March 30

The pain behind the smile

Men har doim baxtli edim… hech bo‘lmaganda boshqalarga shunday ko‘rinardi.
Uning qo‘li yana ko‘tarildi. Bu safar ham men jim turdim.
So‘ng… hammasi qorong‘ulikka cho‘mdi.
Ko‘zlarimni ochganimda esa…
men yana o‘sha o‘tmishda edim va tushundimki men taqdirimni oʻzgartira olaman..."
.
Ep•2
Va bir kuni ishga kelganimda janob Choi Jinu meni kutib turardi yonida barcha ishchilar
Va u menga juda yomon qarab turardi

Jinu:sizdan buni kutmagan edik Kang xonim

Men bu gapni eshitib hayron qoldim

Yuri:men...men nima qildim janob Jinu

Jinu men tomonga qadam tashlab birdan tiz choʻkib choʻntagidan qutichani chiqarib uni ochdi ichida uzuk bor edi

Jinu:Yuri butun umr seni baxtli qilishimga rozimisan

Men rosmanasiga shock boʻlib qoldim

Men hayolimdan Jinuni menga qilgan mehribonligi gʻamxoʻrligini doim men uchun qaygʻurishini esladim

Men sekin boshimni chayqab tabassum qildim

Yuri:Ha

Soʻng qoʻlimni uzatdim u qoʻlimga uzuk taqdi

Yonimizdagi hamma ishchilar qarsak chalib bizni tabriklashdi
........................................................................
Bugun bizning toʻy kunimiz men kelin koʻylakni kiydim meni yuzimga makeup qilishyapti oyim yonimda tinmay yigʻlayapti

Men esa juda hayajondaman

Birdan u kirib keldi (Jinu) u har doimgidek kostyum shimda juda kelishgan koʻrinardi tabassum bilan men tomonga yurib keldi

Hamma ishini tugatib chiqib ketdi oyim ham sekin chiqdi

Xonada faqat u va men qoldik

Jinu:har doimgidanda goʻzalsan Yuri

Jinu:Choi Yuri juda chiroyli eshitilarkan

Men uni sekin turtib kulib yubordim

Yuri:hooy ustimdan kulishni bas qiling

Jinu birdan juda gʻazabli nigoh bilan qaradi men biror ayb qildimmi deb qoʻrqib ketdim

Jinu birdan kulib yubordi

Jinu:nima qoʻrqib ketdingmi

Yuri:hooy qoʻrqitib yubording

Ular ikkisi kulib birga chiqishdi keyin Yurini otasi Yurini kuyov tomonga olib bordi barcha udumlar oʻz nihoyasiga yetdi va Yuri va Jinu ikkisi uyga ketishdi

••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••

Uyga yetib kelishgach ular yotoqxonaga kirishdi Yuri tungi kiyim kiyib oldi Jinu ham qulayroq kiyim kiydi soʻng ular ilk kechalarini oʻtkazishdi

Tongda Yuri erta uygʻonib nonushta tayyorladi nonushta tayyorlab boʻlgach yuvinib chiqib ogʻriq qoldiruvchi dori ichdi soʻng sochini quritib boʻlgach Jinuni yoniga bordi va sekin uni uygʻotdi
Yuri:Jinu azizim uygʻon
Jinu uyqusirab:Hozir sevgilim
Dedi va uygʻondi ular biroz bir biriga hazillashib kechagi tun haqida suhbatlashishdi keyin ikkisi pastga tushib nonushta qilishdi Yuri idishlarni yuvguncha Jinu ishga ketishga tayyor boʻlib chiqdi
Jinu:Men mashinada boʻlaman tayyor boʻlib chiq ishga birga ketamiz
Yuri:xoʻp
Yuri xonaga kirib har doimgidek ishga kiyadigan yubka va kofta tanlab kiyib oldi soʻng biroz makeup qilib sochini yoyib qoʻydi tuflisini kiyib mashina tomon bordi orqa oʻrindiqqa oʻtirdi

