April 9

Пост 09.04.2026

Ep:4

Taehyung g‘azabdan bo‘g‘ilib, o‘zini biroz bosish va miyasidagi chigal o‘ylarni tarqatish uchun shiddat bilan dush xonasiga kirib ketdi. Suvning shatirlagan ovozi eshik ortidan eshitila boshlagach, boya hazil qilib turgan Jiminning yuzidagi soxta tabassum bir zumda yo‘qoldi. Uning nigohlari o‘tkir va sovuq tus oldi.

U birinchi bo'lib Taehyungning ish stoli ustida turgan qimmatbaho, tilla suvi yugurtirilgan soatiga qaradi. Bu shunchaki vaqtni ko'rsatuvchi buyum emas, balki Taehyungning nufuzi ramzi edi. Jimin soatni qo'liga olib, uni go'yo sifatini tekshirayotgandek aylantirib ko'rdi.

So‘ng, uning nigohi ochiq turgan qimmatbaho atirlar to‘plamiga tushdi. U atir shishalaridan birining qopqog‘ini ochib, hidini tuydi — bu Taehyungning doimiy, og‘ir va salobatli ifori edi. Lekin Jiminning maqsadi bu emasdi. U xonadagi har bir buyumni — kitoblar javonini, devordagi suratlarni va hatto gilam chetlarini ham ko‘zdan kechirib chiqdi.

Dush xonasidan suvning to'xtagan ovozi kelishi bilan Jimin bir lahzada boyagi joyiga qaytib, o'zini xuddi xonadagi hashamatga shunchaki mahliyo bo'lib turgandek ko'rsatati.

Taehyung dushdan chiqib kelarkan, uning ustidan hamon issiq bug‘ ko‘tarilar, ammo nigohlari muzdek sovuq va qat’iyatli edi. Egnidagi oq xalatining bog‘ichini mahkam bog‘lar ekan, u xonada hamon turgan Jiminga qarab, go‘yo o‘lja poylayotgan yirtqichdek yaqinlashdi. Har bir qadami polda og‘ir va vahimali aks-sado berardi.

"Men senga atiga besh daqiqa bergan edim bu yerdan ketishing uchun! Nima, men bilan o‘yin o‘ynaging kelib qoldimi, Jimin? Aaaaa? Yokida o‘sha itvachcha Jungkookka hisob berish uchun bu yerda ma’lumotlar yig‘yapsanmi?" — Taehyungning ovozi xonaning sovuq devorlariga urilib, vahimali aks-sado berdi.

Jiminning yuzidagi soxta xotirjamlik bir lahzada parchalandi. Uning ko‘zlaridagi hazil va istehzo o‘rnini qonli qasos va yillar davomida ichiga yutib kelgan charchoq — haqiqiy, vulqonday otilib chiqqan g‘azab egalladi. U o‘rnidan shunday shiddat bilan turdiki, o‘zi o‘tirgan qimmatbaho charm kursi orqaga qarab surilib, devorga urildi.

— "Menga Jungkookni gapirma, Taehyung! Men senga o‘sha 'itvachcha'ning xizmatkorimanmi yoki sening soyangmanmi?!"— Jiminning ovozi g'azabdan bo'g'ilib, Taehyungnikidan ham balandroq va vahimaliroq yangradi.—"Nega yo'q bo'lib qolding,Sen qayerda eding, Taehyung?! Bir haftadan beri butun dunyo mafiya olami oyoqqa turgan, ostonangda qon hidi anqib yotibdi! Sen esa qaysidir burchakda o'z o'tmishingning sharpalari bilan band bo'lib, butun dunyoni olov ichida qoldirding!"

Jimin Taehyungning ko‘ksiga barmog‘i bilan qattiq nuqidi, uning nigohlarida g‘azab uchqunlari yonardi:

- "Qizlar yetib kelgan,boyvachch mijozlar bilan to'la,ular o'z pullari evaziga yangi 'o'ljalar'ni kutishmoqda! Narkotik moddalar omborlarda qolib chiriyapti, qurol-yarog' partiyalari chegarada to'xtab qoldi, chunki ularni o'tkazish uchun seni imzoi kerak Nima deb o'ylaysan, butun dunyo mafiya klanlari - o'sha Italiyadagi qonxo'rlar, Rossiyadagi shafqatsizlar seni sabr bilan kutyaptimi?

