MY CHEATER HUSBAND
MY CHEATER HUSBAND
#Yuna | @Bloodly_fanfics
Jungkook olov ko'zlari bilan Minsuga qarar ekan uning yuzidagi g'azab o'rnini yana o'sha sog'inch va ehtirosili tuyg'ularga boshatib bera boshladi. Nigohlarini unday ayirishni istamasdi hech
Minsu birdan qattiq qichqirib yubordi. Jungkook oldinga qarar ekan katta yuk mashinasi ular tomon kelardi...Afsuski Jungkook rulni burishga ulgurmadi, bu uchun juda kech edi. Atrof qorong'ulashdi faqat ikki mashinaning bir biriga to'qnashuvidan ovozlar va olamonning qo'rquvli shovqini. yuk mashina haydovchisi ham go'yo atayin qilgandek ular tomon gazni bosib tezlik bilan haydagandi balki u mashinani toxtatganda bu avtoxalokat yuz bermasmidi?...
_Ko'zlarimni bazor ochgancha qayerdaligimni anglolmay atrofga alangladim. Tanam zirqirab og'rir edi, tashqari qorong'u derazadan oyning chiroyli yuzini ko'rish mumkin
bu menga Mariya qizalog'im bilan dengiz bo'yida oyni tomosha qilganimni eslatadi bir tarafdan bu tetiklantiruvchi. Bir tarafdan esa yuragim ezilardi u kimdir tomon talpinardi....birdan xona eshigi ochilib oppoq kiyimli ayollar to'lib ketti. Mendan bir necha qadam uzoqroqda yotgan erkakni atrofini o'rab olishgan edi. Uni kimligini anglashimga ulgurmay ko'z oldim qorong'ulashib hushimdan kettim
- Bemorni axvoli yomon, operatsiya bo'limiga olib kirib operatsiyaga tayyorlang!
Bir guruh hamshiralar kasalxona yotog'ida tanasi sovub borayotgan erkakni kasallar kravtiga olishdi va jonlantirish bo'limiga shoshilinch olib borishdi. Xonaga ularning eng oliy darajali doktori bo'lmish bir erkak jonlantirish bo'limiga kirdi va har bir shamshirayu erkak doktorlarga nigoh tashlab chiqdi.
- Meni bemor bilan yolg'iz qoldiring
- Bunga ishonchingiz komilmi doktor? Uni jonini saqlab qolish uchun menimcha bizda ko'p vaqt yo'q
- Men iltimos qilmadim, buyruq berdim! Hoziroq bu yerdan chiqing. Bemorni o'zim eplayman
Hamma bir-biriga qarab ikkilangancha xonada uni yolg'iz qoldirib ketishdi. Yolg'iz qolgan erkak ohista egilib Jungkookning qulog'iga pichirladi
- Sening ajaling men bo'laman...Bilasan-ku axir otang qilingan zulumlarni hech qachon unutmaydi. Xotinimning o'limiga sen sababchisan!
FLASHBACK
_Onamning vafot etganiga ikki hafta bo'ldi, ammo bu men uchun ikki yildek tuyulardi. U siz men hech kimman...Otamning men bilan ishi yo'q, u doim o'sha fohisha ayolga e'tibor qaratar edi. Ikkisi ham onamning o'limidan foydalandi. Onamning o'limidan so'ng otam unga uylanadi...onamning boyliklariga ega bo'ldi.
Kichik bolakay yotoqning bir chetida onasining suratiga tikilib onasining o'limi nimalarga sabab bo'lganini o'ylardi. Bolakay kichik bo'lishiga qaramay o'smir yoshida uchrovchi muamolarni boshidan kechirardi.
Birdan O'gay onasi va otasining xonasidan kulgi ovozi eshitildi. Bu nima sababdan ekanligiga qiziqdi bola albatta, u o'rnidan turib ularni xonasi eshigini bir chetidan xonada bolayotgan voqeani aniqlashga urinardi.
- Rostanmi?(hayajon bn) Rahmat sevgilim...
Erkak ayolning belidan ushlab yaqinlashtirdi va uni o'pichlar bilan siylay boshladi.
Oradan yillar o'tib nihoyat chaqaloq dunyoga keldi va uning ismini "Sunoo" deb qo'yishdi. U allaqachon bir yoshga to'lgan edi
- Jungkook Sunooga qarab tur, men ishlarimni qilib olay. Hech bo'lmasa shunga foydang teksin!
