Пост 29.04.2026
Taehyungning barmoqlari Ariannaning nozik bo'ynida ajal qisqichidek qattiq yopishib turgan, qizning hayoti so'nggi nafasiga osilib turgandi. Aynan shu soniyada Taehyungning cho'ntagidagi telefon go'yo o'lim sukunatini pichoq bilan tildigandek keskin va vaximali jiringlab qoldi
Taehyung g‘azabdan bo‘g‘ilib, qizni shafqatsizlarcha chetga itarib yubordi. Arianna choyshablar ustiga yiqilib, o‘pkasiga havo to‘lishi bilan qattiq yo‘talib yubordi.
Taehyung esa nafasi qisib, go'shakni ko'tardi. Ekranda yordamchisining ismini ko'rishi bilan uning yuzidagi tomirlar bo'rtib chiqdi.
— Gapir! — deb o‘kirdi u, ovozi xonadagi havoni muzlatib.
Go'shakning u yoqidagi yordamchisi Taehyungning hozirgi kayfiyatini sezib, duduqlana boshladi.
haligi...", "xo‘jayin, aslida..." degan so‘zi Taehyungning taranglashgan asablariga qizigan temir bosilgandek ta’sir qilardi.
— Chaynalmay gapir,! - deb bo'kirdi, Taehyung xona bo'ylab yirtqich hayvondek yurib. - Tilingni yutib yubordingmi?! Agar hozir aniq gap aytmasang, o'sha ming'illayotgan tomog'ingni o'zim sug'urib olaman! Tezroq bo'l!
- Xo'jayin... Jungkook... - yordamchining ovozi qo'rquvdan qaltirab chiqdi. - U qochib ketdi... Soqchilarni qandaydir yo'l bilan chalg'itib, xonadan g'oyib bo'libdi. Hech qayerda topolmayapmiz!
Taehyungning ko'zlariga qon quyildi. Uning butun vujudi kutilmagan g'azabdan silkinib ketdi:
- Ming la'nat! Ming la'nat bo'lsin hammangga! — deb vahshiyona hayqirdi u.- Bir yarimjon, oyog'idan o'q yegan itni ham eplay olmadinglarmi?! Hammasini o'zim bitirishim kerakmi?,-dedi Taehyung g'azab bilan
Taehyung qo'lidagi telefoni bor kuchi bilan qarshisidagi devorga uloqtirdi. Telefon daxshatli ovoz bilan parchalnib, uning qismlari xona bo'ylab sochilib ketdi. Uning g'azabi shunchalik cheksiz ediki, u devordagi qadimiy suratni ham urib tushirdi.
Arianna karavot burchagida o‘zini imkon qadar kichraytirib, dahshat ichida bu vahshiylikni kuzatardi. Jungkookning qochgani unga zarracha tasalli bermadi. Aksincha, u ham Jungkookni, ham Taehyungni birdek yomon ko‘rardi. Uni qiynagan, xo‘rlagan va o‘z manfaatlari yo‘lida buyumdek ishlatgan bu ikki maxluq uning nazarida bitta jahannamning ikki yuzi edi. U Jungkookning qaytib kelishini emas, bu qonxo‘rlarning bir-birini g‘ajib bitirishini chin dildan istardi.
Taehyung xonadan shiddat bilan otilib chiqarkan, uning og'ir qadamlari xuddi qiyomat darakchisidek butun qasr bo'ylab vahimali aks sado berdi. U pastga tushib, keng zalning qoq markazida to'xtadi. Uning vujudidan taralayotgan g'azab shunchalik kuchli ediki, zalning sovuq havosi yanada muzlab qolgandek bo'ld.
- Hamma bu yoqqa kel!!! — deb bo'kirdi u. Uning ovozi zalning baland shiftlariga urilib, billur qandillarni zirillatib yubordi.
Bir necha soniya ichida o‘nlab qurollangan qo‘riqchilar xuddi yer tagidan chiqqandek paydo bo‘lib, saf tortishdi. Ularning har biri Taehyungning qonga to‘lgan ko‘zlariga qarashga botinolmay, bosh egib turishardi.
— Tezda menga Jiminni topib kelinglar! — deb vaxshiyona buyruq berdi Taehyung. - Yerni tagidan bo'lsa ham, jahannamning tubidan bo'lsa ham uni topping! Agar u besh daqiqa ichida qarshimda turmasa, hammangni tiriklayin so'yaman! Qani, yo'qoling!