"Agar qoʻlidan kelsa , rahbarlik qil, bo'lmasa bu taxtdan tush, toki boshqalar seni o'ldirib bo'shliqni to'ldirmasin!"

Taehyung Jiminning qo‘lini siltab tashladi, uning jag‘lari g‘azabdan shunday tugun bo‘ldiki, hatto tishlarining g‘ijirlashi xonadagi o‘lik sukunatda eshitildi.

"Menga nima qilishni o'rgatma, Jimin! Men qachon kelishni va qachon yo'q bo'lishni o'zim hal qilaman," - deb pishqirdi Taehyung, nigohlari yirtqich hayvonnikidek qisilib. - "O'sha mafiya boshliqlari mening iznimisiz nafas ololmaydi. Agar kimdir janjal ko'targan bo'lsa, demak ular hali mening kimligimni bilishmaypti Men ularga kerakli darsni beraman!"

Jimin istehzo bilan kuldi, lekin bu kulgi ortida charchoq va haqiqiy xavotir bor edi:

— "Unutishibdi? Ular shunchaki sening o‘rningga boshqa birov kelishini, sening zaiflashishingni kutishyapti. Bir haftadan beri hammasini men yopib kelyapman, hamma zarbalarni o'z zimmamga olyapman! Sen esa dushda miyangni tozalab, issiq bug'lar ichida o'tiribsan. -Jimin yana gapini davom ettirdi

-agar bugun o'sha savdolarni amalga oshirmasang va qurollarni joyiga yetkazmasang, ertaga seni nafaqat Jungkook, balki o'zing ishongan 'sodiq' odamlaring ham parchalab tashlaydi. Dunyoni boshqarish uchun avval o'z nafratingni jilovlashni va o'tmishingning eshiklarini butunlay mixlashni o'rgan."

Taehyung kutilmaganda Jiminning yoqasidan mahkam changalladi va uni devorga shunday zarb bilan urdiki, xonadagi tilla suvi yugurtirilgan qimmatbaho buyumlar joyidan siljib ketdi.

— "Menga sening nasihatlaring kerak emas! Endi yo‘qol! Ishni o‘zim qo‘lga olaman. Va o‘sha Jungkookka aytib qo‘y koʻp ham asabimga oʻynamasin

-Men hali tirikman va bu dunyo hamon meniki! Men Jeonlarning o'sha kamsitilgan Taehyung emasman, men Nyu-Yorkning hukmdoriman!

Jimin og‘riqdan yuzini burishtirsa-da, ko‘zlaridagi o‘sha sirli va g'olibona ma’no yo‘qolmadi. U kiyimlarini to‘g‘irlab, ostonaga yetdi va so‘nggi bor orqasiga qarab shivirladi:

- "Yaxshi... men ketaman. Lekin unutma, Taehyung... qurol va narkotik bu ketishda Jungkookni qõliga oʻtib ketadi va sendan oldinga oʻtib ketadi ozini yigʻishtirib ol doʻstim - chiqib keti Jimin xonada

Jimin


bog'ini butunlay qoplab olgan edi. Atrofda o'lik sukunat hukmron, faqatgina uzoqdan eshitilayotgan favvoraning mayin shatirlashi bu og'ir muhitni biroz buzib turardi. Qora rangli, oynalari qorong'ulashtirilgan "Maserati" mashinasi bog'ning qoq markazida, silliq tosh yo'lak ustida sekin to'xtadi

Jungkook mashinadan tushib, narigi eshikni shiddat bilan ochdi. U Ariannaning nozik va titrayotgan qo‘lidan mahkam tutib, uni pastga tushirdi. Qizning vujudi dori ehtiyojidan shunday qaltirar ediki, u oyoqqa zo‘rg‘a turar, har bir qadami go‘yo jonsiz bir qo‘g‘irchoqning harakatlariga o‘xshardi. Jungkook esa uning bu ojizligiga zarracha achinmay, uni bog‘ning chuquriga, qalin daraxtlar soyasiga yetakladi.