Jinu:kettikmi
Yuri:albatta

Ular kompaniyaga yetib kelishdi mashinadan tushishgach Jinu Yurini kiyimini koʻrib juda jahli chiqib ketdi garchi buni aytmasada koʻzlaridan koʻrinib turardi Yuri buni sezmadi ular ikkisi kompaniyaga kirishdi soʻng Jinu oʻz xonasiga Yuri esa oʻz xonasiga kirdi kun boʻyi ular oʻz ishlari bilan band boʻlishdi tushlik vaqtida Yuri ishtahasi boʻlmagani uchun hech nima yemadi kech tushguncha Yuri barcha hisobotlarni koʻrib chiqib Taehyungga yetkazib berdi uyga ketish vaqti kelganda Jinu tabassum bilan mashinaga oʻtirdi Yuri ham keldi va ular ikkisi uyga ketishdi

••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••
Ular uyga kelishdi Yuri eshikdan birinchi kirdi va orqasidan birdan qattiq turtilish tufayli yerga yiqildi Jinu boyagi mashinadagi Jinu emasdi uni koʻzlari qonga toʻlgan qonxoʻr boʻridek Yuriga tashlanib Yurini urishni boshladi

Jinu:Sen hali ishga kalta yubka kiyadigan boʻldingmi lanati
Yuri:axir bu har doimgi kiyadigan kiyimimku toʻydan oldin ham shuni kiyib borardim
Jinu shavqatsiz tabassum qilib
Jinu:demak bu oyoqlarni koʻrintirishga uyalib qoladigan darajaga keltiramiz
U shunday deb Yuri son qismiga qattiq urib uni tirnab tashlab qattiq siqdi undan soʻng Yurini sochidan ushlab urishga tushdi huzur qilib boʻlgach urishdan toʻxtab Yurini xuddi buyumdek polga uloqtirdi Yuri esa hali ham shock holatida edi chunki toʻydan oldingi Jinu u emas edi xuddi boshqa insonni keltirib qoʻyishgandek edi Yuri zoʻrgʻa oʻrnidan turdi va yuvinish xonasiga kirib tirnalib qonab yotgan oyoqlarini qaynoq suvda yuvdi soʻng yuzini yuvib xonadan chiqdi yotoqxonaga zoʻrgʻa kuch toʻplab kirdi u yerda Jinu yotoqda qoʻlida malham ushlab turardi

Jinu:qani kelaqol azizam malham surib qoʻyaman

Yuri sekin bordi va Jinu asta sekin malhamni surtdi

Jinu:goʻzalim meni kechir shunchaki seni hatto mana shu olayotgan nafasingdan ham rashk qilaman axir kompaniyada nechta koʻzi xirsga toʻlgan erkaklar bor meni tushun axir qani kelaqol bagʻrimga

Shunday qilib ular uxlashdi

Yuri ertasi kuni qop-qora yengi bilagigacha keladigan uzun yopiq kiyim kiydi sochini yigʻib oldi biroz makeup qildi va Jinuga nonushta tayyorladi oʻzi hech nima yemadi

Ular ishga ketishdi ishga kelgach Jinu oʻz xonasiga ketdi Yuri esa Taehyungni yoniga topshiriq olish uchun kirdi ammo u parishonxotir boʻlib qolgandi

Yuri:salom janob Taehyung

Taehyung:salom Choi xonim xayrli tong

Yuri:janob menga topshiriq bormi

Taehyung:hozircha topshiriqlar yoʻq

Taehyung:xonangizga borib bemalol oʻtiravering

Yuri:xoʻp janob Taehyung

Yuri chiqib ketdi 5 daqiqa oʻtib eshik yana taqilladi

Yuri:salom janob Taehyung xayrli tong

Taehyung hayron qoldi

Yuri:janob menga topshiriqlar bormi

Taehyung:siz 5 daqiqa oldin xonaga kelgandingiz

Yuri:nima rostanmi eslolmayapman

Taehyung:qahva damlab ichib oling xonangizga borib dam oling topshiriq boʻlsa chaqiraman

Yuri hayron qolib chiqib ketdi

Yuri yoʻlda oʻziga oʻzi gapirib qahva damladi va xonasiga borib ichib oldi

Tushlik vaqtida Jinu Yurini jiddiylik bilan kompaniya kafesiga chaqirtirdi hamma oʻsha yerda edi

Yuri yana nimadir xato qildimmi deb qoʻrqib ketdi

...

Mana azizlarim Ep•2 ham nihoyasiga yetdi maroqli mutolaa sizlar bilan Yuri boʻldi keyingi qismgacha byee👋🏿🎐