April 17

Пост 17.04.2026

"Ba’zan hayot insonni shunday ayovsiz burchakka qisib qo’yadiki, nafas olishning o’zi azobga aylanadi. Bilagingni siqib turgan sovuq temir emas, balki qalbingni parchalamoqchi bo’lgan o’sha dahshatli haqiqat seni asir qiladi. Bu shunchaki ayriliq emas, bu tiriklayin ko'milishdir.

Ep:1

April tongi. Fransiya osmonini qoplagan quyuq, po'latrang bulutlar shaharning qadimiy tomirlari bo'ylab sovuq va shafqatsiz yomg'irni quya boshladi. Bu shunchaki yomg'ir emas, go'yo tabiatning injiq bir jazavasi edi. Ameliya o'zining suv o'tkazmaydigan, ammo baribir namlikdan og'irlashgan paltosiga mahkamroq o'ralib, nam asfaltdan sapchiytotgan loyqa suvlardan qochishga urinardi.

U o'zi ishlaydigan burchakdagi kichik qahvaxonaga qarab deyarli yugurib borar, har bir qadami ko'lmaklarda aks-sado berardi. Bilagidagi aqlli soat tinimsiz tebranib, uning naqadar kechikayotganini eslatib turardi. Soat millari uning asablariga o'ynayotgandek shafqatsizlarcha oldinga intilardi

- Jin ursin! - deb pichirladi u tishlari orasidan, soatiga ko'z tashlab.-Hammasi o'sha la'nati budilnikning aybi! Agar janob Bernard yana eshik oldida qo'l qovushtirib turgan bo'lsa, tamomman.. bugun ishdan haydalishim aniq.

Uning nafas olishi tezlashdi, o'pkasiga urilayotgan nam havo tomog'ini achitardi. Ko'chadagi novvoyxonalardan taralayotgan yangi yopilgan kruassan hidi ham uning asablarini tinchlantira olmasdi. Ameliya o'ziga-o'zi g'o'ldirab, sumkasini boshi uzra soyabon qilib ushlaganicha, ko'lmaklarni hatlab o'ta boshladi.

-Faqat bugun kechikmasligim kerak edi, — deb takrorlardi u, xuddi bu so'zlar sehrli kuchga egadek va vaqtni ortga qaytara oladigandek.

U qahvaxona joylashgan ko'chaning boshiga yetib kelganida, yuragi dukillab urib ketdi. Uzoqdan qahvaxonaning sarg'ish chiroqlari xira, ammo iliq nur sochib turardi.

Ameliya qahvaxona ostonasidan shoshilgancha hatlab o‘tdi. U tabiatning kamyob tuhfasi kabi go‘zal — malla rang sochlari yomg‘ir tomchilari ostida yanada jilolanib, yuziga ma’sum bir fayz berib turardi. Garchi taqdir uni ota-ona mehridan vaqtli judo qilgan bo‘lsa-da, u qalbidagi quvnoqlikni va kitoblarga bo‘lgan cheksiz muhabbatini asrab qolgan, ko‘ngli shishadek nozik va pokiza qiz edi. Uyda yolg‘iz qolgan damlarida oshxonada turli tansiq taomlar pishirib, ularga bor mehrini qo‘shish uning eng sevimli mashg‘uloti edi.

Ameliya

Ameliya kiyim almashtirish xonasiga o‘zini urganida, oradan soniyalar o‘tmay, eshik ortidan uning eng yaqin sirdoshi va sadoqatli dugonasi Sofiya shiddat bilan kirib keldi. Sofiya allaqachon ish kiyimida taxt bo‘lib turardi, uning chehrasi biroz jiddiy, ammo nigohlarida dugonasiga bo‘lgan cheksiz g‘amxo‘rlik sezilib turardi.

