MY CHEATER HUSBAND - 2
— Qo'llarim titrab, nafasim bo'g'zimga tiqilgancha joyimdan bir qadam ham qimirlay olmay turardim. Uni bu ahvolda ko'rishga tayyor emas edim. Rangida rang yo'q. Uning o'sha lablari...oppoq, o'lik insoning lablariga o'xshab qolgan edi. Men uning issiqligi his qilishim kerak edi ! Men jur'at to'plagancha uning yotog'i tomon qadam tashladim. Stulga o'tirdim, unga yaqin edim. Uning o'sha ifori... Bu odamni aqildan ozdiradi. Qo'llarimni uning qo'llari bilan bog'ladim. Uning qo'lllarini nihoyat bir yil deganda yana tutib turibman. Lekin uning qo'li avvalgidek issiq emas edi. Sovuq edi...
- Uzoq ish safaringiz shu edimi ...?
— Ketishidan avval aytgan gaplarini yana bir boshdan eslar ekanman seskanib kettim. Usiz hayotim do'zaxga aylandi. Shu qisqa vaqt ichida men bu tikonli atirgulga telbalarcha bog'lanib qoldim. Uning tikanlari azob berib qalbimda o'chmas iz qoldirgan bo'lishiga qaramay...unga telbadek bog'ladim.
- Sog'indim...o'sha azob bilan o'tadigan kunlarni. Muhimi siz yonimda edingiz. Sog'indim o'sha arzimas sabab uchun ham qattiq jazolarni sizdan olgan kunimni ! Tushunib yetdim-ki sog'inch bu...eng qattiq jazo ekan
- Tunda yostiq bo'ldi hamrohim,
Iforingga to'yolmay hidladim uni.
Nafaslaring o'rnida jimjitlik,
seni deb bag‘rimga quchdim uni.
Tunda yostiq bo‘ldi hamxorim,
Issiq qo'llaring emas, mato yuzimda.
Sening nafasi emas, sovuq shamol siladi sochimda...
Kunlar o'tkazdim na iloj? Nolishga na haqqim bor na unutishga imkon.
( she'r ma'qul kelmagan bo'lsa uzr so'rayman. Sizga manzur kelmagan bo'lsa bu haqida o'z fikringizni yozishingiz mumkin. To'g'ri qabul qila olaman )
— Uning zo'rg'a ko'tarilib tushyotgan ko'kraklari ustiga ohista boshim qo'ydim va bir zum uning nafas olishini tingladim. Ba'zida shoshilinch, ba’zida esa juda sust nafas olardi...
Flashback : yurak barqaror urmoqda. Ukamning yuragi endi uning ko'ksida. U qizni juda qattiq sevar edi. Qizning baxti uchun o'z kelajagini yo'q qildi... Minsu uchun Jungkookni asrab qolishni istabdi..
- Xonim, bemorning holati hali hamon o'zgarmagan. U qattiq komada. Ko'zini ochmayapti...
- Yaxshilab qarang ! Minsu ismli qiz kelsa uyga kiriting. Lekin Jungkookni olib ketish haqida gapirsa ruxsat yo'q deng. U Jungkookni bu yerdan osonlikcha olib ketolmaydi...
— Oradan oylar o'tsin hamkin u sira ko'zlarini ochmas edi. Biroz qimirlash ham yo'q edi. U turli aparatlar va ukollar bilan kun o'tkazayotgan edi... Borgan sari qizning umidi so'nib borar edi, nega bilasizmi ? Deyarli borligi sezilmas edi. uning ovozlari, teginishlari, qarashlarini his qilolmasdi.
Lekin bir kun... : bugun qiz yana uning oldiga keldi va uning katta qo'llarini ushlab yuziga qo'ydi. Kaftidan yengil o'pdi.
— U ko'z yoshlarini erkin qo'yib yubordi. Jungkookning qo'llari uning yoshlaridan nam bo'ldi.
Qiz uning kaftidan yana bir bor o'pdi va ko'zlarini yumdi.
Birdan u ho'l yonog'ida silanishni his qildi. Ko'zlari katta katta ochildi.
- Jungkook??? Buni siz qildingmi ?
— Qiz so'radi dovdiragancha. Tezda xon ustida turgan stakandagi suvni oldi va Jungkookning oqish va quruq lablariga yaqinlashtirdi. U shoshqaloqlik bilan suvni ichdi.
- Nahotki ?? Ko'zlarimga ishona olmayman !
— Qiz qo'llari bilan yuzini yopib hayajondan yerda sakrashni boshladi. Jungkook esa uni holsiz ko'zlari bilan kuzatdi va og'zidan mayin kulgu chiqib ketdi. Qiz bundan darrov toxtadi va Jungkookga qaytib uni quchdi.
Time skip - oradan yana bir muncha vaqt o'tdi. Jungkookning ahvoli ancha yaxshilana boshladi. Shu o'tgan vaqt ichida Mariya ham uning oldidan jilmadi. Axir, otasini juda sog'ingandi. Shu o'rinda Jungkookning o'g'li... Uning ismini Jake deya o'zgartirdilar. Chunki endi Jungkook shu yerda...
