Пост 31.05.2026
Noyabrning tinimsiz quyayotgan sovuq yomg'iri shifoxona oynalarini ayovsiz savalardi Jimin yo'lakda asabiy holda bir nuqtaga tikilib turgan o'sha lahzalarda, tashqarida shinalarning daxshatli g'ichirlashi eshitildi Oradan sanoqli daqiqalar o'tib, shifoxonaning sovuq va oppoq yo'lagiga shoshilgancha Jennie kirib keldi . Uning chiroyli plashi ho'l bo'lib ketgan, yuzidan esa cheksiz xavotir va daxshat ufurib turardi
Jiminni ko'rishi bilan o'zini uning quchog'iga otd. Jimin ham uning nafasini his qilib, qizni bag'riga daxshatli tarzda mahkam bosdi Ular bu zulmat va qon qoplagan dunyoda faqat bir-birlaridan najot kutayotgandek edilar.
Jennie yigitning bag‘ridan sekin ajralib, uning qon sachragan kiyimlariga va tuni bilan uxlamagani sababli qizarib ketgan ko‘zlariga tikildi. Uning ovozi xavotirdan qaltirab chiqdi:
— "Jimin menga qara! Nima bo‘ldi? Ahvoli yaxshimi?!" — deb so‘radi u, ko‘zlariga yosh qalqib
Jimin Jenniening sovuq qo‘llarini mahkam qisib, uni biroz tinchlantirishga urindi, ammo o‘z ovozidagi daxshatni ham yashira olmadi:
- "Hech narsa yaxshi emas, Jennie... Jungkook qochib ketgach, Taehyung bor alamini Ariannadan olibdi bu uyga kelganidan beri dori qabul qilmagani sababli, uning asab tizimi batamom falaj bo'lib qolgan.Bugun ertalab u to'satdan qattiq tutqanoq tutdi. Yaxshiyamki, Taehyung o'sha lahzada xonaga kirib qolgan.
Jennie oyna ortida, o‘nlab simlar va apparatlarga ulangan holda jonsizgina yotgan Ariannaga qarab daxshatdan og‘zini yopib qoldi. Aynan shu soniyalarda reanimatsiya xonasining tepasidagi qizil chiroq o‘chdi va shifokorlar tashqariga chiqa boshlashdi.
Reanimatsiya xonasining og‘ir shisha eshiklari sekin ochilib, ichkaridan charchagan va chigallashgan qiyofada bosh shifokor chiqdi U peshonasidagi terni ro‘molchasi bilan artarkan, yo‘lakda tarang holda kutib turgan Jimin va Jenniening yoniga yaqinlashdi
Jimin darhol uning qarshisiga borib, ko‘zlariga tikildi. Bosh shifokor og‘ir xo‘rsinib, Ariannaning ahvoli haqida hisobot bera boshladi:
- "Janob Jimin, vaziyat o'ta qaltis edi," - dedi shifokor ovozini pastlatib. - "Xonim uzoq vaqt davomida juda ko'p miqdorda narkotik modda qabul qilgan ekan. Tanasi butunlay zaxarlangan. Dorining asorati tufayli asab tizimi falaj bo'lgani uchun uni o'ziga keltirishga ancha qiynaldik.Yuragi ikki marta urishdan to'xtash darajasiga keldi-dedi shifokor yana davom etirdi.— "Yaxshiyamki, vaqtida olib kelibsizlar. Hozircha hayoti xavfdan xoli, daxshatli xuruj ortda qoldi. Uni tinchlantiruvchi dorilar ta'sirida uxlashga majbur qildik. Birozdan so'ng uni palataga olamiz.
Jimin shifokorning gaplarini eshitib, chuqur nafas oldi va unga minnatdorchilik bildirdi. So‘ng Jenniening yelkasidan quchib, reanimatsiya eshigining ochilishini kuta boshladi. Ariannaning tomirlarida endi bitta ham zaxar qolmagan, u hayotida birinchi marta toza ong bilan palatada ko‘z ochish arafasida edi.