Ular baland va serbarg daraxtlar soyasiga yetganlarida, Jungkook to‘xtadi. U Ariannaning rangpar yuziga, ko‘zlari ostidagi qora halqalarga va lablarining ko‘karib ketganiga sinchkovlik bilan tikilib turdi.

"Nega bunchalar xomushsan, mening go‘zal malagim? Axir yonimdasan-ku, dunyodagi eng xavfsiz joydasan," — dedi Jungkook ovozini ataylab muloyim, lekin ichida zahar yashiringan ohangda. U barmoqlari bilan qizning yuzini ohista siladi.

Arianna qaltirayotgan va zo‘rg‘a chiqayotgan ovozda javob berdi:

- " Jungkook... o'zingiz bilasiz-ku... tanam qahshab ketyapti. Go'yo suyaklarim ichidan sinayotgandek og'riq bor.- - Arianna hayrat bilan

Jungkookning jag‘lari g‘azabdan tugun bo‘lib ketdi. Ariannaning har bir nolasi, har bir titrog‘i uning qulog‘iga yoqimsiz bir shovqundek urilardi. Uning uchun bu qiz shunchaki o‘z maqsadiga erishish.yo‘lidagi bir vosita edi, uning jismoniy azoblari esa Jungkookni faqatgina qimmatli vaqtni boy berayotgandek xunob qilardi. U qizning jag‘ini siqib turgan qo‘lini shunday shiddat bilan tortib oldiki, Arianna muvozanatini yo‘qotib, daraxt tanasiga suyanib qoldi.

Jungkook chuqur nafas olib, yuziga soxta, ammo daxshatli darajada xotirjam tabassumini kiydi. Uning nigohi muzdek sovuqligicha qolsa-da, ohangini kutilmaganda "mehribon" bir kishinikidek o‘zgartirdi.

"Bo'ldi, azizam, kel bu zerikarli gaplarni bir chetga yig'ishtiraylik," - dedi Jungkook kutilmaganda ohista ohangda. - "Hayotda og'riqdan ham muhimroq, hayajonliroq narsalar bor. Masalan...seni yaqinlashib kelayotgan tug'ilgan kuni - Jungkookning o'z bayrami haqida gapirishi daxshatli bir masxara edi

Aslida, bu tabassum ortida daxshatli bir maqsad yashiringan edi. Jungkookning rejasi -Arianna tug'ilgan kuni bahonasida Ariannaning otasi, butun dunyo tan olgan qudratli va shafqatsiz mafiya sardori Alessandro Romanoning mutloq ishonchiga kirib olish edi. Bu tug'ilgan kun shunchaki bazm emas, balki Romanolar imperiyasini ichidan yemirib, butun boshli qirollikni, barcha qurol va narkotik yo'laklarini qo'lga olish uchun qo'yilgan birinchi va eng muhim qadam edi. U o'zining bo'lajak qaynotasining boyligi va nufuziga ko'z tikkan, Arianna esa bu xavfli o'yinda shunchaki o'z otasiga qarshi ishlatiladigan, irodasi zaharlar bilan sindirilgan "xo'rak" edi xolos.

Arianna hayrat va umidsizlik bilan unga tikildi. Uning butun vujudi olovda yonayotgandek azoblanayotgan, har bir hujayrasi omon qolish uchun o'sha zahri qotilni qumsayotgan bir paytda, Jungkook Ariannaga bosim ostida qoldi.

-menga kerak emas tugʻilgan kun menga faqat dorini bering boʻldi jungkok -deb hayqirdi Arianna. Uning ovozi og'riq va umidsizlikdan bo'g'ilib, bog'ning o'lik sukunatini parchalab yubordi. U hozir shunday ahvolda ediki, na otasining imperiyasi, na qimmatbaho ko'ylaklar uning ko'ziga ko'rinmasdi. U faqat bitta narsani - suyaklaridagi chidab bo'lmas qahshashni to'xtatishni xohlardi.