— Yana kechikding, Ameliya! Soat necha bo'lganidan xabaring bormi axir?- dedi Sofiya qoshlarini chimirib, qo'lidagi soatiga asabiy ishora qilarkan. - Nima, tong otguncha yana o'sha sehrli kitoblaring olamida sarguzashtlar izlab, dunyoni unutdingmi? Seni shu kech kelishinga Janob Bernard seni ishdan boʻshatib yubormasin yaxshiyam hali kelmadi tezroq boʻl hozr kelib qoladi ish joyida boʻl yana ishdan haydab yubormasin seni

Ameliya shoshib fartugini taqar ekan, nozik barmoqlari hayajondan qaltirasa-da, quvnoq tabiatiga xos tarzda darrov bir "najot yo'li"ni, ya'ni mohirona bahonani o'ylab topdi. U malla rang sochlarini epchillik bilan yig'ib, Sofiyaga qarab ayyorona va samimiy jilmayib qo'ydi:

Ameliya o‘zining biroz isyonkor, biroz shoirona va haddan tashqari quvnoq tabiati bilan Sofiyaning vahimalarini bir zumda kukun qilib yubordi. U malla rang sochlarini so‘nggi bor silkib, dugonasiga qarab go‘yo g‘olibona jangdan qaytgan sarkardadek jilmaydi:

- Qo'ysangchi, Sofiya! —dedi u ovozini ataylab, butun kiyinish xonasi jaranglaydigan darajada balandlatib. - Hali u qari, har bir bosgan qadami quruq xazondek g'ijirlaydigan, qovoqlari doim tushkunlikdan osilib yotadigan boshlig'imiz hali-beri kelmaydi.

Ameliya shunday deb, kiyinish xonasi eshigini go'yo dunyodagi eng katta spektaklning pardasini ochgandek shiddat bilan surdi-da, zalga otilib chiqdi mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshladi tabbasum qilib

tushga yaqin qahvaxona xuddi qaynab turgan qozonning o'ziga aylandi. Yomg'irdan qochganlar, tushlikka chiqqan idora xodimlari va shunchaki issiq kofe sog'inganlar zalni iliq to'ldirgan edi. Ameliya o'nlab stollar orasida yuz marta qatnab, har bir mijozga jilmayishdan, "marhamat" va "yoqimli ishtaha" deyishdan charchay boshladi.

Ameliyaning bor vujudi charchoqdan zirqirar, ertalabdan beri bir luqma ham taom yeyishga ulgurmagani uchun ochlikdan boshi aylanayotgan edi. U tinimsiz buyurtmalarni tashir ekan, ich-ichidan "uffff" degan sado chiqardi: "Qachon bu tush tugaydi-yu, qachon o'z qadrdon oshxonamda tinchgina ovqat pishiraman?"

Shu mahalda burchakdagi stolda o'tirgan, bo'ylari sarvdek baland ikki yosh yigitning suhbati qahvaxonadagi g'ovur-g'ovurni yorib o'tgudek bo'ldi.Andre ismli yigit go‘yo qafasga tushgan sherdek bezovta edi. U do‘sti Lyukaga qarab, nafaqat g‘azabini, balki qalbini kemirayotgan dardi bilan o‘rtoqlashardi:

— Axir tushunmaysanmi, Lyuka? Men u qizni na taniyman, na sevaman! — dedi u ovozi qaltirab. — Otam shunchaki o'zining la'nati biznesini kengaytirish, yangi sarmoyalarni qo'lga kiritish uchun mening hayotimni qurbon qilyapti -g'azab bilan ayti Andre

Ameliya bu gaplarni eshitib, beixtiyor to‘xtab qoldi. Uning nozik va rahm-shafqatga to‘la qalbi yigitning chorasizligidan titrab ketdi. Xayollari kitoblardagi g‘amgin ishqiy qissalarga uchib ketgan Ameliya, Andrega qahva uzatayotganida barmoqlari kutilmaganda itoat etmay qoldi.

Vaqt go‘yo to‘xtab qolgandek bo‘ldi... Finjondagi qaynoq, quyuq qahva favvoradek otilib, Andrening qimmatbaho, qordek oppoq ko‘ylagiga yoyilib ketdi.

