LOST LOVE
Author by: @Kim_Rona
Rona o‘g‘li Minhoni uxlatib, o‘z xonasiga kirib ketdi. Bugun juda charchagan, ammo yuragi tinch emas edi. Taehyungning unga bo‘lgan g‘amxo‘rligi, Yoongining otasi haqida eshitganlari, o‘gay onasi va otasining sirli harakatlari uni bezovta qilardi. U charchoqdan ko‘zlarini yuma boshlagan edi, ammo birdan eshik qo‘ng‘irog‘i chalinib qoldi.
Rona hushyor tortdi. Kechasi kim bo‘lishi mumkin? U shoshilmay eshik oldiga bordi va nigohini ekrancha orqali tashqariga qaratdi. Taehyung turardi.
— "Bu yigit yana nimaga keldi?" — deb ichida pichirlandi Rona.
U eshikni ochdi, Taehyung esa unga bir lahza jim tikilib turdi.
— "Shu paytda? Ertaga ofisda gaplashsak bo‘lmaydimi?"
— "Yo‘q, bu hozir hal qilinishi kerak bo‘lgan masala."
Rona chuqur nafas oldi va eshikni kengroq ochib, uni ichkariga taklif qildi.
Taehyung ichkariga kirdi va yelkasidagi qora pidjakni yechib, divanga tashladi. U bir necha soniya jim qoldi, keyin sekin gap boshladi:
— "Men bugun Yoongining otasi haqida ba’zi ma’lumotlarni oldim. U Amerikada yashaydi, ammo Seulga tez-tez kelib turarkan. Eng qizig‘i, u sening o‘gay onang bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Faqat qanday bog‘liq ekanini bilmayman. Menga ma’lumotlar yetishmayapti."
— "Nima? Yoongining otasi va mening o‘gay onam?! Bu qanday mumkin?"
— "Buni hozircha bilmayman. Lekin men ham shubhalanyapman. Sen hech o‘gay onang va Yoongining otasini birga ko‘rganmisan?"
Rona o‘ylanib qoldi. Yo‘q, u hech qachon ularni birga ko‘rmagan edi. Lekin o‘gay onasi ba’zan sirli telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berib, shubhali tarzda o‘zini tutardi. U birdan nimanidir esladi.
— "To‘xta... Bir kuni u kim bilandir shubhali tarzda gaplashayotgan edi. Telefonini ko‘rib qolganimda, ismi 'M.K' deb yozilgandi."
Taehyung kaftlarini bir-biriga urdi.
— "M.K? Bu Min Kyungman degani bo‘lishi mumkin! Yoongining otasining ismi Min Kyungman!"
Rona dahshat ichida qoldi. Agar bu rost bo‘lsa, demak, Yoongining otasi va o‘gay onasi o‘rtasida qandaydir sir bor.
— "Bu yerda bir narsa bor, Taehyung..."
— "Men ham shunday deb o‘ylayapman."
Rona chuqur nafas oldi. Bu sir unga tinchlik bermasdi. U bu jumboqni yechishga qaror qildi, lekin oldinda nima kutayotganini bilmasdi...
Rona va Taehyung uzoq sukut saqlashdi. Xonadagi havo og‘irlashdi. Ikkalasi ham bu sir ortida yotgan haqiqatni ochishga yaqin turganini his qilardi.
— "Demak, Yoongining otasi va o‘gay onam qandaydir tarzda bog‘liq..." — Rona pichirladi va lablarini qattiq tishladi.
— "Men buni tekshiraman. Ammo shoshilish kerak, chunki agar ular nimanidir yashirishayotgan bo‘lsa, albatta izlarni yo‘qotishga harakat qilishadi."
— "Nima qilishni rejalashtiryapsan?"
Taehyung unga yaqinroq keldi va ohista dedi:
— "Men Yoongining otasini kuzataman. U hozir Seulda. Menda u qayerda turayotgani haqida ma'lumot bor. Lekin men yolg‘iz bormayman. Sen ham menga yordam berishing kerak."
Rona hayrat bilan unga tikildi.
— "Men? Qanday yordam bera olaman?"
Taehyung qoshlarini bir oz ko‘tarib, kulimsiradi.
— "Janob Min seni taniydi. Shu bois bevosita unga yaqinlasha olmaysan. Lekin o‘gay onang bilan yaxshi munosabatdasan. Balki undan qandaydir ma’lumot olishga harakat qilarsan."
