May 17

Пост 17.05.2026

E:¹⁰

Taehyungning mushtidan oqqan qora qon po‘lat ustun bo‘ylab sekin sizib tushar, omborxonadagi har bir qo‘riqchi o‘lim jazosini kutib, nafas olishga ham botinolmay turardi. Xuddi mana shu daxshatli soniyada, havoda muallaq turgan taranglikni pichoqdek kesib, Taehyungning cho‘ntagidagi telefon kutilmaganda titrab, vaximali jiringlab qoldi. Ekranda mutlaqo noma’lum raqam aks etgan edi.

Taehyung g‘azabdan bo‘g‘ilib, go‘shakni shunday shiddat bilan ko‘tardiki, barmoq bo‘g‘inlari qisirlab ketdi.— "Gapir! Kim bu, la’nati?!" — deb o‘kirdi u, nafasi bo‘g‘ziga tiqilib.

Go‘shakning narigi tomonidan bir necha soniyalik og‘ir va vahimali sukunatdan so‘ng, kutilmaganda o‘sha tanish, past va tubsizlikdan kelayotgandek sovuq ovoz eshitildi. Bu Jungkook edi! Uning ovozida na charchoq, na jarohat asorati sezilardi. Aksincha, unda cheksiz bir takabburlik va zaharli istehzo bor edi. Jungkook go‘shak ortidan pashshadek vizillayotgan akasining holatidan chin dildan zavqlanib, qah-qah urib kulib yubordi.

— "Nima bo‘ldi, akajon? —dedi Jungkook, uning ovozi makkorona pichirlashga aylanib .— Ovozingiz bunchalar vahshiy chiqmasa? Yo yangi keltirgan qimmatbaho o'yinchoqlaringiz o'z manziliga to'liq yetib bormadimi deyman? Yarmi kammi? Hali o'yinimiz boshlanmasdan turib, hovlingizni shaqollar talab ketibdimi? Achinarli ahvolda..."

Bu gaplar Taehyungning ichidagi nafrat alangasiga benzin sepgandek bo'ldi. Uning ko'z oldi bir zumda qorong'ulashib, g'azabdan butun vujudi asabiy qaltiray boshladi. Jungkook uni nafaqat eng kerakli qurollaridan mahrum qilgan, balki o'z odamlarining ko'zo'ngida ochiqchasiga masaxara qilib, uning mafiozlik g'ururini chil-chil qilayotgan edi.

— "S-sen... iflos itvachcha!!!" — deb hayqirdi Taehyung, ovozi omborxonaning har bir burchagida portlashdek aks sado berib. — "Qaysi teshikka bekinding, la’nati?! Qaysi g‘orda yashirinyapsan?! Menga qara, yerning tagiga kirib ketgan bo‘lsang ham sening o‘sha majruh tanangni o‘z qo‘llarim bilan oʻldiraman.

Jungkook esa uning bu aqldan ozgan holatidan yanada ko‘proq zavq olayotgandek, vaxshiyona jilmayish bilan gapida davom etdi:

- "Meni qidirib ovora bo'lmang,— "Hozircha esa, o‘sha bo‘sh qutilaringizni tomosha qilib o‘tiring, akajon," — dedi Jungkook so‘nggi bor masaxara qilib va aloqani keskin uzdi. Telefonda faqatgina qisqa va sovuq "bup-bup" ovozi qoldi.

Taehyung g'azabdan ko'r bo'lib, telefonga baqirardi:— "Seni topaman! Baribir topaman!

Taehyung g‘azabdan telba bo‘lib, qo‘lidagi qimmatbaho telefonni bor kuchi bilan beton polga urdi. Qurilma chil-chil bo‘lib ketdi. U kutilmaganda yonida titrab turgan qo‘riqchilar boshlig‘ining belidagi to‘pponchani sug‘urib oldi va hech qanday ogohlantirishsiz bechoraning peshonasiga o‘q uzdi. Jasad polda qon ko‘lmagi hosil qilib yiqildi.

— "Hammang harakatga tush! — deb bo‘kirdi u qolgan qo‘riqchilarga qarab, ko‘zlari qonga to‘lib. — Uni Italiyaning har bir burchagidan, har bir yashirin inidan qidirasizlar! U shu yerda, uzoqqa ketmagan! Kim u sotqinga yordam bergan bo‘lsa, oilasi bilan yo‘q qilinadi!"

Milanning g'amgin va kuz yomg'iri ko'chalarni tinmay yuvar, xuddi shaharga cho'kkan bu qonli sukunatga motam tutayotgandek edi. Oradan kutilganidek bir hafta o'tdi, ammo Jimin uchun eng daxshatli haqiqat Taehyung tomonidan unga qat'iy berilgan o'sha qisqa muhlat allaqachon o'tib ketgani edi

Jimin oxirgi yetti kun ichida na uxladi, na ovqatlandi. U Milanning barcha nufuzli jinoyat olami vakillarini, yashirin esdalik sotuvchilarini, port soqchilarini — butun boshli tanish-bilishlarini oyoqqa turg‘izdi. Shaharning eng qorong‘u burchaklari, tashlandiq omborxonalari-yu yer osti tunnellari qidirib chiqildi, biroq natija mutloq nolga teng edi. Jungkook go‘yo havoga singib ketgandek va iz qoldirmagan edi.

