July 24, 2025

SEPARATION | AJRALISH

Qiz ohista mushukni bag'riga bosgancha o'rnidan turdi. Ammo ortidan yaqinlashayotgan qadamlar tovushi yuragini hapqirtirib yubordi . U ortiga o'girilgan zahoti zinaning yuqorisida psixdek jilmayib turgan baland bo'yli yigitni ko'rdi. Ko'zlari dahshat bilan kattardi. Quchog'idagi mushukni ham unutib qo‘lidan tushirib yubordi-da zinalardan pastga tez-tez qadamlar bilan tusha boshladi. Ammo qiz zinadan pastga qadam tashlaganida oyoqlari chalishib, muvozanatini yo'qotdi va zinalardan dumalab pastga yiqildi.

- Oyog'im... – Qiz past ovozda og'riqdan nola qildi. Lekin taslim bo'lmadi, qochishga urinib yana tura boshladi ammo chap oyog'i yana qattiq og'riq bilan uni joyiga qayta yiqitdi. Shu payt tepada turgan yigit yana jilmaydi. U hech shoshmay zinadan sekin-sekin pastga tusha boshladi.

- Qochma mendan - Yigit uning qarshisiga keldi va uning iyagidan ushladi. Qiz uni hatto kimligini bilmasam edi. Boshidagi kepka uning yuzini ko'rishga to'sqinlik qilardi.- K-Kim san ??? - Qattiqroq gapirishga harakat qildi qiz, lekin uning ovozidagi titroq qo'rquvini aks ettirar edi.- Mening sevgilim katta bo'lib qolibdimi ? Nihoyat kimniki ekanligingni anglash vaqti keldi...

