Пост 12.04.2026
"Adovat o'rtasida qolgan o'sha begunoh qiz... U biz uchun shunchaki tasodifiy bir inson emas edi. U yillar davomida bir-birimizni yo'q qilish uchun to'plagan qonli o'yinimizdagi eng muhim, eng nozik va eng halokatli 'shaxmat figurasi' edi."
O‘sha mash’um qiynoqdan so‘ng, Jungkook xonani tark etarkan, vujudidagi adrenalin va g‘azab hamon pasaymagan edi. U o‘z yotoqxonasiga kirib, eshikni ichkaridan qulfladi va daxshatli bir sukunat ichida qoldi.
Uning nafas olishi og'ir, mushtlari esa hamon tugun bo'lib turardi. Ariannaning isyoni va uning ko'zlaridagi o'sha so'nmas nafrat Jungkookni asabiylashtirgan edi. U oynaning qarshisiga keldi va o'z aksiga tikildi. Yuzida qizning qonidan bir necha tomchi bor edi. Jungkook yirtqichlarga xos bir sovuqqonlik bilan o'sha qonni artib tashladi.lekin mushtlari hamon asabiy titrardi.
"Qanday qilib? Qanday qilib bu qaysar qizning tili ostidagi sirlarni sug'urib olaman?" — deb o'ylardi u tishlarini g'ijirlatibdi
U tushundiki, qiynoq va dori Ariannaning tanasini sindirsa-da, Alessandro Romanoning imperiyasiga kirish uchun bu yetarli emas edi. Unga Romanolar oilasining bir bo‘lagi bo‘lish, ya’ni "ichkaridagi odam"ga aylanish kerak edi. Aynan shu soniyada, tumanli ongi ichida dahshatli va makkorona bir reja tug‘ildi. U to‘xtadi, yuzidan oqayotgan suv tomchilari uning sovuq jilmayishini yanada vahshiyroq ko‘rsatardi.
— "Uylanish..." — deb pichirladi u, xuddi o‘ziga hukm o‘qiyotgandek. — "Bu nafaqat sirtmoq, balki oltin kalit!"
Agar u Ariannaga uylansa, Alessandro Romano uni o'zo'g'lidek qabul qiladi. Qonuniy kuyov sifatida u imperiyaning barcha maxfiy eshiklariga, qurol omborlariga va milliardlab dollarlik bank hisoblariga to'g'ridan-to'g'ri yo'l topadi. Bu nikoh - Alessandro uchun o'z qizining "baxti", Jungkook uchun esa dushmanining taxtiga chiqish uchun zinapoya ed.
Jungkook telefonining keskin tebranishidan hushyor tortdi. Ekranda Alessandro Romanoning ismini ko‘rgach, bir soniyada yuzidagi vaxshiyona qiyofani o‘chirib, o‘rniga sadoqatli va xavotirli "o‘g‘il" niqobini kiydi. U nafasini rostlab, go‘shakni ko‘tard
— Eshitaman, amaki, — dedi u ovozini biroz yumshatib..
Jungkook ko‘zgudagi o‘z aksiga qarab, sovuq jilmaydi. U bir necha daqiqa oldin Ariannani qanday ayovsiz qiynaganini xayolidan o‘tkazdi, lekin tili mutloq boshqa gaplarni so‘zlardi:
— Jungkook, o‘g‘lim! — Alessandro ovozixavotirli eshitildi. — Arianna qayerda? Unga qo'ng'iroq qilyapman, go'shakni olmayapti. Uyidagilar ham uni ko'rmabdi. Tinchlikmi?
— Xavotir olmang, amaki. Arianna men bilan. Hozir u biroz dam olyapti, — Jungkook gap orasida ataylab biroz "aybdordek" tin oldi. — To‘g‘risi, amaki... men siz bilan bir muhim masalada gaplashmoqchi edim. Bizning bu yashirincha uchrashuvlarimiz, qiz o‘g‘irlab qochgandek yurishlarimiz jonimga tegdi. Men uni juda sevaman va uni har qanday xavfdan himoya qilishni istayman
Alessandro biroz jim qoldi, so‘ng hayrat va mamnuniyat bilan so‘radi:
- To'yni tezlashtirsak degandim, - dedi Jungkook qat'iyat bilan. — Ertagayoq bu ishni rasmiylashtiraylik. Men uni butun dunyoga o'z rafiqam deb tanishtirmoqchiman. Sizning roziligingiz men uchun hamma narsadan ustun.