Rona chuqur nafas oldi. Bu xavfli edi. Lekin unga ham haqiqatni bilish kerak edi.
— "Yaxshi. Lekin ehtiyot bo‘lishimiz kerak."
Taehyung asta divandan turdi va Rona tomon bir qadam tashladi.
— "Nima?" — Rona unga savolomuz tikildi.
Taehyung bir oz ikkilanib turdi, so‘ng past ovozda dedi:
— "Agar nimadir bo‘lsa, menga darhol xabar ber. Qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, men seni yolg‘iz qoldirmayman."
Rona ko‘zlarini pastga tushirdi. Yuragi g‘alati urib ketdi.
Taehyung asta jilmaydi va eshik tomon yurdi. Rona uning ortidan qarab qoldi.
Ertasi kuni Rona ishga borganida, Taehyung allaqachon ofisda edi. Lekin u ish bilan band emas edi. U bir kishiga telefon qilardi.
— "Suxo, hamma narsani tekshir. Yoongining otasi oxirgi bir oyda kimlar bilan uchrashgan, qanday joylarga borgan — hammasini top."
Suxo norozi ohangda javob berdi:
— "Boshliq, bu oson ish emas. Lekin urunib ko‘raman."
Taehyung telefonni o‘chirib, chuqur o‘ylanib qoldi. Uning ichida qandaydir bezovtalik bor edi.
U orqasiga burilganida, eshik yonida turgan Ronani ko‘rib qoldi.
— "Sen... ancha erta kelibsan."
— "Men ham tinch o‘tirib turolmadim. Agar haqiqatni bilmoqchi bo‘lsak, birgalikda harakat qilishimiz kerak."
Taehyung unga uzoq qarab turdi. Nihoyat, asta jilmaydi.
Rona va Taehyung ofisda uzoq muhokama qilishdi. Har ikkalasi ham o‘ylagan sirlari haqiqat bo‘lib chiqishidan qo‘rqardi. Rona hamon shubhalar ichida edi, lekin Taehyungning qat’iyati unga kuch berayotgandek tuyulardi.
— "Demak, rejamiz shunday," — Taehyung stol ustiga qo‘llarini qo‘yib, jiddiy ohangda gap boshladi. — "Men Yoongining otasini kuzataman. Sen esa o‘gay onang bilan ehtiyotkorona gaplashib, qandaydir ma’lumot olishga harakat qilasan."
— "Agar u nimadir yashirayotgan bo‘lsa, darhol aytib bera qolmaydi. Boshqa usul topish kerak."
Rona lablarini tishlab, ko‘zlarini qisdi. Keyin birdaniga jilmaydi.
— "Men uni ichkilikka tortaman. Mast bo‘lsa, ehtimol, og‘zi bo‘shab ketar."
Taehyung unga hayrat bilan qaradi.
— "Bu usulni qayerdan o‘rganding?"
— "Ko‘plab dramalarda shunday bo‘ladi."
— "Haqiqiy hayot dramaniki kabi oddiy emas. Lekin sinab ko‘rish mumkin."
U shunday deb, telefoniga qaradi. Suxodan kelgan xabar bor edi.
📩 Janob Min bugun kechqurun Seulning eng hashamatli mehmonxonasiga boradi. U yerda kim bilandir uchrashuv belgilangan.
Taehyung xabarni Ronaga ko‘rsatdi.
— "Demak, bugun kechqurun biz ham u yerdamiz."
Rona chuqur nafas oldi. Bunday yirik o‘yinga tayyor bo‘lish oson emas edi. Lekin u ortga chekinmoqchi emasdi.
Rona hashamatli mehmonxonaning restoran qismiga kirib kelganda, ko‘ngli bezovtalik bilan g‘uvullab ketdi. Uning yonida Taehyung ham bor edi, u odatdagidek qotib kulimsirardi.
— "Xo‘sh, endi nima qilamiz?" — past ovozda so‘radi Rona.
Taehyung unga ishora qildi. Mehmonxona burchagidagi stol yonida ikki kishi o‘tirardi. Biri — Yoongining otasi, ikkinchisi esa... Ronaning o‘gay onasi!
Rona nafasi ichiga tushib ketdi.
Taehyung ham ko‘zlarini qisdi.
