May 6

Пост 06.05.2026

Ep:⁹

Italiyaning rutubatli tuni qasr zalidagi qonli taranglikni yanada og‘irlashtirardi. Taehyungning buyrug‘idan so‘ng roppa-rosa besh daqiqa o‘tib, Jimin zalga kirib keldi. U o‘z do‘stini, sadoqatli yo‘lboshchisini hech qachon bunday nazoratni yo‘qotgan, quturgan yirtqich holatida ko‘rmagan edi.

Taehyung zal o‘rtasida turgancha, Jiminni ko‘rishi bilan unga qarab vaxshiyona bostirib keldi. Uning har bir so‘zi o‘z do‘stining yuziga zaharli o‘qdek otilardi

— "Qayerlarda yuribsan, la’nati?! Senga besh daqiqa emas, bir soniya ham ko‘p edi!" — deb bo‘kirdi Taehyung, uning hayqirig‘i hashamatli devorlarni zirillatib yubordi. — "Jungkook qochib ketganidan xabaring bormi?! Qanday qilib sening professional soqchilaring burnining tagida u majruh it qochib ketadi?! Sen menga uning har bir nafasini nazorat qilaman deganding-ku!

Taehyung g'azabdan Jiminning yoqasidan mahkam g'ijimlab, uni o'ziga yaqin tortdi. Uning nigohida yillar davomida shakllangan do'stlik emas, balki qonli qasos olovi yonardi

- "Top menga o'sha itvachchani, Jimin! Qaysi g'orga kirib ketdi u?! Jarohatlangan oyog'i bilan yer tagiga kirib ketdimi?!Senga roppa-rosa ikki kun muhlat! Ikki kundan keyin yo o‘sha itvachchaning kallasini keltirasan, yo o‘z kallang bilan javob berasan! Tushundingmi?!"-dedi Taehyung g'azab bilan

Jimin Taehyungning bunday holatda naqadar xavfli ekanligini bilar edi, shuning uchun ham do'stining bu vaxshiyona baqirig'iga xotirjamlik bilan javob berishga urindi

- "Taehyung, o'zingni bos! Men hozirgina hamma soqchilarni oyoqqa turg'izdim. U yolg'iz qochmagan, unga ichkaridan kimdir yo'l ochib bergan. Men o'sha itni ham, o'sha sotqinni ham topaman!

Taehyung stoldagi qimmatbaho billur qadahni devorga urib parchaladi

— "Bor! O‘sha itni qayerdan bo‘lsa ham topib, oyog‘im ostiga sudrab kel!"

U Jiminning javobini kutib ham o'tirmadi. Shiddat bilan ortiga o'girildi-da, keng yelkalari bilan zulmatni yorib, yuqoriga ko'tarila boshladi. Uning og'ir qadam tovushlari xuddi janoza qo'ng'irog'idek vazmin va daxshatli yangrardi. Har bir bosgan qadami ostida marmar zinapoyalar titrayotgandek tuyular, Taehyungdan taralayotgan g'azab nafasi butun qasrni bo'g'ib qo'ygandek edi.

U pastda qolgan qonli tartibsizlikka, duduqlanayotgan qo‘riqchilarga va hayron qolgan Jiminga qayrilib ham qaramadi. Uning borlig‘ini hozir bitta olov yondirardi — xiyonat va mag‘lubiyat alami. Jungkookning qochishi uning g‘ururiga berilgan daxshatli zarba edi va bu g‘azabning to‘lqini endi o‘z qurbonini qidirardi.

Jimin ham ich-ichidan toshib kelayotgan g‘azabini jilovlay olmay, qasrni shiddat bilan tark etdi. Uning har bir qadami go‘yo yerning tagidan o‘t chiqarayotgandek vazmin va xatarli edi. Tashqarida, tun zulmatida qora mashina ichida Jenni uni intizorlik bilan kutib o‘tirardi. Jiminning yuzidagi qonli nigoh va asabiy harakatlarini ko‘rib, qizning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi.

Jimin mashina eshigini shunday kuch bilan ochdiki, temir g‘ichirlab ketdi. U haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirib, nafasini rostlashga urindi, ammo quturgan bo‘rining pishillashiga o‘xshash ovoz chiqardi xolos.