Dedi Ayol uxlab yotgan farzandini to'shakka yotqizib. Jungkook bosh jim bosh org'ab qo'ydi, ayol xonadan chiqar ekan birdan boshi aylanib yerga yiqildi. Jungkook uning yiqilishidan shokka tushib qoldi.
- J-Jungkook...D-dori...dorimni olib be...ber
Yerda yotgan ayol tortima tomon holsiz, qo'li bilan ishora qildi. Jungkook joyidan qimirlay ham olmasdi chunki ayolning holatidan shokka tushib qolgan edi. Ayolning ko'zlari birdan yumuldi... Tanasini ohista sovuq harorat egalay boshladi.
COMEBACK
Erkak Jungkookdan uzoqlashdi . Birdan telefon zing'iladi erkak cho'ntagidan uni oldi va bir necha xabarlarni kutib oldi
Erkak xabarni o'qir ekan sekin jilmaydi. Chindan ham bir necha daqiqadan so'ng doktorlar kiyimida uch to'rtta odamlar kirib keldi
- Anavi doktorlarni tinchitdik, hozir uni olib ketishimiz mumkin Janob
>>>>>>>>
Tina Taehyungning qo'lidan ushlab asta qorin qismining pastrog'iga tushurdi. Uning teginishidan yurak urushi yanada kuchaydi hatto uni Tina ham eshitishi mumkim edi. Farzandining tepinishini intizorlik bilan kutayotgan ikkisi nihoyat o'sha kichik belgini his qildi
Yuzida chinakam tabassum bilan Tinaga qaradi. Bu qandaydur g'alati edi..... Ikkising ko'zlari bir-biriniki bilan to'qnashdi va uzoq daqiqa shunday qoldi.
Hamomda esa Taehyungni kelishini intizor kutayotgan qiz uni Tina bilan hozirgi manzarasidan behabar kutardi.
- Menimcha....u menga o'xshaydi. chaqqon, kuchli
Tinaning og'zidan boshqa so'z chiqmadi. U Taehyungning ko'ariga g'arb bo'lgan edi....
- Nega u bunchalar kelishgan...?
Tina erining chiroyidan allaqachon ozini yoqotgancha unga termulib oziga ozi pichirlar ekan Tae kulib yubordi
- Nima? M-men...farzandimiz kelishgan bo'ladi demoqchiman
- Rostanmi? (kuladi) Bu anniq, chunki uning otasi juda ham chiroyli, kelishgan...va Tina, men hamomga borib kelishim kerak yuzimni yuvish uchun
Tae bu gapi bilan hamomdagi voqeani Tina yod solishiga yana sabab bo'ldi
- Yaxshi... (majburiy tabassum qildi)
Taehyung hamomga borib sekin eshikni ochdi va qizga sovuq ko'zlari bilan qaragancha yuziga kiyimlarni otdi
- Bularni kiy-da bu yerdan tezroq yo'qol. Sen bilan ishimiz tugadi
Uni Javobini kutmasdan hamomdan chiqib yana Tinaning yoniga aytgan Tae uning yonidan joy olib yotdi.
Xotinini nimadir deyishini kutar ekan aksincha u suhbat qurishdan qochardi
- Nega birdan?... Mayli Hayrli tun
Taehyung hayron bo'lgancha ustiga ko'rpani yopadi-da ko'zlarini yumdi.
>>>>>>>>(time skip)
Shifoxonaga tezlik bilan bir qiz kirdi va har bir bemorlar xonasini ochib nihoyat uzoq vaqtdan keyin ko'rmoqchi bo'lgan insonini qidira ketdi. Qizni hamshiralar toxtatishga urunardi
- Xonim bu harakatingiz bilan bemorlarni bezovta qilasiz! Toxtang
- Menga singlim kerak, u qayerda? Qayerda? Men uni ko'rishim keak
- Kim Minsu? Kecha bizga og'ir ahvolda bir bemorni olib kelishgan, u avtohalokat tufayli qattiq jarohatlar olgan edi.
- Uni ahvoli yaxshimi? Men uni ko'ra olamanmi?
- kechirasiz ammo...u bemorni oilasi olib ketgan, chunki qiz vafot etdi.
"vafot etdi" so'zini eshitgan qizning ko'zlari kattalashdi. U yerga birdan ozini tashlab, bor kuchli bilan baqirib yubordi
12 QISM TAMON
Xato va kamchilik uchun uzr ~ 🕊