Пост 16.04.2026
Taehyungning bu psixologik qiynoqlarini, odamni tiriklayin parchalashini yaxshi bilar edi. Jungkook tishlarini g‘ijirlatib, asabiy holda o‘kirdi:
— "Shuncha payt qaysi iflos g‘orda yashirinib yurganding, itvachcha?! Endi, hammasi mening qo‘limga o‘tganda, butun imperiyani o‘zimga bo‘ysundirganimda 'akaligin endi esinga tushib qoldimi?! Nima maqsadda kelding bu yerga, iflos?!"
Taehyungning labida kishini muzlatib yuboradigan daxshatli bir jilmayish paydo bo'ldi:— "Meni xafa qilyapsan, ukajon," — dedi u va hech qanday ogohlantirishsiz qurolini pastga qaratdi.
Xonada dahshatli o'q ovozi yangradi. Taehyung bir soniyada Jungkookning oyog'iga o'q uzdi
Jungkook daxshatli og‘riqdan bo‘g‘iz yirtib o‘kirdi va bir tizzasiga yiqildi, ammo Ariannaning bilagini baribir qo‘yib yubormadi. Uning ko‘zlari qonli tus olib, Taehyungga qarata la’natlar yog‘dira boshladi. Asabiylari butkul buzilgan Jungkook yaralangan sher kabi o‘z dushmaniga tashlanishga tayyor edi.
Mehmonlar orasida Jeon xonim esa ko'z oldida yuz berayotgan bu vahshiylikdan daxshatga tushgan edi. U o'zi oq sut berib tarbiyalagan, bir vaqtlar begunoh bo'lgan o'g'illarining naqadar hayvonlashib, bir-birini o'ldirishga tayyor turgan yirtqichlarga aylanganiga ishona olmasdi. Onaning faryodi zalda aks sado berdi, ammo nafrat alangasi uni eshitmas edii
Arianna esa bu ikki iblisning o‘rtasida qolganidan daxshatga tushib, o‘pkasi yirtilgudek faryod chekardi. Uning yuzidagi qalin pardoz ko‘z yoshlariga qo‘shilib oqib tushgan, Jungkookning shafqatsiz tarsakisidan qolgan ko‘kargan jarohatlar endi butun dunyoga fosh bo‘lgan edi. Arianna tanasidagi dori azobi, Jungkookning suyakni maydalovchi tutqichi va Taehyungning vahshiy nigohi orasida qolib, faqat bir narsani — o‘limni orzu qilardi. U hozirgina yangragan o‘q uning peshonasidan o‘tib ketishini ming chandon afzal ko‘rardi, zero bu tiriklayin azobdan qutulishning yagona yo‘li shu edi.
Taehyung xuddi yirtqich hayvon kabi sekin qadamlar bilan yerda madori qurib yotgan Ariannaning yoniga keldi. Uning ko‘zlarida na shafqat, na rahm bor edi. Taehyung qo‘lidagi muzdek, qon hidi anqib turgan qurolining milini qizning titrayotgan yuziga tegizdi. Qurolning sovuq temiri Ariannaning pardozlari oqib tushgan, jarohatli yuzini silarkan, Taehyungning labida daxshatli bir istehzo paydo bo‘ldi.
— "Nega bunchalik chirqirab yig‘layapsan, go‘zalim?" — dedi Taehyung, ovozi pichoqdek zirqirab. — "Axir hali bazm endi boshlandiku? Hali 'mehribon' eringni o‘ldirganim ham yo‘q... Shoshilma, tomosha hali oldinda."
Ariannaning vujudi dori yetishmasligi va qo‘rquvdan ayovsiz qaltirar, u qarshisida turgan bu odam Jungkookdan ham vahshiyroq ekanini his qilib turardi. U titroq qo‘llari bilan Taehyungning paltosiga yopishmoqchi bo‘ldi, ovozi dudlanib, zo‘rg‘a chiqdi:
"Iltimos... janob... meni qo‘yib yuboring... ... Iltimos..." — deb yolvordi u, ko‘z yoshlari qonli jarohatlariga aralashib.
Taehyung qizning bu chorasizligidan zavq olgandek, uning yuziga yaqinlashdi va Jimin tomonga qarab, qisqa va qat'iy ishora qildi.
— "Olib keting buni. Mening ko‘z oldimda yig‘lashi asabimga tegyapti" — dedi Taehyung sovuqqonlik bilan.