— Nima bo‘ldi? Taehyung nega bunchalik baqirdi? — deb so‘radi Jenni titroq ovozda, Jiminning yuziga qarab.

Jimin bir soniya jim qoldi, so‘ng bor kuchi bilan rulni mushtladi. "Gars!" etgan ovoz mashina salonida aks sado berdi.

— O‘sha la’nati Jungkook! — deb o‘kirdi Jimin, tishlarini g‘ijirlatib. — O‘sha majruh it soqchilarning burni tagidan qochib ketibdi! Qochibgina qolmay, Taehyungning g‘ururini ham yer bilan bitta qilib ketdi!

U rulni yana bir bor qattiq urdi, barmoq bo‘g‘inlari oqarib, titray boshladi.

- "U itvachcha qochib ketibdi! Oyog'idan o'q yegan, yarimjon holida qanday qilib hammamizni laqillatib ketadi?! Taehyung g'azabdan telba bo'lgan, u menga bor-yo'g'i ikki kun berdi, Jennie! - Jimin mashina motorini vaxshiyona o'kirish bilan yurgizdi.Mashina joyidan shunday shiddat bilan qo‘zg‘aldiki, shinalarning asfaltdagi g‘ichirlashi tun sukunatini parchalab tashladi.

Taehyung xonaga xuddi quturgan yirtqichdek bostirib kirdi. Uning ko'zlaridagi qonli nigoh va yuzidagi qahr xonadagi bor iliqlikni so'rib olgandek edi. Yura nima bo'layotganini tushunishga ulgurmay, akasining vaxshiyona baqirig'idan sapchib tushdi.

-ko'zimdan yo'qol!" - deb baqirdi Taehyung Yuraga qarab. Uning ovozi shunchalik daxshatli ediki, Yura e'tiroz bildirishga ham botinolmay, titragancha xonadan otilib chiqib ketdi.

Eshik daxshatli ovoz bilan yopilishi hamon, Taehyung bor alamini, Jungkookning qochib ketgani va Jiminning layoqatsizligidan tug‘ilgan nafratini Ariannadan ola boshladi. U karavotda bazo‘r nafas olib yotgan qizning yoniga bir sakrashda yetib keldi-da, uning ipakdek sochlaridan shafqatsizlarcha changalladi.

— "Qochib ketdi! Sening o‘sha itvachcha ering seni tashlab qochdi!" — deb o‘kirdi u qizning yuziga.og'riqdan

Arianna og‘riqdan ingrab yubordi, lekin Taehyung to‘xtamadi. U qizni sochlaridan tutgancha, pol bo‘ylab ayovsiz sudrab, vannaxonaga olib kirdi. Ariannaning qarshilik ko‘rsatishga majoli yo‘q edi, uning zaif vujudi sovuq marmar polga urilib borardi.

Taehyung vannaga sovuq suvni shiddat bilan to‘ldirdi-da, qizning boshini o‘sha muzdek suvning tubiga mahkam bosdi. Arianna suv ostida qolib, havo yetishmasligidan tipirchilay boshladi, uning qo‘llari Taehyungning po‘latdek qattiq bilaklariga yopishdi. Ammo Taehyungda zarracha rahm yo‘q edi.

Bir necha soniyadan so‘ng u qizning boshini suvdan yulqib chiqardi. Arianna o‘pkalari yirtilgudek bo‘lib havo yutar, suv va ko‘z yoshlari yuzidagi jarohatlariga aralashib oqardi

— "Nega sukut saqlayapsan?!" — deb o'kirdi u, qizning yuziga yaqin kelib. - "Ba-baqir! Yalin! Mendan o'lim so'ra! Sening bu sukunating Jungkookning qochishidan ham battar asabimga tegyapti!" - deb pichirladi Taehyung uning qulog'iga va yana bir bor qizning boshini muzdek suv qa'riga uzoqroq vaqtga tiqdi.

Bu shunchaki jismoniy qiynoq emas, bu Taehyungning ichidagi nafrat vulqonining Ariannani tiriklayin kuydirishi edi.