Jimin mashina salonida o‘tirgancha, asabiylikdan tamom bo‘layozdi. Uning tomirlarida qo‘rquv va g‘azab aralash qon gupirardi. U bor kuchi bilan rulga musht tushirdi:

- "Jin ursin! Jin ursin hammasini!" - deb o'kirdi u, ovozi zirhlangan oynalarga urilib daxshatli aks sado berdi. - "Qayerdasan, la'nati itvachcha?! Qanday qilib oyog'idan o'q yegan majruh butun Milanni va mening odamlarimni laqillatib ketishi mumkin?! Kim unga yo'l ochdi?!"

Jimin qo'llari asabiy titragancha planshetni chetga otdi. U hamon Jungkookning allaqachon Seulda bemalol J-Hope bilan gaplashib o'tirganidan bexabar, uni shu kuz yomg'irlari ostidagi Italiyadan qidirardi. Endi uning vaqti mutloq tugagan, Taehyungning qarshisiga bo'sh qo'l bilan borish esa o'zo'lim hukmiga imzo chekish bilan barobar edi. Jimin mashinani shiddat bilan yurgizib, qasr tomon yo'l oldi. U ichkarida uni quturgan bo'ridek kutayotgan Taehyungning g'azabiga duch kelishi kerak edi

yomg'iri oynalarga tinmay urilar, xonadagi og'ir sukunatni faqatgina mana shu tabiat ovozi buzar edi. Oradan o'tgan bir hafta ichida Yuraning tinimsiz parvarishi, surgan malhamlari sababli Ariannaning jismoniy jarohatlari asta-sekin bitib borayotgan edi. Biroq, qizning ruhida hayot asari qolmagandi; u butunlay hissiz, tirik murdadek yotoqda yotardi.

Eshik har doimgidek ohista ochilib, xonaga Yura kirdi. U qo'lidagi patnisda bug'i chiqib turgan issiqqina ovqatni ko'tarib kelgandi. Yura yotoq chetiga, Ariannaning yonginasiga o'tirdi

— "Arianna, senga issiqgina ovqat olib keldim," — dedi Yura, uning ovozidan g‘amxo‘rlik va biroz xavotir sezilib turardi. — "Yaralaring bitayotgan bo‘lsa ham, vujuding juda zaif. Kuch to‘plashing kerak, iltimos, ozgina bo‘lsa ham yeb ol..."

Arianna esa unga qayrilib ham qaramadi. U ko‘zlarini deraza oynasidan oqib tushayotgan yomg‘ir tomchilariga qadagancha unsiz va hissiz yotardi. Uning nigohida na og‘riq, na qo‘rquv va na yashashga bo‘lgan xohish bor edi. U o‘zini bu dunyodan, shu xonadagi daxshatli voqelikdan butunlay uzib bo‘lgandek edi.

Yuraning ko‘zlaridan yoshlar tirqirab oqib ketdi. U Ariannaning mitti va sovuq qo‘llarini o‘zining issiq kaftlari orasiga olib, telbalarcha qisdi. Qizning bu o‘likdek sukunati uning sabr kosasini to‘ldirgan edi.

- "Arianna, iltimos! Bunday jim yotma, biror narsa de!" - deb faryod chekdi Yura, ovozi yig'idan bo'g'ilib. - "Menga baqir, yuzimga tarsaki ur, akamdan nafratlanishingni ayt, lekin faqat jim turma! Sening bu hissiz ko'zlaring meni qo'rqityapti! Tirikligingni ko'rsat, o'tinaman..." -yalinib Yura

Arianna esa xuddi tosh haykaldek qotib yotishda davom etdi. Ammo Yuraning bu achchiq faryodi qizning muzlagan qalbida qandaydir nozik simni chertgan edi. Uning hissiz, uzoqlarga qadalgan ko‘zlaridan bir tomchi achchiq yosh sizib chiqdi. O‘sha bitta tomchi yosh qizning jarohatlari asta-sekin bitayotgan yonog‘i bo‘ylab sekin oqib, yostiqqa singib ketdi.

Biroq bu sukunat ortida faqatgina ruhiy azob yotmas edi. Shu soniyalarda Ariannaning butun vujudi kutilmaganda shafqatsizlarcha zirqirab og'riy boshladi. Jungkook uzoq vaqt davomida uning qoniga majburlab yuborgan o'sha daxshatli narkotik moddalarning tanadagi asorati, ya'ni "lomka"(tark etish sindromi) boshlangan edi. Bir haftalik tanaffusdan so'ng qizning tomirlari go'yo ichidan yonayotgandek, suyaklari esa maydalanib ketayotgandek dahshatli og'riq berardi. Tanasidagi bu jismoniy do'zax uning nafasini qaytarib, titrog'ini yanada kuchaytirdi.

Arianna asabiy holda lablarini tishladi, uning tishlari sovuq va og‘riqdan taqillay boshladi:— "A-og‘riyapti... Yura... butun tanam uzilib ketyapti..." — deb pichirladi u, ovozi dori yetishmasligidan bo‘g‘ilib.

Yura qizning narkotik azobidan qiynalayotganini ko‘rib, nima qilishni bilmay vahimaga tushdi. Aynan shu lahzada yotoqxona eshigi ortidan daxshatli va og‘ir qadam tovushlari eshitila boshladi.

Eshik tutqichi keskin burildi...

Davomi bor......