Ameliyaning ko‘zlari daxshatdan katta-katta ochilib, yuzidagi qon qochdi.

— Oh, yo‘q! Kechiring... ming bor uzr! Men ataylab qilmadim ! — deb duduqlandi u, vahima ichida dastro‘moli bilan dog‘ni artishga urinib.Lekin Andrening shundoq ham portlash darajasidagi g'azabi olovga quyilgan moydek avj oldi. U o'rnidan shartta turib, Ameliyaning qo'llarini siltab tashladi

Lekin Andrening shundoq ham portlash darajasidagi g'azabi olovga quyilgan moydek avj oldi. U o'rnidan shartta turib, Ameliyaning qo'llarini siltab tashladi:

— Nimalar qilib qo‘yding, tentak qiz?! deb hayqirdi u, butun qahvaxonani larzaga keltirib. - Shundoq ham hayotim ostin-ustun bo'lib turuvdi, endi sen hammasini rasvo qilding! Ko'zing qayoqda edi?!

Shu ondayoq qahvaxonadagi pichoq bilan kesilgandek jim-jitlik cho'kdi. Barcha mijozlar, hatto Janob Bernard ham qotib qolgancha Ameliyaga tikilib turishardi. Ameliyaning nozik ko'ngli bu qo'pol so'zlardan chil-chil bo'ldi, malla sochlari yuziga tushib, ko'zlariga achchiq yosh qalqdi. U yuzlab ayblovchi nigohlar qarshisida o'zini dunyodagi eng ojiz insondek his qilardi.

Janob Bernardning og‘ir va qat’iyatli qadamlari qahvaxonadagi shinam sukunatni parchalab yubordi. Uning qiyofasi g‘azabdan bo‘rtib chiqqan tomirlari va sovuq nigohi bilan xuddi qadimgi asarlardagi qattiqqo‘l hukmdorlarni eslatardi. Andre esa kutilganidek, qimmatbaho ko‘ylagidagi qora dog‘ni go‘yo ulkan bir jinoyat ashyosini ko‘rsatgandek pesh qilib, nafrat bilan pichirladi:

— Janob Bernard, ayting-chi, o‘zi qanday xodimni ishga olgansiz?!- deb o'shqirdi ug'azabdan bo'g'ilib.— Bunaqa uquvsiz ishchilarni darhol bo‘shatish kerak

Shu payt Lyuka do‘stining bilagidan mahkam tutib, uni biroz chetga tortdi va vaziyatni jilovlashga urindi:

-Qo'ysangchi, do'stim! Nima qilasan bechora qizni ishdan bo'shattirib? —dedi Lyuka ovozini pastlatib, lekin qat'iyat bilan. - Ko'rmayapsanmi, u ataylab qilmadim, shunchaki tasodif-ku! deyapti - Lyuka doʻstini gapiga javob berdi.

Biroq Janob Bernardning sabr kosasi allaqachon toshgan edi. U Ameliyaning ertalabki kechikishini va uning haddan tashqari nozik tabiatini "tartibsizlik" deb bilar, endi esa bu janjal unga bahona bo‘lgan edi. U bor qahrini Ameliyaga sochdi:

- Ameliya -dedi u, ovozi xuddi qoya qulagandek zalni titratib. —Ertalabki tartibbuzarliging sening oxirgi ogohlantirishing edi. Endi esa eng aziz mijozlarimizga ziyon yetkazib, qahvaxonamning obro'sini bir tiyin qilyapsanmi? Menga bunday hayolparast, kitoblar orasida adashib yurgan va imillagan xodim kerak emas.Sen ishdan haydalding

Ameliyaning nozik qalbi bu shafqatsiz so‘zlardan parcha-parcha bo‘ldi. Uning malla rang sochlari titrayotgan yuzi uzra to‘zib tushdi, ko‘zlaridan marjonday achchiq yoshlar quyila boshladi. U xo‘jayiniga iltijoli nigoh bilan yaqinlashib, duduqlanib gapira boshladi:

- Janob Bernard, o'tinaman, bunday qilmang... Axir bu ish mening yagona tayanchim, mening bor-yo'g'im. Men kiyimni tozalatib beraman,faqat... faqat ko‘chaga haydamang! — deb yig‘lab yubordi u.

