May 4, 2025

~•𝓤𝓷𝓼𝓮𝓮𝓷 𝓣𝓮𝓪𝓻𝓼 🌑•~

Ep<3

Bog‘da yana jimjitlik. Skameykada yolg‘iz qolgan Yuri ko‘zlarini qattiq yumdi. Yuragida g‘alati hissiyot uyg‘ondi. Na qo‘rquv, na sevgi... Bu boshqacha edi. Qandaydir begona his yuragini siqib, ich-ichiga kirib borayotgandek edi.

“U kim o‘zi? Nega yuragim qattiq uryapti? Nega men uni eslab qoldim?!”

Yuri o‘ziga bu savollarni berdi. Ammo javob topa olmadi. Boshini egib, kaftlariga yuzini yashirdi. Tanasidagi og‘riqlar hali ham u bilan birga edi. Ammo hozir... yuragidagi savollar bu og‘riqlardan ham kuchliroq edi.


Ertalabki shovqin yana boshlangandi. Maktab ostonasi yana kulgu, pichirlash va yomon ko‘zlar bilan to‘la.

Yuri har doimgidek boshini egib yurdi. Bugun u yana uzun kofta, keng shim va kardigan kiygan edi. Jarohatlarni hech kim ko‘rmasligi kerak. Biroq har bir yurishi, har bir nafas olishi — unga qiynoqqa aylangan. Yelkasi og‘rirdi. Belida esa kechagi zarbalar izlari yana jonlanardi.

Sinfxonaga kirganida, o‘sha tanish ovoz yana qulog‘iga chalindi:

— “Mana, bizning bezorimiz yana keldi!” — dedi Mina kinoyali ohangda.

Bora unga ergashdi:

— “Kecha yiqilib tushganmiding? Yo ko‘proq narsa bo‘lganmi? Yuzing oqarib ketibdi.”

Ularning kulgusi yuragini tilkalardi. Lekin Yuri sukut saqladi. Bu sukut ichida juda ko‘p qichqiriqlar bor edi — faqat hech kim eshitmasdi.

Darslar davom etdi. O‘qituvchining ovozi uzoqdan kelayotgandek edi. Qog‘ozda yozilgan harflar ko‘ziga qorayib ko‘rinardi. Boshida sanchiq, yuragida iztirob.


Kechga yaqin darslar tugadi. Sinfxona bo‘shab bordi. Hammalar shoshib uyga tarqalayotgandi. Faqat Yuri... u hech qayerga shoshilmasdi.

U bugun ham — kechagi joyga, o‘sha bog‘ga yo‘l oldi. Har bir qadami og‘riq edi, lekin yuragi uni o‘sha yerga boshlab borardi.

Bog‘ hanuz sokin. Daraxtlar orasidan shamol o‘tardi. Barglar shitirlaydi. Ko‘k yuzida quyosh oxirgi nurlarini sochardi. Yuri yana o‘sha skameykaga o‘tirdi.

U jim. Ko‘zlari yumilgan. Nafasi sekin. Faqat yuragi ichkaridan gaplardi: “U keladimi? Yana ko‘ramanmi uni?”

— “Men kelmasam, ko‘ngling g‘ash tortadimi?” — degan ovoz yuragini titratdi.

Yuri ko‘zlarini ochdi. U qarshisida — yana u.
Niqob, kepka, qora futbolka. Ammo ko‘zlar... o‘sha tanish va sirli ko‘zlar.

Yuri cho‘chib ketdi.
— “Siz... Sizni kutmagandim.”

Taehyung yoniga o‘tirmadi. Faqat qarshisida tik turdi.

— “Lekin kutgandek ko‘rinasan,” — dedi u kulimsirab. “Bu joyga har kuni kelyapsan. Nega?”

Yuri labini tishladi. Yana bosh egdi. Qanday qilib unga aytsin? Bu yer — faqat sukut va tinchlik joyi. U aytolmasdi.

— “Bu yer... yoqadi menga,” — dedi u nihoyat. “Bu yerda hech kim masxara qilmaydi.”

Taehyung indamadi. Faqat sekin yoniga o‘tirib, osmonga qaradi.

— “Men ham bu joyni yoqtiraman. Ko‘p odamlar orzu qilgan mashhurlik… ba’zida faqat yolg‘izlikni beradi.”

Yuri unga qaradi. Yig‘lamoqchi edi. Ammo u ko‘z yoshlarini yutdi. Taehyungga qarab so‘radi:

— “Sen... ko‘p yolg‘izmisan?”

Taehyung chuqur nafas oldi. Javob bermadi. Faqat boshini sal egdi.

— “Sizchi?” — so‘radi u asta.

Yuri bir zum jim qoldi. So‘ng eng chuqur og‘riq bilan shivirladi:
— “Men... doim yolg‘izman.”

So‘zlar aytildi. Havo og‘irlashdi. Qorong‘ilik sekin pastga cho‘ka boshladi. Osmonda qushlar ucha boshladi.