-Bu ajoyib yangilik! —Alessandro chin dildan kulib yubordi. — Men seni doim o'z o'g'limdek ko'rganman, Jungkook. Agar Arianna rozi bo'lsa, men faqat xursandman Ertaga ertalab ofisimga kelhammasini hal qilamiz.-dedi Arianna otasi.
Jungkook go‘shakni qo‘yarkan, ko‘zlari qorong‘u zulmatdek porladi. Endi o‘yinning eng qonli va makkorona qismi boshlanayotgan edi.
Italiyaning ko‘hna va vahimali qasri uzra osmonni qora bulutlar qopladi, go‘yo koinotning o‘zi ham bu daxshatli nikohga motam tutayotgandek edi. Oradan o‘tgan uch oylik qiynoqlar va ruhni sindirishlar Ariannani tirik arvohga aylantirgan edi. Mana, o‘sha mash’um to‘y kuni...Ariannaning ruhini parchalab, uni tirik murdaga aylantirgandi. Mana, u oynaning qarshisida — oppoq shoyi libosda. Ammo bu libos unga malikalardek emas, balki qurbonlikka atalgan qo‘zidek yarashgan edi.
Uning butun vujudi shafqatsizlarcha silkinar, go‘yo ichida daxshatli bir zilzila sodir bo‘layotgandek edi.
U o‘zini tutishga urinar, ammo ko‘zlaridan oqayotgan achchiq yoshlar yuzidagi pardozni yuvib, xunuk izlar qoldirardi.
— "I-iltimos... bo‘ldi qil... to‘xtat bu azobni..." — deb ingradi u, o‘pkasidagi havo tuga olmadi
Eshik daxshatli va og‘ir g‘ichirlash bilan ochildi.
Jungkook kirib keldi U qora smokingda daxshatli darajada kelishgan, ammo yuzida kishi bilmas bir masumlik va soxta achinish niqobi bor edi. U sekin yaqinlashdi, qizning titrayotgan yelkalarini ko‘rib, yuzida makkorona bir hamdardlik paydo bo‘ldi
- "Nega bunchalik yig'layapsan? Axir bugun toʻymiz baxtli boʻlishin keraku -dedi u, ovoziga ataylab rahm-shafqat ohangini berib, xuddi yarador qushga murojaat qilayotgande
-Sening bu holingni ko'rib, hattoki mening ham tosh yuragim 'achiyapti'." -soxtalik bilan dedi Jungkook
Jungkookning bu soxta mehribonligi, u kiyib olgan masumlik niqobi Ariannaning ichidagi nafrat vulqonini portlatib yubordi. U o‘limiga rozi bo‘lib, bor kuchini jamladi va Jungkookning o‘sha takabbur, soxta jilmayib turgan yuziga bor kuchi bilan tupurib yubordi.
"Sendan nafratlanaman! O'lib ket, iflos!
Jungkook yuziga teggan tupukni artishga ham shoshilmadi. Bir soniya oldin uning yuzida o‘ynagan o‘sha soxta masumlik niqobi parchalanib, o‘rnini chinakam yirtqichning qiyofasiga bo‘shatib berdi. Uning ko‘zlari qonli tus oldi, jag‘ suyaklari g‘azabdan bo‘rtib chiqdi.
Hech qanday ogohlantirishsiz, Jungkook o‘ng qo‘li bilan Ariannaning yuziga shunday og‘ir va qattiq tarsaki tushirdiki, xonada shatirlagan daxshatli ovoz yangradi. Zarba kuchi shunchalik baland ediki, Arianna muvozanatini yo‘qotib, stuldan yerga — o‘zining oppoq shoyi libosi ustiga yiqildi. Uning nozik labi yorilib, oppoq matoga qizil qon sachradi. Bu oppoq qordagi qonli izdek daxshatli ko‘rinardi.
Jungkook engashib, polga qonab yotgan qizning sochlaridan mahkam g‘ijimlab, boshini orqaga qayirdi. Uning nafasi Ariannaning yuzini kuydirgudek sovuq edi.