Bu gapni eshitgan Jungkookning ko'zlari bir zumda qonli tus oldi. Uning jag'lari g'azabdan shunday qattiq tugun bo'ldiki, tishlarining g'ijirlashi tumanli havoda aniq eshitildi. U yaxshi gapga ko'nmaydigan, uning rejalariga, hatto ojiz holatida ham qarshilik ko'rsatadigan odamlarni joni bilan yomon ko'rardi.

— "Sen kim bo‘lib menga shart qo‘yyapsan?!" — deb baqirib berdi Jungkook uning yuziga yaqinlashib. Uning nafasidagi sovuqlik qizning yuziga urildi. — "Senga dori kerakmi? Senga najot kerakmi? Unday bo‘lsa, tilingni tiyib, men nima desam shuni qilasan! Sen shunchaki mening maqsadlarim uchun bir vositasan, tushundingmi?!"

U qizni sochidan sudrab, "Maserati" eshigi tomon yetakladi. Eshikni shiddat bilan ochib, Ariannani xuddi keraksiz, eski bir matohdek mashina saloniga uloqtirdi. Qizning boshi o‘rindiq chetiga urilib, ko‘zlari tindi, vujudi esa dori azobidan yanada qattiqroq titray boshladi. Lekin Jungkook bunga zarracha e’tibor bermadi. Uning o‘zi chaqqonlik bilan haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirdi.

Dvigatelning vahshiyona o‘kirishi tumanli Italiya bog‘ining sukunatini butunlay parchalab tashladi. Jungkook mashinani shiddat bilan o‘rnidan qo‘zg‘atib, g‘ildiraklarni tosh yo‘lakda g‘ijirlatgancha o‘zining mahobatli va daxshatli uyi tomon haydadi. Mashina ichidagi havo o‘ta tarang edi; bir tomonda azobdan titrayotgan, ko‘z yoshlariga bo‘g‘ilgan Arianna, ikkinchi tomonda esa nigohlari faqat qasos, qudrat va Alessandro Romanoning imperiyasini egallash ilinjida yonayotgan, vijdonsiz Jungkook.

Jungkook yo'l bo'yi birorta ham so'z aytmadi lekin uning mashinani boshqarishidagi shafqatsiz shiddatidan bugun kechasi Arianna uchun juda og'ir bo'lishi aniq edi. U qizga o'sha "najot"ni shunchaki bermasligini, uni har bir tomchi dori uchun tiz cho'ktirishini va o'z otasiga qarshi xoinlik qilishga butunlay tayyorlashini ich-ichidan rejalashtirib borardi.

Jungkookning mahobatli qasri bu oqshom shunchaki uy emas, balki tiriklayin azob beruvchi maxfiy bir qamoqxonaga aylandi. Mashina shinalarining tosh yo‘lakdagi vahshiyona g‘ichirlashi hali tinib ulgurmay, Jungkook "Maserati"dan yirtqichlarga xos shafqatsizlik bilan tushib keldi. Uning nigohida nafaqat g‘azab, balki bir insonning irodasini butunlay yer bilan bitta qilishga bo‘lgan daxshatli ehtiyoj yonardi.

U mashinaning narigi eshigini shunday shiddat bilan ochdiki, temirning ovozi tun sukunatida o‘q ovozidek jarangladi. Arianna ichkarida o‘zini burchakka qisib, dori azobidan butun vujudi qaltirab, nafas olishga ham qo‘rqib o‘tirardi. Jungkook uning uzun, ipakdek mayin sochlaridan barmoqlarini xuddi temir changaldek o‘tkazib, mahkam tutdi-da, qizni tashqariga siltab tortdi.—

