Dadamni ovozlarini eshitdim ammo tuni bilan video oʻyinlar oʻynaganim uchun uyqum kelardi
Yuri:Dada birozgina uxlab olay
Dadam xonamga kirib
Dad: tezroq oʻrningdan tur sen yoqtiradigan sendvich tayyorlayapman
Men ovqat haqida eshitib oʻrnimdan turdim
Yuri:mana dada uygʻondim
Dadam tabassum qilib xonamdan chiqdi
Men esa stolim ustidagi onamning suratini qoʻlimga oldim
Yuri:mana oyijon bugungi tongim ham boshlandi qani edi siz ham yonimda boʻlganingizda exx...ammo oyijon siz xavotir olmang dadamga oʻzim gʻamxoʻrlik qilaman
(Yurini onasi saraton tufayli Yuri 7 yosh boʻlgan paytda vafot etgan)
Men maktab formamni kiydim va biroz makeup qilib sochimni turmakladim
Yurini formasi
Men pastgi qavatga tushdim va dadam bilan birga ovqatlandim
Soʻng maktabga ketdim
Men odatda piyoda borishni yoqtiraman maktab uyimga yaqin va yoʻlda musiqa tinglab ketish bu juda ajoyib
Va mana men maktabga yetib keldim bu mening maktabim Yonseo Univercity menga maktabim juda yoqadi
Men yoʻlakdan sinfim tomonga ketayotgandim va oʻsha telbani yana koʻrmaslik uchun shoshilardim
Ammo...
Mana u yana oʻsha ahmoq
Bu oʻsha Jake men yoqtirmaydigan doim jigʻimga tegib yuradigan shilqim
Yuri: chunki sen juda takabbur zoʻravon uni ustiga mafiyalar bilan birgalikda ishlaysan ahmoq
Jake: meni xafa qilyapsan goʻzalim men takabbur va zoʻravon emasman
Men indamadim va ovqatimni yeb boʻlib oʻrnimdan turib ketib qoldim
Ertasi kuni dars vaqtida sinfimdagi sokin yuradigan qiz dars vaqtida chiqib kelish uchun oʻqituvchidan ruxsat oldi
Koʻnglim gʻash tortgani uchun men ham uning ortidan chiqdim
U tentirab yoʻlakda ketardi uni Jakening toʻdasi kutib oldi ammo Jake yoʻq edi men buni panada koʻrib turardim
Va toʻda azolaridan biri uning labidan juda jirkanch tazrda oʻpdi qiz esa qimir etmadi ammo qoʻllari qaltirardi
Men hayron qoldim chunki u qiz yomon qiz emasdi
Jakening toʻdasi Feyani(oʻsha qiz) zinadan tomga olib chiqishayotgandi
Men ularni ortidan sekin asta chiqdim
Ular tomga chiqishdi eshik chalaroq ochiq qoldi men oʻsha yerdan poylab turardim
Jakening toʻda azosi Devid Feyaga qarab
Devid:qani kiyimingni tezroq yech
Men esa bu gapdan shock boʻlib qoldim
Feya:iltimos bunday qilmanglar
Devid:ammo senga pul kerak axir onang kasal qizaloq
Feya onasi haqida gap ketgani uchun shekilli qoʻllari qaltirab koftasini yechishni boshladi
Men esa chidab turolmadim eshikdan yugurib kirdim va baqirib
Yuri:hoy ahmoqlar Feyaga tegmanglar
Devid meni koʻrib kulib yubordi
Devid:nima sen super qahramonmisan
Devid:nima shuncha yigitni oldiga bir oʻzing kelishga qoʻrqmadingmi
U meni sochimga tegib
Devid:himoyasiz quyoncha
Men tezda uning qoʻlidan siltab tashladim
Devidni bundan jahli chiqib sochimdan qattiq ushlab tortdi va shu paytda orqadan ovoz keldi
?:uni qoʻyib yubor
Men yana Jake deb oʻylagan edim ammo boshqa ovoz edi
Devid uni koʻrib shokka tushib meni tezda qoʻyib yubordi
Men ham uni koʻrib qotib qoldim
Bu Seoul hokiming oʻgʻli Kim Taehyung edi u juda mashhur ammo hech kimga qoʻshilmaydigan yigit edi
Devid Taehyungga qarab
Devid:bu yalangoyoq qizlar senga kerakmi?
Taehyung: shunchaki ularga tegma qani ketinglar bu yerdan
Ular uf tortib ketishdi
Men esa tezda Feyaning yoniga borib uni sochini siladim
Va koftasini tugmalarini oʻtkazib qoʻydim
Yuri:Feya xafa boʻlma onang uchun pulni topamiz birga yigʻamiz men ham sen ham ishga kiramiz faqat xafa boʻlma men endi oʻzim seni bulardan himoya qilaman
Yan orqa tomondan ovoz keldi
Taehyung:qancha pul kerak
Men unga qarab
Yuri:biz oʻzimiz pulni topa olamiz hozirgi yordam uchun rahmat
Feya menga qarab
Feya:Rahmat senga Yuri men darsga tezroq boraman ammo oldin yuvinish xonasiga kirib keyin boraman
Yuri:bir oʻzing borishing notoʻgʻri
Feya:xavotir olma
Feya ketdi men ham oʻrnimdan turib toʻzgʻigan sochimni toʻgʻirlardim
Taehyung:demak isming Yuri
Men unga qarab
Yuri:Ha shunday
Yuri:bu yerda boʻlayotgan ishlarni qanday qilib bilding
Taehyung:seni koʻrib qoldim xuddi oʻgʻridek kimnidir kuzatayotganding shuning uchun ortingdan keldim
Men kulib yubordim
Yuri:men oʻgʻridek kuzatmadim shunchaki men xavotir olgan edim
Taehyung:buni bildim juda jasoratli ekansan
Yuri:unchalik emas
Taehyung:agar ular yana sizlarga nimadir qilishsa menga ayt
Taehyung:men sendan 2 ta katta sinfda oʻqiyman
Yuri:ha bilaman
Biz suhbatlashib zinadan tushdik
Soʻng men oʻz sinfimga Taehyung boʻlsa boshqa tomonga ketdi
Darslar tugagach men uyimga ketayotgan edim
Va birdan oldimdan yana oʻsha Jake chiqdi
Sigaretini tutatib men tomon yurib kelardi qandaydir gʻazabli koʻzlar bilan
Jake:sen juda jahlimni chiqarding
Jake qoʻlini koʻtardi u meni urishi hayolimga keldi
...
Episode 1 end🔚
Sizlar bilan Choi Yuri boʻldi keyingi qismlarni kutib qoling bye bye🦦🤍