Ammo Janob Bernardning toshbag'irligi o'zgarmadi. U barmog'i bilan chiqish eshigini qat'iy ko'rsatdi. Ameliya barcha mijozlarning hayrat, ayrimlarining esa achinish to'la nigohlari ostida, o'zini dunyodagi eng keraksiz insondek his qilib, narsalarini yig'ish uchun kiyinish xonasi tomon yugurib ketdi.Ameliyaning qadamlari og‘irlashib, Fransiya ko‘chalaridagi piyodalar yo‘lagi uning dardi kabi cheksizdek tuyulardi. Yomg‘ir shafqatsizlarcha savalar, go‘yo osmon ham uning ishidan ayrilganiga va boshiga tushgan kulfatlarga qo‘shilib yig‘layotgandek edi. U butunlay ivib, titragan ko‘yi yo‘l chetidagi mo‘jazgina kvartirasiga zo‘rg‘a yetib keldi.

Uning uyi — yagona boshpanasi edi. Eshikni qaltiroq qo‘llari bilan ochib, ichkariga kirdi-yu, uydagi sovuq sukunat uni battar ezib yubordi. Ameliya ho‘l paltosini ham yechishga kuchi yetmay, to‘ppa-to‘g‘ri yotoqxonasiga kirdi va o‘zini to‘shakka otdi.

U yuzini yostiqqa bosib, bor ovozi bilan qattiqroq ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Uning yig‘isida nafaqat Janob Bernardning shafqatsiz so‘zlari, balki yetimlikning butun og‘rig‘i va ertangi kunga bo‘lgan qo‘rquvi bor edi. Malla rang sochlari yostiq uzra to‘zib ketgan, vujudi sovuqdan va alamdan silkinardi.

— Endi nima qilaman? — deb pichirladi u duduqlanib. — Kimga ham kerakman, hech kimim bo‘lmasa... Qanday ish topaman?

U yig‘layverib, nihoyat holsizlanib uxlab qoldi.


Qahvaxonadan shiddat bilan otilib chiqqan Andrening g‘azabi yomg‘irli havoda ham pasaymadi, aksincha, qimmatbaho ko‘ylagidagi dog‘ uning asablarini battar egovlayotgan edi. Lyuka uning ortidan qolmay, do‘stini insofga chaqirishga urindi:

— Andre, to‘xtasangchi! Nega bunchalik shafqatsizlik qilding? — dedi Lyuka hayrat bilan. —Axir ko'rding-ku, bechora qiz ataylab qilmadi. Shunchaki tasodif edi, u qo'rqqanidan duduqlanib qoldi-ku! Uni tirikchilik manbayidan, ishidan ayirish shart edimi?

Andre g‘azab bilan do‘stining qo‘lini siltab tashladi, uning o‘tkir nigohlarida nafrat olovi yonardi:

- Seni isching bo'lmasin, Lyuka!- deb hayqirdi u, ovozi yomg'ir shovqiniga qorishib ketdi.-Meni hozir kiyimim emas, balki hayotimdagi barcha narsaning nazoratdan chiqayotgani asabiylashtiryapti. Men shundoq ham otamning biznes o'yinlari sabab hayotim "savdo buyumi"ga aylanayotganidan bo'g'ilib yashayapman.-U boshqa bir so'z demay, yo'l chetida turgan qora, dabdabali mashinasining eshigini qattiq yopib o'tirdi. Dvigatelning vahimali ovozi atrofga aks sado berdi va Andre mashinasini shiddat bilan haydab, o'zining dabdabali, ammo sovuq uyiga ravona bo'ld.

Andree