April 24

Пост 24.04.2026

Ep:7

Zaldagi taranglik o'zining eng qaltis nuqtasiga yetdi. Taehyungning asabiy baqirig'i va shiddat bilan yuqoriga chiqib ketishi Jimin uchun barcha to'siqlarni olib tashlagan yashil chiroqdek bo'ldi. Uning vujudini yillar davomida kemirib kelayotgan, bugun esa olov bo'lib alangalangan rashk endi butunlay jilovsiz yirtqichga aylandi.

Zaldagi taranglik o'zining eng yuqori nuqtasiga yetdi. Taehyungning asabiy baqirig'i va shiddat bilan yuqoriga chiqib ketishi Jimin uchun yillar davomida to'planib qolgan rashk vulqonini portlatishga berilgan yashil chiroqdek bo'ldi. U endi o'zini jilovlay olmasdi, vujudidagi nafrat va ishqiy azob uni boshqarishni boshlagan edi.

Jimin shiddat bilan Jenniening nozik bilagidan mahkam changalladi. Uning panjalari shunchalik qattiq siqardiki, Jenniening ko'zlarida birdan daxshatli og'riq va hayrat aks etdi

- "Nima qilyapsan, axmoq?! Qo'limni qo'yib yubor! Mendan nima xohlaysan?! — deb baqirdi Jennie, qutulishga urinib. Uning ovozida ham g'azab, ham ilk bor paydo bo'lgan chinakam qo'rquv bor edi.

Ammo Jiminning yuzida na rahm, na shafqat bor edi. Uning ko‘zlari qonga to‘lgan yirtqichniki kabi yonar, vujudida rashk olovi gurillardi. U Jennieni xuddi bir jonsiz buyumdek, hech qanday mulozamatsiz villa hovlisi sari shafqatsizlarcha sudrab ketdi.

Hovlida tish-tirnog'igacha qurollangan, Jiminning g'azabini battar alangalatardi.

Mashina yoniga yetganda, Jimin eshikni shiddatli bir harakat bilan ochdi va Jennieni xuddi keraksiz, eski bir matohdek mashina saloniga uloqtirib yubordi. Qizning vujudi charm o‘rindiqqa qattiq urildi, biroq Jimin bunga zarracha e’tibor bermadi.

"Taq!" — degan daxshatli va og‘ir ovoz bilan mashina eshigini yopdi. Bu ovoz go‘yo Jenniening barcha noz-karashmalari va makkorona o‘yinlari ustidan yopilgan qabr qopqog‘idek yangradi.

Jimin o‘zi chaqqonlik bilan haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirdi. Uning qo‘llari rulni shunday qattiq siqdiki, barmoq bo‘g‘inlari oqarib ketdi. Uning nafas olishi shunchalik og‘ir va shiddatli ediki, mashina ichidagi havo bir zumda o‘lim darajasida taranglashdi. Dvigatelning vahshiyona o‘kirishi tun sukunatini parchalab tashladi.

Mashina tun zulmatini yorib, katta tezlikda ko'zdan g'oyib bo'lar ekan, Jimin yonida unsiz yig'layotgan Jenniega zaharli istehzo va ichidagi bitmas-tuganmas og'riq bilan nigoh tashladi:

- "Men senga necha marta aytgan edim, men bilan o'ynama deb, mitti shayton?!"—deb o'kirdi Jimin gapini davom etirdi ichidan vulqon otilib chiqardi:Qani, hozirgi jasorating qayerda qoldi?! Boyagina Taehyungning bo'yniga osilib, unga suykalaverib o'zingni yettinchi osmonda his qilayotgan eding-ku!"

Jiminning ovozi kutilmaganda pasayib, unda bir mazlumlik va hayotiy bir haqiqatning achchiq ta’mi sezildi:

- "Nima deb o'ylading? U bilan birga bo'lsam, hatto yotoqigacha borsam, u meni sevib qoladi deb xomtama bo'ldingmi?! Hech qachon, Jennie... U seni hech qachon sevmaydi. Sen Taehyungni hali yaxshi bilmaysan. U sening qalbingdagi hislar bilan shunchaki o'ynashadi va keraging bo'lmay qolgan soniyada, xuddi yo'l chetidagi axlat kabi otib yuboradi.

U mashina tezligini yanada oshirib, Jenniega nafrat bilan qaradi:

- "Sen o'sha muzdek yurak ortidan yugurib, seni chin dildan sevayotgan, sening har bir erkalashingda ming marta o'lib, qayta tirilayotgan insonni ko'rmayapsan! Bugun bu o'yining uchun javob berasan!"Mashina zulmat qo‘yniga o‘qdek uchib ketarkan, Jennie Jiminning bu daxshatli iqrori va vaxshiyona rashki orasida o‘zini tamoman yo‘qotib qo‘ygan edi.