Oradan bir necha kun o‘tdi. Maxfiy shifoxonaning sovuq, oq xonalari va reanimatsiya apparatlarining daxshatli signallari nihoyat ortda qolgan edi. Shifokorlarning tun-u kun qilgan o‘ta qiyin harakatlari va qonni tozalovchi maxsus texnologiyalar yordamida Ariannaning tomirlaridan o‘sha la’nati narkotik zaxari batamom yuvib tashlandi. Qiz vujudidagi daxshatli "lomka" balosidan qutulgan bo‘lsa-da, tanasi o‘ta zaiflashgan, ruhan va jismonan butunlay madori qurigan edi.
Erta tong. Noyabrning oxirilari qarib kelayotgan zaif va sovuq quyosh nurlari shifoxonani ammo o'lik sukunat cho'kkan palataga oyna ortidan ohista kirib kelardi.
Arianna hayotida birinchi marta tomirlarida hech qanday zaxar bo'lmagan holda, mutloq toza va xotirjam ong bilan hayotiy bir tarzda uxlayotgandi. Uning yuzidagi shishlar, ko'karishlar va jarohatlar Yuraning tinimsiz parvarishi tufayli asta-sekin yo'qolib, o'rnini qizning tabiatdan berilgan nafis, ma'sum chehrasiga bo'shatib bergan edi.Uning har bir sokin va bir maromdagi chuqur nafasi xonadagi jimlikda ohista eshitilib turardi.
Aynan shu lahzalarda palataning og'ir eshigi sezdirmasdan ochilib, xonaga Taehyung kirdi. U o'tgan kechasi bilan umuman uxlamagan edi. Uning qora ipak ko'ylagi g'ijimlangan, ustki tugmalari asabiy yechilgan, ko'zlari esa tun bo'yi Italiyadagi qonli mafiya to'qnashuvlarini, o'g'irlangan qurol-yarog' partiyasini va Jungkookning makkorona qochishini o'ylab, qizarib, charchoqdan toshdek og'irlashib ketgandi. Uning butun vujudidan hamon achchiq tamaki, qimmatbaho porox va sovuq tun shamolining o'tkir hidi anqib turardi.Taehyung og'ir va vazmin qadamlar bilan palata o'rtasiga keldi. U chuqur uyquda yotgan, o'ziga zarracha qarshilik ko'rsata olmaydigan ojiz holatdagi Ariannaningyaqinlashdi. Biroz turdi-da, uning yoniga, bo‘sh stulga ohista borib o‘tirdi
Shu paytgacha Taehyung faqat qasos o‘tida yongan, ko‘zlarini hayvoniy g‘azab qoplagan, har bir nafasida faqat dushmanlarini qanday parchalashni o‘ylaydigan shafqatsiz jallod edi. U bu qizga faqat nafratlangan dushmani Romanonoging qizi yoki uning borlig‘ini talagan Jungkookning oddiy bir o‘yinchoq asirasi sifatida qarab kelgandi. Shu sababli ham, shu vaqtgacha uning yuziga yovvoyi g‘azabsiz, tinch va bu qadar yaqin masofadan diqqat bilan nazar solmagan, uning chehrasidagi chiziqlarga zarracha bo‘lsa-da ahamiyat bermagan edi.
Biroq hozir, tonggi musaffo va tiniqk nur palatadagi qorong'ulikni haydab, Ariannaning sovuq stolda bexabar uxlab yotgan nafis yuzini har qachongidan ham yaqqolroq, ochiqroq yoritib turardi. Taehyung qizning yuziga beixtiyor qaradi-yu, birdaniga butun vujudi yuqori kuchlanishli tok urgandek shiddat bilan seskanib, o'tirgan joyida taqqa qotib qoldi.