Jimin buyruqni kutib turgandek, darhol yetib keldi va Ariannaning zaif vujudini go'yo bir buyumdek , zalning qorong'u yo'laklari sari sudrab ketdi. Ariannaning so'nggi bo'g'iq faryodi va yordam so'rab qilgan iltijolari Jungkookning g'azabli o'kirishlari orasida bo'g'ilib qoldii
Jungkook esa yaralangan oyog'ini zo'rg'a sudrab, Taehyungga tashlanmoqchi bo'ldi:— "Uni qo‘yib yubor! U meniki! Sen itvachcha hamma narsamni tortib ololmaysan!"
Taehyung ukasining bu holatiga qarab, baland ovozda, daxshatli tarzda kulib yubordi. Endi zalda faqat qon va intiqom nafasi hukmron edi.
Jimin Ariannani zalning qon hidi anqib turgan yo‘laklaridan sudrab olib chiqarkan, tashqarida qator turgan qo‘riqchilarning nigohi darhol qizga qadaldi. Ariannaning oppoq to‘y libosi yirtilgan, yelkalari ochilib qolgan va vujudi dori azobidan ayovsiz titrardi.
Atrofdagi erkaklarning ko‘zlarida hech qanday achinish yo‘q edi; aksincha, ular bu chorasiz va go‘zal "o‘lja"ga qarab, yirtqichlarga xos ehtiros bilan tikilishardi. Ularning nigohlari Ariannaning titrayotgan tanasini go‘yo kiyimlarisiz ko‘rayotgandek shilqimlik bilan kezib chiqdi, o‘zaro razil jilmayishlar almashishdi.
Jimin bu iflos nigohlarni sezishi bilan to'xtadi. Uning ko‘zlari nafratdan qisilib, barchani muzlatib qo‘yadigan darajada vahshiyona baqirib berdi:
- "Ko'zlaringni o'yib olaman, itvachchalar!bu Taehyungning shaxsiy mulki!"
Qo'riqchilar qo'rquvdan darhol chetga chekinishdi. Jimin esa g'azab bilan Ariannani qora rangli mashina eshigi tomon sudradi. U qizni xuddi keraksiz bir matohdek mashina saloniga uloqtirdi. Ariannaning zaif vujudi charm o'rindiqqa urilib, jonsizgina yiqildi. Uning ongi zulmatga g'arq bo'lar ekan, oxirgi eshitgani mashina eshigining shiddatli "taq" etgan ovozi bo'ldi..
Jimin haydovchiga qisqa buyruq berdi:ʼ
-Hoziroq maxfiy qarorgohga! Taehyung u bilan hali hisob-kitobni tugatgani yo'q. Yo'lda o'lib qolmasin.
Taehyung yerda oqsayotgan, g‘azabdan tomirlari bo‘rtib chiqqan Jungkookning qarshisida bir muddat bitta tizzasida cho‘kkalab turdi. Uning nigohida na g‘azab, na g‘alaba quvonchi bor edi — faqat kishini muzlatib yuboradigan darajadagi zerikish. U barmog‘i bilan ukasining smokingidagi qon dog‘ini xotirjamlik bilan silab, pichirladi
— "Bu o‘yin kutilganidan ham tezroq zeriktirdi, ukajon," — dedi u, ovozi o‘lim sukunatidek vaximali chiqdi. — "Sening imperiyang qog‘ozdan ekan, uni bitta o‘q bilan kul qilib yubordim. Endi esa... yaxshi qol. Bu vayronalar ichida omon qolish sening navbatdagi darsing bo‘ladi."
Taehyung o‘rnidan turarkan, ustidagi qon sachragan paltosini xuddi changini qoqayotgandek bepisandlik bilan siltadi. U Jungkookning g‘azabli o‘kirishlariga, yerda o‘lim talvasasida yotgan mehmonlarga yoki onasining yurakni o‘rtovchi faryodiga bir soniya ham e’tibor qaratmadi. Uning uchun bu xona va undagi odamlar allaqachon tirik murdalar edi.
Taehyungning vahshiyona hayqirig‘i dabdabali zalning billur qandillarini titratib yubordi. Uning ovozida shunday bir daxshat bor ediki, hatto o‘lim talvasasida yotganlar ham bir soniya nafas olishdan to‘xtab qolgandek tuyuldi.
— "BO‘LDI! TOMOSHA TUGADI! HAMMA UY-UYIGA TARQALSIN!" — deb baqirdi u, nigohi bilan butun zalni kuydirib yuborgudek. — "Bugun bu yerda na nikoh bo‘ldi, na bayram. Faqatgina bir ahmoqning mag‘lubiyati tarixga yozildi.