Mashina zulmat qo‘yniga o‘qdek uchib ketarkan, Jennie Jiminning bu daxshatli iqrori va vaxshiyona rashki orasida o‘zini tamoman yo‘qotib qo‘ygan edi.

— "B-bo‘ldi qil! Iltimos, to‘xtat!" — deb pichirladi u, ammo ovozi bo‘g‘zida qolib ketdi.

Shu soniyada Jenniening ko‘kragi xuddi ko‘rinmas temir qisqichga tushgandek qisilib qoldi. Asma xuruji uni o‘z domiga olgan edi. Nafas olishi uzuq-yuluq, xirillagan tovushga aylandi. Uning rangi bir zumda oqarib, ko‘zlari daxshat ichida keng ochildi. U havoga yetisha olmay, xuddi suvsiz qolgan baliqdek og‘zini ochib-yopar, har bir nafas olishga urinishi unga chidab bo‘lmas azob berardi.

Jimin g‘azabdan ko‘r bo‘lib, tezlikni oshirayotgan edi, biroq yonidagi g‘alati xirillashni eshitib, beixtiyor Jenniega qaradi. Qizning ko‘karib borayotgan lablarini va bo‘g‘zini changallab, jonsizlanib borayotganini ko‘rib, uning ichidagi rashk olovi bir soniyada muzdek qo‘rquvga aylandi.

- yagonam nafas ol!" - deb baqirdi Jimin va tormozni shunday bosdiki, mashina asfaltda bir necha metr sirpanib, daxshatli g'ichirlash bilan to'xtadi.

Jimin qaltirayotgan qo‘llari bilan qizning yelkasidan tutdi. Jenniening vujudi shunday muzlab borardiki, Jiminning yuragi qinidan chiqib ketgudek urardi.

- "La'nati! Qayerda?! Ingalatoring qayerda menga qara!" — deb baqirdi u, qizning yuzini qo'llari bilan ushlab

Jennie esa endi butkul hushini yo‘qotish arafasida edi. Uning barmoqlari zaifgina Jiminning bilagidan tutdi, lekin nafasi yetmay, faqatgina xirillash chiqardi xolos. Jimin Jenniening sumkasini, mashina qutilarini telbalarcha ag‘dar-to‘ntar qila boshladi. Uning qo‘llari qaltirar, boyagina Jennieni la’natlayotgan tili endi faqat iltijolarni pichirlardi.

shafqatsiz vaziyatda Jiminning barcha rashki kulga aylangan edi. U boyagina Jennieni do‘zax bilan qo‘rqitgan edi, ammo hozir o‘sha do‘zaxni — sevgan insonining o‘z qo‘llarida nafas ololmay jon berayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib turardi.

Jiminning barmoqlari dahshatli qo‘rquvdan shunday qaltirardiki, u sumkaning ichini telbalarcha ag‘dar-to‘ntar qilardi. Nihoyat, barmoqlari o‘sha kichik, sovuq plastmassaga — ingalyatorga tegdi. Uni go‘yo dunyodagi eng qimmatli xazinani topgandek sug‘urib oldi.

U Jenniening o‘rindiqqa jonsizgina yiqilgan vujudini ehtiyotkorlik bilan o‘ziga tortdi. Qizning ahvoli daxshatli edi: peshonasidan oqqan sovuq ter uning ipakdek sochlarini yuziga, rangpar yanoqlariga yopishtirib qo‘ygan edi. Jimin titrayotgan barmoqlari bilan Jenniening yuzidagi o‘sha nam soch tolalarini bir-bir chetga surdi. Qizning lablari havo yetishmasligidan ko‘karib, ko‘zlari yarim yumilgan, faqat oq qismi ko‘rinib turardi.

Jimin ingalyatorni Jenniening qisiq lablari orasiga — og‘ziga joyladi va dori yubordi.

— "Nafas ol! Ichingga tort! Qani, — deb baqirdi u, qizning ko‘kragini ohista silab.

Bir necha soniya davom etgan o‘lim sukunatidan so‘ng, qizning vujudida hayotiy turtki paydo bo‘ldi. Jennie birdaniga chuqur, xirillagan va og‘riqli nafas oldi. Uning o‘pkalari najotkor dorini ochko‘zlik bilan yuta boshladi. Uning ko‘kragi qattiq ko‘tarilib tushar, vujudi esa asabiy qaltirashdan to‘xtamasdi.