Qizning silliq va baland peshonasi, burning chetidagi nozik, o'ziga xos egilishi, lablarining o'ng chetidagi mitti xoli va eng asosiysi - uxlab yotganida ham chehrasidan ufurib turgan o'sha mag'rur, ammo cheksiz g'amgin ifoda uning ongida daxshatli bir portlash hosil qildi.
U bu yuzni juda, juda yaxshi bilardi! Bu qiyofa unga shunchaki tanish emas, balki qon-qoniga, suyak-suyagiga singib ketgan, bolalikning eng sirli xotiralarini eslatardi!
Taehyungning sovuq va muzlagan yuragida yillar qa’riga, o‘tmishning eng qonli va maxfiy fojialari tubiga ko‘milgan, u mutloq o‘lgan va unutilgan deb o‘ylagan daxshatli bir esdalik lovillab uyg‘ondi. U ko‘zlariga, o‘z ongi berayotgan signallarga ishona olmayotgandek, kechasi bilan uxlamagan charchoq nafasi tomog‘iga tiqilib, stulda o‘tirgan joyida Ariannaning ustiga yanada yaqinroq egildi. U qizni uyg‘otib yuborishdan, bu sehrli va vahimali tasvirning yo‘qolishidan qo‘rqqandek mutloq harakatsiz qoldi. Ammo ichidagi daxshatli vaxshiyona titroq bilan qizning yuziga sinchiklab, har bir chizig‘iga, yuz terisidagi mayda nuqtalargacha zarrabin ostida qaragandek daxshatli bir diqqat bilan tikila boshladi.
Taehyungning miyasida yillar oldingi o'sha daxshatli kun jonlandi.
O'gay ukasi Jungkookning tug'ilgan kuni munosabati bilan ulkan bayram uyushtirilgandi.Shu payt kutilmagan ko‘ngilsizlik yuz berdi. Arianna ehtiyotsizlik qilib, muvozanatini yo‘qotdi va "shuv" etib hovuzning chuqur joyiga tushib ketdi. 10 yoshli Jungkook sarosimaga tushib qoldi. U qichqirar, qo‘l uzatishga urinardi, lekin suvdan qo‘rqishi va tajribasizligi pand berardi. Uning harakatlari foydasiz edi.
Taehyung bir soniya ham ikkilanmadi. U 9 yoshida suzish darslariga borgan, garchi oradan uch yil o‘tib hozir 12 yoshda bo‘lsa-da, tanasi o‘sha harakatlarni unutmagan edi. U kiyim-kechagi bilan o‘zini suvga otdi.
Ular hovuz chetiga yetib kelishganda, shovqinga janob Jeon va mehmonlar yugurib chiqishdi.
Taehyung Ariannani yerga yotqizib, uning nafas olishiga yordam berdi. Arianna ko'zlarini ochganida, uning nigoh begona bolaga tushdi.
Janob Jeon esa hali ham vaziyatni o‘zicha tushunib turardi. U Taehyungga sovuq qarab turdi.
-Sen qildimi yetimvachcha -gʻazab bilan gap boshladi Janob Jeon Taehyung qarab Janob Jeon gapini davom ettirdi-men senga aytgan edim xonaganda chiqmagani deb kasofat bor yoqol xonaga -baqirdi berdi Janob Jeon
Taehyung boshini egib Uning ko'zlarida yana yosh to'lib ulgurgan edi, lekin u ularni to'kmaslikka harakat qildi. Chunki u buni ham o'rganib bo'lgan odamlar oldida yig'lamaslikni.
Jeon xonim bir qadam oldinga chiqdi.
Õglim-demoqchi edi.Jeon xonim Taehyung ozi oʻgʻlidek koʻrgan edi yoni olmoqchi edi.
Lekin Janob Jeonning qarashi uni to'xtatdi. Bu qarash aniq edi - “aralashma” degan ma'noda.