"Sen FOXSHA! O‘zingni kim deb o‘ylayapsan?!" — Jungkookning ovozi xonadagi sovuq devorlarga urilib, daxshatli aks sado berdi. — "Nima, bu oppoq ko‘ylakni kiyib, o‘zingni muqaddas farishta deb hisoblayapsanmi? Sen shunchaki Romanolar oilasining mening oyog‘im ostiga tashlangan qurbonisan!"
U Ariannaning qonayotgan labiga nafrat bilan tikilib, yanada qattiqroq vishilladi:
- "O'lishni xohlayapsanmi? Shunchalik oson qutulmoqchimisan? Yo'q, azizim... Men senga o'lishga ruxsat bermayman. O'lim - bu tinchlik, men esa senga jahannamni va'da qilganman. Sen har kuni o'lishni so'rab yolvorasan.
Ariannaning ko‘zlaridagi nafrat olovi dori yetishmasligidan xiralashgan bo‘lsa-da, u baribir Jungkookning yuziga tik qarab turardi. Bu uni battar jahlini chiqardi.
— "Sening o‘sha takabbur g‘ururingni har bir hujayrang bilan sug‘urib olaman. Tushundingmi, foxsha?!"
Jungkook uni sochlaridan siltab, polga — o‘zining qonli izlari ustiga uloqtirdi. Uning uchun Arianna endi inson emas, shunchaki o‘z maqsadiga erishish uchun ishlatiladigan, qiynalishidan zavq oladigan bir buyum edi.
Arianna polga yopishgancha, dori azobidan titrab, qon aralash ko‘z yoshlarini artdi. Uning hayoti endi qora zulmatga aylangan, ammo u Jungkookning bu so‘zlari uchun qachondir qon bilan javob qaytarishni ich-ichidan qasamyod qildi.
Italiyaning dabdabali qasridagi nikoh marosimi bir vaqtning o‘zida ham go‘zal, ham daxshatli ruhda boshlandi. Zal aristokratlar va mafiya olamining nufuzli vakillari bilan to‘la edi.
Mehmonlar orasida Janob Jeon va Jeon xonim eng oldingi qatorda o‘tirishardi. Ajablanarlisi shundaki, Janob Jeon ham o‘g‘li Jungkookning daxshatli rejasidan va Ariannaga nisbatan ko‘rsatgan vahshiyliklaridan butkul bexabar edi. U o‘zining azaliy do‘sti Alessandro Romano bilan quda bo‘layotganidan chin dildan xursand bo‘lib, o‘g‘lini munosib voris deb hisoblar va bu nikohni ikki imperiyaning baxtli kelajagi deb bilar edi.
Jeon xonim esa, qalbi pok va mehribon ayol bo‘lgani uchun, bu nikohni faqat yaxshilikka yo‘yishga harakat qilardi. Ammo uning onalik qalbi titrar, nigohi esa doimiy ravishda kirish eshigiga qadalgan edi. U katta o‘g‘li — Taehyungni kutar, uning ukasining to‘yiga kelmaganidan qattiq ma’yus tortgan edi. Jeon xonim bir achchiq haqiqatni bilar edi: uning ikki o‘g‘li — Taehyung va Jungkook yillar davomida bir-biriga ashaddiy dushman bo‘lib ulg‘ayishgan, ularning o‘rtasidagi nafrat devori har qanday oilaviy rishtadan balandroq edi.
Musiqa yangradi. Barcha nigohlar bir nuqtaga jamlandi. Jungkook va Arianna zalga kirib kelishdi. Jungkook qora smokingda daxshatli darajada kelishgan, yuzida g'olibona bir mag'rurlik o'ynardi. Uning yonidagi Arianna esa tirik haykaldek edi. Uning yuzidagi daxshatli jarohatlarni va Jungkookning shafqatsiz tarsakisidan qolgan izni qalin pardoz mohirlik bilan yopgan edi. Uning lablaridagi o'sha majburiy,tabassum ostida yashiringan haqiqatni hech kim ko‘rmasdi.