Yigit shunday degancha qiz va uning o'rtasidagi masofani yopdi va qizni ehtiros bilan o'pdi.Qizning qarshiliklariga qaramay uni asta sekinlik bilan kiyimlaridan halos qildi...

~~~~

Hashamatli mehmonxona, xona o'rtasida katta o'lchamdagi stol turli taomlar bilan to'ldirilgan. Ishtahani ochuvchi hid butun xona bo'ylab sekin tarqalardi.Sukut ichida hamma jim taomlanar ekan sanchiqi va qo'shiqlarning urilish ovozi ba'zan sukutni buzardi. Og'ir sukut buzilib stol boshida o'tirgan bir erkak hammaning e'tiborini tortadigan ohangda ohista tomog'ini tozaladi. Taomlanayotgan hamma birzum unga tikilgancha toxtashdi. Erkak yengil xo'rsinib gap boshladi.

- Barchangiz shu yerda ekansiz, bu imkoniyatdan foydalanib sizlarga bir taklif bildirsam - dedi erkak avval qiziga, so'ng befarqlik bilan unga tikilib turgan yigitga nigoh tashlab.- Jungkook, sen ham bizning oilamiz a'zosisan. Menga og'limdek qadirlisan. Esimda, seni birinchi marta ko'rganimda kuchsiz ojiz bola eding. O'sha samaloyotni men qulatdim to'g'ri, ko'plar halok bo'ldi, lekin omading kelib sen omon qolgan ekansan. Kozimga bir tuzuk yigitdek ko'rinding va buni odam qilsa bo'ladi dedim. O'sha payt na yeyishga ovqating, na kiyishga kiyiming yo'q edi ? Ammo qara, hozir hamma narsang bor. Pul, kuch qudrat, ob'ro e'tibor bor senda va ikkimizga ham ma'lumki bunga erishishing katta hissa qo'shgan odam menman. - Erkak gaplarini davom ettirishdan oldin Jungkookga bir muncha vaqt tikilda va chuqur nafas olib yana davom etdi.- Qizim ham ulg'aydi. U seni juda yaxshi ko'radi, sen unga ham aka bo'lding ham do'st. Lekin endi uzoq vaqtdan so'ng...abadiy birga bo'lish vaqti kelmadimikin deb o'ylab qoldim ? - Xona yana javobsiz savol bilan sukunatga cho'kdi, hamma jim Jungkookning javobini kutmoqda. Ayniqsa o'sha qiz... U Jungkookning lablaridan ko'zini uzmadi, go'yoki "roziman" so'zini kutayotgandek. Biroq Jungkook narsa demadi, ohista stuldan turdi so'ng chuqur xo'rsinib erkakga yuzlandi va gapirdi.

- O'ylab ko'raman. - Shu bilan u uydan chiqib ketdi. Stol atrofidagi qiz va ota esa bir biriga qaragancha jim qoldi.Jungkook mashinasiga o'tirgancha rulni mahkam siqdi. Qoshlari g'azabdan burishdi. Qorong'u ko'chalarda mashinani haydayotganida ko'z oldi xiralashib borardi. Oyoq-qo'llari qaltirardi. Har bir tabassum qilgan qiz unga o'sha inson bo‘lib ko'rinardi. Go'yo hammada uning aksini ko'rardi.

- Time Skip -

Jungkook mast holda zinalardan sekin ko'tarildi. U asta bir eshikni ochdi va ichkariga kirdi. Xona burchagida yana o'sha qiz... Uning yonida esa bir yigit kishandan qizargan qizning qo'llariga malham surardi.Hozir qizning yuzi na qop bilan, na bog'ich bilan berkitilgan edi. Jungkook bu qizda ham o'sha insonni aksini ko'ra boshladi va to'satdan rashk tuyg'usi uni qamrab oldi.

- Tegma unga ! - Yigitning yelkasidan ushlab o'ziga qaratgan Jungkook uning yuziga musht tushirdi. Yigit yuzini ushlab, asta o'rnidan turdi.- Janob...? — dedi u g'azabini yashirishga urinib. Jungkook unga yaqinlashdi ammo qiz darhol ularning orasiga tushdi:- Unda ayb yo'q, nega uni uryapsiz ? Men undan iltimos qilgan edim... - Dedi qiz qarshisidagi baland bo'yli Jungkookga tikilar ekan. U to'satdan qotib qoldi... Uning yuzi, tanish. Juda tanish edi... Uning Ko'zlari keng ochildi. Uning ichki ovozi gapira boshladi : “ Nahotki...? Nahotki u tirik? Ishonolmayman..."

- J-Jungkook...? - Nihoyat so'radi qiz qaltiroq ovozda. Yigit ismini eshitgach qizning ko‘zlariga qaradi. Ko'zlar to‘la yosh edi. Qiz hech ikkilanmay uni quchib oldi.

- Nimalar qilayapsan? Uzoqroq tur ! — dedi Jungkook, qizni o'zidan itararkan. Lekin yashirincha u bundan takskin topgan edi. Qizning ovozi, umidli nigohlari, va yumshoq teginishi...- Meni tanimayapsanmi ? Eslaysanmi, bir birimizga va'da bergan edik, har qanday vaziyatda ham birga bo'lishga va kutishga... Qara, men sen bergan tumorni hali hamon saqlayman. - Qiz shoshib, shimining cho'ntagidan tumorni chiqarib Jungkookning kaftiga qo'ydi. Jungkook tumorga jim tikildi. Uning ko‘z oldida yana xotiralar tiklana boshladi.

- Iltimos, Jungkook... bir nima de... - Qiz umidli ovoz bilan unga gapirdi. Ko'zlarini undan ololmasdi, uzoq yillik sog'inch hissi uni deyarli vayron qilgan edi. Nihoyat Jungkook og'iz ochib ohista pas ovozda so'radi :

- Minsu...?

- Ha, ha. Menman - Jungkook tezda qizga yaqinlashdi va uni quchdi. Bir chetda esa yuzi qon bo'lgan yigit ularni nafrat ko'zlari bilan kuzatib turar edi.- Nick, bizni yolg'iz qoldir. - Dedi Jungkook qizning sochlariga yuzini ko'pgancha. Yigit esa istamas tazim qilib xonadan jahl bilan otilib chiqib ketdi.- Seni sog'indim... Qanday mo'jiza bu a? Ishongim kelmaydi. - Jungkook qizning yuzidan, peshonasidan, burnidan va nihoyat labidan ohista o'pdi.

Ayni damda Nick o'z xonasida ichkilik ichib o'tirardi. Xona spirtli Ichimlik hidiga to'lgan edi. U asta balkonga chiqdi va chuqur nafas olgancha gapirdi.

- Uning nimasi meni o'ziga rom qildi, bilmayman...Menga nima bo'lyapti ozi ? U qizga Jungkook yaqinlashganda nega bunchalik g'azablandim a ? Avval hech qachon bunday tuyg'uni his qilmaganman... - U balkon temirini qattiq siqdi. Minsuning Jungkookga qarashi, Jungkook Minsuni quchoqlashi. Bularning bari uning g'azabini qaynata boshlardi.- Endi bundan qochib qutila olmasam kerak...Kurashishim kerak ! Harakat qilgan inson hammasiga erishdi, to'g'rimi ? - U qo'lidagi shishani axlatga tashladi va : Yo'q men bunday o'zimga azob berishda davom eta olmayman, men shunchaki chetdan turib boqa olmayman. Menda ham imkon bo'lish mumkin. - Gapining yakunida u o'ziga o'zi ohista kulib qo'ydi. Jungkook musht tushirgandan yara bo'lgan joyiga ohista tegdi va yanada ko'proq nafrat alanga oldi. - Uni sendan tortib olaman, Jungkook...

2 qism tamom. Davomi bor....