Uning buyrug‘idan so‘ng qo‘riqchilar vahima ichida tarqalib ketishdi. Taehyung esa zal o‘rtasida xuddi qafasga tushgan yirtqich hayvondek u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi. Uning mushtlari tugilgan, jag‘ suyaklari g‘azabdan bo‘rtib chiqqan edi. Jungkookning qochib ketishi — bu shunchaki xato emas, bu Taehyungning yuziga tushgan tarsaki edi.
Taehyungning g‘azabdan bo‘g‘ilgan hayqirig‘i butun qasrni larzaga keltirayotgan bir paytda, u to‘satdan to‘xtadi-da, bo‘g‘iq ovozda: "Yurani topinglar!" deb buyruq berdi.
Yura bu qonli villada necha yildan beri Taehyungning himoyasida yashab kelayotgan, tabiatan o‘ta begubor va oqko‘ngil qiz edi. U bu yerdagi vaxshiyliklar orasida xuddi oppoq guldek ajralib turardi. Taehyung uni haqiqiy tug‘ishgan singlisidek yaxshi ko‘rar, uning psixologik bilimiga va odamlarni tinchlantira olish qobiliyatiga ishonardi.
Yura zalga kirib kelar ekan, Taehyungning qonga to‘lgan ko‘zlarini ko‘rib, daxshatdan qotib qoldi. U akasining bunday qiyofasini ko‘rganda doim yuragi qinidan chiqib ketgudek bo‘lardi.
— "Akajon... chaqirtirdingizmi?" — dedi u titroq ovozda.
Taehyung uning yoniga shaxdam qadamlar bilan keldi va uning yelkalaridan mahkam tutdi. Uning nigohi muzdek sovuq, ammo g‘azabi biroz bosilgandek edi:
— "Eshit, Yura. Yuqorida, mening yotoqxonamda bir qiz bor. Uning ruhiyati chil-chil bo‘lgan, o‘zini tamoman yo‘qotib qo‘ygan. Uni o‘ziga keltirish sening zimmangda. Unga yordam ber, dardini eshit, tinchlantir..."
Taehyungning ovozi to‘satdan pichoqdek keskir tus oldi:
- "Lekin bitta narsani qulog'ingga quyib ol u bir qadam ham xonadan chiqmaydi! Uni ko'zdan qochirma, biror daqiqa ham yolg'iz qoldirma. Nima qilsang qil, lekin uni o'sha to'rt devor ichida saqlaysan. Tushundingmi?!"
Yura Taehyungning bunday qat’iy va vaxshiy buyrug‘idan so‘ng, faqatgina "xo‘p bo‘ladi" degandek bosh silkita oldi xolos. U sekin yuqoriga ko‘tarilib, yotoqxona eshigini ocharkan, ichkarida hayotdan butkul umidini uzgan Ariannani ko‘rdi.
Yura yotoqxona eshigini o‘zidan keyin ohista yopib, ichkaridagi og‘ir va zaharli havodan ko‘ksini to‘ldirib nafas oldi. U sekin qadamlar bilan karavot chetiga kelib o‘tirdi. Xonada faqatgina Ariannaning o‘pkasi yirtilgudek bo‘lib o‘ksib yig‘lashi eshitilardi.
Yura sekin qizning yoniga yaqinlashdi va uning qaltirayotgan qo‘llaridan tutdi. Uning maqsadi — Taehyungning buyrug‘ini bajarish bilan birga, bu bechora qizning qalbida ozgina bo‘lsa-da yashashga umid uyg‘otish edi.
- "Salom..." - dedi Yura, ovozini imkon qadar yumshatib. - "Mening ismim Yura. Senga bir oz bo'lsa-da taskin berish uchun keldim,
Arianna bu ismni eshitishi bilan xuddi ilon chaqqandek sapchib tushdi. U sochlari to‘zigan, yuz-ko‘zi yoshdan shishgan holda devor tomonga qisildi. Uning nigohida nafaqat qo‘rquv, balki vaxshiyona bir nafrat chaqnadi.
— "Ket! Yo‘qol bu yerdan!" — deb chinqirdi Arianna, ovozi yig‘idan bo‘g‘ilib. — "Menga yaqinlashma! Sen ham o‘sha maxluqning odamisan, uning soyasisan! Menga sening soxta saloming ham, soxta taskining ham kerak emas!"