Taehyung Ariannani xuddi keraksiz latta qo‘g‘irchoqdek nam poldan sudrab chiqib, yotoqxonaning o‘rtasiga, yerga uloqtirdi. Qizning madori qurigan, vujudi muzlab borardi. Taehyung vaxshiyona harakat bilan belidagi charm kamarini yechib oldi.

— "Sening ering qochib qutuldim deb o‘ylayaptimi? Uning badalini sen to‘laysan!" — deb o‘kirdi u va qo‘lidagi kamar bilan qizning tanasiga ayovsiz zarbalar tushira boshladi.

Har bir zarba qizning oppoq tanasida qonli izlar qoldirar, Ariannaning faryodi borib-borib holsiz pichirlashga aylanardi. U endi qarshilik ko‘rsatishga ham, yalinishga ham kuch topa olmasdi. Faqatgina Taehyungning har bir zarbasida vujudi titrab ketar edi. Taehyung esa urgan sari battar quturar, ichidagi nafrat alangasi uni butkul hayvonga aylantirib qo‘yga

Taehyungning vahshiyona g‘azabi biroz pasaygandek bo‘ldi, ammo uning o‘rnini muzdek sovuqqonlik egalladi. U yerda qon va suv ichida jonsizgina yotgan Ariannaga nafrat bilan qarab qo‘ydi-da, qo‘lidagi kamarni chetga otdi. Uning nafas olishi hamon og‘ir edi.

U xonadan chiqib, yo‘lakda titrab turgan Yurani qattiq ovozda chaqirdi. Yura yugurib kelganida, akasining qon sachragan ko‘ylagini va xonadagi daxshatli manzarani ko‘rib, daxshatdan og‘zini yopib oldi.

— "Kir ichkariga!" — deb buyruq berdi Taehyung, ovozi qabriston sukunatidek sovuq chiqib. — "Uni o‘ziga keltir. Jarohatlarini bog‘la. Menga u tirik kerak, o‘lib qolmasin.

Yura shoshilinch ravishda xonaga kirdi. Arianna polda, hushsiz holatda yotar, uning nam sochlari yuziga yopishib qolgan, tanasidagi kamar izlari binafsharang tusga kirib bo‘lgan edi. Yura yig‘lab yubormaslik uchun lablarini tishladi va qizni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib, karavotga yotqizishga harakat qildi.

- "Kechir bizni - deb pichirladi Yura jarohatlarga dori surtar ekan." - "Sen ikki iblisning o'rtasidagi olovga tushib qolding

Arianna hushsiz bo‘lsa-da, tanasidagi og‘riqdan ingrab qo‘ydi. Uning ongi zulmat ichida edi, lekin u yerdagi daxshat ham Taehyungning qo‘llaridagi haqiqiy hayotdan ko‘ra tinchroqdek tuyulardi.

Taehyung xonadagi daxshatli manzarani ortda qoldirib, qasr hovlisiga shiddat bilan otilib chiqdi. Uning har bir qadami go‘yo yerga qasos muhrini bosayotgandek vazmin va haybatli edi. Mashina yonida shay turgan haydovchi Taehyungning qahrli nigohini ko‘rishi bilan yuragi qinidan chiqqudek bo‘lib, shoshilinch ravishda orqa eshikni ochib berdi.

Taehyung mashina saloniga o'zini otar ekan, vujudidagi g'azab va sovuqqonlik qorishmasi butun borliqni muzlatib yuborgandek edi. U qora ipak ko'ylagining tugmalarini asabiy yechib, haydovchiga qisqa va keskir buyruq berdi

— "Shahar tashqarisiga hayda! Tezroq!"

Mashina tun zulmatini yorib, shiddat bilan o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Taehyung deraza ortida qolib ketayotgan Italiya ko‘chalariga nafrat bilan tikilib borarkan, xayolida qolib ketgan o‘nlab kechiktirib bo‘lmas ishlarni tartibga sola boshladi. Jungkookning kutilmagan qochishi barcha rejalarni ostun-ustun qilib yuborgan bo‘lsa-da,

Aynan shu sababli, u bugun shahar chetidagi maxfiy omborga yangi kelgan qurol-yarog‘ partiyasini shaxsan o‘zi tekshirishga qaror qildi.