"Yo‘q! Iltimos... Jungkook, jonim og‘riyapti! Qo‘yib yuboring!" — Ariannaning achchiq qichqirig‘i bog‘dagi tumanli havoga singib ketdi. Uning nozik barmoqlari Jungkookning baquvvat bilagiga yopishib, sochlarini qutqarishga urinar, ammo har bir harakati faqatgina bosh terisining chidab bo‘lmas darajada tortilishiga va og‘riqning kuchayishiga olib kelardi

Jungkook qizning iltijolariga zarracha e'tibor bermadi. Uni xuddi keraksiz, eski bir matohdek shagal yo‘lakdan sudrab, uyning mahobatli ostonasi tomon yetakladi. Hovlida haykaldek qotib turgan qo‘riqchilar bu manzarani ko‘rib, nigohlarini yerga qadashdi. Ularning hech biri, hatto eng sadoqatlisi ham, xo‘jayinning ishiga aralashishga jur’at eta olmasdi. Qizning ko‘zlaridagi o‘sha najot kutayotgan nigohlar ularning vijdonini qiynasa-da, qo‘rquv kuchliroq edi.

Uyga kirishlari bilan xizmatkorlarning daxshatga to‘la pichir-pichirlari eshitila boshladi:

-Bechora qizaloq... naqadar daxshat," - deb pichirladi yoshi kattaroq oshpaz ayol, qo'li bilan og'zini yopib.

- "Jim bo'l, xo'jayin eshitib qolsa, barchamizni shu ko'yga soladi.deb javob berdi ikkinchisi, daxshatdan ko‘zlari katta-katta bo‘lib

Jungkook Ariannani marmar pollar ustidan yuqori qavatga qarab sudrab ketarkan, qizning tizzalari va kiyimlari polga ishqalanishidan yoqimsiz ovoz chiqarardi. U zinalardan shiddat bilan ko‘tarilarkan, Ariannaning charchagan vujudi har bir pog‘onada og‘riq bilan urilardi. Jungkook uni o‘zining maxfiy, sovuq va qorong‘u xonasiga olib kirdi va eshikni ichkaridan qattiq qulflab qo‘ydi.

Xona markaziga qizni uloqtirib yuborgach, Jungkookning sabr kosasi butunlay toshdi. Uning nafas olishi og‘irlashgan, nigohlari esa faqat qasos ilinjida yonardi. U sekin, sovuqqonlik bilan belidagi charmdan ishlangan og‘ir kamarini yechishni boshladi. Kamarning temir qismi polda og‘ir ovoz bilan sudraldi.

— "Sen hali menga shart qo‘yadigan bo‘ldingmi?! Senga dori kerak edi, to‘g‘rimi?" - deb pishqirdi Jungkook-Mana hozir senga sadoqat darsini o'rgatib qo'yaman!"

U kamar bilan Ariannaning nozik vujudiga zarba bera boshladi. Har bir zarba havoni "vishillab" kesib o'tar va qizning tanasida achchiq izlar qoldirardi. Arianna og'riqdan qichqirar, yerda o'zini himoya qilishga urinib bujmayib olar, lekin Jungkook to'xtamasdi. U qizni nafaqat jismonan, balki ruhan ham butunlay yo'q qilishni, uni faqat bitta narsaga - o'ziga mutloq qaram bo'lishga majburlamoqchi edi.Arianna og‘riqdan qichqirar, yerda o‘zini himoya qilishga urinib bujmayib olar, lekin Jungkook to‘xtamasdi.

U qizni nafaqat jismonan, balki ruhan ham butunlay yo‘q qilishni, uni faqat bitta narsaga — o‘ziga mutloq qaram bo‘lishga majburlamoqchi edi. Dori azobi va jismoniy qiynoq bir-biriga qo‘shilib, Ariannaning ongini zulmatga g'arq qilardi. U hozir dunyodagi hamma narsani — hatto o'z otasi Alessandro Romanoni ham bitta kichik tabletka va bu qiynoqlarning to‘xtashi uchun sotishga tayyor holatga keldi.