Jimin uni darhol bag‘riga bosdi. Boyagina rashk va nafratdan yonayotgan bu vaxshiy insonning ko‘zlaridan endi achchiq pushaymonlik yoshlari oqardi. U Jenniening terlagan peshonasidan, sochlari orasidan qayta-qayta o‘pib, uni o‘ziga mahkam qisdi.

- "Kechir... meni kechir, mitti shaytoncha," - deb pichirladi Jimin Jenniening qulog'iga, uning nafasi sekin-asta barqarorlashayotganini sezib. — "Seni o'z qo'llarim bilan o'ldirib qo'yaman deb o'yladim. Men shunchaki... senga bo'lgan telbalarcha sevgimdan aqldan ozganman. Sening Taehyungga har bir qarashing mening yuragimni sug'urib olgandek bo'ladi

Jennie hali ham gapirishga, hatto boshini ko'tarishga ham majoli yo'q edi. U faqatgina Jiminning qattiq quchog'ida, uning baquvvat qo'llari himoyasida oldi ozini biroz xavfsiz his qila boshladi. Uning nam sochlari Jiminning yuziga urilar, ikkalasining ham yurak urishi mashina salonida vahimali darajada baland eshitilardi


Taehyungning og'ir qadam tovushlari xuddi janoza qo'ng'irog'idek vazmin va daxshatli aks-sado berardi. Uning vujudidan taralayotgan bosimga boy aurasi har qanday to'siqni teshib o'tishga qodir yengilmas bir kuch kabi xonadagi havoni muzlatib yubordi. U yotoqxona eshigi oldida bir zum to'xtadi-da, eshikni shiddat bilan ochdi.

Xona nihoyatda yuksak did va hashamat bilan bezatilgan edi: og‘ir baxmal pardalar, oltin suvi yuritilgan mebellar va devordagi qadimiy suratlar... Ammo bu nafislik o‘rtasida daxshatli bir manzara yashiringan edi. Taehyung sekin, har bir qadamini vaxshiy bir xotirjamlik bilan bosib, xona markazidagi ulkan karavot sari yaqinlashdi. Uning qora ipak ko‘ylagi ostidan bo‘rtib turgan baquvvat yelkalari va po‘latdek qattiq mushakdor qo‘llari bu dabdabali xonada mutloq yirtqich timsolini aks ettirardi.

U yerda, oppoq ipak choyshablar orasida Arianna yotardi. Uning ismi xuddi o‘zi kabi nafis, chiroyli va musiqiy edi, biroq bu go‘zallik hozir shafqatsizlarcha toptalgan, ayovsiz yulib olingan gulga o‘xshardi. Qiz shunchalik bechora va ojiza ko‘rinardiki, hatto uning yengil nafas olishi ham go‘yo sinib ketish arafasidagi nozik billurning so‘nggi g‘ichirlashiga o‘xshardi.

Bechora qiz bir yirtqichdan qutuldim deb o'ylagan edi, biroq u aslida o'sha yirtqichning yanada kattasiga, vaxshiyrog'iga va xatarlirog'iga qolga tushgan edi. U bir jahannamdan qochdim deb xomtama bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin hali o'zini kutayotgan daxshatliroq zulmatdan mutlaqo bexabar edi.

Taehyung to'shak chetiga o'tirdi. O'rinning biroz cho'kishidan Arianna uyqusida bezovta bo'lib, chuqur va og'riqli inqilladi. quyoshn urida qizning yuzidagi jarohatlar yanada ayanchli ko'rinardi Jungkookning shafqatsiz tarsakisidan qolgan binafsharang ko'karishlar, shishgan va qon qotgan lablar qizning qanday do'zaxdan chiqqanini so'zlab berardi.

Taehyung egilib, qizning terlab ketgan yuziga yopishib qolgan soch tolalarini ehtiyotkorlik bilan, deyarli sezilarsiz tarzda chetga surdi.

Uning muzdek barmoqlari qizning issiq va qizib turgan terisiga tekkanda, Arianna uyqusida cho‘chib tushib, qoshlarini chimirdi. Taehyungning nigohida kutilmaganda nafrat va qandaydir tushunarsiz, vaxshiy bir qiziqish uyg‘ondi.

Taehyung Ariannaning sochlariga tegib turgan qo‘llarini xuddi iflos narsaga tekkandek shiddat bilan tortib oldi. Uning yuzidagi sovuqqonlik endi vaxshiyona bir qiziqishga aylangan edi. U yonidagi tumbochka ustida turgan billur stakandagi muzdek suvni oldi va hech qanday ogohlantirishsiz, shafqatsizlarcha qizning yuziga sepib yubordi.

