March 1, 2025

LOST LOVE

Episode : 7

Author by : @Kim_Rona

Taehyung uzoq muddat Ronani kuzatib turdi va telefonidan kerakli raqamni topgach unga qoʻngʻiroq qildi

Tae: Suxo menga Lee Rona haqida maʼlumot to'pla. Yoshligi, ota-onasi va shunga oʻxshash barcha narsani aniqla. Ha yana bir gap menga Min Yoongi haqida ham maʼlumot to'pla...

Suxo: Xoʻp boʻladi janob Kim

Tae: Men bu haqida barchasini bilishim kerak. Yoongi va Rona orasida nima boʻlgan ekan...

Rona esa kayfiyatsiz ahvolda Miraning uyiga yetib keldi va xonasiga kirdi. Soat millari allaqachon 22:30ni koʻrsatmoqda. Minho esa shiringina boʻlib xolasi Mira bilan uxlab qolgandi. Rona Mirani uygʻotib yubormaslik uchun oyoq uchida yurib sekingina Minhoni koʻtarib oldi. Mira ham juda charchagan ekanmi qimirlamasdan uxlardi. Minhoni oʻz xonasiga olib bordi va ustiga kichik yoping'ichni yopib qoʻydi .

Rona: Minhoshim biram dadangning oʻzginasisanki. Qaniydi dadang sening borligingni bilganida. Qaniydi birga boʻlganimizda. Lekin buning iloji yoʻq. Bugun dadangni koʻrdim. 2 yil davomida koʻrmaganim uchunmi dadang biroz o'zgaribdi. Oldinlari kulib turgan yuzlari biroz jiddiylashibdi. Balki mana shu 2 yil davomida korishmaganimiz uchun shunday tuyilgandir. Endi uning koʻzlari bizni koʻrmaydi u boshqa insonga tegishli... Minhoshim bu hayotdagi yagona suyanadigan va hayotda borligimga sababchi inson boʻlib qolding. Agarda bir kun dadang sen haqingda bilsa va seni mendan tortib olmoqchi boʻlsa men bunga chiday olmayman. Oʻzi bir marta singan yuragim ikkinchisiga dosh berolmaydi. Oʻgʻlim sen albatta kuchli yigit boʻlib voyaga yetasan. Sen uchun men barcha narsani qilaman.

Rona shu gaplarni aytar ekan koʻzlaridan tinimsiz yosh quyilib kelar 2 yil davomidagi barcha ogʻriqlari yuragidan toshib chiqardi. Oradan deyarli 2 soat oʻtdi. Shu narsalarni oʻylar ekan qanday qilib uxlab qolganini ham sezmay qoldi.

Tong...

Rona erta tongda uyg‘onib, charchagan ko‘zlarini ishqaladi. Kecha bo‘lib o‘tgan ziyofat, Yoongi va Yelena, Taehyungning g‘alati qarashlari – bularning barchasi uning miyasida yana qayta aylana boshladi. Ich-ichidan nimadir ezayotgandi, lekin u o‘zini qo‘lga olishga harakat qildi.

"O‘zingni qo‘lga ol, Rona. Senga hech kim hech narsa va’da qilmagan. Hayotingni davom ettirishing kerak."

U asta-sekin o‘rnidan turdi, Minhoni bir chekkaga burilib, entikib uxlayotganini ko‘rib, yengil jilmayib qo‘ydi. Uning yagona tasallisi shu kichkina jonzot edi.

Rona tezda yuvinib, sochlarini oddiy qilib yig‘di va ish kiyimlarini kiyib, oshxonaga chiqdi. Dugonasi Mira allaqachon stol yonida qahva ichib o‘tirardi.

— Ahvoling yaxshimi? — Mira ohista jilmaydi.

Rona xo‘rsinib, stulga o‘tirdi.

— Agar kechagi voqealarni hisobga olmasak, yaxshi.

--Kecha Yoongini va Yelenani koʻrdim. Ziyofatga kelishgan ekan. Ular biram baxtli koʻrinishdiki , ichimda nimadir singandek boʻldi ...

— Yoongini ko‘rib, o‘zingni qanday his qilding?