Yura biror gap aytmoqchi bo‘lib og‘iz juftladi, ammo Arianna unga gapirishga imkon bermadi. Uning ichidagi barcha alam vulqondek otilib chiqardi:
— "Sizlardan nafratlanaman! Sen ham, o‘sha vaxshiy akang ham bir xil qonxo‘rsizlar! U meni o‘ldirishni, sen esa aqlimni o‘g‘irlashni xohlaysan, shundaymi?! Nima, u seni meni 'tuzatish' uchun yubordimi? Bor, xo‘jayiningga ayt, meni o‘ldirsin! Lekin sening bu mehrli niqobingga ishonmayman!"
Arianna o‘zini to‘shakka otdi va yuzini yostiqlar orasiga yashirib, bor ovozi bilan baqirib yig‘lay boshladi. Uning vujudi ayovsiz titrar, go‘yo dunyodagi bor nafrat uning mitti qalbiga sig‘mayotgandek edi.
Yura qizning bu og‘riqli isyonini jim kuzatdi. U tushunardi — bu qasrda o‘sgan har qanday "yaxshilik" Arianna uchun shunchaki navbatdagi qiynoqning bir qismi edi.
- "Men uning buyrug'i bilan kelganim rost..." - deb pichirladi Yura, ko'zlariga yosh qalqib. - "Lekin men sening dushmaning emasman, buyruqlarni bajaradigan bir insonman iltimos, meni haydama..."
Arianna javob o‘rniga faqatgina yostiq ostidan xirillagan ovozda: "Yo‘qol..." deb takrorladi.
Seul xalqaro aeroportining chekka, ko‘zdan yiroq qismiga Jungkookning shaxsiy samolyoti og‘ir bir gurlash bilan qo‘ndi. Bu samolyot bir vaqtlar qudrat va boylik timsoli edi, ammo bugun u mag‘lubiyat va nafrat yukini tashib kelgandi.
Samolyot eshigi ochilib, Jungkook ko‘ringanda, pastda saf tortib turgan yordamchilarining nafaslari ichiga tushib ketdi. Bir paytlar mag‘rur qadam tashlaydigan imperiya vorisi, bugun ikki qo‘ltig‘idagi tayanch tayoqlarga tayanib, har bir qadamida yuzi azobdan burishib, zo‘rg‘a pastga tushib kelardi. Taehyungning Italiyadagi o‘sha mash’um o‘qi nafaqat uning oyog‘ini, balki butun hayotini nishonga olgandi.
— Ming la’nat! Hammasi qo‘limdan ketdi! Ming la’nat bo‘lsin! — deb xirilladi Jungkook, zinapoyadan tushar ekan. Uning ovozi g‘azab va chorasizlikdan bo‘g‘ilib chiqardi.
U har gal tayanch tayoqni yerga tiraganida, go‘yo Taehyungning yuziga urayotgandek bor kuchi bilan bosardi. Uning uchun bu shunchaki jismoniy og‘riq emas, balki g‘ururining chil-chil bo‘lgani azobi edi. Italiyada qolgan barcha bank hisoblari, qurol omborlari va eng asosiysi — Arianna... Hammasini Taehyung bir zumda tortib olgan edi.
Yordamchilari darhol yugurib kelib, uning qo‘ltig‘idan tutmoqchi bo‘lishdi, lekin Jungkook ularni vaxshiyona bir nigoh bilan to‘xtatdi:
— Qo‘lingni tort, iflos! Men hali o‘lganim yo‘q! — deb baqirdi u.
Uni kutib turgan qora limuzinga zo‘rg‘a joylasharkan, Jungkookning peshonasidan sovuq ter quyilardi. U mashina oynasidan qorong‘u Seul osmoniga qarab, tishlarini g‘ijirlatdi:
— Taehyung... Sen meni Koreyada o‘ladi deb o‘ylayapsanmi? Men o‘z uyimda, o‘z tuprog‘imda senga jahannamni ko‘rsataman. Sen hamma narsamni olding, lekin mening qasosimni tortib ololmaysan!
Mashina katta tezlikda maxfiy qarorgoh sari yo‘l oldi. Jungkookning qo‘llari titrar, ammo ko‘zlarida hayoti davomidagi eng daxshatli reja pishib yetilayotgan edi.
Jungkook mashinadan bazo‘r tushib, har bir qadami vujudiga pichoqdek sanchilayotgan azob bilan uyiga sudrilib kirdi. Tayanch tayoqlarining poldagi har bir zarbasi uning mag‘rurligidan qolgan so‘nggi parchalarni ham yer bilan bitta qilayotgandek edi. Ammo mehmonxonaga kirishi bilan kutilmagan manzara uni to‘xtashga majbur qildi.