Muzdek suvning zarbi Ariannani go‘yo o‘tkir pichoq sanchilgandek uyg‘otib yubordi. Qiz o‘pkasini to‘ldirib havo yutgancha, karavotda sapchip o‘rnidan turib ketdi. Uning daxshat ichida atrofga alanglagan nigohlari qarshisida o‘tirgan, haybatli va vaxshiyona aura taratib turgan Taehyungga qadaldi-yu, vujudi muzlab qoldi. Arianna qaltiragan holda karavotning burchagiga — devorga qadalguniga qadar orqaga tislana boshladi.

Taehyung esa stulga suyangan holda, bir oyog'ini ikkinchisining ustiga tashlab, labida kishini titratuvchi sovuq jilmayish bilan unga tikilib turardi.

- "Xush kor'dik, mitti foxshadedi Taehyung, ovozi pichoqdek keskir va sovuq chiqdi. -"Nima, mening shinamgina uyim senga yoqmadimi? Yoki sening o'sha ukajonim Jungkookni tushingda ko'rayotganmiding?"

Arianna sochlaridan oqayotgan suvni va yuzidagi jarohatlarning achishini his qilib, o'zini tuta olmadi. Uning ichidagi barcha qo'rquv endi ulkan bir chorasizlik va nafratga aylangan edi.

- "Nima xohlaysiz mendan? ! Nega meni tinch qo'ymaysiz?!" - deb hayqirdi Arianna, ovozi yig'i va g'azabdan bo'g'ilib. - "Jonimga tegib ketdinglar hammangiz! Biring urasan, biring sudraysan... Men sizlarga nima yomonlik qildim?! Meni o'ldiring, qutuling hammangiz! Men endi nafas olishni ham xohlamayman!" - yigʻilab Arianna

Xonadagi havo Taehyungning muzdek nafasi va daxshatli aurasi bilan shunchalik to'yingan ediki, hatto devorlar ham bu bosimdan zirqirayotgandek edi. Taehyung o'z kursisida shunday bir mag'rur va beparvo qiyofada o'tirardiki, go'yo butun dunyo uning qolida orasida turgandek.

- "O'chir ovozingni! Yig'lashing asabimni egovlayapti!"— dedi Taehyung, ovozi pichoqdek keskir va sovuq chiqdi. U qarshisida azobdan bujmayib yotgan Ariannaga xuddi keraksiz bir buyumga qaragandek tikildi.—Otang Alessandro Romanoni Qachonki mening oyoqlarim ostida tiz cho'kib, hayoti uchun yalinishni boshlasa, ana o'shanda mening haqiqiy g'alabam bo'ladi. O'sha kuni sening g'ururing qanday parchalanishini ko'rishni intizorlik bilan kutaman, - dedi u lablari chetida sovuq tabassum bilan.

Ariannaning vujudi nafratdan titrab ketdi. U Taehyungning bu kibrli nigohlariga va uning oilasini kamsitishiga chiday olmadi.Taehyungning ko'zlariga nafrat bilan boqdi:

-Sen o'zingni g'olibman deb o'ylayapsanmi? — dedi u ovozi qaltirab. —-Sen shunchalik pastkashsanki, hatto sening g'alabang ham jirkanch. Sen ham o'sha ukangga o'xshagan isqirtsan! Ikkalang ham bir xil qonxo'r hayvonsiz. Sen kabi yirtqichlarning joyi bu dunyoda emas.

"Uka" va "hayvon" degan so'zlar Taehyungning eng nozik, og'riqli nuqtasiga tegdi. Uning qoni qaynab, ko'zlari bir zumda qahrli tus oldi. Uning vujudidagi nafrat vulqondek otilib chiqdi. Bir soniya ichida u kursisidan otilib turdi-da, Ariannaning qarshisida paydo bo'lib, uning nozik bo'yniga qolini botirdi.

Uni devorga qattiq qisib, yuziga yaqin keldi. Taehyungning nafas olishi xuddi yarador yirtqichdek shiddatli edi:

- Tilingni tiy, mitti fohsha Meni o'sha iflos ukamga o'xshatishga jur'at etma! -dedi u tihlari orasidan, ovozi vahshiyona xirillab chiqardi. Uning barmoqlari qizning bo'ynini tobora qattiqroq bo'g'ar, Arianna esa havo yetishmasligidan ko'zlari yoshlanib, uning bilaklaridan tutishga urunardi-meni u kabi pastkashga o'xshatadigan bo'lsang, o'sha zahari sochilgan tilingni sug'urib olishimni bilasanmi?! Men hayvon emasman, men sening eng dahshatli tushingman!

Arianna nafas olishga qiynalib, ko‘zlari yoshlansa-da, uning nigohlarida hamon Taehyungni kamsituvchi, taslim bo‘lmaslik ifodasi yonib turardi. Taehyung esa g‘azabdan butun vujudi bilan titrardi.

Davomi bor.....