Taehyung sekin boshini egdi. Uning ko‘zlarida qandaydir tuyg‘ular uyg‘onayotgan edi. Ammo u ularni bildirmaslikka harakat qilardi.

— “Men ketishim kerak,” — dedi u ohangda. “Ammo... yana kelaman.”

U o‘rnidan turdi.
Yuri unga qarab qoldi. Yuragi tez uryapti. Yuzida esa jilmayish.

— “Mayli… kutaman,” — deb past ovozda javob berdi Yuri.

Taehyung uzoqlashdi. Orqasiga o‘girilmasdan. Ammo yuragi... allaqachon qizga bog‘lana boshlagandi.

Sinf haliyam sovuq. O‘quvchilar o‘tirgan joylarida Yurini masxara qilmoqda:

— “Voy, bu hamon tirikmidi?”
— “O‘ylasam-chi, kecha kaltaklangan odam ertasi kuni qanday keladi?”
— “Hamma e’tiborni olish uchun shunday qiladi, asosan begona qizlar.”

Yurining yuragi yana g‘ijim bo‘ldi. U jim. Faqat oynavand ko‘zlar ortidan atrofni kuzatardi. Qo‘llarini pinhon tutib, yelkalarini cho‘kkitgancha o‘tirgan edi. Beshinchi dars boshlanishiga oz vaqt qolgan.

Shunda... sinf eshigi ochildi.

Mirabella. Yurishni hali ko‘rmagan, lekin bu maktabning eng e’tiborli qizi. U uzoq muddatli operatsiyadan so‘ng sog‘ayib qaytdi. Har kim unga havas bilan qaradi. Ammo u eshikdan kirgach, to‘g‘ri Yuriga qaradi.

— “Bu nima gap?!” — dedi u o‘sha zahoti.
Bora, Mina va Sukuna:
— “Oh, Mirabella! Sen qaytdingmi?”
— “Ha, lekin... bu nima? Nimaga bu qizni shunchalik pastga urayapsizlar?”

Mina qo‘l siltadi:
— “U shunchaki e’tibor qidiryapti, u hech kimga yoqmaydi...”
— “Ha, hatto yigitlar ham undan ko‘ra itni afzal ko‘rishadi!”

Mirabella og‘zini qattiq qisdi. Yurining oldiga keldi.
— “Men seni tanimasam ham, odamni urish emas, qo‘llash kerakligini bilaman. Endi sen yolg‘iz emassan. Men sen bilanman.”

Yuri hayrat ichida edi. Yuragining eng sovuq burchagiga issiqlik kirib kelgandek bo‘ldi.


O‘sha kun kechqurun.
Yuri yana o‘sha bog‘da edi. Daraxt soyasida o‘tirgan, doimgidek jim. Ammo yuragida Mirabellaning so‘zlari yiltirab turardi. Shu zahotiyoq orqadan kimdir sekin qadam bosib keldi. Uni tanimaslikning iloji yo‘q edi.

U niqobda. Kepkasi peshonasiga tushgan.

Jimin.

U asta yoniga o‘tirdi. Nigohi muloyim. So‘ng sekin so‘z boshladi:

sening nigohing... nega nigohlaringda gʻam alam bor.”

Jimin sekin labini qimirlatib, jilmaydi:
— “Men seni kuldirish uchun oddiy yo‘l tanladim.”

U peshonasiga urilgandek qildi:
— “Oh, men bugun yuzimni oyna oldida ko‘rib, ‘voy Jimin, sening go‘zalliging odamlarni xafa qilyapti’ dedim. Keyin oynaga qarab kulib
Agar dunyoni goʻzallik qutqarsa men qahramon ekanmanda dedim.”
Yuri jim edi. So‘ng bu gaplarni eshitib beixtiyor kulib yubordi.

Jimin:
— “Mana shu edi kerakli tabassum. Endi yuragim bir oz tinchidi.”

Yurining ko‘zlari mayin chaqnadi. U bilmasdi,— bu mashhur idol — unga shunchalik iliqlik bag‘ishlaydi. Ammo bir narsa aniq edi: bugun u yolg‘iz emasdi.
Jimin:
— bilasanmi bu yerda ekanligingni menga Taehyung aytdi
Yuri unga hayrat bilan boqib
— nima...Kim Taehyung sizga men haqimda gapirdimi
Jimin:
— ha u sen haqingda menga aytib bergan bugun u bu yerga kelolmasligini aytib meni yubordi
Yuri:
— menimcha men bugun tush koʻryapman
Yuri va Jimin suhbatlashishdi kech tushayotgani uchun ikkalasi ham oʻz uylariga ketishdi Yuri sekin uyga kirganda uyda onasi va begona insonlar bor edi...

Ep<3 end💗

Uydagi insonlar kim edi?Ular nega uyga kelishgan?Yurini boshiga yana qanday kunlar tushadi?u yana azob chekadimi?
Bu savollarning javobini keyingi qismda topasiz❤️

Sizlar bilan "#Yuri🖇" boʻldi eʼtiboringiz uchun raxmat byee byee 💖