Hozirgi vaqtga qaytadigan bo'lsak Minsu Jungkook bilan maroqli suhbat olib borar edi.
— Birdan suhbatni toxtatib Jungkook Minsuga tikilgancha uning ismini chaqirdi. Usiz o'tgan qiyin kunlarini gapirib berayotgan Minsu tezda toxtadi va unga savol nazari bilan qaradi.
- Nima ? Jungkook aqildan ozdingizmi ? Birozdan so'ng shifokor sizni tekshirishga kiradi axir.
— Bu safar u yumshoqlik bilan emas, avvalgi egalik va buyruqli ovozi bilan gapirdi. Minsu birzum qotib qoldi. So'ng sekin yotoqga chiqib uning qo'llari ustiga joylashdi. Jungkook qo'llari va tanasiga qo'yilgan shilang va apartlatni tezda uzib tashladi va Minsuni tagiga oldi.
- Men uchun bir narsa qilishingni istayman... ( ayyarona jilmaydi )
— Minsu gapini yakunlamasidan lablarida uning lablarini his qildi. Va jim qoldi va bundan zavqlanib ko'zlarini yumdi. Jungkook ham uni sog'ingan edi. U sog'inchini va unga bo'lgan sevgisini o'pich bilan ifodaladi.
Ularning o'pichni qizg'inlashin borar ekan eshikning ochilishi ularning bir biridan keskin ajralishiga sabab bo'ldi.
- Bezovta qildim kechroq kelaman...
- Yo'q, hamshira xonim ! Men hozir ketaman. Qoling.
— Minsu Jungkookga qizargan yuzlari bilan bir qarab qo'ydi-da unga qo'l silkitib tezda ketib qoldi.
Minsu ketishi bilan bir qiz kirdi. Lekin Minsu uni ko'rmadi. U tungi kiyimda edi. Hamshira uning ustidagi ochiq tungi kiyimga qarab qoldi.
- Hamshira xonim siz ketavering. O'zim uni tekshiraman.
— Hamshira kerakli dorilarni qoldirib Jungkook va o'sha qizni yolg'iz qoldirdi. Qiz xondagi stetoskopni oldi va Jungkookning kiyim tugmasini yechar boshladi.
— Jungkook uni qorong'u ko'zlari bilan kuzatib turdi. Qiz uning yurak urishini tingladi. U tez ritm bilan urmoqda...chunki uning ochiq kiyimi allaqachon Jungkookning e'tiborini tortgan edi.
- Yuraging juda tez uryapti...
- Nega ekan ? Sen mening uyimdasan, bilasanmi ? Ukam sabab tirik qolding ! Qanday qilib menga qo'pollik qilasan a ?
— Qiz o'zini endi bolalarcha tuta boshladi. U atayin injiqlik bilan lablarini burishtirdi. Tan olish kerak Jungkookga bu yoqdi.
Va Jungkookning bir yomon tarafi shundaki - U hech qachon o'z istagiga qarshi turolmaydi !
Qiz uning ochiq ko'kraklari bo'ylab qo'llarini sayr qildirdi...
— Minsu shoshqaloqlik bilan eshikni ochdi. Ne ko'zlar bilan qarasinki Jungkook va o'sha qiz...
Jungkookning qo'li qizning orqasiga qo'yilgan edi, Minsu kelganini ko'rib u darhol qizni o'zidan uzoqlashtirdi va o'rnidan turib u tomon yaqinlashdi
- Jim bo'ling, hammasini tushundim !
— Minsu jim orqaga qaytib keta boshladi. Ko'zarida yosh to'lqinlanar edi.
- U o'zgargan deb o'ylagan edim...
- Taeyang o'glim, onangni qiynama
- Bo'lmaydi ! Katta yigitlarga faqat sigir suti kerak. U odamni kuchli qiladi. Kuchli bo'lishmi istamaysanmi ?
- Kuchli bo'lamanmi ? Olib berasizmi ?
- Albatta olib beraman, faqat bir shart bilan. Sigir suti senga onangniki esa...
— Taehyung gaplarini yakunlashidan oldin boshiga bir yostiq otildi va u toxtab qoldi. Ortiga qaradi
- U hali kichkina nega bunday narsalar haqida gapiryapsiz ?
— Taehyung o'ynoqicha xotiniga kulib turar ekan birdan telefon qo'ng'irog'i uni chalg'itdi. U cho'ntagidan telefonni oldi va javob berdi
— Narigi tarafdagi ovoz eshitilmas edi. Lekin Taehyungning yuz ifodasidan telefondagi suhbat yaxshi ketmayotgan edi.
- Qanaqasiga tirik bo'ladi ? Axir u o'sha omborda yonib ketgan edi...
— Taehyungning ovozida g'azab va hayrat aks etdi. Uning ko'z qorachiqlari vahima bilan kengaydi...
2 fasil - 1 qism tamom !
Imloviy xato bo'lsa uzr so'rayman !
#Yuna | @Bloodly_fanfics