Rona bir lahza sukut saqladi.

— Bilmayman, Mira. Uni ko‘rganimda yuragim… — u so‘zini tugatmay, boshini eggancha, qahvasidan bir qultum ichdi.

Mira unga hamdardlik bilan qaradi.

— Men seni tushunaman, Rona. Lekin oldinga qadam tashlashing kerak. Minho uchun. O‘zing uchun.

Rona unga minnatdorona jilmaydi.

— Bilaman. Shuning uchun ishga ketishim kerak.

Rona shunday kiyingan deb tasavvur qilamiz

Rona qahvasini ichib tugatdi va sumkasini qo‘liga oldi.

— Xo‘p, omad tilayman. Lekin agar bugun ham qiziqarli narsa bo‘lsa, albatta menga yozasan!

Rona kulib qo‘ydi.

— Albatta!

U Minhoni ohista o‘pib, Mira bilan xayrlashdi va ishga otlandi.

Ofisga kirganida hamkasblari odatdagidek ish bilan band edi. Rona o‘z joyiga o‘tirdi va ish daftarini ochdi. Lekin hech narsa qilishga ulgurmay, Taehyungning ovozi yangradi:

— Lee Rona, kabinetimga kiring!

U birdan hushyor tortdi va chuqur nafas olib, joyidan turdi.

Taehyung har doimgidek jiddiy ko‘rinishda edi, lekin bu safar nigohlarida nimadir boshqacha edi.

— O‘tiring, — u stol yonidagi joyni ko‘rsatdi.

Rona shubhalanib, o‘tirdi.

— Bugun hammasi joyidami? — deb so‘radi Taehyung.

Rona birdan tushunmadi.

Nima demoqchisiz?

Taehyung stolga suyanib, uni kuzatdi.

— Ziyofatdan erta ketding. Ahvoling ham yaxshi emasdi. Hozir yaxshimisan?

Rona yuragi gursillab urganini his qildi, lekin o‘zini yo‘qotmadi.

— Hammasi yaxshi. O‘tgan voqealarni ortda qoldirganman, janob Kim.

Taehyung jilmaymadi.

— Unda yaxshi. Bugun men bilan biznes uchrashuvga borasan. Tayyor bo‘l.

— Bugunmi?

— Ha, — Taehyung unga yana bir qarash qilib, o‘rnidan turdi. — Men talabchan odamman. Har qanday vaziyatga tayyor bo‘lishing kerak.

Rona chuqur nafas oldi.

— Mayli, tayyorman.

Rona va Taehyung mashinaga chiqib, belgilangan joyga yetib borishdi. Bu yirik biznesmenlar uchrashuvi edi. Rona hamisha bunday muhitga tushishdan biroz asabiylashardi, lekin Taehyung yonida bo‘lgani uchun o‘zini ancha erkin his qildi.

Zalda bir necha tanish yuzlar bor edi. Rona atrofni kuzatib, birdan hayratda qoldi.

U yuragini bosishga harakat qilib, nigohini boshqa tomonga burdi. Lekin shu payt Yoongi ham uni ko‘rib qoldi. Bir lahza nigohlari to‘qnashdi.

Rona yuragiga og‘riq kirib kelganini his qildi.

Taehyung esa uning yonida turib, past ovozda so‘radi:

— Agar xohlasang, ketishimiz mumkin.

Rona chuqur nafas oldi va bosh chayqadi.

— Yo‘q. Men bardosh bera olaman.

U o‘zini kuchli tutishga qaror qildi, chunki u endi avvalgidek zaif emasdi. Shu payt Yoongi Ronaning yonidan o‘tib ketayotib, past ovozda shivirladi:

— Seni yana ko‘rish — kutilmagan narsa bo‘ldi.

Rona javob qaytarmadi. Taehyung esa Yoongiga sovuq qarab, Ronaning yonida turishda davom etdi.

Orada biroz muddat sukunat turdi va Taehyung gap boshladi.

Taehyung: Eshitishimcha janob Min yaqinda Amerikadan kelibsiz. Sizga taklifim bor...

Yoongi biroz oʻylanib: Ha shunday. Qanday taklif ekan..