Qattiq tarsaki urgan, bor ovozi bilan baqirib shafqatsizlarcha jazolagan edi. O'shanda mitti Taehyungning qalbida ilk marta daxshatli nafrat va ishonchsizlik urug'i mana shu nohaqlik sababli ekilgan edi. U hayotini qutqargan o'sha mitti qizchaning yuzini eslab qolgandi, lekin bolalik yillari va keyingi qonli urushlar bu xotirani uning ongi tubiga ko'mib yuborgan edi.
Endi esa... O'sha kun uning butun taqdirini qora tomonga o'zgartirgan, Janob Jeonning adolatsiz jazo berishiga sabab bo'lgan "osha basseyn ichidagi o'sha jajji qizcha - hozir uning ro'parasida uxlab yotgan Ariannaning o'zginasi edi!
Taehyung daxshat va hayrat ichida qotib qoldi. U kechasi bilan uxlamagan charchoq nafasini ichiga yutib, stulda o‘tirgan joyida Ariannaning ustiga yanada yaqinroq egildi Uning baquvvat, qon sachragan qo‘llari asabiy holda qaltiradiDemak, bu qiz shunchaki tasodifiy o‘lja yoki dushmanning oddiy farzandi emas. U Taehyungning bolaligidagi eng og‘riqli nuqtasi, uning birinchi marta "yovvoyi yirtqich"ga aylanishiga sabab bo‘lgan o‘sha qonli xotiraning bosh qahramoni edi!
Eshikning sekin g‘iyqillab ochilishi xonadagi daxshatli va og‘ir xotiralar sukunatini pichoqdek kesib yubordi. Ichkariga qo‘lida tibbiy asboblar va dori-darmonlar to‘la patnis ko‘targan hamshira kirdi. U palata markazida kechasi bilan uxlamagan, ko‘zlari qonga to‘lgan va Ariannaning ustiga daxshatli nigoh bilan egilib turgan Taehyungni ko‘rib, beixtiyor qo‘rqib ketdi va qadamini sekinlashtirdi.
Hamshira Taehyungning vujudidan anqib turgan o‘sha vahshiyona aurani his qilib, yutunib oldi va ovozi qaltirab, ohista gap boshladi:
- "U-uzr, janob... Agar sizni bezovta qilgan bo'lsam, ming bor uzr ," - dedi u, Taehyungning sovuq ko'zlariga qarashga botinolmay, boshini egib. —"Lekin hozir ayni vaqti... Xonimning navbatdagi tibbiy muolajasini qilishimiz, qon bosimi va organizmini quvvatlantiruvchi osma dorilarini darhol ulashimiz kerak. Bu uning tozalangan asab tizimi to‘liq tiklanishi uchun juda muhim."
Taehyung hamshiraning ovozidan go‘yo uzoq yillik og‘riqli tushdan uyg‘ongandek seskanib ketdi. U bir necha soniya oldin xayolidan o‘tgan o‘sha basseyn voqeasini, o‘gay ukasi Jungkookning tug‘ilgan kunidagi nohaq tarsakini va qarshisida bexabar uxlab yotgan bu qizning aslida kimligini o‘ylab, ich-ichidan gupirib urayotgan yurak urishini zo‘rg‘a jilovladi. Uning baquvvat qo‘llari hamon asabiy titrar edi.
U ohista qaddini tikladi va charchagan, qizarib ketgan ko‘zlarini hamshiraga qaratdi. Uning ohangi har qachongidan ham muzdek, ammo tarang edi:
-Muolajani boshlang. Lekin uni og'ritmasdan, juda ehtiyotkorlik bilan bajar. Agar uning bitta tomiriga shikast yetsa, badalini o'zingin to'laysan." -dedi Taehyung, ovozi xirillab va pichoqdek keskir chiqib.
Ogʻir qadamlari bilan o'rnidan turdi va shaxdam qadamlar bilan palatadan tashqariga chiqib ketdi. Uning miyasida bu kutilmagan haqiqat million bo'lakka bo'linib, yangi bir reja hosil qilayotgan edi.