— "Bu narsa shunchaki tasodif emas. Endi bu sirni ochish vaqti keldi."
Rona endi nima qilishni bilmay, chuqur nafas oldi. Ammo shunda u o‘gay onasining qandaydir hujjatlarni chiqarib, Janob Minga uzatayotganini ko‘rib qoldi.
— "Ular nimanidir muhokama qilishyapti..."
Taehyung lablarini qattiq qisdi.
— "Biz buni bilib olishimiz kerak."
— "Mayli, ularni men band qilaman. Sen esa suhbatni eshitishga harakat qil."
Taehyung unga shubha bilan qaradi.
Rona lablarini bo‘yab, sochini yoyib oldi va qomatini to‘g‘rilab, stollar tomon yurdi.
U asta yurgancha to‘g‘ri ularning stoli yoniga bordi va shirin jilmayib, ohista ovozda dedi:
— "O, bu qanday tasodif! Sizni bu yerda uchratishim mumkin deb o‘ylamagandim, Janob Min!"
Yoongining otasi birdaniga hushyor tortdi va unga tikildi.
O‘gay onasi esa hayron qiyofada Ronaga tikildi.
— "Rona? Sen bu yerda nima qilyapsan?"
— "Shunchaki dam olayotgandim. Sizlarni ko‘rib, xayrli kech tilagim keldi."
Taehyung esa uzoqdan kuzatib turardi. U endi ularning suhbatiga yaqinlashish uchun imkon qidirardi...
Rona stol atrofida Janob Min va o‘gay onasi Lee Hemi bilan o‘tirarkan, yuragi gupillab urardi. Bu uchrashuv tasodif emasligini sezardi. Janob Min esa sovuq nigoh bilan qarab, xotirjam ohangda so‘z boshladi:
— Ko‘p yillar o‘tdi, Lee Hemi. Hali ham eski uslubingdan voz kechmagansan.
Lee Hemi esa jilmayib qo‘ydi, lekin bu tabassum ortida qandaydir sir borligi yaqqol sezilib turardi.
— Sen hamon o‘tmishda qolib ketibsan, Minjun, — dedi u sokin ohangda. — O‘sha vaqtdan beri juda ko‘p narsa o‘zgargan.
Rona bu suhbatdan hech narsa tushunmadi. U nigohini bir Janob Mingga, bir o‘gay onasiga qaratdi. Bu odamlar orasida qanday bog‘liqlik bor?
— Kechirasiz, lekin sizlar bir-biringizni qachondan beri tanishingizni bilsam bo‘ladimi? — so‘radi Rona qiziqish bilan.
Janob Min unga o‘tkir nigohini qadadi.
— Bu qiz hali ham hech narsadan bexabar ekan, — dedi u past ovozda. — Hemi, unga aytmadingmi?
Lee Hemi biroz bezovta bo‘ldi, qo‘lidagi krujkani stolga qo‘ydi va lablarini tishlab, javob berdi:
— Rona, bu masala sen uchun muhim emas. Hayotingni tinch davom ettiraver.
Rona esa o‘gay onasining gaplariga ishonmadi. Nimadir yashirilayotgan edi.
— Janob Min, iltimos, haqiqatni ayting, — dedi Rona qat’iy ovozda. — O‘gay onam mendan nimanidir yashiryapti.
Janob Min og‘ir xo‘rsindi, lekin gapirishga ulgurmay, ortda turgan Taehyung ovoz chiqardi:
— Eshitishga arzirli narsa bo‘lsa kerak. Davom eting.
Rona yalt etib Taehyung tomonga qaradi. U anchadan beri bir burchakda turib, suhbatni kuzatayotgani ayon bo‘ldi. Janob Min esa Taehyungga beparvo qarab, yana Ronaga yuzlandi:
— Men haqiqatni aytishga tayyorman. Lekin sen bunga tayyormisan?
Rona chuqur nafas oldi va dadil javob berdi:
Lee Hemi esa rangi oqarib, Janob Mingga baqraygancha tikildi.
— Minjun, to‘xta! Bu yerda hammasini aytishing shart emas!
Janob Min esa jilmayib qo‘ydi.
— Kech bo‘ldi, Hemi. Haqiqat baribir oshkor bo‘ladi.
Rona esa yuragi gupillab, navbatdagi so‘zlarni kutardi...
