.

- O'g'lim, dadangning do'sti, Victorning qizi bilan raqs tushishing kerak. Ular obroli vampir oilasidan biri. Agar yaqin orada do'stlikni yanada qalinlashtirsak...

- Hop! Tushundim, bilaman!

— Bu haqida hozir umuman eshitishni xohlamasdim. Onamning gaplari boshimga sig'masdi.
To'satdan ko'zim bir qizga tushdi, dasturxon ustiga taomlar joylashtirayotgan edi. Bu o'sha... Ikkilanmay, tezda o'rnimdan turdim va o'sha qiz tomon shoshildim.

- Hoy qayerga ketyapsan? Hozir raqs boshlanadi! - Onam ortimdan chaqirgancha qoldi. Lekin muhim emas.

- Hey? - Qizga ohista yaqinlashib, tomog'imni qirdim.

- Shahzodam? Bu yerda nima qilyapsiz?

- Menga rasmiy murojaat qilishni to'xtat. Shunchaki Jungkook-de. Hozir ortiqcha savollar kerak emas. Men bilan raqs tush.

- N-nima!?

— Qizning qarshiliklariga qaramay bilagidan ushlab uni zalning raqs maydoniga olib bordim. Mayin qo'shiq ijro etila boshlandi. Men uning belidan sekin tortib, o‘zimga yanada yaqinlashtirdim. unga yaqinlashganimda, istaklarim ikki barobar kuchayayotganini his qildim. Tomirlarida suzib yurgan qonni his qildim. Bir lahzaga ko'zlarim uning bo'ynidagi nozik tomirga tushdi. Tishlarim beixtiyor sanchilishga tayyorlangandek bo'ldi. O'zimni zo'rg'a tiydim, va raqs harakatlarini boshladim.

- Shahzodam...

- jim... Shunchaki zavqlan.

— U jimlandi, lekin hali ham ko'zlaridan ko'p savollari bor ekanligini ko'rib turardim.
Raqs tushar ekanmiz, undan bir daqiqa ham ko'z uzishni istamadim. Lekin birzum ota onam tomon qaradim, onamning yuzida havotir, otamning yuzida esa o'tkir g'azabni ko'rdim. Yuragimning chuqur qismida biroz bezovtalik paydo bo'ldi. Ammo hozir men faqat raqsga e'tibor qaratishni tanladim.

- Raqsga yaxshi tushar ekansan. - masxara qildim ohista, chunki u harakatlarni ba'zan chalkashtirib yuborayotgan edi.

— illiq daqiqalar uzoqga cho'zilmadi. Musiqa tugab, raqs tushayotgan mehmonlar yana o'z joylarini egallay boshladi.

- Ziyofatdan so'ng xonamga bor, va meni kut. Gaplashib olishimiz kerak bo'lgan muhim mavzu bor. - Qizdan uzoqlashdim, egnimdagi kostumimni to'g'irlab jiddiylikga qaydim va otamning oldiga bordim.

- Bu nima tentaklik yana!? Onang senga Victorning qizi bilan raqs tushishing kerakligini aytmaganmidi? Sen kimsan-u, u qiz kim a!? Sen bo'lajak taht vorisi, bo'lajak qirolsan! Shunga yarasha harakat qil!

- U kim? U siz aytgan o'sha taviyalardan farqi o'laroq ko'zi to'q, taq'iyatli, qiyinchilik ko'rgan qiz. Siz aytgan o'sha malikalarga pul, manfaat, kiyim kechaklar muhim! - Otam baribir bir ayb topib, meni koyishini bilgan holda, men ziyofatni tark etdim. Xonamga bordim, eshik oldida to'xtadim. Ichkariga kirgandan so'ng nima deyishim haqida o'yladim birzum.

- Unga nimalar his qilayotganimni aytishim kerak... - dedim o'zimga o'zim shivirlab. Eshik tutqichini mahkam ushladim, ochishdan oldin so'nggi bor hammasi yaxshi bo'lishiga o'zimni ishontirdim va tutqichni buradim...

- Nihoyat keldingiz... - Uning mayin ovozi misli qo'shiqdek quloqlarimda jarangladi. Unga yaqinlashganimda vujudimni yana o'sha notanish his egallab oldi. Ehtiros, hayajon, ochlik...

- Men bilan nimani gaplashmoqchi edingiz?

- Men...Menga nima bo'lyapti bilmayman, ammo har on sening ovozingni eshitganimda, ko'zlaringga qaraganimda vujudim hayajon bilan titrayapti. Yuragim gupillab uryapti. Bu qanday tuyg'u bo'ldi bilmayman, ammo ichimdagi yirtqichni tinchlantira oladigan yagona odam sen eding...

- Ammo siz va men o'rtasida bu...sodir bo'lmaydi. Mantiqqa to'g'ri kelmaydi... Otangizning gapini eshitdim. Ular haq, siz bo'lajak qirolsiz. Men esa oddiy bir xizmatkor.

- Shhh... Bu yerda "bo'lmaydi" degan so'z ketmaydi. Men xohladimmi, unga erishmagunimcha taslim bo'lmayman. Qanday bo'lsang shundayligingcha qabul qilaman seni... Shunchaki sen ham buni istashingni ayt.

- ammo biz hali hatto bir birimizni yaxshi bilmaymiz ham. Bu juda tez sodir bo'ldi...

- Menga farqi yo'q. Agar rozi bo'lsang, keyin bir birimizni bilish uchun ko'p vaqt bo'ladi hali.

- Menga vaqt kerak.

- Yaxshi, lekin men uzoq kutolmayman.

- Ko'p emas. Endi borsam bo'ladimi...? Ishlarim ko'p.

— unga vaqt kerak ekanligini tushunib, asta bosh irg'adim, va yo'lini bo'shatdim. Ketishini kuzatdim. Yolg'iz qolganimda, u haqida yana o'yladim. Yumaloq yuzlari, illiq qo'llari... U meni aqildan ozdiryapti.

• Pov Harin •

— Boshimni devorga tiragancha tizzalarimni quchoqlab, bir nuqtaga tikilib turar ekanman. Eshikning qiyyilab ochilishi hayollarimdan chalg'itdi. Ko'zimdan tushishga tayyorlanayotgan ko'z yoshlarimni tezda artib o'zimni to'g'irladim, va turdim.

- vaziyat qanday ketyapti? Jungkookni o'zingga rom eta oldingmi?

- Ha, hammasi rejadagidek ketyapti. Bu o'ylaganimdanda tezroq bo'ldi.

- Juda yaxshi. Davom et. Qoidalarni bilasan, uning ishonchiga kirib, uni yo'q qilasan...