Uning bu buyrug‘idan so‘ng, qo‘rquvdan qotib qolgan mehmonlar bir-birlarini turtib-surtib, qonli pol ustida sirpanib bo‘lsa-da, jon hovuchlab eshiklar tomon oqib keta boshladilar. Taehyung uchun endi bu yerda hech kimning — na ota-onasining, na yerda qon ichida yotgan ukasining zarracha qadri qolmagan edi.
U yelkasini bir siltab, ustidagi qon sachragan paltosini to‘g‘irladi va mag‘rur qadamlar bilan zalni tark etdi. Uning ortidan uning "soyalari" — qurollangan odamlari xuddi Azroilning lashkarlari kabi jimjit ergashdilar. Saroy hovlisida motori gurlab turgan qora mashinaga o‘tirarkan, haydovchiga sovuqqonlik bilan buyruq berdi:
-Qarorgohga hayda. O'ljamiz jannatni orzu qilishni to'xtatib, do'zaxga ko'nikib qoldimikan, bir ko'raylik..."
Taehyungning mashinasi villa hovlisida to‘xtaganda, tunda hukm surgan sukunat daxshatli haybat bilan bo‘lindi. U mashinadan tusharkan, atrofga o‘ziga xos vaxshiyona aura yoyildi. Qora ipak ko‘ylagi ostidan bo‘rtib turgan baquvvat mushaklari va keng yelkalari uning jismoniy qudratini har bir harakatida namoyon etardi.
Hashamatli villaga qadam qo‘yishi bilan xizmatkorlar saflanib, ta’zim bilan kutib olishdi. Taehyungning nigohi muzdek sovuq edi:
— "Qiz qayerda-dedi soʻrab xizmatkorlardan Taehyung sovuq ohangda
— "Yuqorida yotoqxonada, janob... — deb javob berdi xizmatkor titroq ovozda.
Shu payt keng zalning oq marmar pollarida baland poshnalarning makkorona tovushi yangradi — Jennie paydo bo'ldi. Uning harbir harakati nozik joziba bilan yo'g'rilgan, erkak kishini o'z domiga tortuvchi tuzoqqa o'xshardi. U Taehyungga yaqinlashib, hech qanday tortinishsiz uning bo'yniga osildi va o'sha bo'rtib turgan baquvvat mushaklarini barmoqlari bilan erkalab silay boshladi.
— "Seni intizorlik bilan kutgan edim, azizam... Qayerlarda sarson bo‘lib yuribsiz?" - deb pichirladi u, Taehyungning ehtiroslari bilan mahoratli tarzda o'ynashib. Jennie uning ortiga o'tib, butun vujudi bilan Taehyungning keng orqasiga yopishdi va uning har bir mushagi harakatini his qilib, uni o'zining ayollik latofati bilan avrashga urinardi.
Bu manzarani chetdan kuzatib turgan Jiminning ichida haqiqiy do‘zax yonardi. U Jennieni yillar davomida jondan ortiq sevar, uning har bir tabassumi uchun borini berishga tayyor edi. Jenniening Taehyungga bunday ochiqchasiga suykala boshlashi Jiminning rashkini eng yuqori nuqtaga olib chiqdi. Uning mushtlari shunday qattiq tugun bo‘ldiki, barmoq bo‘g‘inlari oqarib ketdi. Faqatgina Taehyung bilan bo‘lgan qalin do‘stligi va unga bo‘lgan cheksiz sadoqati uni bu yerda qon to‘kishdan to‘xtatib turardi.
Taehyung esa bugungi qonli voqealardan so‘ng o‘ta asabiy holatda edi. U Jenniening barmoqlari uning tanasida kezayotganiga va Jiminning rashkdan yonayotgan nigohlariga ensasi qotib, kutilmaganda zalni titratib baqirib berdi:
— "Hozir vaqtim yo‘q yoʻlimda qoch -deb siltab keti Taehyung Uning bu kutilmagan g‘azabi zaldagi barchani muzlatib qo‘ydi. Jennie esa Jiminning og‘riqqa to‘la nigohlarini sezsa-da, unga xuddi jonsiz bir buyumga qaragandek, ensasi qotib beparvo qarab qo‘ydi. U uchun bu dunyoda faqat Taehyungning irodasi va qudrati mavjud edi.