Janob Min stolga yengil egilib, Ronaning nigohiga tik qaradi. Uning ko‘zlarida qandaydir g‘amginlik va o‘tgan yillar og‘rig‘i aks etardi.
— Rona, bilishing kerak, men va onang... ya’ni marhum onang, bir paytlar...
Lee Hemi jon holatda uni to‘xtatishga harakat qildi:
— Minjun, bas qil! Sen bunga haqqing yo‘q!
Janob Min esa hech qanday e’tiborsiz davom etdi:
— Biz yaqin edik. Juda yaqin... Va men unga uylanishni xohlagan edim.
Rona bir lahzaga o‘z qulog‘iga ishonmadi. Onasi va Janob Min?
— Bu… bu qanday mumkin? — Ronaning ovozi titradi.
Lee Hemi esa siqilgancha o‘tirardi. Uning qosh-qovoqlari chimirildi, barmoqlari musht bo‘lib tugildi.
— Lekin onam otam bilan turmush qurgan... Sizning orangizda hech narsa bo‘lishi mumkin emasdi!
Janob Min esa xotirjam javob berdi:
— Ha, shunday bo‘ldi. Chunki Hemi bunga yo‘l qo‘ymadi.
Lee Hemi o‘rnidan sapchib turib ketdi:
— Yetar! Buni bu yerda muhokama qilmaymiz!
Taehyung esa hanuz jim kuzatar, ko‘zlarini Ronadan uzmasdi. U ham bu vaziyatga tushuna olmayotganini his qilardi.
Janob Min ohangini pasaytirib, lekin aniq gapirdi:
— Rona, seni otang onangni o‘g‘irlab, majburan o‘ziga turmushga chiqishga majbur qilgan.
Rona bir lahzaga nafas olishni ham unutdi.
— Bu yolg‘on... Bu mumkin emas!
Lee Hemi esa achchiq jilmayib, past ovozda shivirladi:
— Ha, lekin bu seni endi tashvishga solmasligi kerak. Onang allaqachon yo‘q. O‘tgan narsa ortda qolishi kerak.
Rona esa bir lahzaga onasining suratlarini esladi. Uning ko‘zlaridagi g‘amginlik endi tushunarli bo‘lib borardi.
Taehyung oldinga bir qadam tashladi:
— Demak, Lee Hemi... siz ham bu fitnada bo‘lgansizmi?
Lee Hemi qattiq nafas oldi va past ovozda javob berdi:
— Hamma o‘z foydasi uchun yashaydi, Taehyung. Sening otang ham bundan mustasno emasdi.
Taehyungning jag‘lari qisilib, g‘azabini ichiga yutdi.
Rona esa butkul dovdirab qolgan edi. Uning hayoti, oilasi haqida bilgan haqiqatlari chilparchin bo‘layotgandi.
Janob Min ohangini pasaytirib so‘radi:
— Endi nima qilmoqchisan, Rona?
Rona bir lahzaga sukut saqladi, so‘ng jasorat bilan javob berdi:
— Men haqiqatni to‘liq bilmoqchiman. Va buning uchun to‘xtamayman.
Taehyung sezdirmay jilmaydi. U bu qizning qat’iyatidan hayratda edi.
Lee Hemi esa Ronaga yonboshlab turdi-da, past ovozda shivirladi:
— Agar haqiqatni chuqur o‘rganishga qaror qilsang, shuni bilib qo‘y — bu juda xavfli o‘yin. Ba’zida ba’zi haqiqatlar oshkor bo‘lmasligi kerak.
Rona esa uning ko‘zlariga tik qarab, qat’iy ohangda javob berdi:
Janob Min esa asta o‘rnidan turdi va Rona tomon egildi:
— Unda sen bilan bu haqda boshqa joyda gaplashamiz. Haqiqiy sirlar endi boshlanadi...
Taehyung esa Rona tomonga bir qadam tashlab, yelkasiga yengil tegdi:
— Endi bu kurashda yolg‘iz emassan.
Rona uning qo‘liga qaradi. Ichida qandaydir issiqlik paydo bo‘ldi. Taehyungning nigohida qat’iyat bor edi.
Ha, bu endi boshlanishi edi...
Mana angelicaslarim Lost lovening 9-qismini tugatdik. Xato va kamchiliklar uchun uzr soʻrayman. Reaksiya va fikrlarizni kutib qolaman.