Taehyung: Bu ikkimiz uchun ham manfaatli boʻladi. Sizga biznes sheriklikni taklif qilmoqchiman.

Yoongi: Hm.. yaxshi taklif . Albatta oʻylab koʻrib javobini aytaman.

Taehyung jilmaygancha Yoongi bilan qoʻl siqishib qoʻydi va Ronaga eʼtibori qaratdi. Rona bu suhbatni tinglab turar ekan Yoongi undan koʻzini uzmasdan qarab turar edi.

Yoongi ham biroz muddatdan keyin Rona va Taehyungni yolgʻiz qoldirgancha xonadan chiqib ketdi.

Yoongi pov*

Ronam seni endi boshqa uchratmayman deb oʻylagan edim. Kecha seni ko'rdimu 4 yil oldingi voqealar birin-ketin koʻz oldimda namoyon boʻldi. Meni kechir seni otamdan himoya qilish uchun uzoqda boʻlishim kerak. Garchi bu men uchun juda ogʻriqli boʻlsada bunga majburman. Biroz o'zgaribsan. Oldin quvonchdan porlab turadigan koʻzlaring nigohi so'lgandek. Albatta bunga men sababchi boʻlsam kerak. Agar 4 yil oldin seni universitetda uchratib qolmaganimda ehtimol hozir ham shunday boʻlar eding. Seni juda sogʻindim. Juda qattiq. Qani edi iloji boʻlsa seni mahkam quchgancha boshqa qoʻyib yubormasam. Balki taqdir bizni bekorga uchratmagandir. Ronam agarda hali ham meni kechira olsang sen uchun barini qaytadan boshlayman. Toʻgʻri Yelena ham yomon qiz emas. U begʻubor qiz. Lekin yuragimga buyruq berolmasam nima qilay. Ronam oʻzingni ehtiyot qil. Yuragim doim senga tegishli boʻlgan va shunday boʻlib qoladi...

Yoongi shularni oʻylagancha mehmonxonasiga bordi va Yelena bilan kechka tayyorlangan doʻstining toʻyiga tayyorlana boshladi. U aslida 1 oyga Seuldagi yaqinlarini va biznesi boʻyicha Yelena bilan kelgan edi...

Seul

Kun davomida o'tgan biznes uchrashuvi Ronani toliqtirgandi. Kechki soatlar allaqachon yetib kelgan, mehmonxona zali esa sekin-asta bo‘shay boshlagandi. Ishini tugatib, hujjatlarni tartibga solgach, Rona yelkasini qisib, og‘ir nafas oldi.

U asta zalning chiqish tomoniga yo‘l oldi. Tashqarida havo salqinlashgan, shaharning yorqin chiroqlari kechaga o‘ziga xos joziba qo‘shib turardi. Ichki his-tuyg‘ulari esa har xil edi. U bugun Yoongi va Yelena bilan ko‘rishganidan beri yuragidagi allaqanday bo‘shliq yana kattalashganini his qilardi.

“Nega shunchalik azob berasan menga, Yoongi?” — deb o‘yladi u ichida.

Yo‘lda ketarkan, kaftlarini bir-biriga ishqab, chuqur nafas oldi. Hammasi joyida, u o‘zini yaxshi his qiladi. Yoki hech bo‘lmasa shunday deb o‘zini ishontirishga harakat qilardi.

Rona mehmonxonadan chiqib, taksi topmoqchi bo‘ldi. Ammo orqasidan birovning nigohi uni kuzatayotganini his etdi. Biroz oldinga yurib, tezroq jo‘nab ketmoqchi bo‘lganida, ortidan tanish ovoz eshitildi.

— "Qaerga ketayapsan, Rona?"

U shoshib ortiga o‘girildi va qarshisida Taehyungni ko‘rdi. Yigit mehmonxona oldida, qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib turardi. Unga xos beparvolik va ayni paytda o‘tkir nigoh bilan qarab turardi.

— "Uyga. Ishim tugadi." — dedi Rona qisqa qilib.

Taehyung unga yaqinroq yurdi.

— "Yolg‘iz ketmoqchimisan?"

Rona bosh irg‘adi.

— "Nega unday bo‘lmas ekan?"