zalda birinchi o'q ovozi yangrashi bilan muqaddas sukunat go'yo shishadek chil-chil bo'ldi. Mum chiroqlari Azroilning qanot qoqishidan titragandek birin-ketin o'cha boshladi. So'ng ikkinchi, uchinchi o'q... Bu shunchaki o'qlar emas, o'limning darakchilari edi. O'qlar hashamatli devorlarni teshib, qimmatbaho billur qandillarni mehmonlarning ustiga yog'dirdi. Odamlarning bo'g'iz yirtib qichqirishi, qon va poroxning aralashgan achchiq hidi zalni tiriklayin jahannamga aylantirdi
"Ming la'nat! Mana shu mahluq yetmay turgan edi!" - deb o'kirdi u, ko'zlari qon talashib. So'ng eshik tomonda, quyuq tutun va jasadlar orasida paydo bo'lgan inson ko'rib, yuzida daxshatli, zaharli bir tabassum o'ynadi. - " Qara-ya, aziz akajonim marosimning eng qonli nuqtasida yetib kelibdilar..."
Tutun va zulmat ichidan bir inson ajralib chiqdi. U atrofda bo'layotgan qirg'inbarotga, odamlarning qon ichida yotganiga, yerda o'lim talvasasida yotganlarga zarracha e'tibor bermay, xuddi qabriston sukunatida sayr qilayotgan vaxshiy bir ruhdek o'ta xotirjam va beparvo qadam tashlab kelardi. Uning har bir qadami qonli polga urilib, daxshatli aks sado berardi.
"Mendan oldin uylanishga bunchalar shoshildingmi? Yoki yangi o‘ljangni g‘ajish ishtahasi shunchalik kuchlimidi?"-Uning ovozi zalni to'ldirgan daxshatli hayqiriqlarni pichoqdek kesib o'tdi - unda ham muzdek istehzo, ham yillar davomida qalbida chirigan, o'limga teng qora nafrat bor edi.
Taehyung shunday bo'lsa-da, uning yirtqich nigohi qizning qalin pardoz ostidagi jarohatlarini, labidagi qon izini va dori azobidan o'limga mahkum bo'lgan ko'zlarini bir lahzada ilg'adi. U uchun bu qiz shunchaki Jungkookni parchalash uchun ishlatiladigan go'zal bir qurbonlik, o'lim arafasidagi bir jonzot edi.
Italiyaning bu ko'hna qasri bugun qonli qasos ibodatxonasiga aylandi. Taehyung xuddi o'lim hidi anqib turgan sahna markazidagi vaxshiy bir rejissordek beparvo, ammo daxshatli xotirjamlik bilan atrofni kuzatardi. Uning har bir qadami yerda oqqan sharob va qizil qon aralashmasiga botib, vaximali ovoz chiqarardi.U sekin to'xtab, ortida soyadek turgan, labidagi qon izlarini yirtqichlarga xos bir sovuqqonlik bilan artib kelayotgan sodiq doʻstiga Jiminga yuzlandi. Jiminning nigohida o'limning muzdek nafasi bor edi.
- "Jimin" - dedi Taehyung, ovozi qabriston sukunatidek sovuq va keskir chiqb.- "Nima deysan, tomoshani kimning tomog'iga pichoq tortishdan boshlaymiz? Mana bu menga nafrat bilan qarab turgan 'baxtli' kuyovdanmi yoki uning yonida jon talvasasida titrayotgan mana bu tirik qoʻgʻirchoqdami?!
Jungkookning jag' suyaklari g'azabdan chatnab ketgudek bo'rtib chiqdi. U Taehyungning bu psixologik qiynoqlarini, har bir so'zi bilan inson ruhini qanday parchalashini yaxshi bilar edi. Taehyung shunchaki o'ldirmasdi; u avval qurbonining aqlini yo'q qilib, so'ng vujudini g'ajirdi. Jungkook qahrini yonidagi Ariannadan oldi — qizning bilagini shunday vahshiylik bilan qisdiki, suyaklarning qisirlagan daxshatli ovozi zalda aks sado berdi.
Arianna esa bu ikki iblisning o‘rtasida qolganidan daxshatga tushib, o‘pkasi yirtilgudek faryod chekardi. Uning yuzidagi qalin pardoz ko‘z yoshlariga qo‘shilib oqib tushgan, Jungkookning shafqatsiz tarsakisidan qolgan ko‘kargan jarohatlar va qonli lablari endi butun zalga, hatto bexabar ota-onalariga ham daxshatli tarzda fosh bo‘lgan edi.