U yerda, xuddi o'z uyidek bemalol, oyoqlarini chalishtirib J-Hope o'tirardi. Jungkook hayron qolmadi, aksincha, uning hozirgi holatida har qanday kutilmagan vaziyatga nisbatan befarqlik uyg'ongan edi.
— "Nima, uyimga o‘g‘rilika tushdimi?" — Jungkook xirillagan ovozda, tayoqlariga bor og‘irligini tashlab. — "Eshiklarni qulflashni unutibman shekilli, har xil shaqollar bemalol kirib yuribdi."
J-Hope qo‘lidagi qadahni stolga qo‘ydi-da, nigohini sekin Jungkookning oyog‘iga, so‘ng o‘sha tayoqlarga qaratdi. Uning labida makkorona va zaharli bir tabassum paydo bo‘ldi.
— "O‘g‘ri emas, qadrdoning deganing ma’qulroq edi," — dedi J-Hope kinoya bilan. — "Lekin senga nima bo‘ldi, Jungkook? Buyuk imperatorning Koreyaga qaytishi bunchalar ayanchli bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Nima, akang senga shunchalik 'issiq' kutib olish marosimi uyushtirdimi? Taehyungning o‘qi nafaqat oyog‘ingga, balki g‘ururingga ham aniq tegibdi-ku."
J-Hope o‘rnidan turmay, Jungkookning titrayotgan qo‘llariga qarab piching qildi:
— "Akang seni shunchaki jazolamabdi, u sening butun imperiyangni — Ariannani ham, obro‘yingni ham bir soniyada yer bilan bitta qilibdi. Endi nima qilasan? Manavi tayoqlaring bilan qasos olmoqchimisan?"
Jungkook tishlarini g‘ijirlatib, J-Hopega nafrat bilan tikildi. Unga hozir eng kam kerak bo‘lgan narsa — bu odamning achchiq ustidan kulishi edi.
— "Og‘zingga qarab gapir, J-Hope!" — dedi Jungkook bo‘g‘iq ovozda. — "Agar bu yerga holimga kulish uchun kelgan bo‘lsang, hoziroq yo‘qol. Men yaralangan bo‘lsam ham, sening tomog‘ingni sug‘urib olishga kuchim yetadi!"
J-Hope kutilmaganda jiddiylashdi va uning ko‘zlariga sovuqqonlik bilan boqdi:
— "O‘zingni aldashni bas qil, Jungkook. Taehyung seni nafaqat Koreyadan, balki yer tagidan bo‘lsa ham kavlab topadi, buni o‘zing ham yaxshi bilasan," — dedi u, Jungkookning ko‘zlariga tik qarab. — "Hozirgi Taehyung biz bilgan o‘sha eski Taehyung emas. U hozir har qachongidan ham vaxshiyroq va eng asosiysi... u bizdan ancha kuchliroq. Uning qo‘lida endi nafaqat qurol, balki butun boshli ma’lumotlar va o‘sha biz erisha olmagan maxfiy aloqalar bor."
J-Hope bir qadam oldinga yurib, Jungkookning titrayotgan va tayoqqa tiralgan qo‘llariga ishora qildi:
— "Sening yoningda kim qoldi? Sotqin yordamchilarmi yoki o'limingni kutayotgan dushmanlarmi? Hozir sening buyruqlaring xuddi bo'shliqqa qarab baqirilgan hayqiriqdek samarasiz. Taehyung esa Italiyada qolgan barcha aloqalaringni o'ziniki qilib bo'ldi.U hozir Arianna bilan qayerdadir o‘tirib, sening bu yerda qanday jon talvasasida titrayotganingni tomosha qilyapti."
Jungkookning ko‘zlari nafratdan yonib, tayoqlarni shunday qattiq siqdiki, barmoqlari oqarib ketdi. Ammo J-Hope to‘xtash niyatida emas edi:
— "Agar o‘sha mag‘rurligingni bir chetga surib, menga quloq solmasang, Taehyung Seulga qadam qo‘ygan kuniyoq sening qonli to‘y ko‘ylagingni kiygan rafiqangni sening janozangga olib keladi. Men bilan ittifoq tuzasan, Jungkook. Menga o‘sha yashirin omborlaringning koordinatalarini berasan, men esa senga Taehyungning e’tiborini chalg‘itadigan vaqt va yangi qurol beraman. Aks holda... sening bu hashamatli uying sening so‘nggi manziling bo‘ladi."
Jungkook tishlarini g‘ijirlatib, J-Hopening ko‘zlariga tik qaradi. U bu taklifning tagida ulkan bir xiyonat yotganini his qilsa-da, hozircha boshqa chorasi yo‘qligini anglab turardi.