Hamshira dahshat ichida bosh silkidi va shoshilgancha stol yaqinlashdi.Ariannaning yoniga qo'llarini ehtiyotkorlik bilan ushladi. U qizning nafis tomirini topib, osma ukol (kapelnitsa) ulashni boshladi. Ignaning sovuq sanchilishi va dorining tomirlar bo'ylab sekin yura boshlashi Ariannaning ongiga ta'sir qildi.
Taehyung palata eshigini orqasidan asta yopib, shifoxonaning sovuq, oq chiroqlar bilan yoritilgan mudhish yo‘lagiga chiqishi bilan kutilmagan manzaraga duch keldi. Qarshisida kechasi bilan ko‘z yummay, charchoqdan ko‘zlari qizarib ketgan Yura, Jimin va Jennie uning qadam tovushlarini eshitib, darhol o‘rinlaridan qalqib turishdi.
Taehyung qoshlarini chimirib, ularga hayron bo'lib tikildi. Kechasi bilan bitta ham kiprik qoqmagani sababli ko'zlari qon talashgan, vujudidan tamaki va sovuq tun shamolining hidi anqib turgan vahshiy mafioz ularni bu yerda ko'rib, rostdan ham taajjubga tushgandi.
- "Sizlar... Erta tongda bu yerda nima qilyapsizlar?!" - dedi Taehyung, ovozi charchoqdan xirillab, ammo asabiyligini yashira olmay. - "Jimin, senga uyda qolib, hamma narsani qat'iy nazorat qilishni buyurmaganmidim?
So‘ng u nigohini daxshatdan qaltirab turgan singlisi Yuraga qaratdi va ovozini yanada qat’iyroq qilib so‘radi:— "Yura! Sen nega bu yerdasan? Bugun darslaring bor edi-ku, nega o‘qishingga bormading?! Men senga bu qonli ishlarga aralashma, o‘qishingni qil demaganmidim?! Nega gapimni ikki qilding?!"
Yura akasining bu g‘ayriinsoniy aurasidan va qahrli nigohidan qo‘rqib ketib, Jiminning ortiga biroz tislangancha ko‘z yoshlarini tiya olmay pichirladi:
— "Akajon... Iltimos, asabiylashmang. Arianna ko‘z oldimda o‘lim talvasasida qaltirayotganida qanday qilib uyda jimgina o‘tirib, o‘qishga bora olardim? Yuragim chidamadi... Jimin bilan birga keldim. Uning ahvoli qanday? Tirik qoldimi? Axir u..."
Jimin ham bir qadam oldinga chiqib, Jenniening qo‘lini mahkam qisgancha Taehyungning g‘azabini yumshatishga urindi:— "Tae, ularni urishma. Biz shunchaki Ariannaning ahvoli har daqiqa o‘zgarishi mumkinligini o‘ylab, bu yerda senga ko‘mak bo‘lishni istadik.
Taehyung ularning bu sadoqatli va xavotirli chehralariga qarab, ichida og‘ir xo‘rsindi. Uning miyasida boyagina Ariannaning bexabar uxlab yotgan nafis yuzida ko‘rgan o‘sha bolalikdagi basseyn siri — o‘gay ukasi Jungkookning tug‘ilgan kunidagi daxshatli adolatsizlik xotirasi hali ham olovdek yonib turardi. U bu qizning aslida kimligini, yillar oldin o‘z hayotini xavfga qo‘yib qutqargan mitti qizcha ekanini ularga hozircha aytishni istamadi.
Taehyung sovuqqonlik bilan, g'ijimlangan qora ko'ylagining yoqasini to'g'irlarkan. - "Hamshira ichkarida unga quvvatlantiruvchi osma ukol ulayapti.Sizlar esa...borib o'zingizni tartibga solinglar.
Taehyung shifoxona oynasidan noyabrning tumanli tongiga qarab turarkan, uning ichidagi bo'ron yanada kuchayayotgandi.