U har bir qurolning sifatiga, har bir o‘qning halokatli kuchiga o‘z ko‘zi bilan ishonch hosil qilishi, dushmanini yerni tagidan bo‘lsa ham kavlab topishga shay turishi lozim edi.

Taehyung hozir shunchaki g‘azablangan mafioz emas, balki butun bir imperiyaning taqdirini hal qiluvchi shafqatsiz strategga aylangan edi.

Nihoyat, shahar chetidagi omborxonaga yetib kelishdi. Mashina to'xtashi bilan haydovchi eshikni shoshilib ochdi. Taehyung mashinadan tushishi bilan unga qo'riqchilardan biri yaqinlashib, ta’zim qildi:

— "Xo‘jayin, yangi partiya hozirgina yetib keldi. Hamma narsa siz aytgandek nazorat ostida," — deya hisobot berdi u.

Taehyungning nigohi muzdek sovuq edi.

Taehyung omborxonaning og‘ir temir darvozalarini xuddi qabr qopqog‘ini ochgandek shiddat bilan surib, ichkariga kirdi. Uning har bir qadami qorong‘u va rutubatli binoda daxshatli aks sado berar, nigohi keltirilgan yuk qutilarini go‘yo olov bilan teshayotgandek edi. Ammo qutilar ketma-ket ochilar ekan, Taehyungning yuzidagi qonli qiyofa daxshatli bir sovuqqonlikka aylandi.

Kutilgan qurol-yarog‘larning yarmi yo‘q edi! Qutilar yo bo‘sh, yo qandaydir keraksiz temir-tersak bilan to‘ldirilgan bo‘lib, bu ochiq-oydin masxara qilishni eslatardi.

Taehyungning ko‘zlarida yovvoyi bir olov yondi. U o‘zini jilovlay olmay, yonida turgan po‘lat ustunga bor kuchi bilan musht tushirdi. “Qars!” degan ovoz butun omborxonani titratib yubordi.

-Qolganlari qayerda?!" — deb bo'kirdi u. Uning ovozi qurollarning yarmini yutib yuborgan zulmatni pichoqdek

U qo‘rquvdan haykaldek qotib qolgan, tizzalari titrayotgan qo‘riqchilar boshlig‘iga yovvoyi bir tezlikda tashlandi. Taehyung uning tomog‘idan shunday vahshiylik bilan bo‘g‘ib oldiki, bechoraning oyog‘i yerdan uzilib, havoda muallaq qoldi. Taehyung uni bor kuchi bilan temir ustunga urdi.

— "Sizlar nima uchun nafas olyapsizlar, ifloslar?! Ko‘zlaring qayerda edi?!!!" — deb bo‘kirdi u, zahrini har bir so‘zi bilan sochib. — "Jungkook o‘lim talvasasida ham mening ustimdan kulyaptimi?! Mening ostonamda turib meni talashiga qarab turdinglarmi?!"

Taehyung qo‘lidagi odamni xuddi latta qo‘g‘irchoqdek chetga uloqtirib yubordi va yonidagi yuk mashinasining oynasini mushti bilan chil-chil qilib tashladi. Uning qo‘li qonasa-da, og‘riqni his qilmas, aksincha, bu qon uning hayvoniy hislarini battar qo‘zg‘atayotgan edi.

- "Topinglar! Hoziroq topinglar! Agar yo'qolgan qurollarning bittasi bo'lsa ham topilmasa, hammangni shu yerga, mana shu bo'sh qutilarga bo'laklab solib, o'z qo'llarim bilan yoqib yuboraman!!!" — deb o'kirdi u qonga to'lgan ko'zlari bilan barchaga nishon olib

Taehyung tushundiki, bu shunchaki o‘g‘rilik emas — bu uning qudratiga berilgan eng og‘ir va sharmandali zarba edi. Endi u nafaqat Jungkookni, balki butun dunyoni qonga botirishga tayyor edi.

Davomi bor.......