— "To‘xtating! Iltimos, Jungkook... bo‘ldi qiling!" — Ariannaning ovozi endi faqat xirillashga aylanib qolgan edi. Uning ko‘zlaridagi yoshlar polga tomib, dori azobi va tana og‘rig‘i bir-biriga qo‘shilib ketgan edi.Jungkook esa xuddi o‘ziga kelgan kabi bir zumga to‘xtadi, lekin bu rahm-shafqat emas edi. U qizning jag‘idan mahkam tutib, uni o‘ziga qaratdi:

— "Endi gapir... Otangning imperiyasiga kirish kodlarini aytasanmi yoki bu kamar sening oxirgi hamrohing bo'lishini xohlaysanmi?"

Ariannaning baqiriqlari xonaning sovuq devorlariga urilib, vahimali aks-sado berardi. Uning vujudi og‘riqdan qaltirasa-da, qalbida yillar davomida to‘plangan nafrat vulqon kabi otilib chiqdi. Bu uning nafaqat Jungkookka, balki o‘zining chorasiz taqdiriga bo‘lgan isyoni edi.

— "Sizdan nafratlanaman, Jungkook! Eshitayapsizmi, dunyodagi eng iflos va eng qabih insonsiz!" — deb hayqirdi Arianna polga yiqilgancha. Uning ko‘zlarida yosh emas, balki Jungkookning vujudini ham kuydirib yuboradigan darajadagi nafrat uchqunlari yonardi. — "Siz meni dori bilan sindirdim deb o‘ylayapsizni? Meni kamar bilan urib, o‘z irodangizga bo‘ysundirdim deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q! Siz mening tanamni qiynashingiz mumkin, lekin ruhimni hech qachon egallay olmaysiz!"

"Yana gapir, malagim... sening bu nafrating menga yanada ko‘proq kuch beryapti," — dedi u qizga yaqinlashib.

— "Siz hech qachon haqiqiy sevgini nima ekanligini bilmaysiz!" — davom etdi Arianna, ovozi zo‘rg‘a chiqsa-da, har bir so‘zi Jungkookning yuragiga o‘qdek qadalardi. — "Siz faqat qo‘rquv va azob orqali odamlarni boshqarishni bilasiz. Otam sizga ishongan edi! Men sizni najotkorim deb o‘ylagan edim! Lekin siz... siz shunchaki boshqalar hayotini yeb bitiruvchi maxluqsiz. Men o‘lsam ham, sizga otamning sirlarini aytmayman! Meni o‘ldiring, lekin sadoqatimni sotib ololmaysiz!"

Jungkook birdan qizning yoniga tiz cho‘kdi va uning jag‘idan shunday qattiq tutdiki, Ariannaning nafasi ichiga tushib ketdi. Uning ko‘zlari qizning ko‘zlariga shunchalik yaqin keldiki, Arianna uning tubsiz qora nigohlaridagi daxshatli zulmatni yaqqol ko‘rdi.

— "Sadoqat?" — Jungkook istehzo bilan pishqirdi, uning nafasi qizning yuziga sovuq urildi. — "Sadoqat haqida gapirish uchun sen juda kech qolding, Arianna. Sen allaqachon mening zahrimga o‘rganganingda, tanang dori deb qichqirgan ilk soniyadayoq sadoqatni boy bergansan. Endi sening nafrating ham, sadoqating ham bitta kichkina oq tabletkaning ichiga yashiringan. Men seni o‘ldirmayman... Men seni shunday holga keltiramanki, sen o‘zing o‘limni yalinib so‘raysan, lekin u kelmaydi. Sen hali o‘z qo‘llaring bilan Alessandro Romanoning imperiyasini menga topshirasan va o‘sha kuni oyoqlarimni o‘pib, menga rahmat aytasan

Arianna uning yuziga tupurib yuborgisi keldi, lekin vujudidagi azob unga imkon bermadi. U faqat Jungkookning o‘sha sovuq va qonxo‘r nigohlari ostida irodasining so‘nggi bo‘laklari ham parchalanib borayotganini his qildi. Jungkook esa o‘rnidan turib, kiyimlarini to‘g‘irladi.

Davom bor....