Taehyung jilmayib, yelkasini qisdi.

— "Shunchaki... kech bo‘ldi. Shaharda yolg‘iz yurish yaxshi emas."

— "Men yosh bola emasman."

Taehyung bu gapdan kulib qo‘ydi.

— "Unda mayli, seni taksiga chiqarib yuboraman."

— "Kerak emas." — Rona bosh chayqadi.

Lekin Taehyung gapiga qat’iy edi.

— "Sen mening xodimimsan. Shuning uchun xavfsizliging ham muhim."

Rona uning ko‘zlariga bir qarab oldi. Taehyungning bu gapi rost edi, lekin... yuragining bir chetida Yoongini o‘ylayotganini bilardi. Yoongi unga hech qachon shunday himoya bilan yondashmagan edi. Balki shuning uchun ham Taehyungning bunday harakati g‘alati tuyulardi.

Bir zumga ikkilanib, oxiri taslim bo‘ldi.

— "Mayli." — dedi u xo‘rsinib.

Taehyung shundoqqina mehmonxona oldida turgan qora rangli mashinasining eshigini ochdi.

— "Unda yur, men seni kuzatib qo‘yaman."

Rona hech qanday ortiqcha gap-so‘zsiz mashinaga chiqdi. Uning yuragi hamon g‘ash edi, lekin hech bo‘lmasa endi u yolg‘iz emas edi...

Rona mashinaga chiqib o‘tirdi, Taehyung esa unga bir qarab, jilmaydi va rulga o‘tirdi. Mashina shahar chiroqlari o‘rtasida jimjit harakatlana boshladi. Ichkarida mayin musiqa eshitilib turardi.

Rona derazadan tashqariga qarab, ko‘chadagi tirbandlikka ko‘z yugurtirdi. Biroq ichidan qandaydir bezovtalik o‘tib, qo‘llarini mahkam siqdi. Kechagi uchrashuvda Yoongi va Yelena bilan to‘qnash kelgani hamon yuragini ezardi. U Yoongini unutgan deb o‘ylagandi, lekin...

— "Senga nisbatan doim shunday sovuq bo‘lishganmi?" — Taehyungning to‘satdan aytgan gapi uni xayollaridan chalg‘itdi.

Rona unga hayrat bilan qaradi.

— "Nima?"

Taehyung biroz jilmaydi, lekin nigohi jiddiy edi.

— "O‘sha yigit, Yoongi."

Rona birdan hushyor tortdi.

— "Bu sizning ishingiz emas."

— "Ehtimol shundaydir. Lekin men oddiy tomoshabin sifatida qaraganimda ham, bu juda ham aniq sezilib turardi."

Rona yutindi, u bu mavzuni muhokama qilishni istamasdi.

— "Men uchun muhim emas." — dedi u loqayd ohangda.

— "Shunaqami?" — Taehyung jilmayib, bosh irg‘adi. — "Unda kechagi ziyofatda uni qanday qarashlaring bilan kuzatganingni qanday tushunish kerak?"

— "Men... bu ahmoqona suhbatni davom ettirmoqchi emasman."

Taehyung yana kulib qo‘ydi.

— "Mayli, mayli..

Mashina tez orada Ronaning yashash joyi oldiga yetib keldi.

— "Rahmat, meni olib kelganingiz uchun."

Taehyung uning qo‘liga nazar tashlab, bosh irg‘adi.

— "Sen menga hali ko‘p bor rahmat aytasan."

Rona yelkasini qisib, mashinadan tushdi.

Taehyung esa uning ortidan uzoq kuzatib turdi.

"Ko‘ramiz, Yoongi, sen haqiqatan ham uni unutdingmi?" — deb o‘yladi u ichida jilmayib.

Uzoqda esa Ronaning yuragi hamon tartibsiz urardi. U bugun nimanidir his qilgandi, lekin bu aynan nima ekanligini tushuna olmasdi…

Mana angelicas Lost lovening 7-qismini tugatib oldik. Biroz kam boʻlib qoldi. Xato va kamchiliklar uchun uzr soʻrayman.

Sizlar bilan Kim Rona boʻldi 😉❤️‍🔥